9-mavzu. Zararsizlik nuqtasi tahlili va marjinal foyda reja


Chidamlilikning marjinal zaxirasi


Download 26.32 Kb.
bet5/6
Sana02.11.2023
Hajmi26.32 Kb.
#1740774
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-mavzu. Zararsizlik nuqtasi tahlili va marjinal foyda-fayllar.org

Chidamlilikning marjinal zaxirasi- bu mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan olinadigan haqiqiy tushumning sotishni zararsizligini ta’minlovchi ostonaviy tushumdan oshib ketishini ko‘rsatuvchi kattalikdir. Bu ko‘rsatkich quyidagi formula bilan topiladi:

Chidamlilik marjinal zahirasi


=

Haqiqiy tushum-Ostanaviy tushum

Haqiqiy tushum*100%


Zararsiz sotuv vaqtida mahsulot bahosini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:


Mazkur formula yordamida ishlab chiqarish hajmini belgilash, sotish va zarur darajada foyda olish imkonini beradigan bahoni belgilash mumkin.


9.3. Ishlab chiqarish dastagi samarasini aniqlash tartibi


Ishlab chiqarish dastagi (leverage, so’zma-so’z tarjimada richag, dastak) - bu korxona foydasini samarali boshqarishning doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarni o’zaro mutanosibligiga asoslangan mexanizmidir. Uning yordamida sotish hajmi o’zgarishiga bog’liq ravishda korxona foydasi o’zgarishini taxminlash, shuningdek, zararsiz faoliyat yuritish nuqtasi topiladi. Korxona xarajatlarini doimiy va o’zgaruvchanga bo’lishga asoslangan marjinal usuldan foydalanishda ishlab chiqarish dastagi mexanizmini qo’llanishi zaruriy shartdir.
Ishlab chiqarish dastagi samarasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
yoki
bu erda,
- ishlab chiqarish dastagi samarasi;
- marjinal daromad;
- doimiy xarajatlar;
- foyda.
Ushbu formula yordamida topilgan ishlab chiqarish dastagi samarasining qiymati korxona tushumi o’zgarishiga bog’liq ravishda foydaning o’zgarishini taxminlash imkonini beradi.
Ushbu holat quyidagi ko’rinishda ifodalanadi:

bu erda,


- foydaning o’zgarishi, % da;
- tushumning o’zgarishi, % da.
Yanada aniqroq tasavvur qilish uchun ishlab chiqarish dastagi samarasini «Andijonsut» aktsionerlik jamiyatining 2003 yilgi ma’lumotlari asosida tahlil qilib chiqamiz, (so’mda).
  1. Sotishlar summasi (tushum) 575454


  1. O’zgaruvchan xarajatlar 444096


  2. Marjinal daromad (1q-2q) 131358


  3. Doimiy xarajatlar 74045


  4. Asosiy faoliyat(operatsion) foydasi (3q-4q) 57313


  1. Sotilgan mahsulot hajmi, dona 1050


  1. Bir birlik mahsulot bahosi, so’m 548,05


  2. Ishlab chiqarish dastagi samarasi (3q:5q) 2,29


Bizning misolimizda ishlab chiqarish dastagi samarasi 2,29 birlikni tashkil etadi (131358:57313). Bu shuni anglatadiki, korxona tushumi 1%ga pasayganda, foyda 2,29%ga qisqaradi, tushum 23%ga pasayganda esa, biz rentabellik ostonasiga etamiz ya’ni foyda nol bo’ladi. Faraz qilaylik, tushum 10%ga qisqardi va 517908,6 so’mni tashkil etdi (575454x10:100). Bunday sharoitda korxona foydasi 22,9%ga qisqaradi va 27232,02 so’mni tashkil etadi.

bu erda,
-ishlab chiqarish dastagi;
-sotilgan mahsulot hajmi, dona;
-bir birlik mahsulotning bahosi;
-bir birlik mahsulotga to’g’ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar;
-doimiy xarajatlar.
Ishlab chiqarish dastagi korxona rahbarlariga xarajatlar va foydani boshqarish, yuqori foyda olish bo’yicha strategiyani ishlab chiqishga ko’maklashuvchi moliyaviy ko’rsatkich hisoblanadi. Mazkur ko’rsatkich hajmining o’zgarishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

  • o’zgaruvchan va doimiy xarajatlar;


  • sotish bahosi va hajmi;


  • yuqoridagi omillar kombinatsiyasi (moliyaviy va ishlab chiqarish dastaklarini hisoblashda zanjirli bog’lanish usulini qo’llash).


Quyida «ABS» aktsionerlik jamiyatining yuqorida keltirilgan ma’lumotlari asosida har bir omilning ishlab chiqarish dastagi samarasiga ta’sirini tahlil qilib chiqamiz.


Sotish bahosini 10% (bir donasi 602,86 so’mgacha) oshishi sotishlar hajmini 633003 so’mgacha, marjinal daromadning 188907 so’mgacha (633003-444096) va foydani 114862 so’m (188907-74045)gacha oshishiga olib keladi. Bunda birgina hisob-kitobda marjinal daromad ham 125,1so’mdan (131358so’m:1050dona) 179,9so’mgacha (188907so’m:1050dona) oshadi. Bunday tartibda doimiy xarajatlarni qoplash uchun sotishlarning kichik hajmi talab etiladi: zararsizlik nuqtasi 411donani (74045so’m:179,9so’m), korxona chidamliligining marjinal zaxirasi esa 639dona (1050dona - 411dona) yoki 61% gacha ortadi. Natijada korxona 57549so’m (114862-57313) miqdorida qo’shimcha foyda oladi. Bunda ishlab chiqarish dastagining samarasi 2,29dan 1,64birlikkacha (188907:114862) pasayadi.
O’zgaruvchan xarajatlarni 10%ga pasayishi (444096so’mdan 399686,4so’mgacha) marjinal daromadni 175767,6so’mgacha (575454-399686,4) va foydaning 101722,6so’mgacha (175767,6-74045) ortishiga olib keladi. Buning natijasida zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi) 238854,8so’mgacha [74045:(175767,6: 575454)] ortadi, miqdor ko’rinishida bu 227dona (238854,8:1050)ni tashkil etadi. Binobarin, korxona chidamliligini marjinal zaxirasi 336599,2so’m (575454-238854,8)ni yoki 614dona (336599,2so’m:548,05so’m)ni tashkil etadi. Bunday sharoitda korxonadagi ishlab chiqarish dastagi samarasi 1,7 birlikkacha (175767,6:101722,6) pasayadi. Doimiy xarajatlarning 10%ga pasayishi davrida (74045so’mdan 66640,5so’mgacha) korxona foydasi 64717,5so’mgacha (575454-444096-66640,5) ortadi. Bunday sharoitda zararsizlik nuqtasi pul ifodasida 289741,3so’m [66640,5: (131358:575454)], hajm ko’rinishida esa 528donani (289741,3: 548,05) tashkil etadi. Bunda korxonada chidamlilikning marjinal zaxirasi 285712,7so’m (575454-289741,3) yoki 521dona (285712,7: 548,05)ni tashkil etadi. Binobarin, doimiy xarajatlarni 10%ga pasayishi natijasida ishlab chiqarish dastagi samarasi 2,03 birlikni (131358:64717,5)ni tashkil etadi va dastlabki darajasiga nisbatan 0,26 birlikka (2,29-2,03) pasayadi.
Ushbu hisob-kitoblar tahlili shuni ko’rsatadiki, ishlab chiqarish dastagi samarasining o’zgarishida korxona xarajatlari umumiy summasidagi doimiy xarajatlar hissasini o’zgarishi muhim o’rin tutadi.
Shuningdek, sotishlar hajmini o’zgarishi foydaning doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarga nisbati turlicha bo’lgan korxonalarda bir xilda bo’lmasligi mumkin. Bunda korxona xarajatlarining umumiy summasidagi doimiy xarajatlarni solishtirma og’irligi qancha past bo’lsa, korxona tushumi o’zgarishi sur’atlariga nisbatan foyda hajmi shunchalik o’sadi.
Ishlab chiqarish dastagi mexanizmining namoyon bo’lishi bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Ishlab chiqarish dastagining ijobiy samarasiga korxona mahsulot ishlab chiqarishning zararsiz nuqtasini bartaraf etgandan keyingina erishish mumkin. Bunda korxona o’zining avvalgi doimiy xarajatlarini qoplash uchun marjinal daromadning etarli miqdorini belgilaydi;
2. Sotish hajmining bundan keyingi ortib borishi va zararsizlik nuqtasidan uzoqlasha borishi bilan ishlab chiqarish dastagi samarasi pasaya boradi. Sotish hajmini o’sishining har bir keyingi foizi foyda summasining o’sishini ta’minlaydi;
3. Ishlab chiqarish dastagi mexanizmi teskari yo’nalishga ham ega ya’ni sotish hajmini pasayishida korxona foydasi hajmi ham kamayib boradi;
4. Ishlab chiqarish dastagi va korxona foydasi o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud, korxona foydasi qancha yuqori bo’lsa, ishlab chiqarish dastagi samarasi shuncha past bo’ladi va uning teskarisi ham kuzatiladi;
5. Ishlab chiqarish dastagi samarasi faqat qisqa muddatda yuzaga keladi ya’ni korxona doimiy xarajatlari qisqa vaqt oralig’idagina o’zgarishsiz qoladi. Sotish hajmini ortishi jarayonida doimiy xarajatlar summasining navbatdagi o’zgarishi ro’y berishi bilanoq korxona zararsizlikning yangi nuqtasini belgilashi va unga o’zining ishlab chiqarish faoliyatini muvofiqlashtirishi lozim.
Korxona tovar bozorining sotish hajmi pasayishi mumkinligini belgilab beruvchi noqulay kon’yunkturada, shuningdek, korxona iqtisodiy faoliyatining ilk bosqichlarida zararsizlik nuqtasi bartaraf etilmaganda, doimiy xarajatlarni pasaytirish uchun chora-tadbirlar ko’riladi. Shuningdek, tovar bozorining qulay kon’yunkturasida va chidamlilikni ma’lum marjinal zaxirasi mavjudligida doimiy xarajatlarni iqtisod qilishni amalga oshirishga bo’lgan talablar ancha pasayishi mumkin. Bunday sharoitlarda korxona asosiy ishlab chiqarish vositalarini qayta jihozlashi va yangilashi, real investitsiyalar hajmini ancha kengaytirishi lozim. Zarurat tug’ilganda har bir korxona doimiy xarajatlar summasi va hajmini pasaytirish uchun etarli darajada resurslarga ega bo’lishi zarur. Ushbu resurslar tarkibiga tovar bozorining noqulay kon’yunkturasida ustama xarajatlar (boshqarish xarajatlari)ni imkon darajada qisqartirish, amortizatsiya ajratmalarini kamaytirish maqsadida nomoddiy aktivlar va asbob-uskunalarni foydalanilmayotgan qismini sotish, asosiy vositalarni sotib olmasdan ularni operativ lizing shartnomasi asosida olish, kommunal xizmatlar hajmini qisqartirish va h.k.lar kiradi. O’zgaruvchan xarajatlarni tejashning asosiy zaxiralari qatoriga quyidagilar kiritiladi: xodimlar mehnat unumdorligini oshirish hisobiga asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xodimlari sonini kamaytirish, tovar bozorining noqulay kon’yunkturasi sharoitida xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar zaxiralari hajmini qisqartirish, xomashyo va materiallarni etkazib berishning korxona uchun qulay sharoitlarni yaratish va boshq. Ishlab chiqarish dastagi mexanizmidan foydalanish doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarni aniq maqsadga yo’naltirish va boshqarish, beqaror bozor sharoitida ular o’rtasidagi o’zaro nisbatni tezkor o’zgartirib borish hamda korxona foydasini oshirishga imkon beradi. Shunday qilib, CVP - tahlili korxona rahbarlariga o’zgaruvchan va doimiy xarajatlar, baho va mahsulot sotish hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashga, ishbilarmonlik riskini pasaytirish imkonini yaratadi. Uni universal formulasini qo’llash orqali o’tkaziladigan tahlil sifatini oshirishga erishiladi.



Download 26.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling