9-mavzu. XX-XXI asrlar tilshunosligining zamonaviy yo`nalishlari
Download 71.04 Kb.
|
9 MAVZU XX XXI ASRLAR TILSHUNOSLIGINING ZAMONAVIY YO`NALISHLARI
Neyrolingvistika (lot neuron -nerv va lingua — til) — psixologiya fani sohasi, afaziyaning psixolingvistik jihatlarini oʻrganadi.
11. Tilshunoslikning falsafa bilan bog’liqligi haqida gapirib bering? Falsafa tilshunoslik metodikasini belgilab berar ekan, falsafani o‘rganmagan kishi tilshunoslik uchun xos bo‘lgan metodlarni tushuna olmaydi. Didaktika qonuniyatlarini bilmagan “til o‘rganuvchi” til va nutq faoliyatiga sistema sifatida yondasha olmasligi aniq. Yoxud til fikr ifodalash quroli, fikr esa mantiq fanining o‘rganish obyekti ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, logik kategoriyalarni bilish naqadar muhim ekanligini izohlashga hojat yo‘q. Bu sotsiolingvistika fanining yuzaga kelishida asos bo‘ldi. 12. Tilshunoslikning psixologiya bilan bog’liqligi haqida nimalarni bilasiz? Tilshunoslikning psixologiya (inson ruhiy jarayonlarining qonuniyatlarini o‘rganadigan fan) bilan bog‘liqligini lingvistikaning nisbatan yangi sohasi psixolingvistika o‘rganadi. Tilshunoslik tarix, pedagogika fanlari bilan ham uzviy aloqadordir. So‘zlarning tarixini, tilning lug‘at boyligini o‘rganishda tarix tilshunoslikka katta yordam beradi. Sababki, til urug‘ va qabila, elat hamda millat tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Shunga ko‘ra kishilik jamiyatining tarixi tilda o‘z aksini topadi. 13. Tilshunoslikning tarix bilan bog’liqligi haqida nimalarni bilasiz? Tilshunoslik va tarixning bog‘lanishi ikki tomonlama bo‘lib, tarix materiallari til taraqqiyotini o‘rganish uchun, til faktlari tarix uchun muhimdir. Ushbu fan arxeologiya, etnografiya, shuningdek, adabiyotshunoslik bilan ham zich bog‘langandir. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik o‘rtasidagi ittifoq natijasida filologiya (yunoncha “pxileo” – “sevaman” + “logos” - “so‘z”) fani vujudga kelgan. Tarixan bu termin qadimgi Gretsiyada bugungi ma’nosida qo‘llanmagan; filologga nisbatan “grammatik” termini qo‘llanilgan. 14. Tilshunoslikning pedagogika bilan bog’liqligi haqida nimalarni bilasiz? Tilshunoslik pedagogika bilan ham yaqindan aloqada bo‘ladi. Ularning aloqasini til o‘qitish metodikasida to‘liq kuzatish mumkin. Ayrim olimlar bu aloqani lingvodidaktika yoki lingvopedagogika deb ham atamoqdalar. Didaktika (yunoncha “didaktikos” – “ibratli, namuna”) degan ma’noni anglatadi. Didaktika hozirda pedagogikaning ta’lim va mazmuni, umumiy metod va shakllari haqidagi bo‘limidir. 15.“Neyrolingvistikaning asosiy muammolari” asari haqida nimalarni bilasiz? Miya nutq zonasining zararlanishi va buning natijasida nutq faoliyatining buzilishi masalasi Ibn Sino, Beruniy asarlaridayoq qayd etilgan bo‘lsa-da, ushbu hodisalar XIX asrning 2-yarmidan boshlab o‘rganila boshlandi, A.R. Luriyaning “Neyrolingvistikaning asosiy muammolari” kitobi chop etildi. 16. Nutq faoliyatning vujudga kelish mexanizmi deganda nimani tushunasiz? Nutq tilga tegishli narsalarning ma’lum vaqt bo’lagida bir-biriga qo’shadi, harakatga keltiradi. Nutq so’z shakllari erkin birikmalar, so’z tarkibi va gaplardan tashkil topadi. Nutq jarayoni tugab, fikr tinglovchiga yetib borgach nutq ham tugaydi. Demak, so’z shakllari, erkin so’z birikmalari, so’z tartibi, gapning turli ko’rinishlari nutqdir. Тildagi ifoda vositalari chegaralangan bo’lishiga qaramay, nutq cheksizdir.Тil vositalari nutq ixtiyoriga o’tgach, ulardan cheksiz miqdorda gaplar tuzish mumkun. Nutq jamoadagi yolғiz shaxs tomonidan yaratiladi. Nutq jamoadagi alohida kishi yoki kishilarga qaratilgan bo’ladi.Demak, nutq ijtimoiy hodisadir. U jamiyatdagi kishilarni birlashtirish, ma’lum maqsad sari otlantirish imkoniyatiga ega. Jamiyat taraqqiyotida nutqni belgilovchi rol o’ynaydi. Nutqsiz kishilik jamiyati bo’lishi mumkin emas. Ҳamma sinovlar til vositalaridan teng foydalanaveradilar. Ammo nutq unday emas. U ma’lum bir sinfdan manfaatini ko’zlab tuziladi. Demak, nutq sinfiy hodisadir. 18. Analizatorlar nima va ular haqida gapirib bering? Analizatorlar (fiziologi-yada) – yuksak darajadagi hayvonlar va odam nerv tuzilmalarining murak-kab sistemasi. A. tashqi muhit va or-ganizmdagi ta’sirotlarni idrok etib, tahlil (analiz) qiladi. A. tushunchasini I. P. Pavlov kiritgan (1909). Kela-digan axborot reseptorlar – sezuvchan (afferent) nervlar oxirlarida kabul qilinadi. Reseptorlar qoʻzgʻatuvchi ta’-sirot energiyasini nerv impulslariga oʻtkazadi, soʻngra bular nerv sistemasining oʻtkazuvchi yoʻllari orqali analizatorning oliy (markaziy) boʻlimlariga – bosh miya poʻstlogʻi qismlariga oʻtadi. Analizator axbo-rotning asosiy qismini atrof muhitdan oladi. Bueksteroreseptiv analizator deyiladi. Bularga eshituv, koʻruv, hid, ta’m bilish, tuygu a’zolari kiradi. Boshqa analizator orga-nizmning ichki muhiti holatini tahlil qiladi (interoreseptiv A). Vestibulyar va tayanch harakat apparati, qon bosi-mining darajasi ular nazorati ostida boʻladi.Analizator murakkab tuzilishga ega boʻlib, mi-yani organizmdan tashkaridagi, shuning-dek uning ichidagi hodisalar toʻgʻrisida batafsil axborot bilan ta’minlaydi. Analizatorning vazifasi shuki, ularning yordamida hayvon tashqi hamda ichki muhitdagi foydali va zararli ta’sirlarni ajra-tib, hayot sharoitiga yaxshiroq moslashadi. Birorta analizator buzilganda (shikastla-nish, kasallik tufayli) mashq jarayonida boshqa analizatorning imkoniyatlari kengayadi. Mac, koʻzi ojiz kishilarda eshitish, tuygʻu, bosim va temperaturani sezish qobiliyati rivojlangan boʻladi. Odam ongi borli-gidan unda analizatorning ahamiyati yanada katta. 19. Injenerlik lingvistikasi haqida nimalarni bilasiz? Hozirgi paytda injenerlik lingvistikasi, hisoblash lingvistikasi, matematik lingvistika va “elektron - tarjimon”, kompyuter lingvistikasi yuzasidan bir qator yangi muammolar o’rtaga tashlanmoqda. Darhaqiqat, zamonaviy kompyuter juda ulkan imkoniyatlarga egaki, uning uchun shaxmat o’ynashdan tortib, tibbiy tashxis qo’yish, korxonalarni boshqarish, qadimgi xalqlarning sirli xatlarini “o’qib”, mazmunini so’zlab berish, she’r yozish, kuylar ijro etish, katta hajmdagi kitoblarga annotatsiyalar yozish, loyihalar tarxini chizish kabi yuzlab mehnat faoliyati turlarining barchasida, albatta, zamonaviy kompyuter texnologiyalari ham ishchi kuchi, ham vaqt jihatidan juda yaqin yordamchi sanaladi. Bunda odam + mashina + odam hamda odam + matn + mashina + 20. Lingvistik pragmatika deganda nimani tushunasiz? Badiiy matnda aks etgan nutqiy aktlar va so`zlashuv uslubi bilan bogliq kunda-lik nutqiy muloqot shakllariga xos turli mazmuniy ifodalarning pragmatik talqini pragmatik lingvistikaning tahlil usullariga egaligini ko`rsatadi. Shunga ko`ra, lingvistik ilmiy paradigmani yangilagan pragmatika tilshunoslikning alohida tarmog`i sifatida ajratiladi. 2. Venn diagrammasi. Tilshunoslikning “XX-XXI asrlar tilshunosligining zamonaviy yo`nalishlari” bo’limiga oid bilimlaringizdan foydalanib quyidagi venn diagrammasini to’ldiring til va odamlar rivojlanadigan madaniy-ijtimoiy muhit o'rtasidagi munosabatni va bu nutq uslubiga qanday ta'sir ko'rsatishini o'rganadigan fan Download 71.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling