9-may-Xotira va qadrlash kuni” bo`limi materiallarini o`rganish
Mavzu: 9-may – Xotira va qadrlash kuni
Download 77.09 Kb.
|
9may
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvchi maqsad
Mavzu: 9-may – Xotira va qadrlash kuni.
Dars materiallari: “Eng muqaddas kun” matni va matnga oid rasm. Darsning maqsadlari: Ta’limiy maqsad: o`quvchilarga “Eng muqaddas kun”matnini o`qitish. Tarbiyaviy maqsad: Vatan degan muqaddas tuyg`uni, uning aziz insonlarini, alloma-y ulamolarini, mo`tabar ona-Vatan himoyasi uchun jonini ayamagan mard, jasur,jafokash o`g`lonlarini yana bir bor yod etish. Vatan uchun jon olib-jon bergan, hozirda hayot bo`lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining qadr-qimmati buyuk ekanligini o`quvchilar qalbiga singdirish. Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning so`z boyligini, mantiqiy tafakkurini o`stirish. Ro`znoma,oynomalarni o`qishga qiziqish uyg`otish. Dars metodi: tushuntirish, suhbat, mustaqil ish, ko`rgazmali metod va test usulidan foydalanish. Darsning borishi: Darsni tashkil qilish. O`quvchilarning darsga hozirligi aniqlangach, o`tgan darsda o`tilgan ”Go`zal fazilat-inson husni” bo`limi yuzasidan o`quvchilar bilimini test topshiriqlari orqali aniqlab baholanadi. O`qituvchi o`quvchilarning qanday bayramga tayyorgarlik ko`rayotganlarini so`raydi va yangi mavzu: 9-may Xotira va qadrlatish kuni haqida tushuncha beradi. “Eng muqaddas kun”matnini o`qish. Matnni o`qishga tayyorlash. O`qituvchi “Eng muqaddas kun” matnini ifodali o`qib beradi.So`ng o`quvchilar navbati bilan o`qiydilar. Lug`at ustida ishlash: Muqaddas -aziz, tabarruk Qadamjo -ziyorat qilish uchun boriladigan, muqaddas deb sanalgan joy, ziyoratgoh. 6.O`quvchilar matnni qay darajada o`zlashtirganliklarini aniqlash uchun dastlabki suhbat o`tkaziladi. Suhbat uchun savollar:
Yurtdoshlarimiz nima uchun kurashdilar? O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-may haqidagi Farmoni qachon qabul qilindi? Farmonga ko`ra 9-may qanday kun deb e’lon qilindi? Xotira maydonida bo`lganmisiz? Xotira maydoni haqida bilganlaringizni gapirib bering? Matn ustida ishlash. 217-betdagi rasm sizga tanishmi? Rasmda tasvirlanganlarni qayerda ko`rgansiz? Qachon? Kim bilan? (so`zlang) Sizning mahallangizda “Xotira va Qadrlash kuni” nima ishlar qilingan? savoliga javob olinadi. 8.Matnni yaxlit qayta o`qitish va yaxlit qayta hikoyalatish. 9.Maqol ustida ishlash. “Qo`shning tinch-sen tinch” maqolining mazmunini ochib bering.Mavzuga bog`lang. 10.”Eng muqaddas kun” matni (218-bet) ga oid berilgan savol va topshiriqlarga javob olib mavzu mustahkamlanadi. 11. Eng muqaddas kun”matni o`qib qanday savoliga o`quvchilar javobni tarmoqlash ustida yozib beradilar. 12. Uyga vazifa: “Eng muqaddas kun matnini o`qish, matnga doir savollar asosida so`zlashga o`rganib kelish. 13. Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish. Dars ishlanma rejadan ham ko`rinadiki, maqolani o`qish darsida tushuntirish, suhbat, mustaqil ish turlaridan unumli foydalaniladi. Matndagi o`quvchilar uchun tushunarli bo`lmagan so`zlar ma’nosi izohlanadi. Bu esa o`quvchilarning lug`at boyligini oshiradi va nutqini o`stiradi. Ilmiy-ommabop maqolani uzviy birlikda o`rganish o`quvchilarning mavzuda bayon etilgan tarixiy-adabiy hodisalarni, ular o`rtasidagi umumiylikni, har bir davrga ega xususiyatlarni anglab olishlarini ta’minlaydi. Bu esa bolalarni kelgusida gazeta va jurnallarni o`qishga tayyorlaydi, ijtimoiy-siyosiy atamalarini o`zlashtirishga yordam beradi, ularning mantiqiy tafakkurini va nutqini o`stiradi. Bu maqola xalqimizning hayoti, mehnati va kurashi haqida yangi bilim berishbilan birga, bolalarni Vatanga, xalqqa muhabbat ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Download 77.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling