9-sinf 4-bob Sinov 43-46-mavzular 1
Download 67 Kb.
|
1 2
Bog'liq9-sinf 6-bob Sinov Ko\'payish va rivojlanish 43-46-mavzular 1 — копия
9-sinf_4-bob_Sinov_43-46-mavzular_1 Suvarak zigotasining ikkinchi marta ekvatorial bo'linishidan hosil bo'lgan biastomerlarda necha juft xromosoma bo'ladi? A) 1536 B) 384 C) 192 D) 768 Rivojlanish davrida lichinkalik bosqichini o'tamaydigan hayvonlarni aniqlang. 1) assidiya; 2) urchuqsimon kaltakesak; 3) qizilto'sh; 4) korall polip; 5) sariq ilon; 6) malla revun; 7) bolalar gijjasi; 8) dreysena. A) 3, 6 B) 2, 4 C) 1, 8 D) 5, 7 Qaysi organizmlar embrional va postembrional davrlarda xordaga (a), nerv nayiga (b), jabraga (c) ega bo'ladi? 1) sterlyad; 2) laqqa; 3) lansetnik; 4) triton; 5) kashalot; 6) assidiya; 7) ko'lbuqa; 8) manta. A) a-3, 6, 7; b-3; c-4, 5, 8 B) a-3, 4; b-3, 6; c-7 C) a-1; b-3; c-2, 8 D) a-3; b-3, 6; c-4, 5 Noto'g'ri (a) va to'g'ri (b) rivojlanuvchi umurtqali organizmlarni aniqlang. 1) ildam kaltakesak; 2) karam kapalagi; 3) planariya; 4) ko'l baqasi; 5) chuchuk suv gidrasi; 6) baqachanoq; 7) yashil qurbaqa; 8) chittak. A) a-3, 5; b-4, 6 B) a-4, 6; b-2, 5 C) a-2, 5; b-1, 3 D) a-4, 7; b-1, 8 Qaysi organizmlar postembrional davrda xordaga (a), nerv nayiga (b), jabra yoriqlariga (c) ega bo'ladi? 1) beluga; 2) oq amur; 3) lansetnik; 4) salamandra; 5) oqbiqin delfin; 6) assidiya; 7) qilquyruq; 8) manta. A) a-3; b-3, 6; c-4, 5 B) a-3, 6, 7; b-3; c-5, 8 C) a-1, 3; b-3; c-8 D) a-4, 5; b-3, 6; c-2 Tut ipak qurti lichinkasi uchun xos xususiyatni toping. 1) postembrional rivojlanishda lichinka, uyqu va tinim davrini o'tab voyaga yetadi; 2) 5 kunli lichinkasining uzunligi 2-3 sm; 3) 5 yoshli lichinkasining uzunligi 8-9 sm; 4) postembrional davriga nisbatan lichinkalik davri uzoq davom etadi; 5) besh juft haqiqiy oyoqqa ega; 6) 3 juft haqiqiy oyoqqa ega. A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 4, 5 D) 4, 5, 6 Assidiya lichinkasi uchun xos xususiyatni aniqlang: 1) xordalilar kenja tipiga kiradi; 2) bosh skeletsizlar kenja tipi; 3) o'troq yashaydi; 4) suvda erkin yashaydi; 5) muskullari yo'qolib ketadi; 6) xordalilar tipiga kiradi. A) 4, 5 B) 3, 6 C) 2, 5 D) 1, 4 Organizmlardagi qaysi jarayonlar postembrional davrda yuz beradi? 1) tut ipak qurtining g'umbakka aylanishi; 2) yomg'ir chuvalchangi mezodermasidan muskul to'qimasining hosil bo'lishi; 3) itbaliqda tashqi jabraning ichki jabra bilan almashinishi; 4) lansetnikda xordaning hosil bo'lishi; 5) assidiyada fagositlarning hosil bo'lishi; 6) itbaliqda ikki kamerali yurakning paydo bo'lishi; 7) kapalak qurtlarida soxta oyoqlarning hosil bo'lishi. A) 2, 4, 7 B) 3, 5, 6 C) 1, 7 D) 1, 3, 5 Postembrional davrda noto'g'ri (I) va to'g'ri (II) rivojlanuvchi organizmlar haqidagi ma'lumotlarni ajrating. 1) kolorado qo'ng'izi lichinkasining kartoshka bargi bilan oziqlanishi; 2) churrak jo'jasining suvda yashashga moslashganligi; 3) assidiyalarning voyaga yetgach koloniya hosil qilishi; 4) poliksina qurtining kapalakka aylanishi; 5) miqqiyning yosh bola ochishi; 6) dengiz toshbaqasining quruqlikka tuxum qo'yishi. A) I-1, 3; II-2, 5 В) I-5, 6; II- 1, 3 С) I-1, 2; II-5, 8 D) I-2, 5, 6; II-1, 4 Quyidagi qaysi organizmlarda metamorfozli rivojlanishi turning keng tarqalishiga yordam beradi? 1) korall polip; 2) chuchuk suv shillig'i; 3) aktiniya; 4) chuchuk suv gidrasi; 5) assidiya; 6) oq planariya; 7) daryo qisqichbaqasi; 8) baqachanoq. A) 2, 4, 6, 7 B) 1, 3, 5, 8 C) 1, 2, 7, 8 D) 3, 4, 5, 6 Morfologik nuqtai nazardan qaraganda ixtisoslashish qanday xususiyatlar bilan xarakterlanadi? 1) murtak devori bir qavat hujayralardan tashkil topgan sharcha holiga keladi; 2) o'zak organlar majmuasi hosil bo'ladi; 3) shakli o'zaro farq qiluvchi teri, o'pka, ichak hujayralari hosil bo'ladi; 4) muskul va nerv hujayralari hosil bo'ladi; 5) murtak ekto- va endocjerma qavatlarga ajraladi; 6) embrion hujayralari muntazam bo'linadi, o'sadi; 7) har bir hujayraga xos oqsillar sintezlanadi; 8) hujayralar tarkibidagi har xil genlarning ishlashi boshlanadi. A) 1, 2, 4, 6 B) 3, 4 C) 2, 5, 6 D) 7, 8 Anabioz hodisasiga mos keluvchi javoblarni aniqlang. 1) zorkaning diapauza holati; 2) qayrag'ochda qanotchali mevaning hosil bo'lishi; 3) zamburug'larning bakteriyalarga qarshi antibiotik ishlab chiqarishi; 4) sarvning fitonsid ishlab chiqarishi; 5) amyobaning sista hosil qilishi; 6) pichan bakteriyasining ovalsimon spora hosil qilishi; 7) exinokokkning qo‘y jigarida Anna hosil qilishi; 8) bir vaqtda ekilgan teraklarning yorug'lik uchun kurashi. A) 1, 5, 6 B) 1, 2, 5, 8 C) 3, 4, 8 D) 2, 3, 7, 8 Voyaga yetgan assidiyada qaysi organ fagositlarni hosil qiladi? A) jabra yoriqlari B) nerv nayi C) xorda D) dumi Salamandrani tuxum hujayrasida 11 autosoma bor. Erta rivojlanish davridagi salamandra embrionida umumiy xromosomalar soni 24576 ga teng. Murtak nechta blastomerdan iborat. A) 512 B) 1024 C) 2048 D) 256 Postembrional rivojlanish qachon boshlanadi? 1) embrion ona qornida rivojlanishidan; 2) embrion tuxumdan chiqishidan; 3) tuxum hujayra urug'lanishidan; 4) homila tug'ilishidan. A) 2, 4 B) 1, 2 C) 1, 3 D) 3, 4 Butun hayoti davomida o'sish qaysi organizmlarda kuzatiladi? 1) o'simliklar; 2) kaltakesak; 3) tasmasimon chuvalchang; 4) qo'ng'iz; 5) ayrim mollyuskalar; 6) quyon; 7) baliqlar. A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 6, 7 D) 1, 4, 5 Qaysi hayvonning embrionlik davrida tishlari paydo bo'lib, keyin so'rilib ketadi? A) karpsimonlar B) kitlar C) skatlar D) mollyuskalar Qaysi bezning gormoni itbaliqning baqaga aylanishida muhim roi o'ynaydi? A) ayrisimon B) buyrak usti C) qalqonsimon D) bu gormonga bog'liq emas Metamorfozning biologik ahamiyatini ko'rsating. A) lichinkalar va yetuk organizmlar har xil sharoitda yashaydi B) lichinkalar va yetuk organizmlar o'rtasida yashash muhiti va oziq manbai uchun raqobat kuzatilmaydi C) parazit yoki o'troq organizmlarning harakatchanliklari ularning tarqalish arealini kengaytiradi D) barcha javoblar to'g'ri Bilvoslta rivojlanishning biologik ahamiyati nimadan iborat? A) lichinkalarning faol oziqlanishi va o’sishi yetuk organizmlarni tezroq shakllanishiga yordam beradi B) bir turning lichinkalari va voyaga yetganlari har xil sharoitda yashaganligi uchun yashash joyi va ozuqa uchun raqobat kuzatilmaydi C) faqat bir joyda harakatiz yashashga moslashmagan organizmlarning lichinkalari turning keng tarqalishiga yordam beradi D) voyaga yetgan organizmlar va lichinkalar bir xil sharoitda yashaydi va o'zaro bir-biriga qulaylik yaratadi Kvakshaning embrional rivojlanishiga xos bo'lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) maydalish blastomer hosil bo'lishi bilan yakunlanadi; 2) gastrulaysiya qat-qat bo'lib joylashish bilan amalga oshadi; 3) gastrulatsiya o'sib kirish orqali amalga oshadi; 4) ichak epiteliysi endodermadan rivojlanadi; 5) dumi qalqonsimon bez garmonlari ta'sirida yo'qolib ketadi; 6) qonning shaklli elementlari mezodermadan rivojlanadi; 7) 3 marta meridianal bo'lingandan so'ng 16 ta blastomer hosil bo'ladi. A) 3, 4, 6 B) 1, 3, 5, 6 C) 1, 2, 5, 7 D) 2, 4, 6, 7 Embrionning rivojlanish jarayonida belgilarning ajralishi nima deyiladi? A) embrional divergensiya B) ixtisoslanish C) gastrulyatsiya D) embrional varaqlar Qaysi organizmlarda xorda (a), nerv nayi (b), jabra yoriqlari (c) faqat embrional davrda mavjud bo'ladi? 1) ko'l baqasi; 2) salamandra; 3) lansetnik; 4) kasatka; 5) oqbiqin delfin; 6) assidiya; 7) qizilquyruq; 8) alligator. A) a-3, 6; b-5, 7; c-1, 8 B) a-1, 7; b-3, 6; c-5, 8 C) a-1, 3; b-7; c-2, 8 D) a-5; b-4, 8; c-5, 7 Gatteriyaning embrional rivojlanishiga xos bo'lgan xususjyatlarni aniqlang. 1) maydalish blastomer hosil bo'lishi bilan yakunlanadi; 2) gastrulaysiya qat-qat bo'lib joylashish bilan amalga oshadi; 3) gastrulatsiya o'sib kirish orqali amalga oshadi; 4) ichak epiteliysi endodermadan rivojlanadi; 5) dumi qalqonsimon bez garmonlari ta’sirida yo'qolib ketadi; 6) qonning shaklli elementlari mezodermadan rivojlanadi; 7) 2 marta ekvatorial bo'lingandan so’ng 32 ta blastomer hosil bo'ladi. A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 5, 6 C) 1, 2, 5, 7 D) 2, 4, 6, 7 Organizmlarning embrional rivojlanishi uchun mos keladigan tushunchalarni to'g'ri ketma-ketlikda joylashtiring. 1) xorda; 2) blastula; 3) mezoderma; 4) zigota; 5) spermatozoid; 6) blastomer; 7) suyak; 8) gastrula. A) 4,6,2,3,8,1,7 B) 4,2,6,8,3,1,7 C) 4,6,2,8,3,1,7 D) 5,4,6,2,8,3,7 Ko'k kaptar ontogenezining embrional (a) va postembrional (b) davri uchun xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang. 1) murtak varaqasining ektodermasidan teri epiteliysi rivojlanadi; 2) o'mrov muskullarining qisqarishi tufayli qanotlar ko'tariladi; 3) gastrula biastula devorining qat-qat bo'lib joylashuvidan hosil bo'ladi; 4) maydalanish bosqichi blastulaning hosil bo'lishi bilan yakunlanadi; 5) yurakning chap qorinchasidan chiquvchi yirik aorta katta qon aylanish doirasini boshlab beradi; 6) buyraklarda hosil bo'lgan siydik siydik yo'li orqali qovuqqa quyiladi. A) a-1, 3; b-2, 5 B) a-2, 4; b-1, 5 C) a-1, 3; b-2, 6 D) a-2, 5; b-1, 6 Sichqon embrionining 32 blastomerida 1280 ta xromosoma bor. Sichqon spermatozoidining xromosomalar sonini aniqlang. A) 40 B) 10 C) 20 D) 80 Embrion varaqlari va ulardan rivojlanadigan to'qimalar o'rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. a) entoderma, b) mezoderma; 1) fassiya; 2) endokard; 3) bronxiolalar; 4) neyrogliya; 5) pay; 6) oshqozon epiteliysi. A) a-2, 3; b-4, 5 B) a-2, 4; b-3, 5 C) a-3, 6; b-1, 2 D) a-2, 5; b-3, 4 Qora kalamushning zigotasi 4 marta meridianal bo'lingandan so'ng uning blastulasidagi blastamerlarida jami xromosomalar soni 2432 taga yetgan bo'lsa, unig somatik hujayrasidagi autosomalar xromosomalar sonini aniqlang. A) 36 B) 40 C) 42 D) 44 Xordali hayvonlar embriogenezi maydalanish davrida uchramaydigan xodisani aniqlang. A) hosil bo'ladigan hujayralar dastlabki hujayralar irsiy axborotini tutadi B) navbatdagi bo'linishdan avval yangi hosil bo'luvchi hujayralarning o'sishi kuzatilmaydi C) qiz hujayralar o'ziga xoslikka ega bo'lib, bir biridan irsiy jixatdan farq qiladi D) zigota va undan hosil bo'ladigan hujayralar mitoz usulida bo'linadi
Download 67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling