9-mavzu: yuk porshenli manometrlar va elektr manometrlar. Texnik va informatsion asboblar yuk porshenli va elektr manometrlar
Download 13.54 Kb.
|
9-mavzu yuk porshenli manometrlar va elektr manometrlar. Texnik-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va sinov savollari.
Pezoelektrik manometrlarning ishlash prinsipi ba’zi kristall moddalarning mexaniq kuch ta’sirida elektr zaryad hosil qilish qobiliyatiga asoslangan. Bu hodisa pezoeffekt deb ataladi. Pezoeffekt kvarts, turmalin, segnet tuzi, bariy titanat va boshqa moddalar kristallarida kuzatiladi. Bu turdagi asboblarda ko‘pincha kvarts ishlatiladi. Kvartsning pezoelektr effekti +500°C gacha bo‘lgan haroratga bog‘liq emas, lekin +570°C dan oshgan haroratda bu effekt nolga teng bo‘lib qoladi.
F kuch ta’sirida kristall plastinka yuzalarida paydo bo‘ladigan elektr zaryad ushbu tenglama bilan topiladi: Q=Kp·F (3.32) bu yerda, Kp—pezoelektrik doimiy, Kl/N. Kp ning qiymati plastinaning o‘lchamiga bog‘liq emas va kristallning tabiati bilan belgilanadi. Kvarts uchun Kp=2,1 · 10-12 Kl/n. 3.13 - rasmda pezoelektrik manometrning sxemasi ko‘rsatilgan. O‘lchanayotgan bosimni 4 membrana kuchga aylantiradi, bu kuch esa diametri 5 mm va qalinligi 1 mm bo‘lgan kvarts plastinalar 2 ning ustunlarini siqilishga majbur qiladi. Vujudga kelayotgan Q elektr zaryad 1 chiqishlar orqali katta kirish qarshiligiga (1013 Om) ega bo‘lgan elektron kuchaytirgich 5 ga uzatiladi. Zaryadning qiymati o‘lchanayotgan R bosim bilan quyidagicha bog‘langan: Q=Kp·S·P (3.33) bu yerda, S — membrananing samarali yuzi. Asbobning inersionalligini kamaytirish uchun kamera 3 ning hajmi minimallashtiriladi. 100 mPa (1000 kgk/sm2) gacha bosimlarni o‘lchashga imkon beruvchi pezokvartsli manometrlar tez o‘zgaruvchi bosimlarni o‘lchashda keng qo‘llanadi. Pezoeffektning afzalligi uning inersionsizligidir. Bu asboblar bosimlari tez o‘zgaradigan jarayonlarni (kavitatsiya, portlash) o‘rganishda juda qulay. Pezoelektr manometrlarning aniqlik sinfi 1,5; 2,0. Nazorat va sinov savollari. Bosim nima va bosimni qanday o‘lchov birliklarini bilasiz? Bosimni o‘lchash usullarini izoxlab bering? Suyuqlikli manometrlarning turlari va ishlash prinsipini tushuntiring? Deformatsion manometrlarni turlarini va ishlash prinsipini tushuntiring? Yuk-porshenli manometr qayerda ishlatiladi? Elektrik monometrning turlarini va ishlash prinsipini tushuntiring? Qanday bosim turlarini bilasiz? http://fayllar.org Download 13.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling