9-sinf adabiyot fanidan mavzulashtitilgan
Download 149.65 Kb.
|
9 синф адабиёт савол жавоб
9-SINF ADABIYOT FANIDAN MAVZULASHTITILGAN SAVOL-JAVOBLAR TO‘PLAMI (2019-yilgi darslik asosida) Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam «ALPOMISH» DOSTONI (9-SINF) 1. «Alpomish» qachondan boshlab o’zbek folklorshunoslari tomonidan yozib olib kelinadi? J: 1922-yildan 2. «Alpomish» dostoni boshqa dostonlardan qanday farqlanadi? J: Mubolag’aviylik 3. «Alpomish» dostoni kim tomonidan yozib olingan? J: Fozil Yo’ldosh o’g’lidan Mahmud Zaripov yozib olgan 4. Qachon yozib olingan? J: 1928-yili 5. «Alpomish» dostonining qaysi nusxasi bir necha tillarga tarjima qilingan? J: 1928-yili F()zil Yo‘ldosh o‘g‘lidan Mahmud Zaripov yozib о1дап nus\asi 6. Qaysi dostonda o‘zbek xalqining azal-azaldan imon-e’tiqod, or-nomus va yurt birligi yo‘lida o‘zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan? J: «Alpomish» dostonida 7. «Alpomish» dostonining nechta varianti yozib olingan? J: 40 dan ortiq 8. «Alpomish» dostoni yaratilganining ming yilligi mamlakatimizda qachon bayram qilindi? J: 1999-yili 9. Ulkan iste’dodi tufayli o‘zbek xalq dostonchiligini yangi bosqichga ko‘targan baxshi kim? J: Fozil shoir 10. Boybo‘ri va Boysari kimning farzandlari edi? J: Alpinbiyning 11. Dobonbiy kim edi? J: Alpinbiyning otasi 12. Qo‘ng‘irot eli nech urug‘dan iborat edi? J: 16 urug‘ 13. Boybo‘ri va Boysari qachon farzandsiz ekanidan o‘kinadilar? J: Bir to‘yda izza bo‘lganlaridan so‘ng 14. Boybo‘ri bilan Boysari o‘zlari farzandsizliklari tufayli izza qilingan chipronto‘yga necha tilla hadya etishadi? J: 80 tilla 15. «Ey Boybo‘ri bilan Boysari! Bu to‘y o‘g‘illining o‘g‘lidan qaytadi, qizlining qizidan qaytadi, sening nimangdan qaytadi?! O‘zing o‘lsang, molingga har merosxo‘r chiqadi, og‘ziga odam kirib ketadi». Ushbu so‘zlarni kim aytgan? J: Chapanitob boyvachcha 16. Xaloyiqlarni, elatiyalarni to‘yga xabar qildi. Ushbu parchada qo‘llangan «elatiya» so‘zining ma’nosini toping. J: Chorvadorlar (chorva bilan shug‘ullanadigan qavmlar) 17. Xaloyiqlarni, elatiyalarni to‘yga xabar qildi. Shu to‘yga barcha xaloyiqlar yig‘ildi. Ushbu to‘y qaysi to‘y edi? J: Biylar izza bo‘lgan chupronto‘y 18. «Qariganda bizning molimiz besohibga chiqdi. Endi bizlar bir farzand taraddi qilmaymizmi?» Ushbu maslahat kim tomonidan aytilgan? J: Boybo‘ri tomonidan 19. «Qariganda bizning molimiz besohibga chiqdi. Endi bizlar bir farzand taraddi qilmaymizmi?» Ushbu parchada qo‘llangan «besohib» so‘zining ma’nosini toping. J: Egasiz 20. «Tortib olib bo‘lmasa, sotib olib bo‘lmasa, Xudo bermasa, qayoqdan qilamiz taraddi?!» Ushbu parchada nima haqida gap ketmoqda? J: Farzandsizlik haqida 21. «Tortib olib bo‘lmasa, sotib olib bo‘lmasa, Xudo bermasa, qayoqdan qilamiz taraddi?!» Ushbu parcha kim tomonidan aytilgan? J: Boysari tomonidan 22. «...davlat talab davlat tilar ekan, farzandtalabfarzand tilar ekan, oxirat talab imon tilar ekan, qirq kun tunagan kishi murodiga yetib qaytar ekan. Biz ham borsak, nazr-u niyozimizni bersak, biz ham farzand tilab ko‘rsak». Bu ta’rif qaysi avliyoning ravzasi haqida? J: Shohimardon pirning 23. «.davlat talab davlat tilar ekan, farzand talab farzand tilar ekan, oxirat talab imon tilar ekan, qirq kun tunagan kishi murodiga yetib qaytar ekan. Biz ham borsak, nazr-u niyozimizni bersak, biz ham farzand tilab ko‘rsak». Ushbu fikrlarni kim aytgan? J: Boybo‘ri 24. Boybo‘ri va Boysari kimdan farzand tilashadi? J: Shohimardon pirning qabrida qirq kun tunab farzand tilaydilar 25. Shohimardon pirning ravzasiga Qo‘ng‘irot elidan necha kunlik yo‘l bor edi? J: Uch kunlik 26. «Ravza» so‘zining ma’nosi nima? J: Bog‘, jannat, avliyolar qabri 27. Biylar ravzada necha kun tunagandan so‘ng Shohimardan pirdan: «Ey Boybo‘riman Boysari. Xudoning yaratgan sheri men bo‘lsam, shuncha kundan beri bir oyog‘im bilan turib, sizlar uchun oraga tushib, Xudodan farzand tilayman. Yaratgan farzand bermayman dedi», - degan ovoz keladi? J: Bir kam qirq kun 28. Biylar Shohimardon pirga qanday javob beradi? J: Bizlar uchun oraga tushib biror farzand tilab bermasangiz, bizga pirligingiz yolg‘on, Xudoga sherligingiz yolg‘on. Bor unday bo‘lsa, biz ham dunyoning bahridan o‘tdik 29. «Boybo’ri, senga Xudoyim bir o‘g‘il, bir qiz berdi. Yolg’iz emas, egiz berdi. Boysari, senga Xudoyim bir qiz berdi. Egiz emas, yolg’iz berdi. Bundan borsang, farzandlarni ko’rsang, xaloyiqlarni yig’sang, to‘y-tomoshalar bersang, to’yda qalandar bo’lib borib bolalaringning otini o’zim qo‘yib kelaman». Ushbu parcha kimning nutqidan olingan? J: Shohimardon pirning 30. «Tulkini inlatgan toziday bo‘lib» tasviri qaysi voqeaga nisbatan ishlatilgan? J: Bolalarning tug‘ilish vaqtiga 31. «Xaloyiqlar ham ko ‘rdi: tarzi gul yuzli, shirin so’zli, bir siyosatli kishi qalandar bo’lib kelayotir». Ushbu ta’rif kim haqida? J: Shohimardon pirga 32. Biylar to‘yga qalandar qiyofasida kelgan Shohimardon pirni qanday tanib oladilar? J: Ravzada ovozini eshitganlari uchun ovozidan 33. Hakimbekning o‘ng kiftida kimning besh panjasi o'rni bor? J: Shohimardon pirning 34. Hakimbekka Oybarchinni kim unashtirib, beshikkerti qilib qo‘yadi? J: Shohimardon pir 35. «Shunda bolalar kundan kun o‘tib, oydan oy o‘tib, birdan ikkiga o‘tib, birdan ikkiga kirib, ularning tili chiqib, elga enib, tili chiqqandan keyin, elga engandan keyin tutib, ularni maktabga qo‘ydi». Ushbu parcha qaysi dostondan olingan? J: «Alpomish» 36. Boybo'ri va Boysari farzandlarini necha yoshida maktabdan chiqarib oladi? J: 7 yoshida 37. Boysari Oybarchinni nima sababdan maktabdan chiqarib oldi? J: Chorvadorlik ilmini o‘rgatayin, qo‘y sog‘moqqa usta bo‘lsin deb 38. Alpomishni otasi nima uchun maktabdan chiqarib oladi? J: Shohlik, sipohlik ilmini o‘rgatish uchun 39. Alpomish necha yoshida bobosidan qolgan yoyni ko‘targan? J: 7 yoshida 40. Alpomish 7 yoshida ko‘targan yoy kimniki edi? J: Bobosi Alpinbiyniki 41. Alpomish ko‘targan yoyning og‘irligi qancha bo‘lgan? J: 14 botmon 42. Alpomish nima sababdan alp nomini oldi? J: Bobosidan qolgan yoyni ko‘tarib tortgani uchun 43. Alpomish otgan yoyning o‘qi qaysi tog‘ning cho‘qqisini uchirib yuborgan? J: Asqartog‘ning 44. «Alpomish» dostonida dunyoda Alpomishdan tashqari bir kam to‘qson alp o‘tganligi aytiladi. Bu alplarning boshlig‘i kim edi? J: Rustami Doston 45. Boybo'ri kishi nimadan saхiy bo‘ladi deb so‘raganda Alpomish qanday javob beradi? J: Vaqti-bevaqt birovnikiga mehmon kelsa, otini ushlab, joy bor bo'lsa, ko'nglini xushlab jo'natsa, bul ham saxiy; bir kishi mozorotning qabatidan o‘tsa, chap oyog‘ini uzangidan chiqarib, mozordagi odamlarning haqqiga duo o'qib o'tsa, bul ham saxiy; kishining moli zakotga yetsa, zakot bersa, bul ham saxiy deydi 46. Nima uchun Boybo‘ri ukasi Boysaridan zakot olishga qaror qildi? J: Men o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot elining ham boyi bo‘lsam, ham shoyi bo‘lsam, men kimga zakot beraman? Mening davlatimda yolg‘iz inim Boysari baxillikka chiqib ketmasin deb o‘ylagani uchun 47. Boybo‘ri Boysaridan zakot uchun nima so‘raydi? J: Bir chichqoq uloqni 48. Boybo‘ri ukasi Boysaridan zakot olish uchun uning huzuriga nechta mahramini yuboradi? J: 14 mahramini 49. «Otining bo‘yniga tilla qo‘tos taqilgan» sifatlashi kimga nisbatan ishlatilgan? J: Boybo‘rining mahramlariga nisbatan 50. Akasining zakot so‘ragani ko‘ngliga og‘ir botgani uchun Boysari mahramlarga nisbatan qanday yo‘l tutadi? J: Mahramlarning quloq-burnini kesib, o‘zlariga yegizib, otiga chappa mingizib, otning ustiga tortib boylab, Qo‘ng‘irot tarafga haydab yuboradi 51. Mahramlar ketgandan so‘ng Boysari qanday chora ko‘radi? J: O‘n ming uyli Qo‘ng‘irot elidan maslahat so‘rab, majlis chaqiradi 53. «Maslahat bermaymiz Boysariboyga, Osilmaymiz Boybo’rining doriga», - deb aytgan personaj kim? J: Yortiboy 54. «Majlisi kun bo‘lsa, to‘rdan joy tegmay, piyoladan choy tegmay, bo‘sag‘aning oldida kovishga joy bermay, kovish bilan aralashib, it yiqilish bo‘lib, paygabetda yotar edi». Bu ta’rif qaysi personaj haqida? J: Yortiboy oqsoqol 55. «Davlat qo‘nsa bir chibinning boshiga, Semurg‘ qushlar salom berar qoshiga». Ushbu fikrlar kim tomonidan kimga qarata aytilgan? J: Boysari Qo‘ng‘irot eliga qarata aytadi 56. «O‘z akama o‘zim zakot bergancha, O‘z akamdan bunday xorlik ko‘rgancha Qalmoq borib juz’ya bersam bo‘lmaymi?» Ushbu fikrlarni Boysari kimga aytgan? J: Qo‘ng‘irot eliga 57. Boysari: «Mening toza ulsizligim bildirdi», - deya qaysi voqeaga ishora qiladi? J: Zakot voqeasiga 58. Boysariga: «Qayga ko‘chsang, bizlar birga boramiz, Bolalarni jahongashta qilamiz», - deya tasalli bergan personaj kim? J: Yortiboy 59. Boysariboyning qancha yilqisi bor edi? J: 90 to‘qay 60. To’qson to’qayyilqi so'zining ma’nosi ... J: Yilqisi har yerlarda: to'qaylarda, tog'larning darasida, to‘qayli yerlarda yoyilib yurardi, lekin yilqisining, molining sonini hech kim bilmasdi 61. Qo‘ng‘irot elining hammasi qo‘yli, tuyali bo‘lib, molining soni yo‘q edi. Bularning ichidan moli yo‘q degan kambag‘alining qancha tuyasi bor edi? J: 40 ming 62. Qo‘ng‘irotliklar bir qo‘ra, ikki qo‘ra deb nimalarini sanashardi? J: Qo‘ylarini 63. Qo‘ng‘irotliklar nimalarini bir to‘qay, ikki to‘qay deb hisoblashardi? J: Yilqi va mollarini 64. «To‘riq yo‘rg‘a otni tabladan olib kelib, ustiga mayin, toza, muloyim baxmal parquvlardan solib, tilla yuganlarni boshiga solib, juda choqlab, otning jilovidan ushlab olib keldi». Ushbu parchada qo‘llangan to‘riq ot kimga kim tomonidan olib kelinadi? J: Barchinga onasi tomonidan 65. «To‘riq yo‘rg‘a otni tabladan olib kelib, ustiga mayin, toza, muloyim baxmal parquvlardan solib, tilla yuganlarni boshiga solib, juda choqlab, otning jilovidan ushlab olib keldi». Ushbu parchada qo‘llangan «tabla» so‘zining ma’nosini toping. J: Ot boylanadigan joy 66. «Bellardan oshadi ul zamon boylar». Ushbu parchada qo‘llangan «bellar» so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? J: Dovonlar 67. Qalmoq yurtiga ko’chib ketayotganlar Barchin suluvning sepini necha tuyaga ortishadi? J: 60 nor (erkak tuya)ga 68. «Qatorda tirkalgan lo ‘к bilan norcha, Ustigayuklangan qirmiziparcha» misralaridagi «lo ‘k» so’zining ma’nosi ... J: Yuk tashiydigan tuya 69. Qo'ng'irot yurti bilan Qalmoq yurti orasida nechta dovon tog' bor edi? J: 90 dovon tog' 70. «Eliboylar bundan ko’chib boradi» misralaridagi «eliboy» so'zining ma’nosi ... J: Chorvadorlar 71. «Oshiqning fahmidir qorong‘u kecha, Yig‘lasam, holima yig‘lar bir necha» misralarida kimning ruhiy holati aks etgan? J: Qalmoq yurtiga ko‘chib ketayotgan Barchinning 72. «Qaba falak boshga soldi zulm deb, Eliboylar bunda ko‘chib boradi» misralarida qo‘llangan «qaba» so‘zining ma’nosini toping. J: Tartibsiz 73. Surxayl kampir qaysi yurtdan edi? J: Toychi viloyati, Qalmoq muzofotidan 74. Surxayl qanday obraz? J: Buzg‘unchi, janjalkash 75. Surxayl kampir o'g'illarining ismini toping. J: Ko'kaldosh, Ko'kaman, Ko'kqashqa, Boyqashqa, Toyqashqa, Qo‘shquloq, Qorajon 76. «Har qaysisi to’qson botmon temirdan sovut kiygan, har kuniga to’qson shirbozning etini tatil qilgan, bosh- boshiga har qaysisi podshohlikdan har oyda besh yuz som moyana olgan xo’p birlamchi zo’r polvonlar», - deb kimlar ta’riflanadi? J: Surxayl kampirning o'g'illari 77. Qalmoqshoh Surxayl kampirning o‘g‘illariga qayerdan joy berib, qayerda boqar edi? J: Kashal g‘oridan joy berib, To‘qayistonda boqar edi 78. Surxayl kampirning o‘g‘illari qanday alp edi? J: Yoyandoz, mergan alp 79. «Ham barkamol, bo‘yi yetgan, har yag‘rini o‘n besh qarich keladi». Ushbu ta’rif qaysi suluvning ta’rifi? J: Barchinning 80. Alplar Barchinning suluvligidan qanday xabardor bo‘lishadi? J: O‘zlari ko‘rmasa ham orqavoratdan eshitishadi 81. «Bunday dalada chatoq qilib yurganimiz bo‘lmas. Yuringlar, to‘qsonimiz ham boraylik. O‘zbekning qizini yo birimiz olaylik, yo barimiz olaylik. O‘rtada javlik xotinlik bo‘lib qolaylik». Ushbu fikrlarni kim aytgan? J: Ko‘kaldosh 82. Qalmoq yurtida Boysariboyni qanday chaqirishardi? J: Kelganboy 83. «Kelganboy, sening bir qizing bor ekan. Qani, birimizga berasanmi, barimizga berasanmi? Birimiz olaylikmi yo barimiz olaylikmi? Shu so‘zga nima javob aytasan?» - deya Boysaridan kim so‘raydi? J: Ko‘kaldosh 84. Boysari alplarga qanday javob beradi? J: Hoy alplar, ertan choshkayin muhlat beringizlar. Ertan choshkachayin aylanib kelinglar, biz bir o‘ylashib ko‘raylik 85. «Bu alplarni kuyov qilib olamiz, Mina elga toza erkin bo‘lamiz. Bolalarni tog‘a-jiyan qilamiz, Mina elda bizlar davron suramiz», - deb Boysariboyga maslahat bergan oqsoqol. J: Yortiboy 86. Barchin otasiga qanday javob qiladi? J: Qarindoshlarning maslahatidan so‘ng Barchin otasiga javob qaytarishni o‘ziga qo‘yib berishni so‘raydi 87. Qarindoshlar Barchin javob beradigan bo‘lsa bizning ichimizdan chiqib, xolis yerda turib javob bersin deganidan so‘ng uning o‘tovini qayerga tikishadi? J: Ovloq tepaning boshiga 88. Barchin o‘tovda nechta kanizi bilan o‘tiradi? J: 40 kanizi bilan 89. Barchinning muchal yili qaysi? J: Sichqon 90. Qaysi xalq dostoni qahramoni o‘z otasini «darvishim» deb ataydi? J: Barchin 91. Kim o'z qarindoshiga qarata: «Mening qizim - sening singling, nomardlar», - deya nola qiladi? J: Boysari 92. Barchindan dashnomlar eshitgandan so‘ng Ko‘kaldosh kimni uni sudrab olib chiqishni buyurib o‘tovga kirgizib yuboradi? J: Ko‘kamanni 93. «Ko‘kaman alp Barchinning burumidan ushlab poygaga torta boshladi». Ushbu parchada qo‘llangan «burum» so‘zining ma’nosini toping. J: Soch tutami 94. Barchin yakkama-yakka olishuvda kimni yenggan? J: Ko‘kamanni 95. «Zo’rlik nomiga boshida tilla jig’asi bor, ostida suvoriga minib yuradigan saman yo’rg’asi bor», - deya ta’riflangan qahramon ... J: Ko'kaldosh 96. Barchin alplardan necha oy muhlat so'raydi? J: 6 oy 97. Barchinning: «Saman otli, sarjig‘ali bek yigit», - deya murojaat qilganini ko‘rib nima uchun Ko‘kaldosh olti oy muhlat berib yuboradi? J: Barchin mening zo‘rligimni bildi, menga ko‘ngil qo‘ydi deb o‘ylagani uchun 98. Barchin Alpomishga nechta chopar yuboradi? J: 10 ta 99. «Kecha-kunduz shabgir torting, xizmatkor, Jilovdoring bo‘lsin imom, chiltanlar». Barchinning ushbu nutqida qo‘llangan «shabgir tortish» so‘zining ma’nosini toping. J: Tinmaslik, dam olmaslik 100. Barchinning choparlari qancha muddat yurib Qo‘ng‘irot eliga yetib kelishadi? J: To‘qson kecha-kunduz 101. Boybo‘riga ot ustida turib beadablik bilan salom bergan kishilar kim edi? J: Barchinning choparlari 102. Boybo‘ri Barchinning choparlariga nisbatan qanday yo‘l tutadi? J: Choparlarni otdan tushirib, ziyofat beradi 103. «Bergan arzasidan hech shobir bo‘lmadi». Ushbu parchada qo‘llangan «shobir» so‘zining ma’nosini toping. J: Shov-shuv, ovoza 104. Choparlar kelgandan so‘ng qaysi ot sag‘risi toshib, yoli qulog‘idan oshib, yulduzni ko‘zlab, taraqqos boylab o‘ynay beradi? J: Boychibor 105. Boybo‘ri Barchinning xatini hech kimga aytmasdan sandiqqa solib qo‘ygan edi. Uni kim topib oladi? J: Qaldirg‘och 106. «O‘n to‘rt yoshga kirgan, mast bo‘lgan norday ko‘pik sochib o‘tirgan, necha mahramlar xizmatida turgan». Ushbu ta’rif kim haqida? J: Hakimbekka 107. Alpomishga qarata: «Mard yigitning yori talash bo‘lami, Er yigitning yorin qalmoq olami?» - deya tanbeh bergan personaj kim? J: Qaldirg‘och 108. Nima uchun Alpomish Barchinning xatini o‘qib ko‘rgandan so‘ng uni qutqarishga shoshilmaydi? J: Oltoychalik yo‘l bo‘lsa, qalmoqning elida bo‘lsa, zo‘r yovning qo‘lida bo‘lsa, bir xotin olamiz deb sandirab o‘lamizmi degan fikrga borgani uchun 109. Barchinni qutqarishga shoshilmagan Alpomishni kim «narmoda» deb uyaltiradi? J: Qaldirg‘och 110. Boybo‘ri o‘g‘lining Qalmoq yurtiga borishini istamaydi. Alpomishni jo‘natmaslik uchun qanday chora qo‘llaydi? J: Yilqichi Qultoyga Alpomishga ot bermaslikni tayinlaydi 111. «Zo‘r bo‘lsa ham juda qo‘rqoq, sal do‘qdan qo‘rqadi». Qaysi ota o‘z o‘g‘liga shunday ta’rif bergan? J: Boybo‘ri Alpomishga 112. «Qultoy Alpomishni ko‘rib, ko‘nglini xushlab, yilqi boqadigan tayog‘ini qo‘lga ushlab, juda shamiyon qaytarib, bu so‘zni aytadi». Ushbu parchada qo‘llangan «shamiyon qaytarib» so‘zining ma’nosini toping. J: Gerdayib, vahima qilib 113. Alpomishga: «Boybo‘ri o‘lib, moli senga qoldimi?» - deya do‘q urgan personaj kim? J: Qultoy 114. «Aytgan so‘zning poyimini bilsang-chi, Ko‘z kuyugi, ey narmoda, o‘lsang-chi». Ushbu parcha kim tomonidan kimga aytilgan? J: Qaldirg‘ochoyim Qultoydan kaltak yeb qaytib kelayotgan Alpomishga aytadi 115. «Aytgan so‘zning poyimini bilsang-chi, Ko‘z kuyugi, ey narmoda, o‘lsang-chi». Ushbu parchada qo‘llangan «poyim» so‘zining ma’nosini toping. J: Fahm, ma’no 116. Qaldirg‘ochoyim qanday qilib Alpomishni yana kaltak yegan joyiga, ya’ni Qultoyning huzuriga qaytaradi? J: Alpomishni Qultoy bir xizmatkor, o‘zingning molingni olishga kuching yetmadimi deb uyaltiradi 117. «Bog‘onog‘i urgan yerda Qultoy zinkiyib turdi». Ushbu parchada qo‘llangan «zinkiyib» so‘zining ma’nosini toping. J: Qaqqayib 118. Alpomish yakkama-yakka jangda kimlarni yenggan? J: Qultoy va Qorajonni 119. «Saman soriga tush, yo olapocha to‘riga tush, shapaqning zo‘riga tush», - deya o‘ziga ot tanlagan qahramon kim? J: Alpomish 120. Nima uchun Alpomish chipor otga qo‘rig‘i tushganda uni qo‘yib yuboradi? J: Otdan ko‘ngli to‘lmay: «Ko‘p nozik uchradi», - deb o'ylagani iichiin 121. Alpomish necha marta qo‘riq solganda ham qo‘rig‘i chipor otga tushgandan so‘ng: «Taqdirdagi shul ekan- da», - deb belbog‘ini otning bo‘yniga soladi? J: Ikki marta 122. «Bu oting, balki, tulpor chiqar, yomon dema. Bul oting nazarkardadir. Buni mingan odam ko‘p yerlarni ko‘radi, maqsadini haqdan topib qoladi», - deya Alpomishni kim qutlaydi? J: Qaldirg‘och 123. «O‘zi shunday kelgan ekan chovkar ko‘k, Quyrug‘idan berisinda kiri yo‘q». Ushbu parchada qaysi ot ta’riflanmoqda? J: Boychibor 124. Alpomish Boychibor otini qaysi ko‘l yonidagi yaylovdan oladi? J: Arpali ko‘l 125. «Qayda borsang, Shohimardon yor bo‘lsin, O‘nikimom, Chilton jilovdor bo‘lsin», - deya Alpomishni duo qilib Qalmoq yurtiga kuzatib qolgan personaj kim? J: Qaldirg‘och 126. Alpomish qayerda tush ko’radi? J: Cho’ponlarning qo’shxonasida 127. Alpomish bilan birga yana kimlar tush ko’radi? J: Barchin va Qorajon 128. Barchinni qutqarish uchun qalmoq yurtiga jo‘nagan Alpomishga Shohimardon pir va qirq chilton hamisha homiylik qiladi. Chiltonlar qalmoqqa borishning nechanchi kechasida charchab uxlab yotgan Alpomishning ruhini Barchinniki bilan uchrashtiradi? J: Birinchi 129. Alpomish, Qorajon va Barchinga kelajak taqdirlari qanday vosita orqali bildiriladi? J: Tush vositasida 130. «Ostida dulduli, belda zulfiqor, Jilovida Bobo Qambar jilovdor, G’amingda otlandi Shohimardonpirlar», - deya tushida Alpomishga tasalli bergan kim edi? J: Payg’ambar 131. «G‘ayratingdan bo‘zlab ketar qalmoqlar, Hech kim bo‘lmas sening bilan barobar, Senga taqdir qildi Barchin zulfakdor», - deya Alpomishni kim ruhlantiradi? J: Payg‘ambar 132. Barchin Alpomish haqida ko‘rgan tushini qaysi kaniziga aytib undan tushning ta’birini so‘raydi? J: Suqsuroy 133. Barchin tushida ko‘rgan qibla tomondan chiqib kelayotgan bir oy kim edi? J: Rasul payg‘ambar 134. Barchin tushida ko‘rgan oy girdidagi to‘rtta yulduz kimlar edi? J: To‘rtta choriyor 135. «Jon jasaddan bir beqaror bo‘lganda, Ziyon yotib, rahmat toshar bo‘lganda, Rahmat daryo ayni toshib kelganda, Tush ko‘ribman fayzi sahar bo‘lganda». Ushbu fikrlarni kim kimga aytgan? J: Barchin Suqsuroyga 136. Alpomish haqida tush ko‘rgan Qorajon uyqudan qanday uyg‘onadi? J: Kalima aytib 137. Bir kam to‘qson alp: «Oshpichoq, qalampir, Qorajon tentak bo‘p qopti», - deb qachon aytishadi? J: Qorajonning kalima aytib uyg‘onganini ko‘rib 138. Qorajon Alpomish bilan qayerda uchrashadi? J: Murodtepada 139. «Yusuf tal’atli, Rustam sifatli, chovkar otli», - deya kim ta’riflanadi? J: Alpomish 140. «Ostingda bedoving halloslar qushday, Achchig‘ing chillali muzlagan qishday. Norkalla kelgansan, chuydang qo‘shmushday, Norkalla polvonim, qaydin bo‘lasan?» Ushbu savol kimga kim tomonidan berilgan? J: Qorajon Alpomishga bergan 141. «Ko‘kqamish ko‘lidan suqsur uchirdim, Suqsurni izlagan lochin bo‘laman». Ushbu so‘zlarni Alpomish kimga aytgan? J: Qorajonga 142. «Ko‘kqamish ko‘lidan suqsur uchirdim, Suqsurni izlagan lochin bo‘laman». Ushbu parchada qo‘llangan «suqsur» so‘zining ma’nosini toping. J: Urg‘ochi g‘oz 143. «Norkalla kelgansan, chuydang qo‘shmushday, Norkalla polvonim, qaydin bo‘lasan?» Ushbu parchada qo‘llangan «chuyda» so‘zining ma’nosini toping. J: Bo‘yin sirtidagi yo‘g‘on tomir 144. «Boyligidan bedov otni boylagan, Tangqa taylab, Olatovni jaylagan, Kambag‘ali qirq ming gala haydagan, Shul galada bizning bir moya kelgan, Moyaning yo’qchisi - nori bo’laman». Ushbu so’zlarni kim kimga aytgan? J: Alpomish Qorajonga aytgan 145. «Boyligidan bedov otni boylagan, Tangqa taylab, Olatovni jaylagan, Kambag‘ali qirq ming gala haydagan, Shul galada bizning bir moya kelgan, Moyaning yo‘qchisi - nori bo‘laman». Ushbu parchada qo‘llangan «tangqa taylab» iborasining ma’nosi nima? J: Mollarni yoyib 146. «Shul galada bizning bir moya kelgan, Moyaning yo‘qchisi - nori bo‘laman». Ushbu parchada qo‘llangan «moya» so‘zining ma’nodoshini toping. J: Urg‘ochi tuya 147. Qorajon Alpomishga tushida musulmon bo‘lib, u bilan do‘st tutinganini aytgandan so‘ng Alpomish Qorajonni ko‘rishish uchun Murodtepaning ustiga taklif qiladi. Qorajon nima uchun tepa ustiga chiqolmasligini aytib uzr so‘raydi? J: Bu tepaning ustiga chiqadigan darajada kamolga yetmaganligini aytadi 148. Qorajonning mahramlari Alpomish bilan ko‘rishayotganda nima uchun chinqirib yuboradi? J: Alpomish bilan qo‘l berib so‘rashganda panjalari bir-biriga yopishib, qapishib, yanchilib ketgani uchun 149. Alpomish bilan quloch yoyib ko‘rishgan Qorajonning yetti qobirg‘asi sinib, tappa tushib yotib qoladi. Alpomish: «Nima qildi, do‘stim?» - deb so‘raganda Qorajon qanday javob beradi? J: Bola kunda tutadigan quyonchiq kasalim bor edi, shul vaqt tutib qoldi 150. «Bola kunda» birikmasi qanday ma’noni bildiradi? J: Bolalikda 151. Quyonchiq qanday kasallik? J: Tutqanoq 152. Alpomishning beqiyos kuchidan hayratlangan Qorajon unga: «Rostingni aytgin, shul ko‘rishganingmi yo urishganingmi?» - deya so’raydi. Bunga Alpomish qanday javob beradi? J: Nima qildilaring - urishaman, ko‘rishganim edi 153. Alpomish do‘sti Qorajonni Oybarchin huzuriga kim sifatida jo‘natadi? J: Xabarchi hamda sovchi 154. «Har kim maydonga ot soladi, otini o‘zdirgan odam oladi. Har kimning ko‘ngli o‘zida qoladi». Ushbu fikrlarni Barchin kimga aytgan? J: Qorajonga Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 155. Alpomishning kelganini Qorajondan eshitgan Barchin unga qanday javob beradi? J: Alpomish keldi deb, men Alpomishning etagidan ushlab keta berayinmi? Bu alplar ham umid bilan olti oyga muhlat bergan. Shartimni bajargan kishiga tegaman 156. Barchinning alplarga qo’ygan shartlarini toping. J: Yoy tortish, ming qadamdan tanga pulni urish, poyga, kurashda to’qson alpni yengish 157. «Sabash bo‘lsa, bul shibanib chiqqanga» misralaridagi «shibanib» so‘zining ma’nosini toping. J: Shaylanib, tayyorlanib 158. «Shulyurtdan shul otni minib, xotin olib ketaman deb, ahmoq bo’lib yuribdimi?» - deya Alpomishning otini masxara qilgan qalmoqlik alp kim? J: Ko‘kaldosh 159. Alpomishning otini ta’riflagan sinchining nomi... J: Ko'sa sinchi 160. «Sag‘risining ustidan qulog‘ining o‘rtasigachayin to‘qson olti qarich chiqdi, ayil tortuvi oltmish uch qarich chiqdi. Sag‘risini silab, burnidan naycha qo‘yib, durbin bilan qarab ko‘rdikim, qo‘ltig‘ida to‘rt yarim gaz qanoti taklam-buklam bo‘lib yotir». Bu qaysi ot? J: Boychibor 161. Haq so‘zni aytgani uchun ikki ko‘zidan ajralgan personaj kim? J: Ko‘sa sinchi 162. «O‘zbakning oti anday ekan, o‘zbakning qiziga burilmay qo‘yag‘o‘y». Ko‘sa sinchi tomonidan aytilgan ushbu parchada qo‘llangan «anday» so‘zining ma’nosini toping. J: Juda zo‘r 163. Alpomishning otini ta’riflagan Ko‘sa sinchiga nisbatan Ko‘kaldosh qanday yo‘l tutadi? J: Achchiqlanib: «O'zbakning oti mening otimdan o'zganda ko'zingning xunini beraman», - deya sinchining ikki ko'zini o‘yib oladi 164. «Mendan biror vaqtda sen jodirim bo‘lganmiding?» Ushbu parchada qo‘llangan «jodirim» so‘zining ma’nosini toping. J: Jabr ko‘rgan 165. «Bir kam to‘qson alp otdan tappa-tappa tashlab, qo‘l qovushtirib, ta’zim qildi. Aqli shoshib, dabgiridan adashib qoldi». Ushbu parchada qo‘llangan «dabgir» so‘zining ma’nosini toping. J: Tadbir, aql 166. «Bir kam to‘qson alp otdan tappa-tappa tashlab, qo‘l qovushtirib, ta’zim qildi. Aqli shoshib, dabgiridan adashib qoldi». Ushbu parchada alplar kimga ta’zim qiladilar? J: Alpomishga 167. «Boychibor otlarning changini ham ko‘rmay qoladi. O‘yinda o‘zgan, chinda o‘zadi». Ushbu parcha qaysi voqea haqida? J: Yolg‘on poyga haqida 168. Poygaga Boychibordan tashqari nechta ot yig'ildi? J: 499 ta 169. Poygada qalmoqshohning qaysi otlari qatnashadi? J: 3 ta: biri olapocha to‘riq ot, biri shapaq ot, biri saman ot 170. To'riq otning odati qanday edi? J: Qizib kelib endi qayerda tursa turgan yerda olaqaroq bo‘ladi 171. Shapaq otning odati qanday edi? J: Dupur eshitmasa keyin qoladi 172. Qorajon qaysi otdan nos so‘raydi? J: To‘riq (tdan 173. Poygaga Alpomish nomidan kim borgan? J: Q(raj(n 174. Zil tog'ida yotgan ajdaho nima uchun Qorajonga salom beradi? J: Chunki Qorajon mingan B(ychib(rning jil(vida chilt(n, pirlar b(r edi, ajdaho ularga sal(m bergan 175. Qalmoqlar Qorajon bilan Boychiborni qaysi tog'ga bog'lab ketishadi? J: Boboxon tog'iga 176. «Olloh, sendan boshqa yo’qdir murabbiy, Karimsan, samadsan, rasuling barhaq, Rahm aylab yor bo’lgin nochor qullara», - deya Yaratganga yuzlangan qahramon. J: Qorajon 177. «Yig‘ilib qalmoqlar zo‘rlik qiladi, O‘ldirmoqqa ko‘zi qiymay turadi. Necha so‘zni bu qalmoqlar o‘yladi, Qorajonni kulalaband qip boyladi». Ushbu parchada qo‘llangan «kulalaband» so‘zining ma’nosini toping. J: Yechilmaydigan qilib, mahkam bog‘lash 178. Bog'lovdagi Boychibor va Qorajonni kim ozod qilgan? J: Rajabxo'ja eshon 179. Boychibor qaysi ot bilan bir kecha-yu bir kunduz yo‘l talashadi? J: Saman ot bilan 180. Boychibor bir kecha-yu bir kunduz chopgandan so‘ng nechta otdan o‘zib ketadi? J: 460 otdan 181. Poygada Boychibor qaysi ot bilan yo‘l talashib tishlashadi? J: Ko‘kdo‘nan bilan 182. «Ostida mingani Boychibor edi, Minganlarga qutbi zamon yor edi». Qorajon haqidagi ushbu parchada qo‘llangan «qutbi zamon» so‘zining ma’nosini toping. J: Zamonasining avliyosi 183. «Bo‘shalsa, bir kuni o‘zi borar deb, Shumg‘ut bo‘ldi bu juvarmak o‘lar deb». Ushbu parchada qo‘llangan «shumg‘ut» so‘zining ma’nosini toping. J: Yuzi qora 184. Qorajon tomonidan: «Taqimida besh yuz botmon kaltagi», - deya ta’riflangan qahramon kim? J: Ko‘kaldosh 185. «Shopirib irg’iydi nazari Chibor, «Chu!» - deb qamchi uradi Qorajon qaysar». Ushbu parchada qo'llangan «shopirib» so‘zining ma’nosini toping. J: Katta qadam tashlab 186. Alpomish poyganing natijasini qayerda turib kuzatadi? J: Bir baland tepaning ustiga chiqib Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 187. Alpomish nima sababdan hushdan ketib yiqiladi? J: O‘z oti Boychiborni tanimay uni to’riq otga o’xshatgani uchun 188. Boychiborning poygada g’olib chiqishiga kimning olqishlab madadkor bo’lishi sabab? J: Barchinning 189. Kim poygada Ko’kaldoshning oti Ko’kdo’nandan o’zolmagan Boychiborga ma’naviy madad beradi? J: Barchin 190. «Egam rahm aylasin qonli yoshima, Sabab bo‘lib qo‘shgin teng-u to‘shima». Barchin ushbu nolasini qaysi shart vaqtida aytgan? J: Poygada 191. Boychiborning oyog'iga kirgan gulmixlarni tishi bilan sug'urib tashlagan qahramon ... J: Barchin 192. Qizlar kimni gilamning ustiga solib, bardor-bardor qilib ko‘tarib, baxmal uyga kirgizib ketadi? J: Poygada g‘olib chiqqan Qorajonni 193. Barchinning yoy tortishdagi shartida yoyini: «Bor urdim», - deb tortgan qahramon kim? J: Ko'kaldosh 194. Qaysi shart oldidan qalmoqlar: «O‘zimizdan chiqib Qorajon ham balo bo‘ldi. Mudom o‘zbakning yonini oladi», - deyishadi? J: Kurash oldidan 195. Ko‘kaldosh Alpomishga: «O‘zbak! Sen bunday bo‘yni yo‘g‘onlik qilma, g‘aribi go‘riston bo‘lib o‘lma. Hali ham qo‘ygin. Halak bo‘b kelgan yo‘lingdan qolma», - deydi. Ushbu jumlada qaysi shart bo‘yicha bahs ketayotgandi? J: Kurash 196. «Bog‘bon bo‘lsam qizil gulni terayin, Har na qismat yozilganin ko‘rayin». Ushbu fikrlarni Alpomish qachon aytgan? J: Ko‘kaldosh bilan kurashga tushganda 197. «Ang edi ul, sho‘rli bilmay qoladi, Boshidan oshirib yerga uradi». Qorajondan kurashda yengilgan qalmoq pahlavoniga nisbatan qo‘llangan «ang» so‘zining ma’nosini toping. J: Sodda 198. «To‘rt yuz to‘qson quloch qo‘lda hassasi, Sarhovuzdan katta ekan kosasi, To‘qson qari bo‘zdan bo‘lgan kissasi». Ushbu ta’rif qaysi qahramon haqida? J: Nashavand 199. «Shomurti shoxalab har yoqqa ketgan, Ichida sichqonlar bolalab yotgan, Izdan tushgan pishak olloyda yetgan», - deya ta’riflangan qahramon. J: Qo'shquloq 200. «Qorajonbek xasta ko‘nglin xushladi, Juppay qilib yoqasidan ushladi, Dustaman qip uni qoqib tashladi». Ushbu parchada qo‘llangan «dustaman» so‘zining ma’nosini toping. J: Yuztuban 201. «Qorajonbek xasta ko‘nglin xushladi, Juppay qilib yoqasidan ushladi, Dustaman qip uni qoqib tashladi». Ushbu parchada Qorajonning qaysi alpni yenggani tasvirlangan? J: Qo‘shquloqni 202. Qorajon kurashda nechta alpni nobud qiladi? J: Ikki kam to‘qson alpni 203. «Har kim o‘z eliga bekmi, to‘rami, O‘zi o‘lmay kishi yorin berami?» Ushbu so‘zlarni Alpomish kimga qarata aytgan? J: Ko‘kaldoshga 204. «Belma-bel olishsa, ayrit bo‘ladi, Zo‘r deganing ma’lum bo‘lib qoladi». Ushbu parchada qo‘llangan «ayrit» so‘zining ma’nosi . J: Ayrim, ora ochiq 205. Dushmanlarning «qirq mingini bir deb sanab qirishga» tayyor turgan jasur siymo kim? J: Barchin 206. Kim kurashda Ko‘kaldoshni yiqitishda qiynalgan Alpomishga ma’naviy madad beradi? J: Barchin 207. Kimning siymosida qahramonlik dostonlariga xos alp qiz haqidagi an’anaviy tushuncha o‘z ifodasini topgan? J: Barchin 208. Barchinning qaysi so‘zlaridan keyin Alpomishning sherday g‘ayrati kelib, Ko‘kaldoshni chirpab ko‘kka otib yuboradi? J: Qizlar sizni narmoda deb aytadi, Mardlar olishmaydi, siltab otadi 209. Necha yildan so‘ng Alpomish Barchinni izlab Qalmoq yurtiga boradi? J: 7 yildan so‘ng 210. Barchin bilan Alpomishning to‘yida qaysi rasmlar o‘tkaziladi? J: Kampir o‘ldi, it irillar, chach siypatar, qo‘l ushlatar 211. Kuyov chimildiqqa yetib borgunicha o‘tkaziladigan rasmlar qaysilar? J: Kampir o‘ldi, it irillar 212. Barchinning to‘yi qanday o‘tovda bo‘lib o‘tadi? J: Baxmal o‘tovda 213. Kuyovnakarlarga nimalar tortiq qilinadi? J: To‘ppi, ro‘mol, sarpoylar 214. To‘ydan qancha o‘tgandan so‘ng o‘n ming uyli Qo‘ng‘irot eli Alpomish va Barchin bilan o‘z yurtlariga qaytib ketishadi? J: 40 kun 215. Kim o‘z yurtiga ketmay Qalmoq yurtida qolishga qaror qiladi? J: Yolg‘iz Boysarining o‘zi 216. “Shunda qalmoqlar do'g'ilib, Barchinning ustiga qarab bora berdi”. Parchada qo'llangan “do'g'ilib” so'zining ma’nosini toping. J: Yig'ib, to'plab 217. “Men sachratib borsam minib bir tulpor, O'zimayor, bobo, senga xizmatkor”. Ushbu fikrni kim kimga aytgan? J: Alpomish Qultoyga aytgan 218. Barchin tushi haqida “Yer yuzini tutib ketdi ajdahar” deydi. Suqsuroy buni qanday ta’bir qiladi? J: Yer yuzini tutib ketsa ajdahar Mag'ribdan Mashriqqa kulli eranlar 219. “Alpomish” dostonidagi “ suqsur ”, “ moya ” so'zlari kimga ishora qiladi? J: Barchinga Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 220. “Ostingda bedoving halloslar qushday, Achchig'ing chillali muzlagan qishday”. Ushbu fikrlarni kim kimga aytgan? J: Qorajon Alpomishga aytgan 221. "Bizlar uchun oraga tushib, biror farzand tilab olib bermasangiz, bizgapirligingiz yolg’on, Xudoga sherligingizyolg‘on. Bor, unday bo‘lsa, biz ham dunyoning bahridan o ‘tdik”, - deb tappa tushib, ravzada, turbatning ostida yotdi. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “turbat” so'zining matndagi ma’nosini toping. J: Ostona 222. Qirq kun o‘rtadan aniq o‘tdi, boz ravzadan ovoz keldi. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “boz” so'zining ma’nosini toping. J: Yana 223. Boybichalarga shunda to‘lg‘oq vaqti yaqin yetdi. Ne kampirlar kelib, tulkini inlatgan toziday bo‘lib, boybichalarni angnib, o‘rtaga olib turibdi. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “inlatgan” so'zi qanday ma’noni bildiradi? J: Inga qamagan 224. Boybichalarga shunda to‘lg‘oq vaqti yaqin yetdi. Ne kampirlar kelib, tulkini inlatgan toziday bo‘lib, boybichalarni angnib, o‘rtaga olib turibdi. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “angnib” so'zining ma’nosini izohlang. J: Poylab 225. “Alpomish” dostonida Boybo'ri bilan Boysari “Bizlar ham bir shohlik shavkatini qilsak” deyishadi. Parchada qo'llangan “shohlik shavkati” deganda nima nazarda tutilgan? J: Ovga chiqish 226. Ravzadagi so‘zlagan ovozni eshitgani sababli: “Shohimardon pirim shul kishi bo‘lmasa”, - deb biylar o‘rnidan turib, oldiga peshvoz chiqib, salom berib, ziyorat qilib, majlisxonaga boshlab olib keldi. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “majlisxona” so'zi qanday ma’noni ifodalagan? J: Bazmxona 227. Alpinbiy bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmon birinjdan bo‘lgan parli yoyi bor edi. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “birinj” so'zi qanday metal nomini bildiradi? J: Bronza 228. Hakimbekka nech yoshida “Alpomish” deb ot qo'yildi? J: 7 yoshida 229. Ko‘kqamish ko‘lida eliboylik qilib, mollarini semirtirib, yaylovda joylab yotib edi. O‘n ming uyli qo‘ng‘irot elining boyvachchalari bilan yig‘ilib, bir yerga jam bo‘lib, baxmal o‘tovni tikib, shu o‘tovning ichida hamma boyvachchalar bilan qimiz ichib, shag‘al mast bo‘lib, o‘z kayf-safosi bilan o‘tirib edi. Ushbu parchada kim ta’riflangan? J: Boysari 230. O‘n ming uyli qo‘ng‘irot elining boyvachchalari bilan yig‘ilib, bir yerga jam bo‘lib, baxmal o‘tovni tikib, shu o‘tovning ichida hamma boyvachchalar bilan qimiz ichib, shag‘al mast bo‘lib, o‘z kayf-safosi bilan o‘tirib edi. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “ shag'al ’ so'zi qanday ma’noni bildiradi? J: Qattiq 231. Ana shunda otining bo‘yniga tilla qo‘tos taqilgan o‘n to‘rt mahram Boybo‘ridan Boysarini so‘rab borib qoldi. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “tilla qo'tos” qanday taqinchoq? J: Oltin tumor 232. Shunda qalmoqlar do‘g‘ilib, Barchinning ustiga qarab bora berdi. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “do'g'ilib” so'zining ma’nosini toping. J: Yig‘ilib, to‘dalashib 233. Barchin ibo qilib, teskari qarab turib edi, Ko‘kaman alp Barchinning burumidan ushlab, poygaga torta boshladi. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “burumi” so'zi qanday ma’noni bildiradi? J: Soch o‘rimi 234. Men sachratib borsam minib bir tulpor, O‘zima yor, bobo, senga xizmatkor... Ushbu so'zlarni Alpomish kimga aytgan? J: Qultoyga 235. Qultoy Alpomishni ko‘rib, ko‘nglini xushlab, yilqi boqadigan qayqi tayog‘ini qo‘lga ushlab, juda shamiyon qaytarib, do’qlab, bu so‘zni aytib... “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “qayqi tayoq” qanday tayoq? J: Egilgan, qiyshiq A) yo'g'on B) to'g'ri C) D) mustahkam, pishiq 236. Qultoy zinkiyib turdi. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu gapda qo'llangan “zinkiyib” so'zi qanday ma’noni ifodalaydi? J: Qaqqayib 237. Dobonbiy bobosidan qolgan qo‘riqni Hakimbekning qo‘liga berdi. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu gapda qo'llangan “qo'riq” so'zining ma’nosini toping. J: Sirtmoq Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam A) arqon B) C) chilvir D) tayoq 238. O‘zi shunday kelgan ekan chovkar ko ki, Quyrug’idan berisinda kiri yo‘q, Minganlarga bo‘ladakan ko‘ngil to‘q. Parchada qaysi ot ta’riflangan? J: Boychibor 239. O‘zi shunday kelgan ekan chovkar ko‘k, Quyrug‘idan berisinda kiri yo‘q, Minganlarga bo‘ladakan ko‘ngil to‘q. Ushbu ta’rif kimning tilidan aytilgan? J: Qaldirg'ochoyim 240. Qayda borsang, Shohimardon yor bo‘lsin, O‘nikimom, chilton jilovdor bo‘lsin. Dushmanlaring ko‘rsa, seni xor bo‘lsin. Ushbu so'zlar kimga kim tomonidan aytilgan? J: Qaldirg'ochoyim Alpomishga aytgan 241. Qayda borsang, Shohimardon yor bo‘lsin, O‘nikimom, chilton jilovdor bo‘lsin. Dushmanlaring ko‘rsa, seni xor bo‘lsin. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “ chilton ” so'zi kimlarni bildiradi? J: Qirq avliyoni 242. El ko‘chirib, Olatovdan oshirdim, Ulug‘lanib, ostonaga bosh urdim. Ushbu so'zlar kimga kim tomonidan aytilgan? J: Qaldirg'ochoyim Alpomishga aytgan 243. Uchovining tushi oldin-keyin do‘g‘ilish ko‘rdi. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan uchovi kimlar edi? J: Alpomish, Qorajon, Oybarchin 244. - Ostida dulduli, belda zulfiqor, Jilovida Bobo Qambar jilovdor, G‘amingda otlandi Shohimardon pirlar. G‘ayratingdan bo‘zlab ketar qalmoqlar, Hech kim bo‘lmas, sening bilan barobar, Senga taqdir qildi Barchin zulfakdor”... “Alpomish” dostonidan olingan ushbu fikrlar kimning tilidan aytilgan? J: Rasul payg'ambar 245. Ko‘kqamish ko‘lidan suqsur uchirdim, Suqsurni izlagan lochin bo‘laman. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “suqsur” qaysi qush? J: Makiyon o‘rdak 246. Tangqa taylab, Olatovni jaylagan, Kambag‘ali qirq ming gala haydagan. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “tangga taylab” so'zi qanday ma’noni bildiradi? J: Tog‘ni egallab 247. Shul galada bizning bir moya kelgan, Moyaning yo‘qchisi - nori bo‘laman. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “moya” nima? J: Urg‘ochi tuya 248. Sabash bo‘lsa, bul shibanib chiqqanga, Kurash qilib to‘qson alpni yiqqanga, Men tegaman nor bilakli polvonga. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “shibanib” so'zining ma’nosini toping. J: Yeng shimarib, shaylanib 249. - O‘zbakning oti anday ekan. O‘zbakning qiziga burilmay qo‘yag‘o‘y, - dedi. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “anday” so'zi qanday ma’noni bildiradi? J: Juda zo‘r 250. Bu so‘zni eshitib, Ko‘kaldosh alpning achchig‘i kelib: “Mendan biror vaqtda sen jodirim bo‘lib, o‘zbakni ilgaridan ham ko‘rib, o‘zbakka yo‘liqib, siyosatga otimni ta’rif qil deb, senga uch-to‘rt tanga bergan ekan-da, choqdan biron narsa olib ta’rif qilding”, - deb sinchining ikki ko‘zini o‘yib olib qo‘ydi. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “jodirim” so'zining ma’nosi? J: Jabr ko‘rgan 251. Ostida mingani Boychibor edi, Minganlarga qutbi zamon yor edi. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “qutbi zamon” kim? J: Zamon avliyosi Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 252. “Alpomish” dostonida Boychiborning oyog'iga qoqilgan gulmixlarni kim tishi bilan sug'urib tashlaydi? J: Oybarchin 253. ...Bu so‘zni aytib, otga mehribonliklar qilib, banot to’rvagayemni ilib, ko’chib borgan qo’ng’irotlar jam bo’lib, yig’ilib... “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “ Banot” so'zi qanday ma’noni bildiradi? J: Baxmal 254. Juppay qilib yoqasidan ushladi, Dustaman qip uni qoqib tashladi. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “ dustaman ” so'zining ma’nosi...? J: Yuztuban 255 ... Yor so‘ziman sherdil bo‘lib ketadi, Chirpib Ko‘kaldoshni ko‘kka otadi. “Alpomish” dostonidan olingan ushbu parchada qo'llangan “chirpib” so'zining ma’nosi.? J: Siltab ALISHER NAVOIY (1441 - 1501) 1. Sharq adabiyotida «Xamsa» yozish an’anasini kim boshlab bergan? J: Nizomiy Ganjaviy 2. Nizomiy qaysi dostonini Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag’ishlab yozadi? J: «Maxzan ul- asror» 3. Nizomiy qaysi dostonini Iroq hukmdori To‘g‘rul II ga bag’ishlab yozadi? J: «Xusrav va Shirin» 4. Nizomiy qaysi dostonini shirvonshohlardan Axsatan I ga bag’ishlab yozadi? J: «Layli va Majnun» 5. Nizomiy qaysi dostonini Aloviddin Ko‘rpa Arslonga bag‘ishlab yozadi? J: «Haft paykar» 6. Nizomiyning «Xamsa»si necha yilda yozilgan? J: 28 yilda 7. Nizomiy o‘z «Xamsa»sini nechanchi yillar oralig‘ida yaratdi? J: 1196 - 1201-yillar 8. Nizomiyning «Maxzan ul-asror» dostoni nechanchi yillarda yozilgan? J: 1173 - 1179-yillar 9. Nizomiyning «Xusrav va Shirin» dostoni nechanchi yillarda yaratilgan? J: 1180 - 1181-yillar 10. Nizomiyga Axsatan I «Layli va Majnun» dostonini nechanchi yilda yozishni buyuradi? J: 1188-yili 11. Nizomiyning «Haft paykar» dostoni nechanchi yilda maydonga keldi? J: 1196-yili 12. Nizomiyning «Iskandarnoma» dostoni nechanchi yillarda yaratilgan? J: 1196 - 1201-yillar 13. Nizomiyning «Xamsa»si qanday yaratilgan? J: Nizomiy «Xamsa»sini avvaldan niyat qilib, ma’lum bir reja asosida yaratmagan. Ular turli hukmdorlarning taklifi bilan uzoq yillar davomida yozilgan. Oxirgi dostonini yozib bo‘lgandan so‘ng adibda ularni jamlab yagona nom bilan atash fikri tug‘ilgan va birinchi «Xamsa» vujudga kelgan 14. Kimning «Xamsa»si «Panj ganj» (Besh xazina) deb nomlanadi? J: Nizomiy Ganjaviy 15. Nizomiyning qaysi dostoni shohga bag‘ishlangan hamdnoma hisoblanadi? J: «Maxzan ul-asror» 16. Nizomiydan necha yildan so‘ng Xusrav Dehlaviy o‘zining «Xamsa»sini yozib tugalladi? J: 100 yil 17. Xusrav Dehlaviy, asli, qayerlik bo’lgan? J: Shahrisabzlik turkiy urug’lardan 18. Xusrav Dehlaviy «Xamsa»sining 1-dostoni qanday ataladi? J: «Matla ul-anvor» 19. Xusrav Dehlaviy o‘zining «Xamsa»sini nechanchi yillar oralig‘ida yozib tugallagan? J: 1299 - 1301-yillar oralig‘ida 20. Har bir asar «Xamsa» deb atalmog’i uchun qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerak? J: a) besh dostondan tashkil topmog’i; b) birmchi doston albatta pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bo’lishi; v) ikkinchi doston Xusrav va Shirin munosabatlariga bag‘ishlanmog‘i; g) uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog’i; d) to’rtinchi doston shoh Bahromga bag‘ishlanmog‘i; e) beshinchi doston Iskandar haqida bo‘lmog‘i kerak 21. «Xamsa» dostonlari qaysi janrda yozilgan? J: Masnaviyda 22. Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Navoiy «Xamsa»siga kirgan dostonlarni to‘g‘ri sanang. J: Nizomiyniki: «Maxzan ul-asror» (Sirlar xazinasi), «Xisrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Haft paykar» (Yetti go‘zal), «Iskandarnoma»; Xusrav Dehlaviyniki: «Matla ul-anvor» (Nurlarning boshlanishi), «Shirin va Xisrav», «Majnun va Layli», «Hasht behisht» (Sakkiz jannat), «Oyinayi Iskandariy»; Navoiyniki: «Hayrat ul-abror» (Yaxshilar hayrati), «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ayi sayyor» (Yetti kezuvchi), «Saddi Iskandariy» 23. Dehlaviydan 200 yil keyin qaysi buyuk xamsanavislar maydonga chiqdi? J: Jomiy va Navoiy 24. Jomiy o‘z «Xamsa»sini nechanchi yilda yozib tugalladi? J: 1485-yili 25. Jomiyning besh dostoni nomini toping. J: «Tuhfat ul-ahror» (Erkinlar tuhfasi), «Sabhat ul-abror» (Yaxshilar tasbehi), «Yusuf va Zulayxo», «Layli va Majnun», «Xiradnomayi Iskandariy» 26. Jomiy qaysi dostonlarini qo‘shib «Xamsa»sini yetti dostonga yetkazdi va ularni «Haft avrang» (Yetti dengiz) deb atadi? J: «Silsilat uz-zahab», «Salomon va Absol» 27. Turkiy tildagi birinchi «Xamsa» asari muallifi . J: Navoiy 28. Navoiyning «Xamsa»si necha misradan iborat? J: 54 ming misra 29. Navoiyning «Xamsa»si nechanchi yillar oralig’ida yozib tugatilgan? J: 1483 - 1485-yillar 30. «Hayrat ul-abror» dostoni qachon yozilgan? J: 1483-yili 31. 1484-yili «Хamsa»ning qaysi dostonlari yaratilgan? J: «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ayi sayyor» dostonlari 32. «Saddi Iskandariy» dostoni qachon yaratilgan? J: 1485-yili 33. «Chunforsiy edi nukta shavqi, Ozroq edi anda turkzavqi. ...Men turkcha aylabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat». Ushbu parcha qaysi asar xotimasidan olingan? J: «Layli va Majnun» 34. «Xamsa» tarkibiga kiruvchi besh dostonni nima bog‘lab turadi? J: Insonning insonga, olamga, yaratuvchi Allohga munosabati kabi azaliy va abadiy haqiqatlar 35. Navoiy «Xamsa» dostonlarining qaysi biri muqaddimasida «Xamsa» yozishdagi o‘ziga xos yo‘riqlarini bayon etgan? J: «Farhod va Shirin»da 36. Navoiy qaysi dostoni muqaddimasida: «Ani nazm etki, tarhi toza bo’lg’ay, Ulusqa mayl beandoza bo’lg’ay. Yo‘q ersa nazm qilg’onni xaloyiq, Mukarrar aylamaksendin ne loyiq?» - deydi? J: «Farhod va Shirin» 37. Navoiy qaysi dostonida: «Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiypanjasig’apanja urmoq», - deydi? J: «Farhod va Shirin» 38. «Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasig‘a panja urmoq». Ushbu parchada qo‘llangan «panjasiga panja urmoq» iborasining ma’nosini toping. J: Bahslashmoq 39. «Kerak sher ollida ham sheri jangi, Agar sher o‘lmasa, bore palangi». «Farhod va Shirin» dostonidan olingan ushbu parchada qo‘llangan «palang» so‘zining ma’nosini toping. J: Yo‘lbars 40. Navoiyning qaysi dostoni qahramonlik dostoni hisoblanadi? J: «Saddi Iskandariy» 41. Navoiyning qaysi dostoni ishqiy-qahramonlik dostoni sanaladi? J: «Sab’ayi sayyor» 42. «Xamsa» tarkibiga kiruvchi ishqiy dostonlar qaysilar? J: «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» 43. «Xamsa» tarkibidagi dostonlar qanday qismlar bilan boshlanadi? J: Hamd va na’t qismlari bilan 44. «Xamsa»ning qaysi qahramonlari go‘zal yor husniga toqat qilolmay hushidan ketadi? J: Farhod, Majnun, Jobir 45. «Ani nazm etki, tarhi toza bo’lg’ay, Ulusqa mayl beandoza bo’lg’ay. Yo‘q ersa nazm qilg’onni xaloyiq, Mukarrar aylamak sendin ne loyiq?» «Farhod va Shirin» dostonidan olingan ushbu parcha orqali Navoiy nima demoqchi? J: Shunday asar yozginki, o'ziga xos (tarhi toza) bo'lsin, o'qigan odamlarga (ulusqa) yangi, boshqa asarlarga o'xshamas (beandoza)ligi sezilib tursin. Aks holda (yo'q ersa) asari o'zgalar (xaloyiq) yozgandek bo'lsa, bunday takrorlash (mukarra) senga loyiq emas. yaxshisi, bunday asar yozmagan ma’qul 46. Navoiy “Xamsa”sining hajmi qancha? J: 51 ming misradan ortiq 47. Hamd qanday yoziladi? J: Yaratuvchimiz Allohni ulug'lash, unga shukronalik keltirish mazmuniga ega bo'ladi 48. Na’t qismi kimga bag'ishlanadi? J: Payg'ambarimiz Muhammad a.s.ga alqov 49. “Xamsa” dostonlari qanday masalalarni qamrab olgan? J: “Hayrat-ul abror” da shoir umr, uning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson munosabatlariga doir savollarni qo'yadi, keyingi dostonlarda muayyan taqdirlar, voqealar misolida ularga javob berishga harakat qiladi 50. «Ani nazm etki, tarhi toza bo’lg’ay, Ulusqa mayl beandoza bo’lg’ay. Yo‘q ersa nazm qilg’onni xaloyiq, Mukarrar aylamak sendin ne loyiq?» - deydi? J: «Farhod va Shirin» 51. Alisher Navoiyning qaysi asari falsafiy-ta’limiy doston bo‘lganligi uchun mavzu biror voqeani hikoya qilish asosida emas, balki muallif fikr-mulohazalarining bayoni tarzida yoritilgan? J: «Hayrat ul-abror» 52. Faqat «Hayrat ul-abror» dostonining tuzilishigagina xos bo’lgan atamani toping. J: Maqolat 53. «Hayrat ul-abror»da hikoya va masallar nima maqsadda keltiriladi? J: Maqolat so‘ngida mavzuni dalillash, uni hayotiy asoslash maqsadida 54. «Hayrat ul-abror»da keltirilgan hikoya va masallarning bosh qahramonlari asosan kimlar? J: Tarixiy shaxslar, mashhur din va davlat arboblari 55. Navoiy «Hayrat ul-abror»ning qaysi maqolatida: «Kimki jahon ahlida inson erur, Bilki, nishoni aning iymon erur», - deb yozadi? J: Birinchisida 56. Navoiyning fikricha, inson va hayvon o‘rtasidagi farq nima? J: Iymonga ega bo‘lish 57. “Hayrat ul-abror”ning nechanchi maqolati hukmdorlarga bag‘ishlangan? J: Uchinchi maqolat 58. “Hayrat ul-abror”ning nechanchi maqolati “Salotin bobida” deb nomlanadi? J: Uchinchi maqolat 59. “Hayrat ul-abror”ning nechanchi maqolatida shoirning tenglik, ozodlik, adolatli jamiyat borasidagi qarashlari o‘z ifodasini topgan? J: Uchinchi maqolat Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 60. “Mamlakatda juda ko‘p narsa davlat boshlig‘iga bog‘liq. Shoh odil, oqil, orif va el-yurtga g‘amxo‘r bo‘lishi kerak. Shuning uchun shoir shohga qarata: raiyat (xalq) poda bo‘lsa, sen cho‘ponsan, u mevali daraxt bo‘lsa, sen - bog’bon, agar cho’pon qo'ylarini asramasa, ular och bo’rilarga yem bo’ladi. Podani bo’rilardan asra, bog‘ni suv berib yashnatgin”. Ushbu fikrlar “Hayrat ul-abror”ning nechanchi maqolatida uchraydi? J: Uchinchi maqolat 61. Shohki ish adl ila bunyod etar, Adl buzuq mulkni obod etar. Kofiri odil ani obod etib, Mo‘mini zolim ani barbod etib. Ushbu parcha “Hayrat ul-abror”ning nechanchi maqolatida uchraydi? J: Uchinchi maqolat 62. “Hayrat ul-abror”ning nechanchi maqolati karam va saxovat haqida? J: Beshinchi maqolat 63. Buxl erur borcha sifatdin xasis, Lek saxo javhari asru nafis. Ushbu parcha “Hayrat ul-abror”ning nechanchi maqolatida uchraydi? J: Beshinchi maqolat 64. Buxl erur borcha sifatdin xasis, Leksaxo javhari asru nafis. Ushbu parchada qaysi badiiy san’at qo'llangan? J: Tazod 65. O‘yla bulutdekki, quruq bog‘ uza Yog‘may o‘tub, suvni to‘kar tog‘ uza. Ushbu parchaning a’nosini izohlang. J: Saxiy kishi ehtiyojmandlarga ko‘maklashishi, muhtoj odamlarga beminnat qo‘l cho‘zishi lozim. Zarurati bo‘lmagan kishilarga saxiylik qilish aqldan emas 66. O‘yla bulutdekki, quruq bog‘ uza Yog‘may o‘tub, suvni to‘kar tog‘ uza. Ushbu parcha “Hayrat ul-abror”ning nechanchi maqolatida uchraydi? J: Beshinchi maqolat 67. O‘yla bulutdekki, quruq bog‘ uza Yog’may o’tub, suvni to‘kar tog’ uza. Ushbu parchada qaysi badiiy san’at qo'llangan? J: Tashbeh 68. Navoiy qaysi fazilatni saxovatdan ham ulug‘ himmat deb biladi? J: Kishilar saxovatiga ko‘z tikishdan ko‘ra o‘z mehnati bilan kun kechirishni 69. “Hayrat ul-abror”ning nechanchi maqolatida odob masalalari yoritilgan? J: Oltinchi maqolat 70. Navoiy qaysi maqolatda kishilar bilan munosabat va muomala madaniyati, o‘zini tuta bilish, bola tarbiyasi va boshqalar to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildiradi? J: Oltinchi maqolat 71. Har kishining tavrig’a loyiq kerak, Surati holig’a muvofiq kerak. Kimki ulug’roq anga xizmat kerak, Ulki kichikroq, anga shafqat kerak. Ushbu fikrlar “Hayrat ul-abror”ning nechanchi maqolatida uchraydi? J: Oltinchi maqolat 72. Har kishining tavrig’a loyiq kerak, Surati holig’a muvofiq kerak. Kimki ulug’roq anga xizmat kerak, Ulki kichikroq, anga shafqat kerak. Parcha ma’nosini toping. J: Inson munosabatlarda har bir kishining ahvoliga yarasha muomala qilishi, kattalarga xizmat, kichiklarga shafqat etishi lozim 73. Har kishining tavrig’a loyiq kerak, Surati holig’a muvofiq kerak. Kimki ulug’roq anga xizmat kerak, Ulki kichikroq, anga shafqat kerak. Ushbu parchada qaysi badiiy san’at qo'llangan? J: Tazod 74. Boshni fido ayla ato qoshig’a, Jismni qil sadqa ano boshig’a. Tun-kunungg’a aylagali nur fosh Birisin oy angla, birisin quyosh. Ushbu parchada qaysi badiiy san’at qo'llangan? J: Tanosub 75. Boshni fido ayla ato qoshig’a, Jismni qil sadqa ano boshig’a. Tun-kunungg’a aylagali nur fosh Birisin oy angla, birisin quyosh. Ushbu parcha “Hayrat ul-abror”ning nechanchi maqolatidan olingan? J: Oltinchi maqolat 76. “Naf’ing agar xalqqa beshak durur, Bilki, bu naf’ o’zungga ko’prak durur”. Ushbu parcha orqali qanday fikr ilgari surilgan? J: Har bir shaxs qaysi yo‘l bilan bo‘lmasin: mehnati yo mablag‘i bilan, shirin so‘zi yoki maslahati bilan el-yurtga foyda Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam yetkazishi kerak. Jamiyat a’zolarining mana shunday umumga keltirgan naflari, ayni paytda, o‘zlariga ham manfaatlidir 77. “Ulki zarar shevasini tavr etar, Elga demakim, o‘ziga javr etar”. Ushbu parcha orqali Navoiy qaysi fikrni ilgari surgan? J: Agar inson jamiyatga, xalqqa zarar yetkizsa, yomonlik qilsa, bu ham uning o‘ziga qaytadi 78. Kimki ulug‘roq, anga xizmat kerak, Ulki kichikroq, anga shafqat kerak. Inson munosabatlarda har bir kishining ahvoliga yarasha muomala qilish, kattalarga xizmat, kichiklarga shafqat qilish lozimligi haqidagi ushbu satrlar qaysi dostondan olingan? J: «Hayrat ul-abror»dan 79. Navoiy qaysi dostonida shohga qarata: raiyat (xalq)poda bo'lsa, sen cho'ponsan, u mevali daraxt bo'lsa, sen - bog'bon, agar cho'pon qo'ylarni asramasa, ular och bo'rilargayem bo'ladi, podani bo'rilardan asra, bog'ni suv berib yashnatgin, deydi? J: “”Hayrat ul-abror dostonida 80. “Odami ersang, demagil odami, Onikiyo'q xalqg'amidin g'ami” misralari qaysi dostondan olingan? J: “”Hayrat ul-abror dostonidan 81. «Farhod va Shirin» dostonining hajmi ... J: 5782 bayt 82. «Farhod va Shirin» dostonining vazni ... J: Hazaji musaddasi mahzuf 83. Navoiy «Farhod va Shirin» dostonini qanday ataydi? J: «Shavq dostoni» 84. Navoiy «Farhod va Shirin» dostonini nima sababdan «shavq dostoni» deb ataydi? J: Sababi, unda ishq kuylanadi, talqin qilinadi va ulug‘lanadi 85. «Farhod va Shirin» qanday xarakterdagi doston? J: Ishqiy-sarguzasht xarakterdagi 86. Qaysi dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu-o‘ylari ham ifoda etilgan? J: «Farhod va Shirin»da 87. Navoiy «Farhod va Shirin» dostonida Farhodni bosh obraz qilib oldi. Bu bilan dostonda qanday o‘zgarishlar bo‘lishiga asos soldi? J: Farhodning bosh obraz qilib olinishi bilan dostonning qurilishini, mazmunini tamomila o’zgartirdi. Mazkur o’zgarish xamsachilikka shoir kiritgan eng katta yangilik va dostonga «Farhod va Shirin» nomi berilishiga asos bo’ldi 88. Navoiy nima uchun Xusravni bosh qahramon qilib olmadi? J: Chunki Xusrav - komillikdan yiroq, ishqda beqaror, muhabbatdan toj-taxtni ustun bilguvchi xudbin shaxs. Shuning uchun Navoiy uni Shirinning muhabbatiga ham, yozilajak dostondagi bosh obraz darajasiga ham loyiq ko‘rmaydi 89. Navoiy qaysi dostonida: «Yo‘q ersa nazm qilg‘onni xaloyiq, Mukarrar aylamak sendin ne loyiq?» (boshqalar she’r qilib aytganini yana takrorlamoqdan nima foyda?) - deya doston syujeti va kompozitsiyasida tub o‘zgarishlar qilgan? J: «Farhod va Shirin» 90. Farhodning muhabbati qanday muhabbat sanaladi? J: Majoziydan ilohiyga, inson ishqidan Alloh ishqiga o‘sib boruvchi muhabbat 91. Dostonda Farhod kimning timsoli hisoblanadi? J: Poklanish matlabi ila komillik sari intilayotgan solik ruh (mo‘min, muslim banda)ning timsoli 92. Nima uchun Farhod tug‘ilgan mamlakat Chin mamlakati deb nomlanadi? J: Navoiy pokiza islomiy e’tiqod, iymon ustuvorligi, haqiqat va adolat hukmron bo‘lgan yurt, jamiyat va insonning ko‘ngil olami asl Chin mamlakati (haqiqiy insoniy davlat) bo‘ladi degan fikrni ilgari surgan 93. Shirin obrazi qanday ramziy timsol hisoblanadi? J: Shirin Farhod uchun jismda jon kabi asraladigan nihoyatda go‘zal, o‘ta nafis va nozik iymon ko‘zgusidir. Unda Yaratganning jamoli jilva qiladi 94. Dostonda Xusrav qanday ramziy ma’no tashiydi? J: Shayton, nafs hukmronligining lashkarlari 95. Farhodning Shirin istiqomat qilayotgan qal’ani qo‘riqlashi qanday ramziy ma’noga ega? J: Komil iymonli shaxsning qalb qal’asi ichidagi dunyodagi eng bebaho, go‘zal ne’mat - Yaratganning iymon tuhfasini asrashi, unga tajovuz qilayotgan shayton lashkarlaridan, nafs qutqularidan himoya qilishi ifodasidir 96. «Farhod va Shirin» dostonining asosiy voqealari qanday boshlanadi? J: Chin xoqonining farzandsizligi va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi 97. Shabistonda tug‘di yangi bir oy, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy. Ushbu baytning mazmunini toping. J: Kechasi yangi bir oy tug‘ildi, yangi oy deb o‘ylama, bu olamni yorituvchi bir quyoshdir. Bu baytda Farhodning tug‘ilishi qorong‘i kechada yangi oyning paydo bo‘lishiga qiyoslangan 98. Shabistonda tug‘di yangi bir oy, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy. Ushbu baytda qanday badiiy san’atlardan foydalanilgan? J: Istiora, ruju 99. Shabistonda tug‘di yangi bir oy, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy. Ushbu baytda qaysi so‘zlar istiora bo‘lib kelgan? J: Shabiston, yangi oy, mehri olamoroy 100. Ochildi bog‘ida bir otashin vard (atirgul), Demaykim vard, balkim shu’layi dard. Ushbu baytda qaysi badiiy san’at qo‘llangan? J: Istiora Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 101. Kiyurdi ilgiga davron nigine, Nigin o‘rnida la’li otashine. Ushbu baytning ma’nosini toping. J: Davron uning ilgi (qo‘li)ga uzuk (nigin), yo‘q, uzuk o‘rniga otash la’l taqdi, ya’ni Farhod tug‘ilishidan otashdek insonning butun borlig‘ini yondiradigan ishqqa badal qilingan, ya’ni ishqqa nikohlangan 102. «Yuzinda ishq asroriyozilg’on, Ichinda dardta’vizi qozilg'on», - deya kimga ta’rif berilgan? J: Farhodga 103. Xoqon o‘g‘il ko‘rganidan xursand bo‘lib xalqini necha yillik xirojdan ozod qilish haqida farmon chiqaradi? J: 3 yillik 104. Qur’oni karimda «Al-asmo-u tanzil-u min-as-samo», ya’ni «Ismlar osmondan tushadi», - deyilganidek, ismi ishq osmonidan tushgan qahramon kim? J: Farhod 105. Jamolidin ko‘rungach farri shohiy, Bu fardin yorudi mah to ba mohi. Ushbu baytda «mah to ba mohi» iborasi qanday ma’noda qo‘llangan? J: Bu ibora «oydan baliqqacha» degan ma’noni bildiradi, bu yerda «osmondan yergacha» degan ma’noda qo‘llangan 106. Qo‘yib yuz himmat-u iqbol-u davlat, Hamul far soyasidin topdi ziynat. Bu javharlarg‘a chun isnod topdi, Murakkab aylagach, «Farhod» topdi. Bu yerda Navoiy muammo san’atidan foydalanib qaysi qahramon ismini yashiradi? J: Farhod («himmat»dan «h», «iqbol»dan «alif», «davlat»dan «d»ni olib qo‘shsak, «hod» paydo bo‘ladi, buni «far»ning «soyasi», ya’ni keyiniga olsak, «Farhod» so‘zi hosil bo‘ladi) 107. Firoq-u rashk-u hajr-u oh ila dard, Biror harf ibtidodin aylabon fard. Bu baytda qaysi qahramon ismi yashiringan? J: Farhod («firoq», «rashk», «hajr», «oh», «dard» so‘zlarining bosh harflari bir joyga yig‘ilsa, «Farhod» so‘zi paydo bo‘ladi) 108. Tangri taolo tug‘ilishidan ruhiga payvasta etgan ishq Farhodga nimalarni ato etadi? J: Favqulodda iste’dod, tug‘ma qobiliyat 109. «Agar bir qatla ko‘rdi har sabaqni, Yana ochmoq yo‘q erdi ul varaqni». Bu baytda qaysi qahramonning tengsiz xotira kuchiga ega ekanligi tasvirlangan? J: Farhod 110. Farhod qanchada butkul savod chiqardi? J: 3 oyda 111. Farhod qancha muddatda Qur’oni karimni yod oldi? J: Bir yilda 112. «Xamsa»ning qaysi qahramoni uchun «Jahonda qolmadi ulyetmagan ilm, Bilib tahqiqin kasb etmagan ilm» ta’rifi XOS? J: Farhodga 113. «Demonkim ko'nglipok-u ham ko ziipok, Tilipok-u so'zipok-u o ‘zipok» ta’rifi «Хamsa» dostonining qaysi qahramoniga tegishli? J: Farhodga 114. Farhod necha yoshga yеtganda ichi-tashi dard bilan to'ldi? J: 14 yoshga 115. «Falak deb «Dard elining shohi» oni, Malak deb «Dard o'ti ogohi» oni» ta’ rifi qaysi qahramonga tegishli? J: Farhodga 116. Aning sori sovug‘ yel essa nogoh, Chekib Chin mulkining xalqi sovug‘ oh. Qilib el xonumon oning fidosi, Ne xonumonki, jon oning fidosi. Ushbu misralarda xalqning kimga nisbatan muhabbati aks etgan? J: Farhodga 117. Farhod nima uchun doimo g‘amgin, alam va dardlar bilan ko‘milgan edi? J: Tug‘ma ishq ta’sirida 118. Chin xoqoni Farhodni ovutish maqsadida 4 faslga moslab 4 qasr qurdirishga farmon bеradi. Bu ishga kimni ma’mur etib tayinlaydi? J: Mulkoroni 119. Farhodning otabеgi, ya’ni tarbiyachisi kim edi? J: Mulkoro 120. Farhod kimlardan qaysi hunarlarni o'rgangan? J: Qorandan tosh yo'nish, Boniydan me’morlik, Moniydan naqqoshlikni 121. «Farhod va Shirin»da nafsni yеngish quroli sifatida nima ko'rsatiladi? J: Ishq 122. Moniy kimning ramziy timsoli? J: Alloh ishqini qalbga naqshlash sirlarini o‘rgatgan ustoz 123. Boniy obrazi qanday ramziy timsol? J: Farhodning ko‘ngliga ishq binosini qurgan va qurishni o‘rgatgan pir 124. Qoran obrazi qanday ramziy ma’noga ega? J: Farhodning ko‘nglidagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan murshid 125. Farhod olishib yenggan ajdaho, Axriman dev, temir odamlar nimaning ramziy timsoli? J: Har bir insonning botinidagi nafsoniy istak, shaytoniy intilishlarning 126. «Biravkim zoryig'lab -yig'lab ulzor, Topib ko'ngli elozoridin ozor». Kimni yig'lagan holda ko'rsa o‘zi ham unga qo‘shilib yig‘laydigan, elning ko‘ngli ozor topsa, bundan uning ko‘ngli ham ozor chekadigan personaj kim? J: Farhod 127. Xoqon nima sababdan Farhodga shohlikni qabul qilib, taxtga o‘tirishni so‘raydi? J: Farzandidagi qayg‘uni ketkazish va uning har tomonlama kamolotga yetishganidan ko‘ngli to‘lgani uchun 128. Farhod otasining taxtni boshqarish haqidagi taklifini qanday qabul qiladi? J: Otasining taklifini odob bilan, asosli uzr keltirib, davlatni boshqarish ishlarini o‘rganish uchun muhlat so‘raydi 129. «Chiqorib so‘zlig‘ so‘z boshidin dud, Sovug‘ oh aylab, ohin otasholud». Ushbu misrada qo‘llangan «so‘zlig‘ so‘z» birikmasining ma’nosini toping. J: Bu birikmani «yoniq so‘z» yoki «so‘zli yonish» ma’nosida ham Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam tushunish mumkin, chunki o‘zbekcha «so‘z» «kalima» ma’nosini bersa, tojikcha «so‘z» «kuyish» ma’nosida keladi 130. Farhod «Har ishniki qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish odamizod» degan fikrlarini kimga qachon aytgan? J: Otasi xazinasidagi sirli sandiqni ochishni istamaganida unga qarata aytgan 131. Farhod mamlakat xazinasidagi sandiqda nimani ko’rib qoladi? J: Sirli ko’zguni 132. «Farhod va Shirin» dostonidagi sirli ko’zguni kim necha olimga yasatgandi? J: Iskandari Rumiy 400 olimga yasatgandi 133. Ko‘zgu tilsimini ochish uchun Farhod qаyergа borishi kerak edi? J: Yunonistondagi bir tog’ga 134. Yunonistondagi tog’gacha nechta manzil ЬОГ edi? J: Uch manzil bo’lib, birinchisida ajdahoni, ikkinchisida Ahraman devni, uchinchisida ikkalasidan ham mushkulroq tilsimni yengishi kerak edi 135. Sirli ko‘zgu tilsimini yechishning to‘rtinchi manzili qanday edi? J: Tog’dagi g‘or ichidan donishmand Suqrotni topish 136. Farhod ko‘zgu sirini ochishdаgi to‘siqlarni mardona yenggandan so‘ng nimalarni qo‘lga kiritadi? J: Jamshid jomini, Sulaymon uzugini, Iskandar boyligini 137. Suqrot kimlarning taqdirini bashorat qilgandan so‘ng jon taslim qiladi? J: Farhodni, otasini, Mulkoroni 138. Farhod Yunonistondan qaytgach ko‘zguda nimalarni ko‘radi? J: Qandaydir bir yurt, tog‘ kesish bilan mashg‘ul odamlar, o‘zining ham ariq qaziyotgani va Shirinni ko‘radi 139. Farhod sevgilisini izlab yo‘lga chiqqach kimdan Shirinning Arman yurtidan ekanligini biladi? J: Do‘sti Shopurdan 140. Farhod Arman yurtiga kelganda odamlar necha yildan beri suv chiqarish maqsadida tog‘ kesish bilan mashg‘ul edilar? J: Uch yildan beri 141. Arman yurtida suv chiqarish qurilishi kimning istagiga ko‘ra bajarilayotgandi? J: Malika Mehinbonu topshirig‘i bilan jiyani Shirinning istagiga ko‘ra 142. «Hunarni asrabon netkumdur oxir, Olib tufroqqami ketgumdur oxir». Farhod ushbu fikrlarni qachon kimga qarata aytgan? J: Tog‘ qaziyotgan odamlarga qarata Armanistonda aytgan 143. «Harimi iffat ichra shoh ul ermish, Sipehri ismat uzra moh ul ermish» ta’rifi qaysi haqramon haqida? J: Shirin haqida 144. «Yuzi gul, kiprigi derlar tikandur, Ne bor andoqki hargiz bor ekandur». Ushbu ta’rif kim haqida? J: Shirin haqida 145. Shirinning qasridan chashmagacha qancha masofa bor edi? J: O’n yig’och (bir yig’och - taxminan 1200 metrga yaqin masofa) 146. Farhodga kim: «Ne sen o’xshab jahonda bir kishiga, Ne qilg‘an ishing o’xshar el ishiga», - deya murojaat qiladi? J: Shirin 147. Xusrav Parviz qaysi yurt hukmdori? J: Ajam va Arab yurti 148. Xusrav nima uchun Shiringa uylanmoqchi bo‘ladi? J: Tag-tugli qizga uylanib yana bir o‘g‘il ko‘rish orzusida 149. Xusrav kimning maslahati bilan Shiringa sovchi jo‘natadi? J: Vazirining 150. Xusravning vaziri kim edi? J: Buzurg Ummid 151. «Menga ne yor-u, ne oshiq havasdur, Agar men odam o‘lsam, ushbu basdur!» misralari qaysi qahramon nutqidan olingan va kimga aytilgan? J: Shirin Mehinbonuga aytgan 152. Mehinbonu sovchilarga qanday javob qaytaradi? J: Shirinning fe’li o‘g‘il bolalarnikidek, o‘q otib, ov qilib yuradi. Unga turmush qurish haqida gap boshlaguday bo‘lsangiz, o‘zini o‘zi nobud qilishi ham ehtimoldan xoli emas 153. Xusrav bir necha bor Shiringa sovchi jo‘natadi. Har doim bir xil javob eshitgandan so‘ng qanday yo‘l tutadi? J: Mehinbonudan jahli chiqib Arman yurtiga yurish boshlaydi 154. «Shahliq o‘zgadur, oshiqlik o‘zga» degan fikr kim tomonidan aytilgan? J: Xusrav 155. «Kishi ishqida zor o‘lmoq bu bo‘lg‘ay, G‘amidan beqaror o‘lmoq bu bo‘lg‘ay?!» Ushbu fikrlar kim tomonidan kimga aytilgan? J: Farhod Xusravga aytgan 156. «Kishi ishqida zor o‘lmoq bu bo‘lg‘ay, G‘amidan beqaror o‘lmoq bu bo‘lg‘ay?!» Ushbu baytning ma’nosini toping. J: Kishida dard-u ishq (oshiqlik) taomili, odati (oyini) shundaymi, ya’ni yorning yurtiga lashkar tortib keladimi? 157. Bosh va salbiy qahramon o‘rtasida kechadigan dialog qaysi asarda berilgan? J: «Farhod va Shirin» 158. Farhod va Xusravning munozarasi qaysi misralar bilan boshlanadi? J: Dedi: qaydin sen, ey majnuni gumrah? 159. Farhod va Xusravning munozarasi qaysi misra bilan yakunlanadi? J: Dedi: bu so‘zlaringdin yaxshiroq qatl Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 160. «Dedi: nedur senga olamda pesha, Dedi: ishq ichra majnunliq hamesha». Ushbu parcha kimlarning muloqot (dialog)i? J: Xusrav va Farhod 161. «Dedi: dilbaringning de sifotin! Dedi: til g‘ayratidin tutmon otin!» dialogida «g‘ayratidin» so‘zi qanday ma’noni ifodalaydi? J: Rashkni 162. “Shahliq o'zgadur, oshiqlik o'zga” misralari qaysi dostondan olingan? J: “Farhod va Shirin”dan 163. Xusrav va farhodning mubohasasi (dialogi) qayerda bo'lib o'tadi? J: Xusravning qarorgohida 164. Xusrav Farhodni qanday qo‘lga tushiradi? J: Hiyla bilan 165. “Ishq ichra tengdir shoh-u darvesh”, degan fikr kim tomonidan kimga aytilgan? J: Farhod Xusravga qarata aytgan 166. Xusrav Farhodning oldiga kimni jo‘natadi? J: Hiylagar kampirni 167. Hiylagar kampir Farhodni qanday aldaydi? J: Shirinning Xusravga tegishga rozi bo‘lmasdan o‘zini o‘zi o‘ldirdi, o‘lim oldidan Farhodning ismini qayta-qayta takrorlab jon berdi deya aldaydi 168. Farhod o’limidan oldin ota-onasi va yaqinlariga vidolashuvini kim yoki nima orqali izhor qiladi? J: Bodi sabo orqali 169. «Yiqilsa hujra - bo’lsun qasr obod, Qurusa sabza - bo’lsun sarv ozod» misralari Navoiyning qaysi dostonidan olingan? J: «Farhod va Shirin»dan, Farhodning bodi saboga murojaatidan 170. Farhodning: «Meni rozilig’ingdin qilma navmid, Manga do’zax o’tini solma jovid», - degan murojaati kimga qaratilgan? J: Onasiga 171. Farhod o‘limi oldidan nimalar bilan vidolashib, ulardan uzr so‘raydi, minnatdorchilik bildiradi? J: Butun borliq, tabiat, sahro, tog‘-u toshlar, parrandalar bilan 172. Farhod o‘limi oldidan nimalarga murojaat etadi? J: Ajalga, falakka, dunyo (dahr)ga 173. Farhodning vafotidan keyin Shirin va Mehinbonuning taqdiri nima bo‘ladi? J: Shirin ham Farhodning ketidan bu dunyoni tark etadi, Mehinbonu bu musibatni ko‘tarolmay jon beradi 174. Farhodning vafotidan keyin Xusrav qanday o‘lim topadi? J: Xusravning noqobil o‘g‘li Sheruya Shirinni ko‘rib oshiq bo‘lib qoladi, qizga yetishish uchun o‘z otasini o‘ldiradi 175. Sheruyani kim jazolaydi? J: Farhod va Shirinning muhabbat mojarolarini eshitib, Farhodning ko‘kaldoshi Bahrom Arman yurtiga keladi, uning talabi bilan Sheruya otasi mamlakatga yetkazgan ziyonlar uchun xazinasidan tovon to‘lab, yurtiga qaytadi 176. Qaysi doston qahramoni tug'ilishidan otashdek insonning butun borlig'ini yondiradigan ishqqa badal qilingan, ya’ni ishqqa nikohlangan? J: Farhod 177. Qaysi asarda: «Bir nafsning ishini 70 shayton qilolmaydi», - deb ta’kidlangan? J: «Qisasi Rabg‘uziy»da 178. Qaysi shoir: «Nafs itin qilsang zabun, olamdayo q sendek shujo», - deb yozadi? J: Alisher Navoiy XOJA (1480—1547) 1. Xojaning to'liq ismini toping. J: Poshshoxoja ibn Abdulvahhobxoja 2. Xoja millatimiz tarixida qanday adib sifatida alohida o‘rin tutadi? J: Davlat va din arbobi, lirik va epik janrlarda birdek barakali ijod qilgan betakror adib 3. Toshkentlik mashhur avliyo Zangi Ota avlodlaridan bo'lgan ijodkor kim? J: Xoja 4. Xoja qanday oilada tug'ilgan? J: 1480- yilda Ashxobod yaqinidagi qadim Niso shahrida shayxulislom Abdulvahhobxoja oilasida tug‘ilgan 5. Xoja dastlab kimdan tahsil olgan? J: Otasidan 6. Xoja necha yoshida temuriylar saroyida ishlay boshlaydi? J: 16 yoshida 7. Xoja shayboniylar hukmronligi davrida Nisoga tegishli qaysi viloyatga hokim lavozimida ishlagan? J: Darun 8. Xoja Karmana hokimi Jonibek Sulton hukumatida qaysi vazifada ishlagan? J: Saroy mulozimi 9. Xoja qachondan Navoiyning kindik qoni to‘kilgan Hirotning shayxulislomi vazifasiga tayinlanadi? J: 1529- yilning kuzidan 10. Xoja qachondan Balx shahrining shayxulislomi vazifasiga tayin etiladi? J: 1534- yildan 11. Umrining so‘nggi yillarida davlat ishlaridan iste’fo bergan adib qaysi shaharga qaytadi va butun borlig‘ini badiiy ijodga, xalqning ma’naviy tarbiyasiga bag‘ishlaydi? J: Buxoroga 12. Xoja vafotidan so'ng qayerga dafn qilinadi? J: Bahouddin Naqshband qabri yonida 13. Xoja qaysi silsilaning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan edi? J: “Xojagon” silsilasining 14. “Xojagon” silsilasiga kim asos solgan? J: Buxoroda Abduxoliq G‘ijduvoniy 15. “Xojagon” silsilasiga qachon asos solingan? J: XII asrda 16. Qaysi silsila dunyoga Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Abdurahmon Jomiy kabi ko‘plab dovruqli murshidlarni yetkazib bergan? J: “Xojagon” silsilasi 17. Xoja haqidagi uning ishlari, hayot tarzi, axloq-sajiyasi haqida qimmatli Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam ma’lumotlarni kim qoldirgan? J: Hasanxoja Nisoriy 18. Xoja haqidagi ma’lumotlar qaysi asarda keltirilgan? J: “Muzakkiri ahbob” asarida 19. “Muzakkiri ahbob” asarining muallifi kim? J: Hasanxo'ja Nisoriy 20. Xoja haqida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan o'g'li...? J: Hasanxo'ja Nisoriy 21. “Maxdumi a’zam” nomi bilan shuhrat qozongan adib kim edi? J: Xojagi Kosoniy 22. Kim Xojani “shahbozi balandparvoz” (baland uchuvchi lochin) deb baholagan? J: Xojagi Kosoniy 23. “Muzakkiri ahbob” muallifi Xojaning fazilatlari haqida so‘z yuritib, uning qaysi ilmlarni mukammal bilganini xabar qiladi? J: She’r ilmini, insho (yozishma san’ati)ni 24. Podsholikning chet ellarga jo‘natiladigan xatlarini ham yozgan ijodkor kim? J: Xoja 25. Xoja qaysi tillarda devon tartib qilgan? J: Turkcha va forscha 26. Xojaning devonlari haqidagi to'g'ri ma’lumotni aniqlang. J: Devonlar bizgacha yetib kelgan emas, taqdiri noma’lum 27. Nisoriy Xojaning qaysi g‘azalini Zahiriddin Boburga yuborganini va she’r unga ma’qul bo‘lib, maqtaganini qayd etib o‘tadi? J: “Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur” deb boshlanuvchi g'azal 28. Xoja qaysi g'azalida so’zlarning ma’no va ohang tovlanishlaridan juda ustalik bilan foydalangan? J: “Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur” deb boshlanuvchi g'azal 29. “Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur” deb boshlanuvchi g'azalda radif bo‘lib kelayotgan “kechadur” ko‘p o‘rinlarda necha xil ma’noda kelgan? J: Ikki ma’noda 30. “Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur” deb boshlanuvchi g'azalining qaysi baytlarida “kechadur” so'zi ma’nolariga “voz kechmoq”, “gunohini kechmoq” ma’nolari ham qo’shilgan? J: Uchinchi- to‘rtinchi baytlarda 31. “Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur” deb boshlanuvchi g'azalida qaysi so'z butun she’rni har maqomga solib o‘ynatgan? J: “Kechadur” so'zi 32. Qaysi g'azalning har bir misrasi bir necha xil ma’no ifodalaydi? J: “Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur” deb boshlanuvchi g'azali 33. “Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur” deb boshlanuvchi g'azalning matlasidagi birinchi misra qanday ma’nolarni ifodalagan? J: Birinchi ma’nosi: kunduzi vaqtim sening hajringda nola bilan o‘ta (kecha)di. Ikkinchi ma’nosi: kunduz kunim sening hajring tufayli nolalarga to‘la qora tun (kecha)dir 34. “Kechadur” radifli g'azalining matlasidagi birinchi misrasida voqealar qaysi payt va ikkinchi misra ma’nosida qaysi paytlarni ifodalagan? J: Birinchi misrada oshiqning kunduzgi holati ifodalangan bo‘lsa, keyingi misrada tun (kecha)dagi to‘lg‘onishlari aks etgan 35. “Kechadur” radifli g'azalda qo'llangan “avqotlar” so'zining ma’nosini toping. J: Vaqtlar 36. Anbarin zulfung xayolidin ko‘zumga, ey pari, Yil-u oy-u soat-u kun bori yakson kechadur. Bayt ma’nosini toping. J: Birinchi ma’nosi: ey pari, anbar hidli qop-qora sochlaring xayolida yil, oy, soat, kunning bari ko‘zim oldida bir xil (yakson), ya’ni qop-qora kecha (tun)dir. Ikkinchi ma’nosi: ey pari, anbar hidli qop-qora sochlaring xayolida yil, oy, soat, kunning hammasi ko‘zimga bir xil (yakson), ya’ni vayrona kabi kechadir (o‘tadi). Shu baytning uchinchi ma’nosi: “yakson” (bir xil) so‘ziga “yil, oy, kun, soat birdek o‘tadi”, degan ma’no ham berish mumkin. Shunda birinchi aniqlovchi so‘z “yil” bo‘lganligi uchun hammasi birdek, ya’ni yildek o‘tadi degan mazmun kelib chiqadi 37. Kecha ham zulfung kabi holim parishon kechadur. Ushbu misrada qaysi she’riy san’atlar qo'llangan? J: Tajnis, tashbeh, takrir 38. Xojaning bizgacha yetib kelgan dostoni qaysi? J: “Maqsad ul-atvor” 39. “Maqsad ul-atvor” dostoni qachon yozilgan? J: 1514-1520-yillarda 40. “Maqsad ul-atvor” dostoni kimga bag'ishlanadi? J: Jonibek Sultonga 41. Xojaning qaysi asari Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sining birinchi dostoni “Maxzan ul-asror”ga nazira shaklida (ergashib) yozilgan? J: “Maqsad ul-atvor” 42. Qaysi adib adabiyot tarixida ko‘proq hikoyalar muallifi sifatida qoldi? J: Xoja 43. Xoja qalamiga mansub hikoyalar to'plamlari qaysilar? J: “Miftoh ul-adl”, “Gulzor” 44. “Miftoh ul-adl” so'zining ma’nosini toping. J: “Adolat kaliti” 45. “Miftoh ul-adl” asari kimga bag'ishlangan? J: Temur Sulton 46. Xojaning qaysi asari Kistan Qaro Odilga bag‘ishlangan? J: “Gulzor” 47. “Miftoh ul-adl” qachon yozilgan? J: 1508-1510-yillarda 48. “Gulzor” asari qachon yozilgan? J: 1538-yilda Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 49. Xojaning “Miftoh ul-adl” va “Gulzor” asarlari qayerda saqlanadi? J: Har ikkisining birgalikda muqovalangan bir necha nusxasi saqlanib qolgan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar fondida saqlanadi. 50. “Miftoh ul-adl” va “Gulzor” asarlaridan ayrim namunalar qachon chop etilgan? J: 1962-yilda 51. Xoja hikoyalarining birida bir soat adl (adolat) qilganning savobi nimaga teng, deyiladi? J: Odamlarning va farishtalarning va hurlarning ibodatidin ortuq turur 52. “Yigirma qatla Ka’bag‘a yayog‘ boribturur va taqi haj qilibturur va hech kishining oshin yemas”. Ushbu ta’rif kim haqida? J: Zohid haqida 53. Odil podsho zohiddan bir martalik haj ziyoratining savobini qanchaga sotib olmoqchi bo'ladi? J: Avval ming qizil tangaga, keyin o'n ming tangaga 54. Zohid o'zining 20 marta haj ziyoratiga borgandagi savobini nimaga almashtirmoqchi bo'ladi? J: Podshoning bir soat adolat qilganiga 55. Xoja hikoyatlaridan birida qo'llangan “Inoq quli” so'zi qanday ma’noni ifodalagan? J: Hukmdor qattiq ishongan saroy mulozimi 56. Iskandar Zulqarnayn qaysi shaharga kelib xiroj talab qildi? J: Hamadon shahriga 57. Qaysi shaharning “begi bahodir erdi, xiroj bermadi, urushti”? J: Hamadon shahrining 58. Hamadon shahrining Iskandarga xiroj to'lashdan bosh tortgan begi kim edi? J: Doro 59. Iskandar Doroni yenga olmagandan so'ng qanday hiyla ishlatadi? J: Uning ikkita sodiq xizmatkorlarini Doroning boshini kesib kelishga va’da berib yollaydi 60. Iskandarning yana bir ismi... J: Zulqarnayn 61. Iskandar Doroning boshini kesib olib kelsa, ularga nima berishni va’da qiladi? J: Lashkarda barchadan yuqori o'rin beraman 62. Iskandar Doroning boshini kesib keltirgan ikki sodiq xizmatkorni nima sababdan dorga ostiradi? J: Sizlarga eng yuqorida qilishni va’da bergandim, xoinlar uchun eng yuqori joy dordir 63. Sulaymon alayhissalomga yel - shamoldan qaysi jonzot shikoyat qilib keladi? J: Pashsha (chivin) 64. Sulaymon payg'ambar adolat qoidasi deganda nimani nazarda tutadi? J: Adolat qoidasi bitirirkim, dodxoh middai-yu muddao alayh ikkisini barobar turg‘uzub so‘romoq kerakdur, har so‘zlari bo‘lsa bir- bir aytg‘oylar, to hokim alarning so‘zin bilib hukm qilg‘oy, ya’ni huk qilinayotganda har ikki tomonning so'zlari inobatga olinadi 65. “Dodxoh” so'zining ma’nosini toping. J: Arz tinglaguvchi 66. Muddai-yu muddao alayh kim? J: Da’vo qiluvchi va da’vo qilinuvchi (aybdor) 67. Mazohim kim? J: Zahmat yetkazivchi 68. Bo‘l adolat masnadi uzra Sulaymoni zamon, Toki sandin mustafid o‘lg‘ay bari ahli jahon. Gar Sulaymondek bo‘lub xalq ichida qilsang maosh, Bilki, farmoningda bo‘lur olam ichra ins-u jon. G'azal muallifi kim? J: Xoja 69. “Masnad” so'zining ma’nosini toping. J: Taxt 70. “Mustafid” so'zining ma’nosini toping. J: Bahramand 71. “Kisht” so'zining ma’nosini toping. J: Kema 72. Xojaning ramziy hikoaysida kemada bir shaharga borib qolgan musofirni podsho qilib, taxtga o'tqazadilar. Bu shahar xalqi har yili kemada kelgan musofirni podsho qilishar va bir yildan keyin uni bir orolga olib borib tashlashar ekan. Buni bilgan podsho qanday yo'l tutadi? J: O'sha orolni obod qilib, unda ham shahar barpo qiladi 73. Xojaning ramziy xarakterga ega bo'lgan hikoyatidan chiqadigan xulosa nima? J: Inson bu dunyoda yashayotganinda u dunyosining ham g'amini yeyishi kerak 74. “Dilpazir” so'zining ma’nosi... J: Yoqimli, go'zal 75. “Tavfiq” so'zining ma’nosi. J: Ko‘mak, yordam, bahramandlik MUHAMMAD RIZO OGAHIY (1809 - 1874) 1. Ogahiy qachon va qayerda tug’ilgan? J: 1809-yil 17-dekabrda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida Erniyozbek mirob oilasida 2. Ogahiy kimning tarbiyasida bo’lgan? J: Amakisi Munisning 3. Ogahiy qachon amakisi Munisning o’rniga bosh miroblik lavozimini egalladi? J: 1829-yili Munis vafotidan so‘ng 4. Ogahiyning davlat va jamoat arbobi sifatidagi faoliyati qachondan boshlandi? J: 1829-yildan 5. Ogahiy 1839-yili Munis boshlab qo’ygan «Firdavs ul-iqbol» asarining qanchasini yozib tugatdi? J: Xiva xonligining 1825-yilgacha bo’lgan tarixini Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 6. Ogahiyning Xiva xonligining 1844-yilgacha bo’lgan tarixini aks ettiruvchi asari qaysi? J: «Riyoz ud-davla» (Saodat bog’lari) 7. 1845-yili Ogahiy hayotida qanday o‘zgarish bo‘ldi? J: Og‘ir va musibatli davr boshlandi. Miroblik ishlari bilan safarda yurganda tasodif tufayli oyog‘i qattiq shikastlanadi va hali yigit yoshidayoq to‘shakka bog‘lanib qoladi 8. Ogahiy she’rlarining hajmi ... J: 20 ming misradan ortiq 9. «Ta’viz ul-oshiqin» so‘zining ma’nosini toping. J: «Oshiqlar tumori» 10. Ogahiy «Ta’viz ul-oshiqin» devonining necha misrasi fors tilidagi she’rlar? J: 1300 misradan ortig'i 11. Ogahiyning «Ta’viz ul-oshiqin» devoni kimning taklifi bilan tuzilgan? J: Muhammad Rahimxoni Soniy - Feruzning 12. Ogahiyning «Ta’viz ul-oshiqin» devonida nechta janrdagi she’rlar bor? J: 20 dan ortiq 13. Ogahiyning «Ta’viz ul-oshiqin» devoni qachon kimning taklifi bilan tuzilgan? J: Muhammad Rahimxoni Soniy - Feruz saltanati davrida uning talabi va taklifi bilan 14. Xiva tarjima maktabining asoschisi kim? J: Ogahiy 15. Ogahiy nechta asarni fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan? J: 19 ta 16. Ogahiy tarjimalari: 1) Kaykovus ibn Vushmgirning «Qobusnoma» asari; 2) Sa’diy Sheroziyning «Guliston» asari; 3) Nizomiy Ganjaviyning «Haft paykar» asari; 4) Amir Xusrav Dehlaviyning «Hasht behisht» asari; 5) Badriddin Hiloliyning «Shoh va gado» asari; 6) Husayn Voiz Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» (Yaxshi xulqlar) asari; 7) Jomiyning «Salomon va Ibsol», «Bahoriston», «Yusuf va Zulayxo» asarlari; 8) Zayniddin Vosifiyning «Badoye ul-vaqoye» asari; 9) «Zubdat ul-hikoyat» (Hikoyalar qaymog‘i) asari; 10) «Zafarnoma» asari; 11) «Tabaqoti Akbarshohiy» asari. 17. Ogahiyning tarixiy asarlari: 1) «Riyoz ud-davla» (Jannat bog'lari) - 1844-yili yozilgan. Xiva xonligida 1825 - 1843-yillarda Olloqulixon zamonasida yuz bergan tarixiy voqealar yoritilgan; 2) «Zubdat ut-tavorix» (Tarixlar qaymog'i) - 1845 - 1846-yillarda yozilgan, 1843 - 1846-yillarda hukmronlik qilgan Rahimqulixon davri voqealarini aks ettirgan; 3) «Jome ul-voqeoti sultoniy» (Sultonlarga doir voqealar to‘plami) - 1856 - 1857-yillarda yozilgan. 1846 - 1855- yillarda hukmronlik qilgan xonlar: Muhammad Aminxon, Abdullaxon, Qutlug‘murod davri voqealarini tasvirlaydi; 4) «Gulshani davlat» - 1856 - 1865-yillarda saltanat qurgan Sayyid Muhammad Bahodirxon davri voqealariga bag‘ishlangan; 5) «Shohidi iqbol» - Feruz taxallusi bilan she’rlar yozgan mashhur Muhammad Rahimxoni Soniyning taxtga chiqishidan 1872-yilgacha bo‘lgan davri yoritilgan. 18. Ogahiyning qaysi tarixiy asari nomi «tarixlar qaymog‘i» ma’nosini beradi? J: «Zubdat ut-tavorix» 19. Munis va Ogahiy tomonidan tarjima qilingan Mirxond qalamiga mansub tarixiy asar qaysi? J: «Firdavs ul- iqbol» 20. Ogahiyning XIX asrning 60-yillarida yozilgan asarlarini toping. J: «Gulshani davlat», «Shohidi iqbol» 21. Qaysi shoir tog'lardan mayin oqib kelayotgan suvni noz bilan suzilib borayotgan go'zalga o'xshatadi? J: Ogahiy 22. Qaysi shoir bahoriy yel rayhonlarga Masihdek “toza jon” ato qilgani, gul yuzi ochilib, qumri-yu bulbullarning unga vola-yu shaydo bo'lganlari, lola soqiysi qo'lidan ishrat ahliga qadah tutilgani kabi tasvirlar orqali bahor ko'tarinki zavq, hayajonli shavq bilan vasf qilinadi? J: Ogahiy 25. «Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina, Qatlim uchun nas keltirur «nun» eltibon «sod» ustina». Baytda Ogahiy qaysi san’atdan foydalangan? J: Kitobat san’atining tashbihi izmor (yashirin tashbeh) turidan 26. Ogahiyning qaysi g‘azallarida bahor faslining go‘zalliklari vasf qilinadi? J: «O‘yla yetkurdi jahong‘a ziynati oro bahor...», «Ey go‘zal, bahor bo’lmish, azmi sayri sahro qil...», «Bahor ayyomi bo’lmish o’ylakim bog‘i eram sahro.» 27. Harflardan so‘z yasab, uni mazmunga va tasvirga tatbiq etib g‘azal yozgan shoir kim? J: Ogahiy Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 28. «Nun» «sod» ustiga qo‘yilsa, «nas», ya’ni «hukm» so‘zi hosil bo‘ladi. Bu hukm (nas)ga ko‘ra oshiq qatl etilishi kerak. Chunki «nun»ga o‘xshash mushk rangli qora qosh bilan «sod»ga o‘xshash ko‘z o‘zlarining yor yuzidagi ko‘rinishi (hay’ati) bilan bu hukmni chiqargan. Ushbu ajoyib o‘xshatish Ogahiyning qaysi g‘azali matlasida aks etgan? J: «Ustina» radifli g‘azali 29. Ogahiynning musoviyattarafayn shaklida yozilgan she’rini toping. J: «Ul sho'xki, ochildi xat-u ruxsori» 30. Ogahiyning qaysi she’rida mahliqolar yuzi oyat, latofati mus’hafga o'xshatiladi? J: «Baland aylab quyoshga poya navro'z...» 31. Ogahiyning qaysi g‘azalida yorining huzuriga ko‘z yoshlariga toya-toya kelgan oshiq obrazi mavjud? J: «Navro‘z» 32. Ogahiyning ijtimoiy, siyosiy, axloqiy qarashlari qaysi qasidasida aks etgan? J: «Qasidayi nasihat» 33. «Qasidayi nasihat» kimga bag'ishlangan? J: Muhammad Rahimxoni Soniy - Feruzga 34. Ogahiyning qaysi asari adabiyotimiz tarixidagi siyosiy-didaktik lirikaning yorqin namunasi bo'lib qoldi? J: «Qasidayi nasihat» 35. Ogahiy qaysi qasida vositasida ko'pni ko'rgan donishmand, umr mazmunini anglagan faylasuf sifatida yosh xonga nasihatlar qiladi, davlatni boshqarish san’atidan saboq beradi? J: “Qasidayi nasihat” 36. Ogahiyning qaysi g‘azali tabiat lirikasining go‘zal namunasi hisoblanib, unda shoir tashxis san’atidan foydalangan holda bahoriy ayyomni madh etadi? J: «Navro‘z» radifli g‘azal 37. «Navro‘z» radifli g‘azalning qaysi baytida navro‘z o‘zidagi bor yaxshi narsalarni boshqalarga chin ko‘ngildan ulashayotgan va bundan o‘zi ham g‘oyat zavqlanayotgan tanti, saxiy kishiga qiyoslangan? J: 2- baytda 38. «Navro‘z» radifli g‘azalning matlasida navro‘zning quyoshga ta’siri haqida nima deyilgan? J: Navro‘z quyoshni baland qadr va martabaga yuksaltirdi, bu bilan yer yuzidan soyani ko‘tardi 39. Navro‘z elga uch xushbaxtlikni ato qildi va ular bilan elni bahramand etdi deyiladi «Navro‘z» radifli g‘azalning 2-baytida. Bu uch narsa nimalar edi? J: Fayz, shodlik (nishot), aysh 40. «Navro‘z» radifli g‘azalning 3-baytida tashxis uchun nima asos qilib olingan? J: Tabiatdagi o‘zgarishlar 41. Tarab tiflin tug‘urdi dahr zoli, Ango bo‘ldi magarkim doya navro‘z. Ushbu bayt ma’nosini toping. J: Dahr (dunyo) kampiri shodlik chaqalog‘ini tug‘arkan (dunyoga keltirar ekan), navro‘z unga doyalik qildi 42. Tarab tiflin tug‘urdi dahr zoli, Ango bo‘ldi magarkim doya navro‘z. Ushbu baytda qaysi badiiy san’atlar qo‘llangan? J: Tashxis, tashbeh 43. «Navro‘z» radifli g‘azalning qaysi baytida ko‘klam go‘zalligi islomiy tushunchalar vositasida ochiladi? J: 4- baytda 44. Navro’ziy latofatni Mus’haf - Qur’onga tenglashtirish «Navro’z» radifli g’azalning nechanchi baytida uchraydi? J: 4-baytda 45. Nechanchi baytdan «Navro‘z» radifli g‘azalda peyzaj (tabiat tasviri) ijtimoiy mavzuga almashadi? J: 5- baytdan 46. «Navro‘z» radifli g‘azalning nechanchi baytlarida badavlat odamlar (ahli g‘ino)ning bu ko‘ngilli ayyomda «yuz rang xil’at» (turli xil kiyimlar) kiyishi, boshdan oyoq ziynatlanishlari, turli ko‘ngilochar tadbirlar bilan zavqlanishlari bayon etiladi? J: 5-, 6-, 7-baytlarda 47. Janobi shahg‘a keldim bu jihatdin, Ko‘zim yoshig‘a toya-toya navro‘z. Moddiy yordam so‘rab shoh huzuriga kelayotgan lirik qahramon o‘z zabun ahvoliga shunchalar yig‘laydiki, hatto o‘zining ko‘z yoshlariga toyib-toyib ketadi. Bunday tasvirdan Ogahiyning ko‘zlagan maqsadi nima edi? J: Birinchisi, mubolag‘a bilan o‘z holini bayon etib, xondan yordam olish bo‘lsa, ikkinchisi, xonning e’tiborini jamiyatdagi nochor qatlamga qaratish, ularga ko‘mak berishni uyushtirish 48. Mushkin qosh tuklarining hay’at sifatida jonlantirilishi va jallod ko‘zlar bilan ittifoq tuzib, oshiqni qatl etish uchun hukm chiqarishi Ogahiyning qaysi g‘azali matlasida tasvirlangan? J: «Ustina» radifli g‘azalda 49. «Ustina» radifli g‘azalning nechanchi baytida Ogahiy: «Agar shamshodning ustiga gul payvand bo‘lganini ko‘rmagan bo‘lsang bunday mo‘jizani tabiatdan izlamay qo‘yaqolgin-da, yorning zebo qomatiga yarashiq gulgun yuzini tomosha qil!» - deya murojaat etadi? J: 2-baytda 50. «Ustina» radifli g‘azalning nechanchi baytlarida yor go‘zalligi vasf etilgan? J: 1- va 2-baytlarida 51. «Ustina» radifli g‘azalning nechanchi baytlari izhor uslubida bitilib, lirik qahramon kechinmalari ifodalangan? J: 3-, 4-, 5-, 6-baytlar 52. «Ustina» radifli g‘azalning nechanchi baytlari mubolag‘a san’ati bilan sug‘orilgan? J: 3-, 4-, 5-, 6-baytlar 53. Ma’shuqaning noz-u ado-vu g‘amzasi odamzodning bardosh va saboti yetmaydigan darajada qasd etib, uning ustiga dam-badam ofat yog‘dirishi «Ustina» radifli g‘azalning nechanchi baytida aks etgan? J: 3-bayt 54. «Ustina» radifli g‘azalning nechanchi baytida birinchi baytdagi qatlga farmon olgan qotil ko‘z yana jonlanib, oshiqning xasta joniga tahlika solib, bedod ustiga bedod etadi? J: 4-baytda Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 55. «Ustina» radifli g‘azalning nechanchi baytida gul yuz o‘zining shavqi bilan shaydo ko‘ngilni o‘rtaydi va kecha-yu kunduz bulbul kabi yuz navo, ming faryod chekadi? J: 5-baytda 56. Oshiq chekkan g‘am yuklari shu qadar og‘irki, agar falak Farhodning ustiga yana ming Besutun yog‘dirsa ham oshiq chekayotgan g‘am yukining mingdan biricha bo‘lmaydi. «Ustina» radifli g‘azalning nechanchi baytidan ushbu mazmun kelib chiqadi? J: 6-baytdan 57. Besutun so‘zining ma’nosi nima? J: Farhod qazigan afsonaviy tog‘ 58. «Ustina» radifli g‘azalning nechanchi baytlarida oshiqona kechinmalar izhoridan chekiniladi, ular falsafiy umumlashma ruhidagi baytlarga aylanib, shohbayt darajasiga ko‘tarilgan? J: 7-, 8-baytlar 59. Nechanchi bayt davr hukmdoriga qaratilib, unga oftob o‘z nurini vayrona va obod yerlarga teng sochishini misol qilib keltirgan holda marhamat va muruvvat ko‘rsatganingda, yomon-u yaxshiga teng munosabatda bo‘lgin deya shoh adolatga chorlanadi? J: 7-baytda 60. Ogahiy nechanchi baytda quyoshdek yuksak martabada o‘tirgan amaldorni Sulaymonshohdek taxtini shamol ustiga qo‘ndirib, bu olamdan yeldek sayr etib o‘tsa ham oxir-oqibatda tanasi tuproqqa aylanishi va yelga sovurilishidan ogohlantiradi? J: 8-baytda 61. Yor yuziga quyoshning sadqa bo‘lishi, qoshga yangi oyning tavozu ko‘rsatishi Ogahiyning qaysi g‘azali matlasida aks etgan? J: «Aylansun» radifli g‘azali 62. «Aylansun» radifli g‘azalning nechanchi baytida shoir yor labini el ko‘ngliga shodlik keltiruvchi, hayotni yashnatuvchi sifatida ta’riflaydi? J: 2-baytda 63. «Aylansun» radifli g‘azalning nechanchi baytida ma’shuqaning olamlarga tatigulik go‘zalligi mubolag‘ali yo‘sinda tasvirlangan? J: 5-baytda 64. «Aylansun» radifli g‘azalning nechanchi baytida oshiqona tuyg‘ular ijtimoiy kayfiyat bilan uyg‘unlashadi? J: 7-baytda 65. Necha qallosh esam ham ag‘niy ollida bosh egmon, G‘aniylar himmat ichra ushbu qalloshingdan aylansun. Bayt mazmunini izohlang. J: Qanchalik qashshoq bo‘lsam ham boylar yonida boshimni egmayman, boy- badavlatlar himmatni men qashshoqdan o‘rgansin 66. Ogahiyning «Dahr uyi bunyodikim, suv uzrakim mahkam emas» deb boshlanuvchi she’ri janrini toping. J: Tarji’band 67. Ogahiy qaysi asarida dunyo omonat binoga, bo‘yi, vafosi yo‘q gulshanga, jafokor tuban ayyoraga o‘xshatiladi va inson unga ko‘ngil berib aldanib qolmaslikka chaqiriladi? J: «Dahr uyi bunyodkim, suv uzradur, mahkam emas» tarji’bandida 68. Ogahiy tarji’bandida qismlar so‘ngida takrorlanuvchi naqarotni toping. J: Dahr bir vayrona edurkim, xarob obod erur, Chiqsa ondin har kishi - g‘am bandidin ozod erur 69. «Shaho, olam ichra bugun shohsen, Burundin bu so‘zlarga ogohsen. Umidim budurkim, amal qilg‘asen, Amal aylamakda jadal qilg’asen». Ogahiyning ushbu satrlari qaysi qasidasidan olingan? J: «Ogohnoma»dan 70. «Hayosizdan aslo vafo istama, Vafosizdan aslo hayo istama». Misralar kimning qaysi asaridan olingan? J: Ogahiyning «Ogohnoma» qasidasidan 71. Qaysi asarda saltanatni yuksaltiradigan 22 fazilat sanalgan? J: Ogahiyning «Ogohnoma» qasidasida 72. «Ogohnoma» qasidasida shoir shohlarni qaysi badiiy san’at yordamida bir-biriga qiyoslaydi? J: Tazod yordamida adolatli va zolim shohlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi 73. Agar yaxshi erdi va xud yamon, Yer ostida bo‘ldi borisi nihon. Ushbu baytda kimlar haqida so‘z bormoqda? J: Adolatli va zolim shohlar haqida 74. Qani ka’bayi qiblagohing saning Ki, erdi shafiq-u panohing saning. Olur chog‘i ilkiga tiyg‘-u tabar, Edi ojiz o‘trusida she’ri nar. Ushbu misralarni shoir nima uchun aytgan? J: Bu misralar shoh Feruzga qaratilgan bo‘lib, sening panohing, Ka’bang bo‘lgan, qo‘liga tig‘ va qurol olganda qarshisida navqiron sher ham ojiz qoladigan otang qani, u ham olamdan o‘tdi-ku deya umrning o‘tkinchiligini uqtirmoqda 75. Ogahiy bahor kelgunga qadar hukm surgan azobli qish kunlarini «Navro‘z» g‘azalida nimaga o‘xshatadi? J: Soyaga 76. G‘am yuki to qomatim yo qilmadi, Ohim o‘tig‘a falak yoqilmadi, Qilmadi rahmi mango, xud o‘zgaga, Bilmadimkim, qildimi yo qilmadi. Ushbu tuyuq muallifi va tajnisli so‘zlar ma’nosini toping. J: Ogahiy, yo qilmadi - yoy qilmadi; yoqilmadi - yondirilmadi; yo qilmadi - yoki qilmadi 77. Do'stlar, hamrohlig' aylab boringiz, Tundxo'yorim qoshig'a boringiz, Bir kecha bazmimg'a kelturmak uchun, Bosh ayoqig'ayolboringiz. Ushbu she’r janrini aniqlang. J: Tuyuq LIRIKA HAQIDA Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 1. “Lirika” atamasi qaysi tildan olingan? J: Yunon tilidan 2. “Lirika” so'ziga asos bo'lgan “lira” so’zi qanday asbobni bildirgan? J: Musiqa asbobi bo’lib, qadimda she’rlar uning jo‘rligida aytilgan 3. Lirikaning tasvir obyekti nima? J: Inson ichki olamining suratlari bo‘lgan ruhiy kechinma, his- tuyg‘ularni tasvirlaydi 4. O‘zbek she’riyatida qaysi vaznlar keng qo‘llab kelinmoqda? J: Barmoq, aruz, erkin (sarbast) vaznlari 5. Qanday asarlarda ko‘p hollarda poetik maqsad talabi bilan inversiya (gap bo‘laklarining o‘zgargan tartibi)ga murojaat qilinadi? J: Lirikada 6. Qachondan adabiyotimizda nasrdagi she’rlar (nasrdagi nazmlar, mansuralar) paydo bo‘ldi ? J: XX asr boshlaridan 7. Nasriy she’rlar qaysi shoirlar ijodida uchraydi? J: Fitrat, G‘afur G‘ulom, Oybek, Mirtemir, Omon Muxtor, Omon Matjon 8. Mumtoz adabiyotda lirik turning qanday janrlari mavjud? J: G‘azal, ruboiy, tuyuq, masnaviy, murabba’, muxammas, tarji’band 9. Boshqa xalqlar she’riyatida qanday janrlarni uchratamiz? J: Sonet, oda, elegiya, oktava, xokkuk 10. She’riy asarni baholashda qaysi jihatlar g‘oyat muhim sanaladi? J: Unda nima va qanday aytilayotgani muhim 11. Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga, Kelsun agar yuzumni evursam, balo manga. Ushbu baytdagi voqelik qaysi? J: Lirik qahramonning ishqqa giriftor bo‘lishi va ma’shuqaning bevafoligi 12. Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga, Kelsun agar yuzumni evursam, balo manga. Ushbu baytda nima tasvirlangan? J: Ishq tufayli oshiq boshiga tushgan ichki iztiroblari 13. Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga, Kelsun agar yuzumni evursam, balo manga. Ushbu baytdagi lirik asar talablari qanday ifodalangan? J: She’riy shaklda, ya’ni vaznga solingan (aruz o’lchovida), qofiyalangan (bevafo - balo), “keltursa” fe’li sintaktik vazifasiga ko‘ra kesim bo‘lib kelayotgan bo‘lsa ham, gapning oxirida emas, boshida kelmoqda 14. Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga, Kelsun agaryuzumni evursam, balo manga. Ushbu baytda qaysi so'zlar omonim so'zlar tajnis san’atini yuzaga keltirgan? J: “Yuz” so'zi 15. Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga, Kelsun agaryuzumni evursam, balo manga. Ushbu baytning nechanchi misrasidagi “yuz” so'zi iyhom san’atini yuzaga keltirgan? J: Ikkinchi misradagi 16. Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga, Kelsun agar yuzumni evursam, balo manga. Ushbu baytning ikkinchi misrasida qo'llangan “yuz” so'zlari qanday ma’nolarni ifodalagan? J: Birinchisi, yordan kelayotgan balolardan yuzimni o‘girsam, menga balolar bo‘lsin ma’nosida. Ikkinchisi, birinchi misradagi “yuz balo” iborasidagi “yuz”ni ayirsam, menga qolgani balo bo‘ladi ma’nosida 17. Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga, Kelsun agar yuzumni evursam, balo manga. Ushbu baytni to'rtta gap sifatida qanday tahlil qilish mumkin? J: To‘rtta gap tarzidagi tahlili: 1) o‘sha bevafo menga yuz baloni keltirsa; 2) kelsin, ya’ni o‘sha balolar kelaversin (to‘liqsiz gap); 3) agar balolardan yuzimni o‘girsam (nomustaqil kesimli gap); 4) balo manga bo‘lsin 18. Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga, Kelsun agar yuzumni evursam, balo manga. Ushbu baytni uchta gap sifatidagi tahlilini toping. J: Uchta gap tarzidagi tahlili: 1) o‘sha bevafo menga yuz baloni keltirsa; 2) agar ulardan yuzimni o‘girsam; 3) menga balo kelsin. Ikkinchi misra boshidagi “kelsun” misra oxiridagi ega va to‘ldiruvchidan iborat “balo manga” uchun kesim vazifasini o‘tamoqda ZOKIRJON XOLMUHAMMAD O‘G‘LI FURQAT (1859 - 1909) 1. Furqat qayerda tug'ilgan? J: 1859-yilda Qo'qonda savdogar oilasida 2. Furqat necha yoshida «Mantiq ut-tayr» asarini o’qigan? J: 8 yoshida 3. Furqat necha yoshida Navoiyning g’azaliyoti bilan tanishgan? J: 9 yoshida 4. «Mening maktab aro buldur murodim, Xatimdek chiqsa imloyi savodim», - deb qaysi shoir yozgan? J: Furqat 5. Furqat necha yoshida madrasa talabasi bo‘lgan? J: 14 yoshida 6. O‘qishi nihoyasiga yetmay qolgan Furqat nechanchi yili Yangi Marg‘ilon (hozirgi Fargo‘na)ga do‘kondor tog‘asi huzuriga boradi? J: 1879-yili 7. Yangi Marg'ilonda nima bilan shug'ullanadi? J: Husnixat sohibi bo'lganigi iicliiin mirzalik, xattotlik qiladi 8. Mutaxassislarning fikricha, shoir qachondan she’rlariga “Furqat” taxallusini qo'ygan? J: Yangi Marg'ilonda ekanligidayoq 9. Furqat qachon Qo‘qonga qaytadi? J: 1880-yili 10. Furqat necha yoshida devon tartib bergan? J: 21 - 22 yoshida 11. Furqat nechanchi yillar Toshkentda yashadi? J: 1890 - 1891-yillar 12. Furqat 1890-yili Toshkentda ekanida uni kim Yangi shahar qismidagi tomoshalarga olib boradi va juda ko’pchilik rus amaldorlari, general-gubernator bilan tanishtiradi? J: N.Ostroumov 13. Furqat she’rlarining «Turkiston viloyati gazeti»da chop etilishida kimning xizmati katta bo‘lgan? J: N. Ostroimovning 14. Toshkent erlar gimnaziyasi direktori, «Turkiston viloyatining gazeti» muharriri N.Ostroumov qaysi shoirning hayotida katta rol o‘ynagan? J: Firqat 15. Furqatning Nikolay Ostroumov qanday ahamiyatga ega bo‘ldi? J: Bu tanishuvdan so‘ng Furqat «Turkiston viloyatining gazeti»ga tarjimon bo‘lib ishga kiradi, shundan uning jurnalistik, publitsistik faoliyati ham boshlanadi 16. Furqat qachon Samarqandga yo‘l oladi? J: 1891-yil sentyabrida 17. Furqat Samarqandda kimning huzurida bo’ladi? J: Savdogar va etnograf olim Mirzo Buxoriy huzurida 18. Furqat Mirzo Buxoriy bilan qanday tanishgandi? J: Xat orqali 19. Furqat qachon Kashmir, Tibet va Xo‘tan orqali Yorkentga keladi? J: 1893-yil bahorida 20. Furqat Qashqarda qanday ish bilan shug‘ullanadi? J: Rusiya musulmon idorasida kotib bo‘ladi 21. Furqat Qashqarda kimga uylanadi? J: Ra’no ismli ayolga 22. Furqat nechanchi yilgacha Turkiston bilan, «Turkiston viloyatining gazeti» bilan aloqani uzmadi? J: 1906- yilgacha 23. Furqat qachon qaysi хastalikdan vafot etgan? J: 1909-yili tomoq og‘rig‘idan 24. Furqatning adabiy merosi nimalarni o‘z ichiga oladi? J: 1) lirikasi; 2) publitsistikasi, nasriy asari; 3) tarjimalari; 4) ilmiy asarlari 25. Furqat tarjimasiga mansub asarlarni toping. J: «Hammomi xayol», «Chor darvesh», «Nuh manzar» 26. Furqatning qaysi asarlari bizgacha yetib kelmagan? J: «Hammomi xayol», «Chor darvesh», «Nuh manzar» 27. Furqatning 1891-yilning yanvar - iyun oylarida davomli chop etilgan «Xo’qandlik shoir Zokiijon Furqatning ahvoloti. O‘zi yozg‘oni» nomli memuar asari adabiyotshunoslikda qanday nomlanadi? J: «Furqatnoma», «Sarguzashtnoma» 28. Furqatning qaysi asari uni bizga jurnalist va nosir sifatida tanitadi? J: «Furqatnoma», «Sarguzashtnoma» 29. Furqatning «Xo‘qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. O‘zi yozg‘oni» nomli memuar asari qaysi gazetada bosilgan? J: “Turkiston viloyatining gazeti”da 30. Furqatning qaysi asari uning hayot yo'li, dunyoqarashini aniqlash borasida katta ahamiyatga ega? J: “Furqatnoma” 31. Furqatning ijodiy merosida nechta ilmiy asar uchraydi? J: 4 ta 32. Furqatning ilmiy asarlaridan nechtasi etnografik xarakterga ega? J: 3 ta 33. Furqatning ilmiy asarlarini toping. J: 1. «To‘y tavsifi». 2. «Gap ta’rifida». 3. «Aza tavsifi». 4. «Ilmi qoidayi avzoni» 34. Furqatning qaysi ilmiy asarlari etnografik xarakterda? J: 1. «To‘y tavsifi». 2. «Gap ta’rifida» 3. «Aza tavsifi» 35. Furqatning qaysi asari adabiyot havaskorlari uchun qo‘llanma sifatida tuzilgan va unda aruz vaznining qoidalari bayon etilgan? J: «Ilmi qoidayi avzoni» 36. Furqat ijodida qaysi janrlar uchraydi? J: G‘azal, masnaviy, muxammas, musaddas, mustazod 37. Furqat g‘azallarining sonini toping. J: 200 ga yaqin 38. «Chaman sahnida derlar sarv bilayosuman nozik, G’alatdur, qomating oldidaguldanpirahan nozik». She’r muallifini toping. J: Furqat 39. Furqat qaysi g'azalida ma’shuqasining husnini bashariyat tarixidagi eng go'zal inson bo'lmish misrlik Yusuf (a.s.)dan ustun qo'yadi? J: “Nozik” radifli g'azalida 40. «Chaman sahnida derlar sarv bila yosuman nozik, G‘alatdur, qomating oldida guldan pirahan nozik». Ushbu baytda nima uchun oshiqqa chamanzorda sarv daraxti bilan yosuman gulini nozik va ko'rkam deyishlari g'alati tuyuladi? J: Chunki yorning qomati sarvdan, ko'ylagi (pirahani) guldan nozik 41. “Kalomingdin halovat topmog'i jonlarni ondinkim, Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam Dahon nozik, zabon nozik, ki lab nozik, suxan nozik”. Yor go'zalligi belgilarini sanash orqali mazmunni bo'rttirishga qaratilgan ushbu bayt muallifi kim? J: Furqat 42. Furqatning «Surmadin ko’zlar qaro, qo’llar xinodin lolarang...» g’azali kimning g’azaliga o’xshatma sifatida bitilgan? J: Fuzuliyning 43. Furqatning qaysi g’azallarida taqdirning unga bergan sinovi - yurt judoligi bayon etiladi? J: «Fig’onkim, ul buti siymin zaqandan ayrilib qoldim...», «Hasrato, kel-kel beri, ul sho’xi jonondin gapur...» g’azallarida 44. Furqat Istanbulda yozgan «Sabog’a xitob» she’rida qayerdagi do’stlarini esga oladi? J: Toshkentdagi 45. Furqatning «Sabog’a xitob» she’ri qanday shaklda yozilgan? J: Maktub shaklida 46. Furqatning «Sabog’a xitob» she’ri qayerda yozilgan? J: Istanbuldagi «nasimi fayzi rab» bo’lgan Milliy bog‘da sayr qilayotganda 47. Furqatning ayriliq va judolik ma’nosida yaratilgan muxammasi qaysi? J: «Manam sho‘rida bulbul» 48. «Biz, istig‘no eli, qichqirmag‘on ma’vog‘a bormasmiz, Agarchandiki xirman aylasa, dunyog’a bormasmiz». She’r muallifini toping. J: Furqat 49. Furqatning qaysi g’azalida so’fiyona kayfiyat, qalandarona baland himmat ruhining yetakchiligi seziladi? J: «Biz, istig’no eli, qichqirmag’on ma’vog’a bormasmiz, Agarchandiki xirman aylasa, dunyog’a bormasmiz» 50. Furqatning «Sayding qo’ya ber, sayyod» deb boshlanuvchi she’ri janri ... J: Musaddas 51. Furqatning fikricha, «o’shal kun anjumanda o’tsa umri», uni kim deb atashgan? J: Suhbatiy 52. Furqatning fikricha, «fano ko’yida kimki mu’takifdur», uni kim deb atashgan? J: Xilvatiy 53. Furqatning «Sayding qo’ya ber, sayyod, sayyora ekan mendek» deb boshlanuvchi musaddasi necha banddan iborat? J: 6 band - 36 misra 54. Furqatning «Sayding qo’ya ber, sayyod, sayyora ekan mendek» deb boshlanuvchi musaddasida qaysi san’atkor do’stining nomi eslanadi? J: Sa’dulloning 55. Yomg‘ir suvi to‘lganda tog‘ lolani jom etishi Furqatning qaysi she’rida tasvirlangan? J: «Sayding qo‘ya ber, sayyod.» musaddasida 56. Furqat qaysi she’rida o'zini sayd- ohuga o’xshatgan? J: «Sayding qo'ya ber, sayyod.» musaddasida 57. Furqatning ayriliq va judolik ma’nosida yaratilgan muxammasi qaysi? J: «Manam sho‘rida bulbul» 58. Muxammas: Manam sho‘rida bulbul, bo‘stonidin adashganman, Yuzi gul, qomati sarvi ravonidin adashganman, Dilim hajri-la qondur, dilistonidin adashganman, G‘aribi ko‘yi g‘urbat xonumonidin adashganman, Vayo bir murg‘i vahshiy oshyonidin adashganman 59. «Laqab har kimsaga mardum ba qadri odatiy derlar», - deya o’zining laqabi, ya’ni taxallusi taqdiriga aylanganini she’rlaridan birida aytib o’tgan mumtoz shoir kim? J: Furqat 60. «G‘arib-u bekas-u sarsonlig‘imni boisi shuldur, Hazin-u xasta-yu giryonlig‘imni boisi shuldur». Baytda Furqat nimani nazarda tutgan? J: Vatandan uzoqda yurganligini 61. O’zbek kelinchagiga atab she’r bitgan shoir nomini toping. J: Furqat 62. «Bir ko‘rib chohi zaqan Xorut ila Morut ikov, Chohi Bobil ichra qolmishlar bo‘lak tadbirda». Furqat lirikasiga doir ushbu baytda qaysi she’riy san’at qo’llangan? J: Talmeh 63. Yomg’ir uchun tog’ lolasini jola qilgan adib kim? J: Furqat 64. Furqatning qaysi g’azalida ishqiy kechinmalar, oshiqona savol-javoblar shoir hayoti bilan bog’liq qismat chizgilariga ulashib ketadi? J: «Bir qamarsiymoni ko‘rdim baldayi Kashmirda» 65. Furqatning aksariyat she’rlarida «furqat» so’zi yurtdan judolik ma’nolarida qo’llaniladi. Shoir qaysi she’rida «Furqat» taxallusini tasavvufiy ma’noda izohlab, inson bu dunyoda o’zining haqiqiy vatani - ilohiy dargohdan uzoqda, haqiqiy yor - Allohdan ayriliqda o’tishini ta’kidlaydi? J: «Manam sho‘rida bulbul» muxammasida 66. Furqatning qaysi she’ri maqtasida fasl go’zalligiga bag’ishlangan asar ijtimoiy ruhdagi fikr bilan yakunlanadi? J: «Fasli navbahor o‘ldi» g‘azali 67. Qaysi g’azalda ko’klam kelishi bilan tabiatda ro’y berayotgan go’zal o’zgarishlarni g’oyat sinchiklab kuzatgan shoirning qalb kechinmalari aks etgan? J: «Fasli navbahor o‘ldi, ketibon zimistonlar» g‘azalida 68. «Fasli navbahor o’ldi, ketibon zimistonlar» g’azalining matlasida shoir bahorning g’animat ekanligini ta’kidlash asosida, aslida, nimaning g’animatligiga ishora qiladi? J: Umrning 69. «Fasli navbahor o’ldi, ketibon zimistonlar» g’azalining nechanchi baytlarida saj - ichki qofiyaning go’zal namunasi uchraydi? J: 2-, 3-baytlarida Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 70. «Fasli navbahor o’ldi, ketibon zimistonlar» g’azalining nechanchi baytida Furqat tashxis - jonlantirish san’atidan mohirona foydalanadi va ko’klamning eng sara chechaklari - nastarin, yosuman, nargislar sara odamlar - yoronlarni kutib olishga intiqlik bilan hozirlik ko’rayotganini tasvirlaydi? J: 3-baytda 71. Furqat tabiatni tinimsiz harakatda ko‘rsatadi. Tabiat go‘zalligiga oshufta lirik qahramon uyg‘oq bir saharda chaqmoq chaqdi - butun olamga o‘t tutashganday bo‘ldi. Ketidan momaqaldiroq gumburlab, tog‘lar larzaga keldi, biyobonlarni titratib yubordi. Mana shunday jonlantirishga boy bayt «Fasli navbahor o‘ldi, ketibon zimistonlar» g‘azalining nechanchi bayti? J: 4-bayt 72. Qumrilar qilib ku-ku, bulbul aylabon chah-chah, Sarv-u gul uza doim tortar oh-u afg‘onlar. Ushbu baytda qo‘llangan taqlidiy so‘zlar qanday vazifani bajargan? J: G‘azal musiqiyligini oshirgan, oldingi misralarni kuchaytirishga, yangi tafsilotlar bilan mustahkamlashga xizmat qilgan 73. «Fasli navbahor o‘ldi, ketibon zimistonlar» g‘azalining nechanchi baytidan g‘azalga ijtimoiy ruh kirib kela boshlaydi? J: 6-baytdan 74. Bulbul o‘qug‘och yig‘lab, subhidam xazon faslin, G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar. Ushbu baytda g‘unchaning gul bo‘lib ochilish jarayoni qaysi badiiy san’at vositasida tasvirlangan? J: Husni ta’lil 75. Husni ta’lil qanday san’at? J: Biror tasvir yoki holatni unga umuman aloqasi yo‘q boshqa narsa bilan dalillash, yolg‘on bo‘lsa-da, chiroyli sabab keltirish 76. Bulbul o‘qug‘och yig‘lab, subhidam xazon faslin, G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar. Ushbu baytda husni ta’lil san’ati uchun asos bo‘lgan voqeani izohlang. J: Ko‘klamning shundoq farahli ertasida bulbul xazon faslini eslab nola qilgach, u qo‘ngan gulning g‘unchasi ham qon yutib, yoqasini yuz joyidan yirtib yuboradi. Yoqasi yirtilgan g‘uncha yozilib ketadi, ya’ni ochiladi 77. Xalqimizdagi azadorlarning ko‘k kiyish udumidan Furqat «Fasli navbahor o‘ldi, ketibon zimistonlar» g‘azalining nechanchi baytida unumli foydalangan? J: 7-baytda 78. «Fasli navbahor o‘ldi, ketibon zimistonlar» g‘azalining mqatasida ifodalangan ma’no haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang. J: Fasl go‘zalligiga bag‘ishlangan she’r ijtimoiy ruhdagi fikr bilan yakunlanadi 79. Ma’shuqa ko‘zlariga surma tortsa, olam ahli g‘avg‘o qilishi Furqatning qaysi g‘azalida tasvirlangan? J: «Tortadur» radifli g‘azalida 80. Ko‘zlarning yonboshlab yoy tortayotgan ikki hindu bolasiga o‘xshatilishi «Tortadur» radifli g‘azalning nechanchi baytida ifodalangan? J: 2-baytda 81. Bog‘bon toza mushk deb sotayotgan bog‘ning tuprog‘i yorning sochlaridan bo‘y olganligi «Tortadur» radifli g‘azalning nechanchi baytida mavjud? J: 5-bayt 82. Ishqni pinhon tutarg‘a bo‘lma shaydo, e ko‘ngul, Mushk pinhon bo‘lsa, bo‘yi oshkoro tortadur. Ushbu bayt mazmuni qaysi maqolni eslatadi? J: Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi 83. «Tortadur» radifli g‘azalning nechanchi bayti ijtimoiy ruh kasb etgan? J: 8-bayt 84. Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortishi haqida charxi kajraftor - teskari aylanuvchi dunyoning ishidan afsuslanish «Tortadur» radifli g‘azalning nechanchi baytida aks etgan? J: 8-bayt 85. «Surmadin ko'zlar qaro...» g'azalining nechanchi baytida o'zbek kelinchagining liboslaridagi o'ziga xoslik tasvirlanadi? J: 2-baytda 86. O‘zbek ayollarining milliy oroyish ashyolari «Surmadin ko‘zlar qaro.» g‘azalining nechanchi baytida aks etgan? J: Matlasida 87. Nozik panjalarning oltin uzuklar bilan yasangani, qo‘lning bilaguzuk bilan bezangani «Surmadin ko‘zlar qaro.» g‘azalining qaysi baytida tasvirlangan? J: 3-baytda 88. Gavhar osgan halqalarning quloqqa band etilishi va yorning qop-qora zulfi tunida subhi sodiq - tong otishi arang ko‘zga tashlanishi «Surmadin ko‘zlar qaro.» g‘azalining nechanchi baytida ifodalangan? J: 4-baytda 89. Go‘zalning ajoyib nozga egaligi, serishva, tannoz, satang ekanligi, g‘amza bilan o‘tirishi-yu jilva bilan yurishi «Surmadin ko‘zlar qaro.» g‘azalining nechanchi baytida mavjud? J: 5-baytda 90. Yo‘q qutulmoqlig‘ manga ul ofati jon dastidin, Qasdima qoshlar kamon, payvasta mujgonlar xadang. Ushbu bayt ma’nosini toping. J: Bu jon ofatining dastidan menga qutulishga chora yo‘q, chunki uning qoshlari kamon bo‘lib, kipriklari esa o‘q bo‘lib jonimga tinmay qasd qiladi 91. «Bormasmiz» radifli g‘azalning nechanchi baytida Furqat biz faqr elimiz, parcha nonga sabr qilamiz, mol- dunyo maqsadida Iskandar-u Dorolarga bormaymiz deya o‘zining maslagini bayon etadi? J: 6-baytda 92. Haqdan saodat sovg‘asini umid etish, garchi mis bo‘lsa ham, qimmatli tilloga borishdan istig‘no etish - tortinish «Bormasmiz» radifli g‘azalning qaysi baytida aks etgan? J: 3-baytda G'AZALDA BADIIY TASVIR VOSITASINING O'RNI 1. Asosiy ijod shakli she’riyat bo‘lgan mumtoz adabiyotni ilmiy o‘rganadigan soha qanday nomlanadi? J: Mumtoz adabiyotshunoslik 2. Mumtoz adabiyotshunoslik qanday qismlardan iborat? J: Aruz ilmi, qofiya ilmi, badiiyat ilmi Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 3. Badiiyat ilmi qanday nomlanadi? J: Ilmi badi’ 4. Ilmi badi’ qanday ma’noni ifodalaydi? J: Arabcha birikma bo‘lib, chiroyli so‘zlash, nodir, ajoyib ifoda ilmi degani 5. Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizordi gul uyottin anjumanda. Ushbu bayt mazmunini toping. J: (Men) chamanda jamoling vasfini - ta’rifini qildim, (shunda) anjuman, ya’ni chamanzordagi gul uyatdan qizarib ketdi 6. Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizordi gul uyottin anjumanda. Ushbu baytda qanday voqea tasvirlangan? J: Gullar yig‘ini - anjumanida bir gul: “Dunyoda eng go‘zal menman”, - deya maqtanardi. Buning ustiga kelib qolgan oshiq o‘z ma’shuqasini ta’rif qilgan edi, o‘zidan bir necha marta go‘zalroq jamol egasi borligini eshitgan gul maqtanchoqligidan sharmanda bo‘lib, qizarib ketdi va shundan keyin dunyoda qizil gul paydo bo‘ldi. 7. Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizordi gul uyottin anjumanda. Ushbu baytda shoir gulni insonlardek jonli qilib tasvirlayapti. Bu tasvir vositasi mumtoz adabiyot ilmida qanday nomlanadi? J: Tashxis (shaxslantirish) san’ati 8. Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizordi gul uyottin anjumanda. Ushbu baytda dunyoda qizil gul paydo bo‘lishiga mazkur baytda aytilganidek, oshiqning chamanda ma’shuqa ta’rifini qilishiga aloqasi bormi? Yo‘q, albatta. Aslida, bu go‘zalgacha ham chamanzorda qizil gullar bor edi. Shoir esa men sevgilimning ta’rifini ovoza qilganimdan keyin gulning uyalishidan borliqda qizil gul paydo bo‘ldi deydi. Yo‘q joydan shoirona lutf bilan aloqadorlik tiklangan. Bu kabi tasvirlash mumtoz adabiyotda qanday nomlanadi? J: Husni ta’lil 9. Husni ta’lil qanday san’at? J: Bir narsa (tasvir, holat)ni unga aloqasi bo‘lmagan boshqa narsa bilan izohlash 10. Husni ta’lil so'zi qanday ma’noni bildiradi? J: Chiroyli dalillash 11. Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum, Kishi bilmas onikim, qoldi qanda? Ushbu baytda qo'llangan “tamanno qilmoq” so'zining ma’nosi... J: Orzu qilmoq 12. Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum, Kishi bilmas onikim, qoldi qanda? Ushbu baytda qo'llangan “la’l” so'zining ma’nosi. J: Lab, la’lning o‘zi qimmatbaho qizil toshdir 13. Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum, Kishi bilmas onikim, qoldi qanda? Ushbu baytda qo'llangan “qanda” so'zining ma’nosi. J: Qayerda 14. Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum, Kishi bilmas onikim, qoldi qanda? Ushbu baytning mazmunini izohlang. J: Ko‘nglim la’l kabi qizil labingni orzu qilgan edi, (lekin hech bir) kishi labingning qayerda ekanligini bilmaydi 15. Sharq mumtoz she’riyatida go‘zallikning belgisi sifatida nima ko'rsatiladi? J: Noziklik 16. Adabiyotshunoslikda juda bo‘rttirish yoki o‘ta kuchaytirib tasvirlash qanday nomlanadi? J: Mubolag‘a 17. Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum, Kishi bilmas onikim, qoldi qanda? Ushbu baytda “Yorning og‘zi juda ham tor”, - degan oddiygina fikrni shoirona tarzda yorning og‘zi shu qadar kichikki, kishi har qancha tikilsa ham, labi qayerdaligini topa olmaydi shaklida ifodalamoqda. Yorning og‘zi tor degan ma’no bo‘rttirib, o‘ta kuchaytirib berilmoqda. Bu qaysi badiiy san’at hisoblanadi? J: Mubolag'a 18. Solib borma meni, ey Yusufi husn, Bu kun Ya’qubtek baytul hazanda. Ushbu baytda qo'llangan “baytul hazan” birikmasi qanday ma’noni anglatadi? J: G‘am uyi 19. Solib borma meni, ey Yusufi husn, Bu kun Ya’qubtek baytul hazanda. Baytda qo'llangan “baytul hazan” so'zi qanday ma’noni ifodalanmoqda? J: Kuchli iztirob, qayg‘u ma’nosi 20. Yoqub payg‘ambarning nechta o'g'li bor edi? J: O‘n bir o‘g‘li 21. Yaqub payg'ambar qaysi o‘g‘lini qattiq sevar, bir dam bo‘lsa ham oldidan jildirgisi kelmas ekan? J: Yusuf alayhissalomni 22. Yusuf alayhissalomga akalari hasad qilgan? J: Otasining Yusufni o‘zlaridan ortiq ko‘rayotganiga 23. Yusuf alayhissalomni akalari o‘ldirish maqsadida qanday yo'l tutishadi? J: Uni o‘ynatib kelamiz deb dashtga olib chiqishadi va quduqqa tashlab yuboradilar 24. Solib borma meni, ey Yusufi husn, Bu kun Ya’qubtek baytul hazanda. Baytda qaysi badiiy san’atdan foydalanilgan? J: Talmeh Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 25. Solib borma meni, ey Yusufi husn, Bu kun Ya’qubtek baytul hazanda. Ushbu baytda , shoir: “Ey yor, o‘zingni yiroq qilib, meni ayriliqda qiynamagin”, - degan fikrni ifodalash uchun Yoqub va Yusuf alayhissalom haqidagi rivoyatga ishora qilmoqda. Bu she’riyatda qaysi badiiy san’atni yuzga keltiradi? J: Talmeh 26. She’riyatda tarixiy voqea va shaxslar, adabiy qahramonlarga ishora qilish qanday nomlanadi? J: Talmeh 27. Talmeh so'zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni bildiradi? J: Arabcha so'z bo'lib, “nazar solmoq” ma’nosini bildiradi 28. Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni, Ayog’ing qanda bo’lsa, boshim anda. Baytda qaysi badiiy san’at qo'llangan? J: Ishtiqoq 29. She’rda o‘zakdosh so‘zlarning qo‘llanishi qaysi badiiy san’atni yuzaga keltiradi? J: Ishtiqoq 30. Ishtiqoq so'zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni bildiradi? J: Arabcha so'z bo'lib, “so’zdan so‘zni ajratish” ma’nosini bildiradi 31. “Chu jonimdan aziz jonona sensen” misrasida qaysi badiiy san’at qo‘llangan? J: Ishtiqoq 32. “Chu jonimdan aziz jonona sensen” misrasidagi qaysi so'zlar o'zakdosh so'zlar hisoblanib, ishtiqoq san’atini yuzga keltirgan? J: Jon va jonona 33. Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni, Ayog‘ing qanda bo‘lsa, boshim anda. Baytdaga qaysi so'zlar tazod san’atini yuzaga kelltirgan? J: Oyoq va bosh so'zlari 34. Qanday tasvir vositasiga tazod deyiladi? J: O'zaro qarshilantirish asosiga qurilgan badiiy tasvir vositasiga 35. Tazod so'zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni bildiradi? J: Arabcha “zid qo’yish” ma’nosini 36. Raqiblarg‘a qilur la’ling tabassum, Qonimni g‘ussadin toshurmog‘ing ne? Ko‘ngul shishasida mehring mayidir, Jafo birla anga tosh urmog‘ing ne? Baytning mazmunini toping. J: La’ling (labing) raqiblarga tabassum qilyapti, g‘ussadan (mening) qonimni toshirmog‘ing (qaynatganing) nimasi? Ishq mayi quyilgan ko‘ngil shishasiga tosh urishining nimasi? 37. Raqiblarg‘a qilur la’ling tabassum, Qonimni g‘ussadin toshurmog‘ing ne? Ko‘ngul shishasida mehring mayidir, Jafo birla anga tosh urmog‘ing ne? Baytda qaysi badiiy san’atlardan unumli foydalanilgan? J: Tashbeh, tajnis, istiora 38. Raqiblarg‘a qilur la’ling tabassum, Qonimni g‘ussadin toshurmog‘ing ne? Ko‘ngul shishasida mehring mayidir, Jafo birla anga tosh urmog’ingne? Baytdagi qaysi so'zlar tajnis san’atini yuzaga chiqargan? J: Toshurmog'ing, tosh urmog'ing 39. She’rda shakldosh so‘zlarni qo‘llash orqali san’at yaratish adabiyotshunoslikda qanday nomlanadi? J: Tajnis (“jinsdosh” ma’nosida) 40. Mumtoz she’riyatda ko‘p qo‘llanadigan “shisha”, “ko‘za”, “ayog‘” (idish), kosa kabi timsollar zamirida qaysi tushuncha ma’nosi yashiringan bo'ladi? J: Ko‘ngul (qalb, yurak) 41. Mumtoz she’riyatda “may”, “sharob”, “boda” so‘zlari ostida qaysi tushuncha ma’nolari yashiringan bo‘ladi? J: Ishq, muhabbat, mehr IMOM AL-BUXORIY (810 - 870) 1. Qaysi shaharda Imom al-Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy tadqiqot markazini tashkil etildi? J: Samarqand shahrida 2. Imom al-Buxoriyning to'liq ismi... J: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug‘iyra ibn Bardazbeh al-Juafiy al-Buxoriy 3. Imom al-Buxoriy eng nufuzli manbalar deb tan olingan nechta ishonchli hadislar to‘plamining mualliflaridan biri hisoblanadi? J: Oltita 4. Imom al-Buxoriy qachon tavallud topgan? J: Hijriy hisobda 194-yil shavvol oyining 13-kuni (810-yil 21- iyul)da 5. Boshqa ko‘pgina olimlardan farqli o‘laroq al-Buxoriy tug‘ilgan sana aniq ko‘rsatilishiga sabab nima? J: Chunki uning otasi Ismoil o‘z davrining ilmli odamlaridan bo‘lib, o‘g‘lining tug‘ilgan kunini o‘z qo‘li Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam bilan yozib ketgan qog‘oz zamondosh olimlar ixtiyoriga yetgan va shu xususda ham uning aniqligiga hech shubha yo‘q 6. Imom al-Buxoriy kimning tarbiyasida o'sgan? J: Al-Buxoriy yoshligidayoq otasi vafot etib, onasi tarbiyasida o‘sgan 7. Necha yoshidan boshlab o‘z yurtidagi turli roviylardan eshitgan hadislarni, shuningdek, Abdulloh ibn al- Muborak va Vakiy kabi olimlarning hadis to‘plamlarini mutolaa qilib, yodlagan, ustozi Shayx Doxiliy bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizg’in bahslarda qatnashgan? J: O'n yoshidan 8. Imom al-Buxoriy qachon onasi va akasi Ahmad bilan Hijozga qarab yo‘l tutadi, muqaddas shaharlar - Makka va Madinani ziyorat qiladi? J: 825-yili o‘n olti yashar chog'ida 9. Imom al-Buxoriy necha yil Hijozda yashab, hadis ilmidan o‘z bilimini yanada oshirish maqsadida o‘sha paytda ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bag‘dod kabi shaharlarda yashaydi? J: Olti yil 10. Imom al-Buxoriy qachon Nishopurda yashab, madrasada hadis ilmidan dars bergan? J: Umrining oxirlarida besh (863 - 868) yil 11. O‘sha paytda qaysi shahar musulmon Sharqidagi eng yirik ilmiy markazlardan biriga aylanganligi sababli ko‘p mashhur olimlar shu shaharda to‘plangan edilar? J: Nishopur 12. Imom al-Buxoriy ham shogird, ham safdosh hisoblangan Abu Iso at-Termiziy bilan qayerda uchrashadi? J: Nishopurda 13. Yurtimizdan chiqqan qaysi muhaddis o‘z asarlari uchun ko‘p ma’lumotlarni al-Buxoriy bilan uchrashuvlaridan olganligi haqida yozgan? J: At-Termiziy 14. Imom al-Buxoriy kimning bilimini yuqori baholab: “Men sendan ko‘rgan foyda sen mendan ko‘rgan foydadan ortiqroq”, - deb unga nisbatan chuqur hurmatini bildirgan? J: At- Termiziyning 15. “At-Termiziy o‘z ustozining vafoti tufayli qattiq qayg‘uga botib “ko‘p yig‘laganidan hatto ko‘zlari ko‘r bo‘lib qolib, uzoq yillar ko‘zi ojiz holda yashadi”. Ushbu ma’lumot qaysi asarda uchraydi? J: Arab tarixchisi Shamsuddin az-Zahabiyning “Tazkirat ul-Hufoz” (“Hofizlar haqida tazkira”) nomli asarida 16. Imom al-Buxoriy xalq orasida qaysi qobiliyati bilan g‘oyat shuhrat qozongan? J: Zehni o‘tkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan 17. Manbalarda al-Buxoriyning nechta hadisni yod bilgani qayd qilingan? J: 600 mingga yaqin 18. Imom al-Buxoriyning hasadgo‘ylarning xatti-harakati tufayli qaysi hukmdor bilan aloqasi buzilib qoladi? J: Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliy bilan 19. Xolid ibn Ahmad al-Buxoriydan nimani talab qiladi? J: “Al-jome’ as-sahih”, “At-ta’rix” kitoblarini o‘qib berishni 20. Imom al-Buxoriy Xolid ibn Ahmadga qanday javob qaytaradi? J: “Men ilmni xor qilib, uni hokimlar eshigi oldiga olib bormayman, kimga ilm kerak bo‘lsa, o‘zi izlasin. Lekin Alloh oxirat kuni ilmni yashirmay, uni toliblarga sarf qilganim uchun meni kechiradi” 21. Imom al-Buxoriy umrining so'nggi yillarini qayerda o'tkazadi? J: Samarqandning Xartang qishlog’ida 22. Abdulloh ibn Umar (r.a.) bir yamanlik odam o‘z onasini opichlab, xonayi Ka’bani tavof qildirib yurganini ko‘rdilar. Abdullohga qaradi-da: “Ey Abdulloh ibn Umar, mana shu xizmatim bilan men onamning haqini ado qila olmadimmi?” Bunga qanday javob oladi? J: “Yo‘q, bu xizmating seni tug‘ish vaqtida onangni qiynab tutgan to‘lg‘oqlarining bittasiga ham barobar emas” 23. “Musulmon kishiga yetadirgan har bir musibat, hattoki badanining biror yeriga kirgan tikan ham uning gunohiga kafforat bo‘lg‘usidir”. Ushbu fikr kim tomonidan aytilgan? J: Oyisha onamiz raziyallohu anho tomonidan 24. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam mo‘min odamni balo-qazolarga toqat etmoqlikda nima sababdan sabza giyohga o'xshatadi? J: Chunki mo’min har tarafdin shamol esganda egilib, so’ng yanaqaddini tiklab olg‘uvchi sabza giyoh yanglig‘ balo-qazolarga chidab, yengilmag‘aydir 25. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam fojir (osiy) odam nima uchun arz (kedr) daraxtiga o'xshatadi? J: Chunki u mo'rt bo'ladi, Alloh taolo uni, istasa, birdaniga sindira oladi 26. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam “Mo‘min kishi o‘zini bir inga ikki marta chaqtirmaydi”, deganlarida nimani nazarda tutgan? J: Aqlli odam bir xatoni ikki bor takrorlamaydi 27. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qanday so'zga nisbatan “U so'zlarning yolg'onidir” deganlar? J: Gumonga 28. Narsasi o‘g‘irlangan odamning gunohi qachon o‘g‘ridan ham kattaroq bo‘la boshlaydi? J: Gumon qilaverganidan Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 29. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qanday kishiga marhamat qilinmaydi, deganlar? J: Marhamatsiz kishiga 30. “Yo Rasululloh! Mening ikkita qo‘shnim bor, hadyani shulardan qaysi biriga berishim kerak?” deb so‘raganlarida qanday javob olishadi? J: “Qaysi bittasining eshigi senga yaqinroq bo‘lsa, o‘shanga berasan” 31. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam nima haqida “tashakkur o‘rnida o‘tadi” degan? J: Maqtash haqida 32. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qanday kishi haqida: “ikki qavat kiyim bilan o‘ralgan hisoblanadi” degan? J: O‘zida yo‘q narsani menda falon narsa bor deb maqtanadigan kishi haqida 33. Qanday kishi yaxshilikdan tongan, yaxshilikni bilmagandek bo‘ladi, deyilgan? J: Kishining yaxshiligini yashiradigan kishi 34. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam kimlarni “xayrlidir” deb aytgan? J: Axloq jihatidan eng yaxshilaringiz 35. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ularni buzib qo‘yasan, deb kishilarni qanday ishlarni qilishdan qaytargan? J: Kishilarning aybi va kamchiligini surishtirib yurish 36. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam “yolg‘onchiligi uchun yetarlidir” deganlarida nimani nazarda tutgan? J: Kishi eshitgan narsasini gapiraverishini 37. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam masxara qilishning yomon oqibatlari haqida nima deganlar? J: “Boshiga musibat tushgan odam bir to‘da ayollarning oldidan o‘tayotganida, ayollar uning ustidan kulib masxara qildilar. (Oqibatda) ulardan ba’zilarining boshiga ham musibat tushdi” 38. Rasululloh (s.a.v.) qaysi fikr haqida: “Bu so‘z o‘tmish payg‘ambarlardan meros bo‘lib kelgan va keyin kelgan kishilar ham uni o‘zlariga dasturilamal qilib olgan bir nasihatdir” deganlar? J: Sen xudodan va bandalardan uyalmasang, xohlagan ishingni qilaver 39. Rasululloh (s.a.v.) “.. qayerda bo’lmasin kishini bezaydi, chirkin so‘z har qayerda kishini jirkanch ko‘rsatadi”, deganda nimani nazarda tutgan? J: Hayoni 40. Rasululloh (s.a.v.) hech bir musulmon kishi o‘z birodaridan qancha vaqtdan ortiq arazlab yurishi joiz emasdir, deganlar? J: Uch kechadan 41. Rasululloh (s.a.v.) “Siz menga olti narsaga kafolat bering, men ham sizga jannat kafolatini berayin”, deydilar. Bu olti narsa nimalar edi? J: Rost so‘zlang, va’dangizni bajaring, omonatga rioya qiling, nomusingizni saqlang, haromga nazar qilishdan tiyiling va qo‘lingizni haromdan torting 42. “Bandalar tong ottirgan kun borki, unda ikki farishta tushib, ulardan biri: “Allohim! Infoq qiluvchiga o‘rnini qoplaydigan narsa ato et”, - deydi. Ikkinchisi: “Allohm! Xasis, ziqnalarga talafot bergin”, - deydi. Ushbu hadisda qo'llangan “infoq qiluvchi” kim? J: O‘z yaqinlari yoki boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirish uchun yordam beruvchi, nafaqa qiluvchilar 43. Rasululloh (s.a.v.) kimga nisbatan “uning boshqalarning aybi bilan ishi bo‘lmay qoladi”, - deganlar? J: O‘zining aybiga qaragan insonga 44. Kimlar “boshqalarning qo‘lidagi narsaga afsus chekmaydi”? J: Alloh bergan rizqqa rozi bo‘ladiganlar 45. Kimlar “ojiz qoladi”? J: Toqati yetmaydigan narsani bo‘yniga olganlar 46. Kimlar “adashadi”? J: O‘z fikriga lol qoladiganlar 47. Kimlar “so‘kiladi”? J: Odamlarni beaqllikda ayblaydiganlar 48. Kimlar “toyiladi”? J: Aqliga ishonganlar 49. Kimlar “viqorli bo‘ladi”? J: Ulamolarga aralashib yurganlar 50. Imom al-Buxoriy avlodlarga meros qilib qoldirgan asarlarning soni qancha? J: Yigirmadan ortiq 51. Imom al-Buxoriy yozgan kitoblar nomini toping. J: “Al-jome’ as-sahih”, “Al-adab al-mufrad”, “At-ta’rix as-sag‘ir”, “At-ta’rix al-avsot”, “At-ta’rix al-kabir”, “Kitob al-ilal”, “Barr ul-volidayn”, “Asomi us- sahoba”, “Kitob al-kuna” 52. Imom al-Buxoriyning qaysi kitobi “Sahih al-Buxoriy” nomi bilan ham mashhur? J: “Al-jome’ as-sahih” 53. “Al-jome’ as-sahih” asarining g‘oyat ahamiyatli tomoni qaysi? J: Imom al-Buxoriy turli roviylardan eshitgan hadislarni tabaqalarga bo‘lib, ularning ishonchlilarini ajratib, alohida kitobga jamlagan 54. Alloma ibn Salohning ta’kidlashicha, al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih”ga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga nechtani tashkil etadi? J: 7275 ta 55. “Al-jome’ as-sahih”dagi hadislar takrorlanmaydigan holda hisoblansa, nechta hadisdan iborat? J: 4000 hadisdan 56. Sahih hadislar to‘plamiga tartib berishdek sharafli ishni birinchi kim boshlab bergan? J: Al-Buxoriy 57. Hadis deb nimaga aytiladi? J: Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning aytganlari, ko‘rsatmalari, biror masala (narsa, voqea-hodisa, xatti-harakat) yuzasidan bergan qarorlari Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 58. Hadisning ahamiyati nimada? J: Tarixan g‘oyatda qisqa muddatda nozil bo‘lgan Qur’oni karim oyatlari ba’zi hollarda umumlashtirilgan, murakkab holda keltirilgan. Payg‘ambarimiz hadislari ushbu oyati shariflarni kengroq talqin etadi, ularni oddiylashtirib bayon qiladi. Ayni paytda, keltirilgan voqea va hodisalarni ko‘pchilikka tushunarli qilib, mufassal sharhlaydi 59. Hadis qanday qismlardan iborat bo‘ladi? J: Sanad va matndan 60. Sanad nima? J: Hadisning kimning huzurida, qachon va qay sharoitda aytilganligi haqidagi ma’lumot 61. Matn nima? J: Hadisning mazmuni 62. Hadislarni ishonchli kishilardan olib, o‘zidan keyingilarga yetkazuvchi zotlar qanday nomlanadi? J: Roviylar 63. Roviyning ismi hadisning qaysi qismida keladi? J: Sanad qismida 64. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning hayotlari, husni axloqlari, adolatli jamiyat qurish yo‘lida ko‘rsatgan beqiyos sa’y-harakatlari, yaxshilig-u xayr-barakotga asoslangan faoliyatlari qaysi manbalarda aks etgan? J: Hadislarda 65. Muhaddislar kimlar? J: Hadis ilmi bilan shug‘ullangan kishilar 66. Sahih hadis qanday hadisdir? J: Ishonchli 67. Qanday hadis nosahih hadis hisoblanadi? J: Ishonchsiz 68. Muhaddislar qanday vazifa bajarishgan? J: Sahih (ishonchli) hadislarni nosahih (ishonchsiz)laridan ajratganlar 69. “Al-jome’ as-sahih” asarining birinchi kitobida dastlabki bob nima haqida? J: Iymon haqida 70. “Al-jome’ as-sahih” asarining birinchi kitobida ikkinchi bobi nima haqida? J: Ilm haqida 71. “Al-jome’ as-sahih”ning nima uchun iymon bobi ilm bobidan oldin kelgan? J: Bu dinimizda iymondan keyingi mavqe ilmga tegishli ekanligiga ishora qiladi 72. Hadisi sharifda “Ilmni Chinga borib bo’lsa ham olinglar”, deyilgan. Hadisdagi “Chin” so'zi qanday ma’noga ega? J: “Chin” so'zi faqat Xitoy yurtinigina bildirmaydi, ayni paytda u ramziy ma’noda ham masofa jihatdan uzoqlik, ham vaqt jihatdan uzoqlik - davomiylik va bu jarayonlardagi qiyinchilik, mashaqqatlarni ifodalaydi 73. “Bilik birla bilinur saodat yo‘li, Bilik birla saodat yo‘lini bula”. Ushbu fikrlar muallifi kim? J: Ahmad Yugnakiy “Hibat ul-haqoyiq” asari 74. “Ilm andoq ganji nofe’dur, bani odamg‘a kim, Kimda ul bo‘lsa, ikki olam bo‘lur obod ango”. Ushbu parcha muallifini toping. J: Ogahiy 75. “Ko‘ngullarning sururi ilmdandur, Ko’rar ko’zlarni nuri ilmdandur”, - baytining muallifi kim? J: Furqat 76. Hadisi sharifda kimlarga “Alloh taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi”, - deyilgan? J: Musulmon farzand savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa 77. Hadisi sharifda “uni rozi qilmaguncha Alloh taolo undan rozi bo‘lmaydi”, - deganda kim nazarda tutilgan? J: Ota-onasidan qaysidir birini xafa qilgan farzand 78. “Atangni, anangni sevundir tushi, Yanut berg‘a tapg‘ing tuman ming asig‘” (Otangni, onagni doim xursand qil, Xizmatlaring evazigaming hissa foyda topasan) deb kim yozgan? J: Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig”da 79. Alisher Navoiy kimlar haqida: “Birisin oy angla, birisin quyosh”, - deb yozgan? J: Ota-ona haqida 80. Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam): “Kimning uchta qizi bo‘lsa, ularga odob bersa, mehrli bo‘lsa va kafolatini olgan bo’lsa, unga jannat vojib bo’ladi”, - dedilar. Ushbu hadisda qo'llangan “kafolatini olgan bo‘lsa” shart nimani bildiradi? J: Kafolatini olish - bu yetarlicha uni moddiy ta’minlash: yedirib-ichirish, o‘rtacha kiyintirish, dunyo va oxiratiga kerakli ilmlar berish hamda muvofiq keladigan hunarli qilish MUSO TOSHMUHAMMAD O‘G‘LI OYBEK (1905 - 1968) 1. Oybek qayerda qanday oilada tug‘ilgan? J: Toshkentning «Gavkush» mahallasida hunarmand to‘quvchi oilasida 2. Oybekning so‘zga bo‘lgan muhabbati kim yordamida kuchaygan? J: Onasi Shahodatbonu yordamida 3. Qaysi yozuvchi o‘z xotiralarida: «Xayol daryosi keng edi menda. O‘qtin-o‘qtin o’zimcha mashq qilib bitta- yarimta she ’r yozib ham qo’yardim», - degan? J: Oybek 4. «Oybek oriq va novcha yigit bo’lib, qo’ng’ir, qalin sochlari do’ppisidan toshib turardi. Yirik qora ko’zlari shogirdlik davridayoq terаn ima'noli va хayolchan edi». Oybek haqidagi ushbu fikrlar kimniki? J: Zarifa Saidnosirovaniki 5. Oybekning ilk she’ri qayerda bosilgan? J: «Tong yulduzi» nomli devoriy gazetada Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 6. Oybek qaysi oliy o'quv yurtlarida tahsil olgan? J: 1925-yil O'rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O'zMU)ga o'qishga kirib, 1927-yilda o'qishini Sankt-Peterburgdagi Plexanov nomidagi xalq xo'jaligi institutiga ko'chiradi, lekin u yerning ob-havosi yoqmagani iichiin 1930-yilda yana o'zi o'qigan universitetga qaytib keladi 7. Oybekning qaysi dostonlari 30-yillarda yaratilgan? J: «Dilbar - davr qizi», «O‘ch», «Baxtigul va Sog’indiq», «Navoiy» 8. Oybek qonga botgan 1938-yilda hayoti xavf ostida turgan tahlikali davrda qaysi romanini yaratdi? J: «Qutlug’ qon» romani 9. Oybekning «Navoiy» romani qachon yaratilgan? J: 1942-yili 10. Oybekning urush yillarida yozilgan tarixiy dramasi ... J: «Mahmud Torobiy» 11. Oybek qachon Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi? J: 1943-yili 12. Oybekning romanlari ... J: «Navoiy», «ОКш vodiydan shabadalar», «Quyosh qoraymas», «Ulug‘ yo‘l», «Qutlug‘ qon» 13. Oybekning qissalari ... J: «Nur qidirib», «Bolalik xotir:il:iri». «Bola Alishеr» 14. “Navoiy” romanida kim “erka o‘sgan, ziynatli hayotning lazzatiga, may, musiqiy olamining yoqimli, orombaxsh hislariga berilgan yigitcha edi” deya ta’riflanadi? J: Mirzo Yodgor 15. “Uning ixtiyori beklari, jahongashta tarbiyachilari qo‘lida bo‘lgan” deya kim ta’riflanadi? J: Mirzo Yodgor 16. “Davlat ishlarida tadbirli ayol vaumuman, bilimdon, oqila hisoblangan”, ta’rifi kimga nisbatan qo'llangan? J: Poyanda Sultonbegim 17. Mirzo Yodgor ammasining ismi. J: Poyanda Sultonbegim 18. Mirzo Yodgorni kim Xuroson taxti uchun kurashga undaydi? J: Poyanda Sultonbegim 19. Mirzo Yodgor kimdan katta ko‘mak oladi? J: Turkman sultoni Hasanbekdan 20. Mirzo Yodgor kimning ustiga yurish qilib, uni qulaygina yengadi? J: Jurjon hokimi amir Zohid Tarxiyning 21. Kim Jurjonni qo‘lga olib, poytaxt Hirotni bosish, toj kiyish umidi bilan urinadi? J: Mirzo Yodgor 22. “. harbiy san’atni durust bilar edi. Jang maydonlarida bir necha dapqir ro‘y-rost urushib, bahodirlik ko‘rsatgan edi”. Ushbu ta’rif kim haqida? J: Husayn Boyqaro 23. Kim vaziyati haqida, Mirzo Yodgorning qay turda harakat qilish maqsadida ekanligi va boshqa ma’lumotlar olishga tirishadi? J: Husayn Boyqaro 24. Mirzo Yodgor ning Hirotga yurush qilmoqchi ekanligi haqidagi xabar kimni juda tashvishlantiradi? J: Navoiyni 25. Husayn Boyqaro nima sababdan harbiy kengash chaqirdi? J: Mirzo Yodgorga qilinajak hujumni qay yo‘sinda olib borish, turli qismlarga kimlarni sardor tayinlash to‘g‘risida takliflarni eshitish uchun 26. “Chorpaxil, beso’naqay” deya kim ta’riflangan? J: Islim barlos 27. Kengashda munajjimni chaqirish va uning fikrini bilish taklifi kimdan chiqadi? J: Husayn Boyqaro 28. Kim kengashda munajjimning fikriga qarash noto'g'ri ekanligini podshoga aytadi? J: Navoiy 29. “Bizning fikrimizcha, har bir ishda aqlni rahnamo qilmoq lozimdir. Zeroki, insonlar haq yo‘lini hamisha aqlning nuri bilan topmishlar. Har turli mushkulotlarni ham aql bilan hal etmishlar. Zafaringiz uchun barcha holat muhayyo ekan, yulduzlar bilan mashvaratni zarur, deb bilmasmen. Ma’lumingizki, men harb kishisi emasmen, ammo har ikki tarafning kuchini, har ikki yoqdagi sharoitni uzoq mulohaza etdim. Taraddudga aslo hojat yo‘q. Tong chog‘i quyosh bayrog‘i bilan bir vaqtda zafar bayroqlaringizni ko‘tarishingiz kerak”. Ushbu fikrlar kimga tegishli? J: Navoiyga 30. “Tarix ko‘rsaturkim, munajjimlar bilan bahamjihat bo‘lgan ko‘p safarlar benihoyat foje oqibatlar tug‘dirmushdir. Munajjimlarning mulohazasida haqiqatdan ko‘ra xurofot ziyodaroqdir”, deya kim podshoga e’tiroz bildiradi? J: Navoiy 31. “Oz so‘zlovchi, sodda bahodir” kim? J: Zunnun Arg‘unbek 32. “Ko‘p topqir sinaganmiz, yulduzlarning tilida qaror yo‘q. Ko‘p vaqt kulgisi yig‘iga aylanadi!” Ushbu fikrlar kimga tegishli? J: Zunnun Arg‘unbek 33. “Uzoqda dushman qo‘shini ko‘zga chalinganda, burong‘ordan Islim barlos, Valibek Mirzo Yodgorning jurong’origa zo‘r suron bilan ot solishdi ”. Ushbu parchada qo'llangan “burong'or” so'zining ma’nosini aniqlang. J: Qo‘shinning o‘ng tomoni 34. “Uzoqda dushman qo‘shini ko‘zga chalinganda, burong‘ordan Islim barlos, Valibek Mirzo Yodgorning jurong‘origa zo‘r suron bilan ot solishdi”. Ushbu parchada qo'llangan “jurong'or” so'zining ma’nosini aniqlang. J: Qo‘shinning so‘l tomoni 35. Kim “qilichbozlikda mohir” deb ta’riflangan? J: Valibek 36. Kim “hamisha jangda o‘zini arslonsifat tutadigan” deya ta’riflanadi? J: Islim barlos Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 37. Kimning qo‘shinida bo‘lgan mo‘g‘ullar fursatdan foydalanib, har vaqtdagi kabi o‘lja olishga, talonchilikka kirishdilar? J: Mirzo Yodgorning 38. Kimga “qatorasiga yetti ot ustidan sakrab o‘tganligi bilan dong chiqargan, chittakday yengil, chaqqon, qarchig‘ayday olg‘ir” ta’rifi berilgan? J: Amir Badriddinga 39. “Jangda zarbaning shiddati bilan tadbirni juda mos ishlatar edi. Toj-taxt dag‘dag‘asida yillarcha olib borgan to‘xtovsiz, davomli, katta-kichik urushlarda, to‘qinishlarda, qilichbozlikdagi mahoratini ko‘p daf’a ochiq namoyon qilgan edi”. Ushbu ta’rif kim haqida? J: Husayn Boyqaro 40. “Nogahon Mirzo Yodgorning g‘o‘lidan turkman otliqlari bo‘ron dahshati va sur’ati bilan to‘ppa-to‘g‘ri Husayn Boyqaro ustiga otilishdi”. Parchada qo'llangan “go'l” so'zining ma’nosini toping. J: Qo’shinning o‘rta qismi 41. Mirzo Yodgor va Husayn Boyqaro o'rtasidagi jangda kim g'olib bo'ladi? J: Husayn Boyqaro 42. “E’timodli beklar, vazirlaryo‘q”. Parchada qo'llangan “e’timodli” so'zi qanday ma’noni bildiradi? J: Ishonchli 43. Husayn Boyqaro huzurida qaysi shoir muqovasi ajoyib, go‘zal yangi bir kitobni tizzasiga qo‘yib o'tirardi? J: Hasanali Jaloyir 44. “Har xil bahona bilan podshoh qoshiga kirishga, u bilan suhbatlashishga tirishadigan” kim? J: Majididdin Muhammad 45. Romanda qo'llangan “Dorissaltanat” so'zining ma’nosi... J: Poytaxt, boshkent 46. “Dunyoning yarmi ustida qilich o‘ynatgan oqsoq jahongirning bu avlodi qilich tutishni yaxshi bilsa, qilich bilan faxrlanishni sevsa ham, lekin qilichdan ko‘ra mayga, jang maydonlaridan ko‘ra chaman bog‘larda tuzilgan sho‘x bazmlarga ko‘proq moyil edi”, deya kim ta’riflanadi? J: Husayn Boyqaro 47. “Darhaqiqat, podshohi olam hazratlarining fikrlari aqli salim mevasidir. Johil olomonni tarbiyalamoq uchun tig‘, loaqal tayoq lozimdir. Olomon shafqat va marhamatning qadriga yetmas”. Ushbu fikr kimga tegishli? J: Majididdin Muhammadga 48. “Haqiqat olomon tarafidadir. Haq so‘zni aytgan og‘izlarni tosh bilan qonatmoq emas, haqiqat tamalini qulatmoqqa ko‘tarilgan qo‘llarni kesmoq zarur”. Ushbu fikrlarni kim aytgan? J: Navoiy 49. Husayn Boyqaroga zakotni isloh qilish taklifini kim aytadi? J: Navoiy 50. Navoiy “Bu idorani shiraga o‘ch chirkin pashshalardan tozalamoq zarur!” deganda qaysi idorani nazarda tutgan? J: Zakot yig'uvchi idorani 51. Husayn Boyqaro “Bizning xizmatimizda bo‘lgan zotlarni sangbo‘ronga tutmoqni saltanat tojiga otilgan haqorat, deb bilgumizdir” deganda qaysi amaldorni nazarda tutadi? J: Xo‘ja Abdullo Xatibni 52. Xalqdan noto'g'ri zakot yig'gan qaysi amaldorni Husayn Boyqaro jazoga tortishga farmon beradi? J: Xo‘ja Abdullo 53. Hirot xalqi nima uchun isyon ko'tarib, qo'liga tosh oladi? J: Shoh nomidan o'z nafsi uchun ko'p zakot talab qilayotgan amaldorlardan norozi bo'lgani uchun 54. “Zero, xalq shundog‘ bir daryoyi azimki, u toshsa, aning mavjidan na shohning qasri, na darveshning kulbasi qolur, u shundog‘ bir o‘tki, uning bir uchquni tutashsa, na xashakni qo‘yar, na falakni...” Ushbu fikrlar kimga tegishli? J: Navoiy 55. Husayn Boyqaro zakot tufayli ko'tarilgan isyonni bostirishni kimga topshiradi? J: Navoiyga 56. “Inshoollo, siz kabi kordon va sohibi tadbir bir zot poytaxtimizda sukut va osoyishtalikni tez kunda barpo qilur”. Parchada qo'llangan “kordon” so'zining ma’nosi. J: Ish biladigan 57. Navoiyning sadoqatli navkari kim edi? J: Boboali 58. Kim “barvasta qomat, aqlli, boadab yigit”, deya ta’riflangan? J: Boboali 59. “Hirot, tashdan qaraganda, avvalgiday tinch, hamma o‘z tirikchiligi bilan mashg‘ul bo‘lganday ko‘rinsa ham, lekin kosib-hunarmandlar, dehqonlar hali g‘azabdan tushmagan edilar. G‘alayon avvalgidan-da dahshatliroq va keskinroq bir miqyos va shiddat bilan har lahza mavjlanishga tayyor edi”. Parchada qaysi payt tasvirlangan? J: Xalqning zakot tufayli ko'targan isyoni payti 60. Birinchi mag‘lubiyatdan keyin yana ko‘p quvvat to‘plab, hatto Astrobodni ishg‘ol etgan Mirzo Yodgor endi ko‘zlarini qayerga tikkan edi? J: Hirotga 61. Husayn Boyqaro nima uchun Hirotga ikki-uch rabotlik masofa qolganda to‘xtaydi? J: Chunki poytaxtga yo‘l berk bo'lib, qal’aning beklari Mirzo Yodgor tarafiga o‘tgan edi 62. Husayn Boyqaro Hirotga yo'l berk bo'lganini bilgandan keyin qayerga chekinadi? J: Sartoq o’langi degan mavzega 63. Husayn Boyqaro endi o‘z mulkida ikki ofat - ikki yong’in o’rtasida qoldi. Parchada aytilgan ikki ofat kim edi? J: Birinchisi - Mirzo Yodgor, ikkinchisi - Sulton Mahmud Mirzo Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 64. “Bir yerda qaror topishdan xavflanib, uyasiz qushday sargardon kezmoqqa majbur” bo'lgan Husayn Boyqaro qayerlarga boradi? J: Sartoq o‘langidan Soqilmon dashtiga, undan keyin Naratog‘ga, keyin Maymana qasabasiga boradi 65. Navoiy Husayn Boyqaroning qaysi harakatini sir saqlash kerakligini aytadi? J: Hirotga Mirzo Yodgor ustiga yurush qilishni 66. Qayerda unga Muhammad Arlot, Amir Sarbon va boshqa bir necha e’tiborli kishilar qo‘shildi? J: Pilpoyon degan mavzeda 67. “...mashhur darvesh shu atrofda bir tog’ningg’ori ichidayashar edi. Uyoshligidan boshlab dunyodan etak silkib odamlardan uzoqda, vahshiy tosh maskanida ibodat bilan mashg‘ul edi”, deya ta’riflangan va Husayn Boyqaroga duo bergan kishi kim edi? J: Bobo Xokiy 68. “Chamasi, saksonyoshlargayetgan, chillakday oriq, ingichka vayelkasi turtib chiqqan ... hali juda tetik edi. U atrofga cho‘kib yotgan cho‘ng, qo‘pol, qirrali katta toshlar orasida, xuddi echkiday soqolini selkillatib, ajoyib bir chaqqonlik bilan baland g‘orga yo‘l boshladi”. Ta’rif kim haqida? J: Bobo Xokiy 69. “So‘ngra bir parcha kir bo‘zni podshoh oldiga yozib, bitta qattiqroq nonni ushatdi. Sirti olapes qovoq idishdan bir sopol tovoqqa quyuq qatiqni lim-lim quyib uzatdi”. Parchadagi podsho kim edi? J: Husayn Boyqaro 70. “Bu maskanning ichi men gunohkor bandaning ko‘ngli yanglig‘ qora bo‘lsa ham, uni shahanshohlarning oltin qasrlaridan afzal ko‘ramen. Bu yerda qushlar bilan hamrohmen, toshlar bilan dardkashmen. Yo, Ollo! Jamoling tug‘yoni bo‘lgan bahor sellari sening shafqat daryoyingga meni sudramadi. Qishning bo‘ronlari vujudimdagi zang bosgan zanjirlarni uzib, meni sening aslingga qaytarmadi...” Parcha kimning nutqidan olingan? J: Bobo Xokiy 71. “Duodan so‘ng darvesh podshohga andak to‘xtalishga ishorat qildi, g‘orning bir burchagiga qalangan shox- shabba orqasidan eski, uchi zanglagan bir nayzani olib, g‘ordan tashqari chiqdi va uni nayzaboz jangchilarday tutib, ko‘zlarida g‘azab yongan holda Hirot tomonga o‘qtaldi, dushmanni sanchganday, uch marta havoni sanchdi- da, Husayn Boyqaro qo‘liga tutqizdi”. Parchada tasvirlangan darvesh kim edi? J: Bobo Xokiy 72. Bobo Xokiy oldidan chiqqan Husayn Boyqaro Hirotga yaqin qaysi joyda to'xtaydi? J: Juzduq chashmasida 73. Husayn Boyqaro uchun “o‘z tojining dushman qo‘liga o‘tgan eng yirik duri” qayer edi? J: Hirot 74. Husayn Boyqaroning ziyrak qorovuli kim edi? J: Shirim 75. Husayn Boyqaro “til” tutib kelishga kimni jo'natadi? J: Shirimni 76. Kim “chaqqonlik va hiylada o‘zini Mehtarbod Yaldodan aslo tuban hisoblamas edi”? J: Shirim 77. Shirim qorovul Hirotdan qanday xabar olib keladi? J: Hammaning g'aflatda uyquda ekanligi haqida 78. Husayn Boyqaro Husayn Boyqaro yuz kishini ajratib, Muzaffar barlos, Ibrohim barlos, darvesh Arlotlarning qo‘l ostida qayerning katta darvozasini ochishga yubordi? J: Bog‘i Zog‘onning 79. Husayn Boyqaroning Hirotdagi dushman ichida bo'lgan sodiq kishisi kim edi? J: Miroxur 80. Mirzo Yodgorning xobgohi bo’lgan bog' nomi? J: Bog’i Shimol 81. “Xirgoh” so'zining ma’nosi... J: Chodir 82. Husayn Boyqaroning ko'shkni bosish haqidagi farmonini hech kim bajarishga jur’at etmaganda kim uni boshlaydi? J: Navoiy 83. Navoiy qachon qilichini birinchi va so‘nggi marta sug‘urib jangga otlanadi? J: Mirzo Yodgorning ko'shkiga hujumda 84. Mirzo Yodgorni kim Husayn Boyqaroning oti oyog‘i ostiga tashlaydi? J: Boboali 85. Kim “bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal” degan dasturni ko‘p vaqt takrorlashni sevardi? J: Navoiy 86. Navoiy manqalga yaqin o'tirdi. Parchada qo'llangan “manqal” nima? J: Ko‘chma o‘choq, sandal 87. “. ancha tahsil ko‘rgan, har vaqt mutavoze, yuvosh tabiatli, kamtarin yigit” deya kim ta’riflangan? J: Shayx Bahlul 88. Tarabxonada saroy mulozimlari uni, har vaqtdagi kabi hurmat bilan qarshiladilar. Parchada qo'llangan “tarabxona” so'zining ma’nosi. J: Bazm qilinadigan joy 89. Pahlavon qalin lablari bilan so‘zni asta o‘lchab kesib, gushtgirlik ilmi haqida qiziq ma’lumotlar berdi. Gushtgirlik ilmi qanday ilm? J: Kurash ilmi 90. Zahiriddin Muhammad Bobur Hirotdagi qaysi joyni “shiringina imorat” deb ta’riflaydi? J: Tarabxonani 91. Kimga “saroy pahlavonlarining eng zo‘ri va mohiri edi” deb ta’rif berilgan? J: Muhammad Sayid 92. Husayn Boyqaro kimga “Pahlavoni olam”, degan laqab bergan? J: Muhammad Sayid 93. “ U kengyag’rinli, quloch ko’krakli, butun dov jussasidan quvvat barq urardi. Hech bir Xuroson pahlavoni, chet ellardan pahlavonlik dag‘dag‘asi bilan kelib turadigan zo‘rlardan birontasi hali uning yonboshini yerga tegizgan emas”. Ushbu pahlavon kim? J: Muhammad Sayid Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 94. “Ayni zamonda turli ilmlar sohasida uncha-muncha olimlarga so‘z bermasdi. Musiqiyni chiroyli chalar, yangi kuylar to‘qirdi”. Parchada kim ta’riflangan? J: Muhammad Sayid 95. “Goho-goho uning qudratli qo‘llari qalam ushlab, chiroyli g‘azallar, ruboiylar yaratardi”. Parcha kim haqida? J: Muhammad Sayid 96. Navoiyning amir bo‘lgani haqidagi xabarni kim e’lon qiladi? J: Xo‘ja Afzal 97. Muhammad Sayid “Bu - ko’hna Xuroson tarixining oltin sahifasidir!” deganda nimani nazarda tutgan? J: Navoiyning amir bo'lishi haqidagi xabarni 98. Kim Navoiyning amir bo'lishi haqidagi xabarni “El baxtining tug’ilgan kuni” deb ataydi? J: Xo’ja Afzal 99. Husayn Boyqaro saroyidagi parvonachi kim edi? J: Majididdin 100. “Har vaqt yasanib-tusanib, tovusday tovlanib yuradigan, sersavlat, ayyor” deb kim ta’riflangan? J: Nizomulmulk 101. “Bu kun koinotda Shams - podshoh, Qamar vazirdir. Asli mohiyatiga diqqat etingiz, barcha shuhratli ishlarning kuni ushbudir. Alisher Navoiy janoblarining muhr bosmoqlik soatiga Zuhroni tayin qildim”. Bu kimning nutqidan? J: Saroy munajjimining 102. “Bir vaqtlar ko‘rsatgan xizmatlari uchun podshoh qoshida o‘zini o‘ta erka, juda kuchli sezgan, hatto ko‘p ishlarda unga bo‘ysunishga tixirlik etadigan mag‘rur” degan ta’rif kimga berilgan? J: Muzaffar barlos 103. “Xuroson olimlari orasida ilmdan eng benasibi, lekin eng mutakabbiri. U ilm dunyosiga yolg‘iz shallaqilik bilan kirgan” deya kim ta’riflangan? J: Mavlono Shahobiddin 104. “ Iste 'dodii shoir, lekin tili achchiq, o’jar ” kim? J: Binoiy 105. “Past bo‘yli, kichik, lekin miqti gavdali, botiq ko‘zlari besaranjom o‘ynagan, paxmoqsoqol, pala-partish kiyingan” ta’rifi kim haqida? J: Mavlono Binoiy 106. “Sopalak tosh bilan Badaxshon la’li va aqiqi boshqa-boshqa narsadir” deb kim aytadi? J: Mavlono Shahobiddin 107. “Turkiyning balog‘at va kamoloti mavlono Lutfiyning, xususan, Alisher janoblarining g‘azaliyotida oftob kabi namoyon bo‘ldi. Bu yangi so‘zning sehrli sadolari forsiygo‘ylarni, filhaqiqat, hayratga solmoqdadir. Zavq va idrok sohibi bu haqiqatni aslo inkor qila olmag‘ay”. Fikr muallifi kim? J: Hasan Ardasher 108. “Hammalaringiz Chorsu orqasidagi bizning chapdast temirchilar ko‘chasidan o‘tgansizlar, ularning “taraq-turug‘i” quloqlarga mix qoqqandan battar azob berur. O‘zbek g‘azallarini tinglaganda ham ayni azobni his eturmen!” O'zbek she’riyati haqidagi ushbu fikrlarni kim aytgan? J: Mavlono Binoiy 109. Navoiydan kim “Alisher janoblari, siz zullisonaynsiz, siz uchun “Foniy”mi, “Navoiy”mi dilbardir?” deb so'raydi? J: Olim mullo Usmon 110. “Tilimizda nozik ma’nolarni, ruhning butun jilvalarini ifoda qilg‘uvchi so‘zlar va shakllar shunday ko‘pdirki, forsiyda ularning biri ham topilmas”. Ushbu fikrlarni kim aytgan? J: Navoiy 111. “Daqoyiq” so'zining ma’nosi... J: Nozik ma’nolar 112. Navoiy kimga “Hirotning engpeshqadam va iste 'dodii tolibi ilmlari sizdan dars olmoqni orzu qiladilar”, deya madrasada dars aytmoqlikni taklif qiladi? J: Sultonmurodga 113. Navoiy kimga “Gulning to‘ni qirq parcha bo‘lsa ham, u guldir! Ilmni xalqqa beringiz va tafakkur bilan ilmni kengaytirmoqqa harakat qilingiz! Ilm ko’mig’liq xazina emas, jonli daraxtdir, o’smog’i, gullamog’i, meva bermog‘i kerak!” deydi? J: Sultonmurodga 114. “Elning bir so‘zi bor: o‘zingga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma!” Ushbu maqol kim tomonidan aytilgan? J: Navoiy 115. “Balandbo’yli, kengyag’rinli, qirg'iy burunyigit” deb kim ta’riflangan? J: Qilichbek 116. Alisher Navoiy hazratlarining dovyurak, tadbirkor, o‘rni kelsa, xavf-u xatarga tik qaray biladigan shaxs ekani qaysi voqeada yaqqol ko‘zga tashlanadi? J: Yodgor Mirzo qarorgohiga yolg‘iz borishga jazm qilganida ODIL YOQUBOV (1927 - 2009) 1. Qaysi ijodkor 1927-yili Janubiy Qozog’iston viloyatining Qarnoq qishlog’ida tug’ilgan? J: Odil Yoqubov 2. Otasi kim bo'lgan? J: Otasi Egamberdi Yoqubov ishchan tashkilotchi, tadbirkor va o'qimishli ziyoli bo'lib, o'z vaqtida sho'rolar hukumatining ishongan kishilaridan bo'lgan 3. Qaysi yozuvchi 1945-yilda asli 1927-yilda tug'ilgan bo'lishiga qaramay, o'zini 1926-yilda tug'ilgan va 18 yoshga to'lgan qilib ko'rsatib, o'z arizasi bilan ko'ngilli ravishda Ikkinchi Jahon urushiga jo'naydi? J: Odil Yoqubov 4. Qaysi ijodkorning hayot yo'li Mo'g'ulistonning cheksiz Gobi cho'li bilan bog'liq? J: Odil Yoqubov 5. Yozuvchi qaysi yillarda SAGU (hozirgi O'zMU)ning filologiya fakultetida o'qiydi? J: 1951 - 1956-yillarda 6. 1956 - 1959-yillarda qayerda ishlagan? J: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi bo'lib 7. Butunittifoq miqyosida bosilib, tarqatiladigan qaysi gazetaning O'zbekistondagi muxbiri sifatida faoliyat yuritadi? J: “Literaturnaya gazeta” Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 8. 1970 - 1982-yillarda qaysi tashkilotlarda xizmat qildi? J: “O'zbekfilm” kinostudiyasida, Respublika kinemotografiya qo'mitasida bosh muharrir, G'afur G'ulom nomidagi nashriyotda bosh muharrir o'rinbosari 9. Odil Yoqubov nechanchi yillarda «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining bosh muharriri lavozimida ishlagan? J: 1982 - 1989-yillar 10. Odil Yoqubov nechanchi yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi sifatida faoliyat ko’rsatdi? J: 1989 - 1996-yillar 11. Odil Yoqubov nechanchi yillarda Atamashunoslik qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat ko’rsatdi? J: 1996 - 2004- yillar 12. Odil Yoqubov 2005-yilgacha qaysi vazifani bajargan? J: Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasining vitsе-prеzidеnti 13. Odil Yoqubovning 1-asari haqida gapiring. J: Ilk asari «Tengdoshlar» qissasidir, harbiy xizmatda ekanligida yozilgan, 1951-yili «Sharq yulduzi» jurnalida bosilib chiqqan 14. Odil Yoqubovning Hamza nomidagi Respublika akademik drama teatri (hozirgi o'zbek milliy akademik teatri)da ijro etilgan pyesalarini toping. J: «Chin muhabbat» (1956), «Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim» (1956), «Yurak yonmog’i kerak» (1957), «Olma gullaganda»(1960) 15. Odil Yoqubovning «Ikki muhabbat» nomli nasriy asarlardan iborat kitobi qachon chop etilgan? J: 1956-yili 16. Odil Yoqubov qissalarini toping. J: «Tengdoshlar» (1951), «Muqaddas» (I960), “Bir felyeton qissasi” (1961), «Tilla uzuk», «Larza», «Qanot juft bo‘ladi» (1969), «Billur qandillar» (1975), «Matluba», «Izlayman», “Qaydasan, Moriko” 17. Odil Yoqubovning romanlarini toping. J: «Er boshiga ish tiishsa» (1969), «Diyonat» (1973), «Ulug’bek xazinasi» (1974), «Ko‘hna dunyo» (1983), «Oq qushlar, oppoq qushlar» (1988), «Adolat manzili» (1997), “Osiy banda” (2006) 18. «Ulug‘bek хazinasi» romanida Ulug’bekka shahzoda Abdulaziz va shayхulislom Burhoniddin kimdan chopar kelganini ma’lum qilishadi? J: Amir Iskandar barlosdan 19. “Hirovul” so'zi qanday ma’noni bildiradi? J: Qo'shinning old tomoni 20. “Qalb” deb harbiy qo'shinning qaysi qismiga aytilgan? J: Qo'shin markazi 21. Abdullatifning hirovul qo'shinlari kimning qalb qo'shinlariga hamla qiladi? J: Amir Iskandar barlos 22. Kim o'z maktubida Mirzo Ulug'bekka Abdullatifning qo'shinida fillar ham borligi, bu fillar uning suvoriylariga dahshat solgani bois dorussaltana tomon chekinishni lozim ko'rgani haqida xabar yo'llaydi? J: Amir Iskandar barlos 23. Ulug'bekning jiyanlari kimlar edi? J: Shahzoda Abdulla va Abu Said Mirzo 24. Kimdan kelgan maktub birinchisidan ham vahimali edi? J: Bobo Husayndan 25. Mirzo Ulug‘bekning suyukli navkari kim edi? J: Bobo Husayn Bahodir 26. «Siz Damishqda qolib, Iskandar barlos suvoriylariga ko’mak bergaysiz, amir! Boshingiz ketsa-da, shu bugun shahzoda lashkarlarini to’xtatgaysiz», - degan farmoni oliyni Mirzo Ulug’bek kimga beradi? J: Amir Idris tarxonga 27. Qaysi darvoza namozi asrdan so'ng shoh-u gado - barchaga yopiq bo'ladi? J: “Darvozayi ohanin” 28. «Darvozayi ohanin»ning dorug‘asi kim edi? J: Mironshoh 29. «Salohdorning boshini olishga qo‘ling kaltalik qiladur! Buning boshi emas, o‘z boshingga ehtiyot bo‘lg‘il, Muhammad Tarag’ay!» Mirzo Ulug’bekka bu gaplarni kim aytadi? J: Xoin Amir Sulton Jondor 30. “...ingichka xirilloq ovoz egasi, har bir so'zidan zahar tomchilab turadi”, - deya kim ta’riflangan? J: Xoin Amir Sulton Jondor 31. “Humo qushi kimning boshiga qo 'nur, buniyolg'iz haq taolo biladur. Humo qushi meni tark etsa - selling baxting! Va lekin falakninggardishi bilan toj-u taxt qo'limda qolsa... esingda bo'lsin: oyog'ingdan dorga osib, ostingdan o't qo'yamen!” Ushbu fikrlar kim tomonidan kimga qarata aytilgan? J: Mirzo Ulug'bek Amir Sulton Jondorga qarata aytgan 32. Shohruhiya qal’asining dorug‘asi kim edi? J: Ibrohim Po‘lat o‘g‘li 33. Shohruhiya qal’asi ha qo'ldan ketganligi haqidagi xabarni kim Mirzo Ulug'bekka yetkazadi? J: Abdulaziz 34. Mirzo Ulug’bekka qaysi qal’a dorug’alari xiyonat qiladi? J: Samarqand va Shohruxiya 35. «U bir daqiqagina ikkilandi, ko‘nglidagi g‘alayon bilan bir soniyagina olishdi, so‘ng arg‘umog‘ining boshini orqaga burdi. UMirzo Abdullatifga bosh egishga, yaxshilik bo‘lsa-da, yomonlik bo‘lsa-da o‘z zurriyotidan ko’rishga ahdqildi». Mirzo Ulug’bek bu xulosaga qachon keldi? J: Shohruhiya qal’asi ham qo’ldan ketgandan keyin 36. Ulug’bekka xiyonat qilgan beklarni toping. J: Mironshoh, Sulton Jondor, Ibrohim Po’lat o‘g‘li Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 37. “Uzoq Yassidan haqiqat izlab Ulug’bek taxtiga bosh urib kelgan va undan ko’p yaxshiliklar ko ‘rgan iste dOdlli shoir, arslonyurak jangchi” kim? J: Qalandar Qarnoqiy 38. Ulug’bekning noyob kutubxonasini asrab qolishda Ali Qushchiga yordam bergan shaxslarni toping. J: Temur Samarqandiy, Qalandar Qarnoqiy 39. “Rasadxona zimiston bo'lsa ham, Ali Qushchining o'tkir ko'zlari darrov ko'rdi:poygakda devqomat bir kimsagavdasi bilan eshikni to'sib, qaqqayib turardi”. Bu kimsa kim edi? J: Qalandar Qarnoqiy 40. Ali Qushchiga rasadxona haqida “Oltin qidirib keldim bu dargohga! Bu ilm dargohida Jahongir tillalari ko'milmishdur, mavlono!” - deydi? J: Qalandar Qarnoqiy 41. “Kim sizniyo'lbars bilan olishgan sheryurak Ali Qushchi deydi!” Ushbu fikrni Ali Qushchiga kim aytgan? J: Qalandar Qarnoqiy 42. “Egnida quroq janda, boshida uchlik eski kuloh”, - deya kim ta’riflanadi? J: Qalandar Qarnoqiy 43. «Faqir bu chappa dunyodan haqiqat izlab topolmagan, adashgan bandadurmen, ustod! Avvalambor, sohibi toj Mirzo Ulug‘bekdan elimga madad istab kelib madad topmadim. Yurtimdan ayrilib, bevatan bir musofir, kulbasiz bir daydi it bo’ldim. Haqiqat deb kirmagan ko’cham, bosh urmagan eshigim qolmadi, axiyri ahli ollo gadolariga ixlos qo'ydim». Bu fikrlar kimga tegishli? J: Qalandar Qarnoqiyga 44. Qalandar Qarnoqiyning Ali Qushchi huzuriga kelishdan maqsadi nima edi? J: Amir Temur oltinlarini saqlab qolishga yordam berish 45. Amir Temur oltinlari qayerga ko’milgandi? J: Rasadxona ichiga 46. Ali Qushchida Amir Temurning oltinlari borligidan kim xabardor edi? J: Xoja Salohiddin zargar 47. «Ulug’bek xazinasi» romanida Mirzo Ulug’bek nima maqsadda shogirdi Ali Qushchiga bobosi Amir Temur qoldirgan xazinadan bir miqdor beradi? J: Ulug’bekning haqiqiy xazinasi hisoblanmish kitoblarini kelajak avlodga butun saqlashni ta’minlash maqsadida 48. Mirzo Ulug‘bek oltin quymalarni tilla tangalarga almashtirishda Ali Qushchiga kim yordam bera olishini aytadi? J: Xo’ja Salohiddin zargar 49. “U qari tulki bu sir-asrorni hazratlariga yetkazgandur”, - deb kimga ta’rif berilgan? J: Xoja Salohiddin zargar 50. “U qari tulki bu sir-asrorni hazratlariga yetkazgandur”, - deb kim aytgan? J: Qalandar Qarnoqiy 51. Mirzo Ulug’bek kitoblarini kim makruh deb e’lon qiladi? J: Janob Nizomiddin Xomush 52. Ali Qushchi Amir Temur oltinlarini qayerga yashirgandi? J: Kitoblar orasiga 53. Rasadxonadan xufyona chiqib ketish uchun qazilgan lahimni kimlar bilardi? J: Mirzo Ulug'bek va Ali Qushchi 54. «Boshiga chambarak kigiz qalpoq kiygan, ko‘pdan beri qaychi tegmagan qalin soqoli ko‘ksiga tushgan bir chol», - deb kim ta’riflanadi? J: Temur Samarqandiy 55. Ali Qushchini Temur Samarqandiyning huzuriga kim boshlab keladi? J: Qalandar Qarnoqiy 56. Temur Samarqandiy kimga qilich yasab berishdan bosh tortadi? J: Shohrux mirzoga, chunki u boshqa qilich yasamaslikka ont ichgandi 57. Temur Samarqandiyni kim o‘limdan qutqarib qolgan? J: Mirzo Ulug‘bek 58. “Cholning kengyuzi, ko'ksiga tushgan oppoq soqoli, kuchyog'ilib turgan baquvvat jussasi, tizzasiga tirab o'tirgan qoqsuyakqo'llari xuddi cho'ngqoyadan o'yibyasalganga o'xshar, vujudidan bo'lakcha bir mardonavorlik, iroda, kuchyog'ilib turardi...” Ta’rif kim haqida? J: Temur Samarqandiy 59. “O'z padariga qilich ko'targan zurriyot, inshoolloh, haq taoloning qahriga yo'liqur”, - deb kim aytgan? J: Temur Samarqandiy 60. «Hay, attang! Shunday zukko odam quzg’un sarkardalariga ishonib qarigan chog’ida ko’ppandyedi». Mirzo Ulug‘bek haqidagi bu fikrlar kimga tegishli? J: Temur Samarqandiyga 61. Ali Qushchi Temur Samarqandiyga kitoblarni asrash uchun nechta sandiq yasash kerakligini aytadi? J: 15 - 20 sandiq 62. Mirzo Ulug’bek Ko’ksaroy chekkasidagi bir xonaga qamalganidan so’ng o’g’liga nechta maktub yo’llaydi? J: Ikkita 63. Mirzo Ulug’bek Abdullatifga maktubida nimani so'raydi? J: O'g'li bilan suhbatlashishni 64. Mirzo Ulug’bekdan otasini begunoh qatl ettirgani uchun xun talab qilishini Abdullatifga kim aytadi? J: Said Abbos 65. Said Abbosning xun talab qilgan dovini kim rad etadi? J: Faqat qozi ul-quzzot Xoja Miskin 66. “Yo tavba! Bu toj-u taxtda ne sehr, ne sir-asror bor ekankim, unga o'ltirgan har bir kimsa darhol o'zgaradi? Odamiylikni, umri bebaqo bir faqir-u haqir ekanini darhol unutadi? Bu toj-u taxt, bu saltanat hech kimsaga vafo qilmasligini yodidan chiqaradi?” Ushbu fikrlarni kim aytgan? J: Mirzo Ulug‘bek Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 67. “Ot tepkisini ot ko'taradur” maqoli kim tomonidan kimga nisbatan ishlatilgan? J: Mirzo Ulug’bek o'g'li Abdullatifga nisbatan 68. «Ulug’bek xazinasi» romanida Ulug’bek o’g’li Abdullatifga qarab nima yodiga tushadi? J: Burgut 69. “Egilgan boshni qilich kesmas” maqoli kim tomonidan qo'llangan? J: Mirzo Ulug’bek 70. Оtasining o‘limidan kеyin Abdullatifning tushiga kim kirib o‘zining boshini laganda taqdim etadi? J: Sulton Jondor 71. «Ulug‘bеk хazinasi» romanida Abdullatif уотоп tush iskanjasidan qutulish uchun kimning kitobidan o‘qimoqqa tutinadi va undagi «Padarkush, toj-u taxt, olti oy» dеgan baytni o‘qib dahshatga tushadi? J: Nizomiy Ganjaviyning BADIIY ADABIYOTDA RUHIYAT TAHLILI 1. Adabiy qahramonlaming хatti-harakatlarigina emas, yana nimasi ularning tabiatiga muvofiq bo’lishi kerak? J: Ko’ngil kechinmalari 2. «Ulug’bek хazinasi» romanida qaysi qahramonlarning ruhiy tahliliga kuchli e’tibor qaratilgan? J: Mirzo Ulug‘bek va Abdullatif 3. Badiiy asarlar qaysi jihatiga qarab baholanadi? J: Insonning ruhiyatini qanchalik teran va ishonarli aks ettirishiga qarab 4. Badiiy asarda nima hеch qachon eskirmaydi? J: Qahramonlarning ruhiy holatlari ABDULLA ORIPOV (1941 - 2016) 1. Qaysi ijodkor 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati Neko’z qishlog’ida tug’ilgan? J: Abdulla Oripov 2. Abdulla Oripovning otasi va onasi ismini taping. J: Orifboy, Turdixol 3. «...birinchi she ’rlaryoza boshlaganimda nima turtki bo’lganini aniq bilmayman. Har holda, so‘zlarni qofiyalashga ishqiboz bo‘lib qolganim esimda. Balki, zerikkanimdan, balki, zavqim toshib, nimadir yozgim kelaverardi. Fikr esayo‘q. Yozmaslikningham ilojiyo‘q». Bu parcha kimning tarjimayi holidan olingan? J: A.Oripovning 4. Qachon Tayzan ovulidagi o’rta maktabni oltin medal bilan tugatdi va Toshkent davlat universitetiga o’qishga kirdi? J: 1958-yili 5. 1963-yil universitetni bitirib, qayerga ishga kirdi? J: «Yosh gvardiya» nashriyotiga 6. Qaysi yillarda G’afur G’ulom nomidagi nashriyotda muharrir bo’lgan? J: 1967 - 1974-yillarda 7. Qaysi yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida bo’lim boshlig’i bo’lgan? J: 1974 - 1976-yillarda 8. Qaysi yillarda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy maslahatchisi bo’lgan? J: 1976 - 1982- yillarda 9. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat bo’limida mas’ul kotib bo’lib ishlagan yillar? J: 1982 - 1983-yillarda 10. 1983 - 1985-yillarda qaysi lavozimda ishlagan? J: O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi 11. Abdulla Oripov qaysi yildan O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi sifatida ishladi? J: 1996-yildan 12. Abdulla Oripovga qaysi yili «O’zbekiston xalq shoiri» unvoni va Hamza nomidagi davlat mukofoti berildi? J: 1983-yili 13. Abdulla Oripov qachon “O’zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi? J: 1998-yili 14. Qachon Alisher Navoiy nomidagi respublika Davlat mukofotiga loyiq ko’rilgan? J: 1994-yili 15. O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining muallifi kim? J: Abdulla Oripov 16. Abdulla Oripovning ilk she’ri qanday nom bilan bosilib chiqqan? J: «Qushcha» 17. Abdulla Oripovning 1-she’riy to’plami . J: «Mitti yulduz» (1965-yil) 18. Abdulla Oripov tarjima qilgan asarlarni toping. J: Dante «Ilohiy komediya», L.Ukrainka, T.Shevchenko, N.Nekrasov, Q.Quliyev, R.Hamzatov she’rlari 19. Abdulla Oripovning she’riy to'plamlari ... J: “Ko'zlarim yo'lingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim” (1971), “O'zbekiston”, “Qasida” (1972), “Xotirot” (1974), “Yurtim shamoli” (1974), «Jannatga yo‘l» (1978), “Hayrat” (1979), «Hakim va ajal» (1980), “Najot qal’asi” (1981), “Yillar armoni” (1983), “Haj daftari” (1992), “Saylanma” (1996) 20. 2000 - 2001-yillarda nashr etilgan “Tanlangan asarlar” to'plami necha jildlik? J: 4 jild 21. Qaysi shoir lirikasi orqali o’zbek she’riyatiga ko’ngil dardlarining suvratlari, armonga aylangan orzular inson sezimlarida qoldirgan iz tasviri kirib keldi? J: Abdulla Oripov 22. Qaysi shoir she’riyati o’tgan asrning 60 - 70-yillarida o’zbek millatini tuyg’ularning quruqshab qolishidan saqladi? J: Abdulla Oripovning 23. Abdulla Oripov she’riyatidan parchalar: «Asablar tuproqqa cho’kkan edi tiz», «Yiroq-yiroqlardan mungli va uzun Turnalar tovushin tinglardim faqat», «Sonsiz egatlarga sochilmish, ana, Mening orzularim, mening Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam o’ylarim», «Qaro sochlaringda oppoq alanga», «Shabnam shovullaydi bog’lar qo’ynida, Salqin tuman ichra bo’zarar tonglar. Quyoshning erinchak yog’dularida Nafis yaltiraydi bargi xazonlar», «Oyoqlangan qo’ziday dovdirar yelda maysa, Ko‘m-ko‘k moviy osmonda kеzib yurar oq bulut», «Yorilmagan yaradir sеvgi», «Dilbar kеlinchakning ko‘ksida g‘ulu, Zardoli shoхiga tashlar ko‘z qirin», «Qizg’aldoq bargidеk dildan uchar g‘am, Toshqinlar kiradi qalbimga manim» 24. «Sohibqiron» dramatik dostonida qaysi hujumlar “shabxun” deb atalgan? J: Tungi hujumlar 25. Amir Temur jangda yolg'iz qolsangiz ham, nimani asrash kerak, deydi? J: Bayroqning tikligini 26. «Sohibqiron» dramatik dostonida Sulton Boyaziddan qaysi chopar maktub keltiradi? J: Sulton Shabli 27. «Sohibqiron» dramatik dostonidagi Buqalamun kim? J: Temurning xufiyasi 28. «Sohibqiron» dramatik dostonida Buqalamunning asl ismi ... J: Itolmas 29. “Agarda u bo'lmasa edi Kurashlarning vajanglarning dolg'alarida, Qayroq toshga aylanardi balki bu yurak ”, - deya Amir Temur kimga yuksak baho beradi? J: Bibixonimga 30. Amir Temur minadigan ot qanday nomlangan? J: Kuno'g'lon 31. “Uham muslim, men ham muslim. Bu ne ko'rgulik? Uham turkiy, men ham turkiy. Bu ne gustohlik? Samarqanddan yetib kelgan mening lashkarim Ot suradi akasi yo ukasi tomon”, - deya Amir Temur kimga afsuslanadi? J: Shayxulislomga 32. Amir Temur qo’shinning o‘ng qanotini kimga topshiradi? J: O‘g‘li Mironshohga 33. Amir Temur qo’shinning chap qanotini kimga topshiradi? J: O‘g‘li Shohrux mirzoga 34. Jangga yov tarafdan qancha jangchi yo‘lga chiqqan edi? J: 400 ming lashkar 35. Abdulla Oripovning «Sohibqiron» dramatik dostonida Temur Boyazidga qarshi jang qilayotganda kim bilan shatranj o‘ynaydi? J: Aloviddin bilan 36. «Sohibqiron» dramatik dostonida shatranjda tengsiz usta kim edi? J: Aloviddin 37. Amir Temur nima uchun jang vaqtida shatranj o‘ynagan? J: Shatranj o‘ynab turib jang qilishini eshitgan Boyazidni tahlikaga tushirish uchun 38. «Sohibqiron» dramatik dostonida Temur Boyazidga qarshi qaysi usulni qo‘llaydi? J: To‘lg‘ama 39. Amir Temur Boyazidga qarshi ajdahodek o‘t purkaguvchi qaysi qurolni ishga tushirishni buyuradi? J: Naftandozni 40. Amir Temur shaxmatdagi qaysi tosh haqida “haqiqat qilichidek keskir, beomon, men u bilan jang qilishni sevaman ”, - deydi? J: Rux 41. Amir Temur shatranj o’yinida qaysi tosh orqali Aloviddinni yengadi va bunga qanday izoh beradi? J: Rux orqali yengadi va o‘ziga ruhlar madadkor bo’layotganini ta’kidlaydi 42. «Sohibqiron» dramatik dostonida Temurga Boyazidning asir tushgani xabarini yetkazgan sarbozning ismini toping. J: Qosimbek 43. Amir Temur dushmanning yengilganini xabar bergan sarbozni qanday taqdirlaydi? J: Samarqandga qaytib borgandan keyin nabiralaridan birini unga nikohlab berishni va’da qiladi 44. Boyazid yengilganini xabar bergan sarboz qayerlik edi va otasi haqida nima deydi? J: O‘zi keshlik bo‘lib, otasi ham Amir Temurga sarboz bo‘lganini va Dehli jangida shahid ketganini aytadi 45. “O, Allohning marhamati bunchalar kengdir, Bir bandasin daqiqada ko'кка ko'tardi”, - deya Qosimbekning taqdirlanishidan kim hayratga tushadi? J: Aloviddin 46. «Chumolilar xor qilishsa arslon rutbasin, Buzilgaydir o’rmonning ham qonuniyali». Bu fikrlarni Amir Temur kimga qarata aytadi? J: Boyazidning qo‘l-oyog‘ini bog‘lagan navkarga 47. Amir Temur Boyazidning laqabi va uning jangda mag‘lub bo‘lganini qanday izohlaydi? J: «Sen Yildirim laqabli bir qudratli chaqmoq Cho‘ng Temirga urilding-u, chilparchin bo‘lding» 48. Amir Temur o‘zi va Boyazidning nogironligi haqida nima deydi? J: «Men bir lang-u, sen esa ko‘r, notavon so‘qir, Bu dunyoda butun odam topilmagandek, Ikkimizga yer yuzining jilovin bermish» 49. «Sohibqiron» dramatik dostonida Amir Temurning davlatni ushlab turuvchi tayanchlari qaysilar? J: Mo‘l xazina, yagona shoh, yengilmas lashkar 50. «Sohibqiron» dramatik dostonida Amir Temurning o‘z dushmanlari gunohini ham kechira olishi qaysi timsollar orqali ochib beriladi? J: Sulton Boyazid 51. «Sohibqiron» dramatik dostonida Amir Temurning ezgu amalli kishilarni taqdirlashi qaysi timsol orqali ochib beriladi? J: Qosimbek 52. «Sohibqiron» dramatik dostonida Amir Temurning kim bilan uchrashuvi asarning eng ta’sirli lavhalaridan? J: Ahmad Yassaviy bilan 53. «Sohibqiron» dramasida Amir Temur qanday aks ettiriladi? J: Ko‘proq janglarda emas, o‘ylar girdobida 54. Dramada Amir Temurning fuqarolarga munosabati qanday aks etgan? J: «Hukmdorlar seva turib fuqarolarni, Umid hamda qo’rquv ichra saqlashi darkor», - degan qarashida Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 55. Amir Temur doim muzaffar ekanligini qanday izohlaydi? J: «Unutmagil, muzaffarman haqligim uchun», - degan satrlarda 56. Olamni kuch bilan bosib olishdan odamlar dilini haq so‘z bilan zabt etish to’g’riroqligi haqidagi fikrni Temurga kim aytadi? J: Ahmad Yassaviy 57. Abdulla Oripovning she’riy dramasi ... J: «Sohibqiron» (1996 - 1998) OMON MATJON (1943-yilda tug‘ilgan) 1. Men she’r yozsam, endi uni qog‘ozga emas, Anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman. Ushbu she’r muallifini toping. J: Omon Matjon 2. Omon Matjon qayerda tug'ilgan? J: 1943- yilning 14- fevralida Xorazm viloyati Gurlan tumanining Bog‘olon qishlog‘ida 3. Otasi kim bo'lgan? J: Matjon Jumaniyoz o‘g‘li qishloq pochta bo’limi boshlig’i bo’lgan 4. Katta bobosi kim bo'lgan? J: Yirik savdogar boy bo’lgan 5. Onasining ismi. J: Xotira opa 6. Ilk she’ri 1958- yilning 15- martida qaysi gazetada bosilib chiqqan? J: Yangibozor tuman gazetasida 7. Qaysi institutga hujjat topshiradi? J: Aloqa institutiga 8. Imtihonlardan o’tolmagach, qanday ish bilan shug'ullanadi? J: Radio-telefon tuzatish kursida o’qib, montyorlik qiladi 9. Qaysi universitetga o'qishga kiradi? J: Samarqand universitetining Filologiya fakultetiga 10. Harbiy xizmatni qanday o'tkazadi? J: Askarlikdagi uch yil bo‘sh ketmasin deb, har kuni kamida bittadan she’r yozadi 11. Askarlik davrida yozgan she’rlari qaysi jurnalda bosilib chiqadi? J: “Sharq yulduzi” 12. Omon Matjonning kitoblari. J: “Ochiq derazalar” (1970), “Karvon qo‘ng‘irog‘i” (1973), “Quyosh soati” (1974), “Yonayotgan daraxt” (1977), “Yarador chaqmoq” (1979), “Haqqush qichqirig‘i” (1979), “Seni yaxshi ko‘raman” (1981), “Daraxtlar va giyohlar” (1984), “Gaplashadigan vaqtlar” (1986), “Ming bir yog‘du” (1989), “O‘rtamizda birgina olma” (1990), “Qush yo‘li” (1993), “Imon yog‘dusi” (1994), “Saylanma” (1997), “Ardaxiva” (2001) 13. Omon Matjon qayerlarda ishlagan? J: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir, bo‘lim mudiri, so‘ng “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O‘zbekiston davlat Matbuot qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, “Cho‘lpon” nashriyoti direktori lavozimlarida mehnat qilgan 14. Qachon “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor bo‘ldi? J: 1993-yilda 15. “Vatan mehri” she’rining muallifi kim? J: Omon Matjon 16. “Vatan mehri” she’rining naqarotini toping. J: O‘zbekiston, zo‘r tabarruk ma’volar yurti, Beruniylar, xorazmiylar, kubrolar yurti, Yetti iqlim maftun bo‘lgan navolar yurti, Vatan birla millatga jon fidolar yurti! 17. “ Vatan mehri - yurt ko’kida charx urgan humo! ” misralarining muallifi kim? J: Omon Matjon 18. Omon Matjon Alisher Navoiyning qaysi g'azaliga muxammas yozgan? J: “Avvalgilarg'a o'xshamas” g'azaliga 19. “Charx avzoyi bu dam avvalgilarg‘a o‘xshamas, Kotib-u davr-u raqam avvalgilarg‘a o‘xshamas” satrlari ma’nosini sharhlang. J: Dunyoning avzoyi avvalgilarga o'xshamas, Taqdirni yozib boruvchi kotib ham, davr ham, taqdir ham avvalgilarga o'xshamaydi 20. “Bul jahon tun birla tong bahs etar bir hujrakim, Voh, quyosh savdosig‘a shamlar nechuk bo‘ldi hakim” baytida qanday ma’no aks etgan? J: Dunyoning murakkabligi 21. “Bodayi haq mastiman, yolg‘onga uyg‘atmang meni, O‘z xayolimg‘a qo‘ying, o‘zgaga ishlatmang meni” misralari orqali shoir nima demoqchi? J: Haq, ya’ni Allohning ishqi bilan mastman, men uchun undan boshqa hamma narsalar yolg'on. Meni yolg'on narsalarga uyg'otmang, o'z xayollarim bilan band bo'lishimga qo'yib bering 22. “Aylanur oyina bu, hech bitta ish topmast pana, Nafs ipiga bog‘lidur ruh iplarin uzgan tana” bayti muallifi kim? J: Omon Matjon 23. “So‘kmak o‘tganlar ishini notavonlar rasmikim, O‘z zamonin rost etar qavmi marddir aslikim” bayti zamiridagi mazmunni toping. J: O'tgan insonlarni ayblash nodonlar odatidir, o'z zamonasida rostini, ya’ni haqiqatni aytish asil mardlar qavmidagi insonlarga xos xususiyatdir Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 24. Omon Matjonning qaysi she’ri Xudoyberdi Doniyorovga bag'ishlangan? J: “Eng so'nggi xazina” 25. Omon Matjonning “So'nggi xazina” she’ri necha qismdan iborat? J: 7 qismdan 26. “So'nggi xazina” she’rining nechanchi qismlari “Hamma bunga ko’nibdi!” satrlar bilan yakunlanadi? J: 1, 2, 3, 4, 5-qismlari 27. Katta urug‘ yalqov, loqayd yasharkan! Kichigi-chi, qaynagan qon, ishchan er, Mehnatidan zar tugarkan har kaft yer. Ushbu misralar “So'nggi xazina” she’rining nechanchi qismida uchraydi? J: 2-qismida 28. Katta mulkka, katta yerga o‘chlar ko‘p, Zimdan qarab, tish qayrovchi kuchlar ko‘p. Ushbu misralar “So'nggi xazina” she’rining nechanchi qismi shunday boshlanadi? J: 3-qismi 29. Og‘a urug‘ katta-da! Hech to‘ymas, deng, Inicha ham “iltifot”ni qo‘ymas, deng! Bog‘in tashir, donin tashir, chorvasin To‘ydirmoqning lekin topmas chorasin! Ushbu misralar “So'nggi xazina” she’rining nechanchi qismida uchraydi? J: 5-qismida 30. Ko’rgani ham, bilgani ham dalasi - Shunda o‘tar endi har bir pallasi. San’at, bilim, kamol qayda, unutdir, Orzu-armon, xayol qayda, unutdir. Ushbu misralar “So'nggi xazina” she’rining nechanchi qismida uchraydi? J: 5-qismida 31. “So'nggi xazina” she’rida eng so'nggi xazina sifatida qaysi tuyg'u ulug'lanadi? J: G'urur 32. Omon Matjon qaysi she’rida xalqining yeb to‘ymas katta og‘aning quliga aylanib qolishini istamasligini ochiq aytadi? J: “So'nggi xazina” 33. Qaysi she’rning jumboqsimon tugallanishi ham poetik samara keltirib, o‘quvchini fikrlashga undaydi? J: “So'nggi xazina” 34. Oman Matjon qaysi she’rida zamon o‘zgarishi, vaqt o‘tishi bilan olamdagi barcha narsada evrilish yuz berishini o‘ta ta’sirli ko‘rsatib bergan? J: “Avvalgilarg'a o'xshamas” taxmisida 35. Qaysi shoir o'z she’rlarida Xorazm vohasiga xos so‘z boyligidan, o‘sha yurtning afsonalaridan, xorazmliklarning shirin lafzidan o‘rinli foydalanadi? J: Omon Matjon HALIMA XUDOYBE RDIYEVA (1947 - 2018) 1. Halima Xudoyberdiyeva qachon va qayerda tug'ilgan? J: 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 2. Halima Xudoyberdiyevaning otasi kim bo'lgan? J: Otasi - Ummatqul Xudoyberdi o‘g‘li bog’bon edi 3. Onasining ismi... J: Sharofat 4. Halima Xudoyberdiyevaga onasi vafotidan keyin kim onalik qiladi? J: So‘ng unga xolasi - qishlog‘ining faol ayollaridan bo‘lgan Qarshigul Xonnazar qizi 5. Halima Xudoyberdiyeva qaysi asarlari haqida: “Mening anchagina asarlarim aynan onayizorim ta’sirida bitilgandir”, - deb eslaydi? J: Bir o‘rim soch tarixi”, “Sayram baxshi aytimlari”, “Hindiqushdan nola keldi” she’rlari, “Ilinj” dostoni 6. Halima Xudoyberdiyeva qaysi oliy o'quv yurtini tugatgan? J: Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini 7. Shoira qaysi yillar Moskvadagi Oliy Adabiyot kursida saboq oldi? J: 1975 - 1977-yillarda 8. Halima Xudoyberdiyeva o‘ziga xos iste’dodi, ifoda tarzining bo‘lakcha tarovati bilan kimning e’tiboriga tushdi? J: Sharof Rashidovday ulkan arbob va ijodkorning 9. Halima Xudoyberdiyeva ilk she’riy majmuasi qanday nomlanadi? J: “Ilk muhabbat” 10. Ilk she’riy majmuasi qachon chop etildi? J: Hali talaba chog‘ida - 1969-yili 11. Qaysi ijodkor bir she’rida: “Shunchaki yozmoqlik shoirga o‘lim”, - deb yozadi? J: Halima Xudoyberdiyeva 12. Halima Xudoyberdiyevaning she’riy to‘plamlarini toping. J: “Suyanch tog‘larim”, “Bobo quyosh”, “Issiq qor”, “Sadoqat”, “Muqaddas ayol”, “Yuragimning og‘riq nuqtalari” 13. “Oq olmalar”, “Chaman” kitoblari muallifi kim? J: Halima Xudoyberdiyeva 14. Halima Xudoyberdiyevaning rus tiliga tarjima qilingan sh’erlari qaysi nomlar ostida Moskva va Toshkentda bosildi? J: “Gordost” (1976), “Beliye yabloki” (1979), “Reshimost” (1985) Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 15. Halima Xudoyberdiyevaning qaysi kitoblari xalqimiz mustaqillikka erishgandan keyin chop etilgan? J: “Bu kunlarga yetganlar bor”, “Turkiston onasi” 16. Halima Xudoyberdiyeva 1990-yili qaysi to‘plami uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan? J: “Muqaddas ayol” 17. Halima Xudoyberdiyeva 1985-yildan boshlab salkam o‘n yil mobaynida qaysi jurnalning bosh muharriri lavozimida ishladi? J: “Saodat” 18. Qachon Halima Xudoyberdiyevaga “O‘zbekiston xalq shoirasi” unvoni berildi? J: 1999-yilda 19. “Shunday rivoyat ko‘nglimda yurardi. Buni bir joydan eshitganmanmi, o‘zim o‘ylab topganmanmi, aniq bilmasdim. Bir-biriga o‘ta ko‘ngil qo‘ygan, mehr-u sadoqatda tengi yo‘q er-u xotin uzoq yillar yashab, farzand ko‘rishmabdi. Uchramagan tabibi, sirlashmagan habibi qolmabdi”. Qaysi she’rining yaratilishi haqida shoira shunday deb yozadi? J: “Begim, sizni labial...” she’ri 20. “Dorilomon kunlar” deganda shoira nimani ko‘zda tutgan deb o‘ylaysiz? J: Istiqlolning kelishini 21. Haysi she’rda “Olcha gulin ko‘zlaringga surtasan behol: “Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor” satrlarida onalarimizga ajoyib odat aks ettirilgan? J: “Dorilomon kunlar keldi” 22. “Qorli kunlar bilan ketsin dilingdagi g‘ash” satri zamiridagi ma’noni ilg‘ab olishga urining. “Qorli kun” deyilganda nima nazarda tutilyapti? J: Yurtimizning sho'ro davridagi hayoti 23. Begim, sizni tabiat raso qilib yaratgan, Kimlarnidir o‘ychan-u, sizni kulib yaratgan. Ushbu satrlar muallifi kim? J: Halima Xudoyberdiyeva 24. “Nogahon berib qo‘yib bu husnni, kamolni, O‘zi ham rashk, hasadga to‘lib-to‘lib yaratgan” misralari qaysi she’rda uchraydi? J: “Begim, sizni labial.” she’ri 25. “Begim, sizni tabiat.” she’ridagi “Qiya tushgan nigohni armongayo’ymagaysiz” satrida qo'llangan “Qiya tushgan nigoh” kimniki? J: Suygan qizniki 26. Oldingi davrlarda qiz suyukli yigitini, ayol turmush o‘rtog‘ini ehtirom bilan “begim” deb atagan. Bu so‘z kimning she’ridagi milliylik, samimiylikni chuqurlashtirishga xizmat qilgan? J: Halima Xudoyberdiyevaning 27. “Siz xuddiki Farhodsiz, Shirin qaydadir, begim? Orzularim dilda-yu, nolam naydadir, begim” satrlarida qaysi badiiy san’atlardan foydalanilgan? J: Tashbeh, talmeh 28. Qaysi she’rning birinchi misrasi bilan so‘nggi misrasi shunchki takrorlanib, har xil mazmunni ifodalaydi? J: “Begim, sizni labial.” she’ri 29. “Mening shunchaki kuylagim kelmas, Ovoz pardalarim chidab bersa bas” misralari muallifi kim? J: Halima Xudoyberdiyeva 30. Shunchaki sevilmoq - baxti qoralik, To‘la tole uchun bu kemtik, bu kam. Mening qalbim shunday sevgiga molik, Bir charsillab yonay, so‘ngra so‘nsam ham. Ushbu misralarda qaysi badiiy san’atdan unumli foydalanilgan? J: Tazod 31. Halima Xudoyberdiyeva “Shunchaki” she’rida shunchaki kulmoqni nima deb ataydi? J: Istehzo 32. Shoiraning chinakam kulish va astoydil yig‘lash borasidagi talablari qaysi she’rida aks etgan? J: “Shunchaki” she’rida SHAVKAT RAHMON (1950 - 1996) 1. Shavkat Rahmon qachon va qayerda tug'ilgan? J: 1950-yilning 12- sentabrida O‘sh shahrida 2. Shoirning otasi asli qayerlik bo'lgan? J: Shoirning otasi Rahmonberdi asli Shahrixon tumanidagi Saroy qishlog’idan bo‘lib, taqdirning taqozosi bilan O‘sh shahriga kelib, turg’un bo‘lib qolgan 3. Onasining ismi... J: Oftobxon 4. Shavkat Rahmonning ota-onasi qanday ish bilan shug'ullanar edilar? J: Savdo ishlari bilan 5. Necha yoshida ta’til chog‘i g‘isht zavodiga ishga kiradi? J: O‘n uch yoshida 6. Qaysi ijodkor o'z qo'li bilan qurgan oldida havoli ayvoni bo’lgan ikki xonali uyga yillar o'tib, Manzurani kelin qilib olib keladi? J: Shavkat Rahmon 7. Shavkat Rahmon qaysi oliy o'quv yurtiga ikki yil hujjat topshirib kirolmaydi? J: Toshkent Davlat universilelining Filologiya fakulleliga 8. Qaysi shoir O’sh viloyati gazetasida harf teruvchi, so’ng xatoni to’g’rilovchi - musahhih bo’lib ishlaydi? J: Shavkat Rahmon 9. O’sh gazetasida qaysi shoir uning she’rlarini ko'rib chiqadi? J: Tursunboy Adashboyev Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 10. Shavkat Rahmon qanday qilib Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutiga o'qishga kiradi? J: She’rlarini rus tiliga o‘zi tarjima qilib, Moskvadagi tanlovga jo’natib yuboradi 11. She’riy kitoblarini toping. J: “Rangin lahzalar” (1978), “Yurak qirralari” (1981), “Ochiq kunlar” (1983), “Gullayotgan tosh” (1984), “Uyg‘oq tog‘lar” (1986), “Hulvo” (1988) 12. Dunyo she’riyatidagi yangi va ilg‘or tajribalarni o’zbek poeziyasiga kiritish yo’lida izlangan Sh. Rahmon qachon atoqli ispan shoiri Fеdеriko Garsia Lorka shе’rlaridan iborat kitobni rus tilidan o‘zbеkchaga ag‘darib, “Saylanma” nomi bilan chop ettirdi? J: 1979-yilda 13. Shavkat Rahmon qachon Ispaniyada ijodiy safarda bo'ladi? J: 1986-yilda 14. Shavkat Rahmon qaysi shoirning shе’rlarini bеvosita ispanchadan o‘zbеkchaga o’giradi? J: Lorka 15. 1989-yilda Lorkaning she’rlarini qaysi nom ostida o‘zbеk tilida nashr etiladi? J: “Eng qayg‘uli shodlik” 16. Shavkat Rahmonga qachon “O‘zbеkistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni berildi? J: 1996- yilda 17. Qaysi ijodkor uchun “shoirlik - jasorat so‘zining tarjimasi” edi? J: Shavkat Rahmon 18. Nahot she 'rar' aytdim bo‘shliqqa qarab, nahotki sovrildi olov so‘zlarim, nahotki haq bo‘lsa, el-u yurt asli quruq so‘zlar degangumroh do'stlarim? Ushbu satrlar muallifi kim? J: Shavkat Rahmon 19. Qaysi ijodkor o‘z kayfiyatlarini tasvirlash bilan kifoyalanadigan shoirlar sirasiga kirmas, o‘z taqdirini millatinikidan ayri tasavvur etmasdi? J: Shavkat Rahmon 20. “Bir qo'shiq bo ‘laman daryoday yurakning eng chuqur yerida” dеya orzu qilgan shoir kim? J: Shavkat Rahmon 21. Zulfiqor ruh kerak, kerak chin yog‘du, chin ishq yolqinlari bag‘rimga to‘lsin, jismimni toblasin faqat chin og‘riq, chechaklar qop-qora bo‘lsa-da, bo‘lsin. Ushbu satrlar muallifi kim? J: Shavkat Rahmon 22. Shavkat Rahmonning vafotidan so‘ng qaysi she’riy kitobi nashr qilindi? J: “Saylanma” kitobi (1997) 23. Qaysi she’rda “Sevinchdan yig‘laydi qiyoqlar” misrasi mavjud? J: “Tong ochar ko'zlarim” she’ri 24. “Tong ochar ko'zlarim” she’rida o’ynoqi shu’lalar kimlarga o'xshatiladi? J: Bolalarga 25. “Tong ochar ko'zlarim” she’rida mehmonga boradigan jonzot qaysi? J: Xonqizi 26. “Tong ochar ko'zlarim” she’rida qaysi jonzotga qarata shoir: “...dunyoni qilma ko‘p masxara” tarzida murojaat qiladi? J: Chumoliga 27. “Tong ochar ko'zlarim” she’rida qaysi jonzotning obrazi orqali ishlashni bilib, go’zallikka befarq kishi timsoli ochib berilgan? J: Chumoli 28. Shavkat Rahmonning qaysi she’rida “Chechaklar jilmayar sevinib”, “Chigirtka qayraydi ovozin” kabi tashxislar mavjud? J: “Tong ochar ko'zlarim” she’rida 29. “Tong ochar ko'zlarim” she’rida qaysi jonzot pariga o'xshatilgan? J: Ninachi 30. “Tong ochar ko'zlarim” she’rida sevinchdan nimalar yig'laydi? J: Qiyoqlar 31. “Ilvasin yigitlar, bobir yigitlar, sajdaga bosh qo‘ydi yovga ters qarab” satrlarida qanday mazmun ifodalangan? J: Tarixda jangovarligi, yovqurligi bilan nom qozongan turkiylarning asl fazilatlaridan mahrum bo‘lganligi 32. She’rdagi: “Tug‘ildi, tug‘ildi, tug‘ildi qullar” satrlarida nima aks etgan? J: Shoirning armoni 33. Shavkat Rahmonning qaysi she’rida “Yovga ters qaragan musulmon emas” misralari mavjud? J: “Turkiylar” she’rida 34. ...qirqida qirilgan - imdodga muhtoj, yovlarga ters qarab itlarday hurar, bir-biriga dushman, bir-biridan koj. Ushbu misralar kim haqida? J: Yovga taslim bo'lgan turkiylar haqida 35. “Yovga ters qaragan musulmon emas!” satrlari “Turkiylar” she’rida necha marta qaytariladi? J: 5 marta 36. “Jangda o‘lgan emas biror bahodir” misrasining davomini toping. J: Bari halok bo‘lgan xiyonatlardan 37. “Jangda o‘lgan emas biror bahodir” she’rida qaysi satrlar 2 marta takrorlangan? J: Bari halok bo‘lgan xiyonatlardan 38. “Jangda o‘lgan emas biror bahodir” she’ri qaysi misra bilan yakunlanadi? J: Qo‘rqoqlar o‘ldirgan bahodirlarni 39. Shavkat Rahmon “ so'zlarning eng yoqimlisi ” deb qaysi so'zni aytadi? J: Baxt so'zini Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 40. Shavkat Rahmon qaysi so'zni “elimdan avvalroq aytdim”, deydi? J: G‘am so’zini 41. “Og‘ir botmasmikin bu so‘z kimgadir” deganda nimani nazarda tutadi? J: Baxtni bilmagan insonlarga tegib ketishni 42. Shavkat Rahmon “Bu so’zni bir umr aytmay yashadim”, deganda qaysi so'zni nazarda tutgan? J: Baxt so'zini 43. Shoirning qaysi she’rida tabiatning kishi ruhiyatida umidbaxshlik uyg‘otgan holati aks etgan? J: “Tong ochar ko’zlarin” she’rida 44. Shavkat Rahmon qaysi she’rida shonli bobolarga munosib bo‘lolmagan turkiy xalqlarga xos illatlar ayovsiz fosh etiladi? J: “Turkiylar” she’rida 45. Qaysi she’rida shoir lirik ifodaning ta’sir kuchini oshirish uchun imlo qoidalariga o‘zgarish kiritadi? J: “Turkiylar” she’rida SHAROF BOSHBEKOV (1951-yilda tug‘ilgan) 1. Sharof Boshbekov adabiyotga qachon kirib keldi? J: XX asrning 70- yillarida 2. Sharof Boshbekov badiiy adabiyotning qaysi turida ijod qiladi? J: Dramaturgiyada 3. Sahna asarlarini toping. J: “Taqdir eshigi”, “Tikansiz tipratikanlar”, “Eski shahar gavroshlari”, “Eshik qoqqan kim bo‘ldi?”, “Temir xotin”, “Tushov uzgan tulporlar”, “Charog‘bonlar”, “Tentak farishtalar” 4. Sharof Boshbekov qaysi filmga rejissorlik qilgan? J: O‘z ssenariysi bo‘yicha suratga olingan “Masxaraboz” filmiga 5. Sharof Boshbekov qaysi filmlarga ssenariy yozgan? J: “Charxpalak” teleseriali, “Ma’rif va Sharif”, “Tilla bola”, “Yuzsiz”, “Doka ro‘mol qurishi”, “O‘yin” filmlariga 6. Sharof Boshbekovning qaysi kinoqissalari mashhur? J: Mehr va mauzer”, “So‘qmoq”, “Falakning gardishi”, “Vafodor”, “Musofir bo‘lmaguncha” 7. Qaysi asari respublikalararo ko‘rik-tanlov sovrindori bo‘lgan? J: “Tushov uzgan tulporlar” asari 8. Qaysi komediyasi hozirgi kungacha tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lib kelmoqda? J: “Temir xotin” 9. Qaysi serial Sharof Boshbekov ssenariysi va rejissorligida qo‘yilgan? J: “Charxpalak” teleseriali 10. “Men o‘qigan qishloq maktabida qiziq bir qoida bor edi: chet tili o‘qituvchisi yo‘q bo‘lsa, o‘rniga ashula darsi o‘tilardi, fizika muallimi kelmay qolsa ham, ko‘pincha shu tarzda “o‘qitilardi”. Ushbu tarjimayi hol kimga tegishli? J: Sharof Boshbekov 11. Sharof Boshbekov qaysi oliygohni tamomlagan? J: Toshkent Teatr va rassomlik san’ati oliygohini 12. Radioga ovozim to‘g‘ri kelmadi. Oliygohni bitirib, Muqimiy nomidagi teatrda aktyor bo‘lib ishlay boshladim. Avvaliga shuncha tomoshabin gaplarimni eshitayotganidan mast bo‘lib yuraverdim. O‘n yillar ishlaganimdan keyin birdaniga aqlim kirib qoldi. Bilsam, aktyorlar ham o‘zining emas, birov yozib bergan gaplarni gapirarkan. Hafsalam pir bo‘lib ketdi va o‘zim ularga gap yoza boshladim. Ushbu parcha qaysi dramaturgning tarjimayi holidan olingan? J: Sharof Boshbekov 13. Har bir yozuvchining qandaydir o‘zigagina xos jihati bo‘ladi. Kimdir sujet topishga usta, kimdir noyob xarakterlar yaratishga mohir, boshqalari asar voqealarini zargarona terishda tengi yo‘q. Mening eng yaxshi ko’rgan qurolim - yumor. Asar qanday janrda yozilmasin, voqealar qanchalik jiddiy, qahramonlarimning taqdiri qay darajada fojiali bo‘lmasin, yumor, hazil-mutoyiba, askiya unsurlari, so‘z o‘yinlaridan unumliroq foydalanishga harakat qilaman. Ushbu parcha qaysi dramaturgning tarjimayi holidan olingan? J: Sharof Boshbekov 14. Qaysi asarda aytiladigan “gap” jiddiy, lekin vaziyat, qahramonlarning so‘zi kulgili? J: “Temir xotin” 15. “Temir xotin” asari qanday janrda yozilgan? J: Jiddiy komediya 16. “Temir xotin” asaridagi Qumri kim? J: Qo‘chqorning xotini 17. “Temir xotin” asari qahramoni Qo’chqorning o’g’li ismi... ? J: Turobjon 18. “Temir xotin” asari qaharamoni Qo'chqorning kasbi... J: Traktorchi 19. “Temir xotin” asaridagi Sharofat kim? J: Qo‘shni ayol 20. “U o‘ttiz-o‘ttiz bech yoshlarda, lekin yoshiga nisbatan ancha katta ko‘rinadi”. Ta’rif kim haqida? J: Qumri 21. “Temir xotin” asarida kim Qumriga ichib kelib to'plon qilgani uchun bog'lab qo'yilgan erini “peshingacha yechmang, kelin” deb aytib ketadi? J: Muhiddin aka 22. “Temir xotin” asarida Qo'chqor xotini bilan necha yil ro'zg'or qilishadi? J: 16 yil 23. Qo'chqor kimga: “Xotinlarning qorniga osilguncha paxta teradigan mashinani to‘g‘rila!” deydi? J: Olimjonga 24. Qo'chqorning nechta bolasi bore di? J: Sakkizta 25. “Temir xotin” asaridagi mullaning ismi? J: Mulla Suvon 26. Ayol kishining har zamondayig’lab turganiyaxshi... Yengil tortadi. Erkakningyo’rig’i boshqa - uyat bo’ladi. Parcha kimning nutqidan olingan? J: Qo'chqorning Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 27. “El og'ziga elak tutib bo'lmaydi” maqoli kimning nutqida uchraydi? J: Qo'chqorning 28. Kiyib olgan kiyimingizga qarang, yengil sanoat yetishtirayotgan hamma brak mahsulot siz va sizga o‘xshaganlarga nasib qiladi. Bu nima? Shu issiqda kim neylon ko‘ylak kiyadi? Ushbu fikrlar kim tomonidan aytilgan? J: Alomat 29. Aft-angoringizga bir qarang, qirqqa kirgan qirchillama yigitsiz-u, ko‘rgan odam sizni ellikka kirgan deb o’ylaydi. Qurib-qaqshab boryapsiz... Ushbu ta’rif kim haqida? J: Qo'chqor haqida 30. To‘y-ma’rakalarda poygakda o‘tirasiz. “Ulug‘lar”ga tayyorlangan dasturxonga yaqinlasholmaysiz, iloji boricha o‘sha tomonga qaramaslikka tirishasiz. Chunki “mehnatkash” degan mansab bilan to‘rga chiqolmasligingizni yaxshi bilasiz! Shlyapa kiyib, galstuk taqqan ketmondasta ham sizni haqoratlashi, tahqirlashi mumkin! Alam qilmaydimi? Ushbu parcha kimga qaratilgan? J: Qo'chqorga 31. “Majlislarda qo‘l ko‘tarish-u, chapak chalishni bilasiz, boshqa baloni ham bilmaysiz! Ko‘pincha o‘sha majlisda nima hal bo‘layotganini tushunmaysiz!” Aksariyat insonlar haqidagi ushbu fikrlar kimga tegishli? J: Alomatga 32. “Temir xotin” komediyasi necha sahnali asar? J: 5 sahnali 33. “Temir xotin” komediyasining nechanchi sahnalarida Qo'chqor ustunga bog'langan holda tasvirlanadi? J: 1- va 5-sahnalarida 34. “Temir xotin” komediyasida voqealar necha kun ichida bo'lib o'tadi? J: 3 kun ichida 35. Olimjon robot Alomatni yasash uchun necha yil mehnat qiladi? J: 7 yil 36. “Hech kim mehnatdan o’lmaydi” deb kim aytgan? J: Qo'chqor 37. “Axir u temir-ku, Qo‘chqor aka, temir. Uni ehtiyot qilish kerak, avaylash kerak. U o‘zini o‘ylamaydi, “qiynalib ketdim” deydigan tili yo‘q. Indamas ekan, deb eshakday ishlataveradimi axir!” Ushbu fikrlar kimga tegishli? J: Olimjonga 38. “Xo‘sh, nima ish qilipti! Hali qatorlashtirib bola tuqqani yo‘q, kechalari uyqudan qolib, beshik quchoqlab chiqqani yo‘q, har bir farzandi bilan ming bor kasal bo‘lib, ming bor sog‘aygani ham yo‘q. Bitta o‘zbek ayoli nima ish qilsa, shuning yarmini qildi, xolos...” Alomat bilan o‘zbek ayollari hayoti solishtirilgan ushbu fikrlar kimga tegishli? J: Qo'chqorga 39. “Temir xotin” komediyasi qaysi qo'shiq bilan yakunlanadi? J: “Yana o‘ynaylik, yana kuylaylik, iqbolimiz porloq ekan, davron suraylik” 40. Qaysi asar badiiy saviyasi va estetik qimmati jihatidan nafaqat Sharof Boshbekov ijodi, balki o’zbek dramaturgiyasida betakror hodisa hisoblanadi? J: “Temir xotin” komediyasi 41. Qaysi pyesa dastlab respublika teatr festivalida bosh sovringa loyiq topildi? J: “Temir xotin” komediyasi 42. Qaysi asar O‘rta Osiyo respublikalari orasida o‘tkazilgan teatr festivalining mutlaq g‘olibi bo‘ldi? J: “Temir xotin” komediyasi 43. Qaysi pyesa asosida badiiy film, operetta ishlangan? J: “Temir xotin” komediyasi 44. Qaysi pyesa millat tirikligining fojiali manzarasini kulgili yo‘sinda ko‘rsatishi jihatidan tengsizdir? J: “Temir xotin” komediyasi 45. Qo‘chqorning uyidagi derazaning bir ko‘zi yo‘qligi, romlardan biri bo‘yalgan bo‘lsa, boshqasi bo‘yalmagani, so‘rining bir oyog‘i yetishmasligi, choynakning jo‘mragi singani, piyolaning labi uchgani kabi kemtikliklar tasviri nimani ko'rsatishga xizmat qilgan? J: Qahramonning g‘arib turmush tarziga ko’nikkan va boshqacha yashashni xayoliga ham keltirmaydigan odam ekanini namoyish etishga 46. Qaysi jihatlar Qo'chqorning milliyligi va hayotiyligini ta’minlagan? J: Qo‘chqor ko’pchilik o‘zbek erkaklari singari ayoliga tepadan kelib muomala qilishi 47. Qaysi asar chinakam iste’dod istagan hayot hodisasidan tengsiz badiiy asar yarata olishi mumkinligini ko‘rsatdi? J: “Temir xotin” komediyasi 48. Qo'chqorning qaysi sifatlari uni o‘quvchiga yoqimliroq ko‘rsatadi? J: Sodda, dovdir, ayni vaqtda, topqir, chapani, so‘zamol, hazilkash va maqtanishga moyil odamligi 49. Komediyadagi: “Qo’chqor ekan deb bog’lab tashlayveradimi?” tarzidagi e’tirozida qahramonning qaysi xarakteri ko‘rinadi? J: Gapga chechanligi 50. Qaysi asar qahramonlarining har bir gapi va xatti-harakatida o‘zbekcha o‘ylash, milliy ruhni namoyon etish ko‘zga tashlanadi? J: “Temir xotin” komediyasida 51. Qumrining: “Aytadiganingizni aytdingiz...”, - degan birgina gapining tagida nima yotganligini payqash mumkin? J: Ulkan ko‘ngilsizlik yotganligini 52. Qo‘chqorning nutqidagi o‘ziga xoslik qaysi so'zni ko'p ishlatishida ko'rinadi? J: “rakatopsin” so‘zi 53. Qaysi asarda o‘zbek ayolining qudrati ojizligida, o‘z kuch-u imkoniyatini namoyish qilavermasligi, hatto, buni bilmasligida ekani mislsiz bir mahorat bilan ko‘rsatiladi? J: “Temir xotin” komediyasida VILYAM SHEKSPIR (1564 - 1616) Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 1. Shekspir qachon va qayerda tug’ilgan? J: 1564-yili 23-aprelda Angliyaning Yorkshir grafligidagi Stratford shahrida 2. Shekspirning otasi kim bo‘lgan? J: Jon Shekspir shahar boshqaruvining turli lavozimlarida ishlagan 3. Shespirning onasi kim bo‘lgan? J: Meri qadimiy, ammo kambag‘allashgan dvoryanlardan Robert Ardenning qizi bo‘lgan 4. Shekspir 1582-yil 27-noyabrda qaysi qizga uylangani haqida cherkov daftariga bitilgan? J: Enn Xetuey ismli qizga 5. Shekspirning farzandlari ismi ... J: Syuzen, Hamlet, Judit 6. Qaysi ijodkor asari va o‘g‘lining nomi bir xil? J: Shekspir 7. Shekspir necha yoshga kirguncha biror asar e’lon qilgan emas? J: 29 yoshga 8. Shekspir 1593-yili qaysi asarini e’lon qiladi? J: «Venera va Adonis» dostoni 9. Shekspirning «Venera va Adonis» dostoni necha marta nashr qilingan? J: 8 marta 10. Shekspirning qaysi asari yosh homiy gersog Sautgemptonga bag‘ishlangan? J: «Venera va Adonis» dostoni 11. Shekspirning qaysi asari kutilmaganda muvaffaqiyat qozonadi va ketma-ket 8 marta nashr qilinadi? J: «Venera va Adonis» dostoni 12. Shekspir 1594-yili qaysi asarini e’lon qiladi? J: «Lukretsiya» dostonini 13. Shekspirning qaysi asari 1594-yili «Greyz Inn» teatrida o'ynaldi? J: «Xatolar komediyasi» 14. 1595-yil martida Shekspir . J: Yozgan va sahnalashtirgan pyesalari uchun kattagina mablag‘ oladi 15. Teatrda Sautgempton homiyligidagi faoliyat Shekspirga ham shuhrat, ham boylik keltiradi. Bunga qaysi voqealar dalil bo‘la oladi? J: Otasi Jon Shekspirning bir necha yillik urinishlardan keyin 1596-yili Geraldik palatadan «jentelmenlik» martabasini beradigan gerbni sotib olganligi va Shespirning 1597-yili Stratforddan bog‘i bor katta uy olganligi 16. Shekspir qaysi teatrda aktyorlik qilgan? J: «Globus» teatrida 17. «Globus» teatri kim tomonidan qachon tiklanadi? J: 1598-yili aka-uka Berbejilar tomonidan 18. Shekspir qaysi teatrlarning hissadorlaridan bo‘lgan? J: «Globus» va «Blekfrayerz» 19. 1608-yilida Shekspir . J: Katta foyda keltiradigan «Blekfrayerz» teatrining hissadorlaridan biriga aylandi 20. Qirol Yakov qachon Shekspir truppasini o‘z himoyasiga oldi? J: 1603-yili 21. Qirol Yakov himoyasidagi truppa a’zolari qanday nomlanardi? J: «Qirol hazratlarining xizmatkorlari» deb atalib, kamerdinerlar - uy xizmatchilari singari saroy xodimlari hisoblanishardi 22. Qaysi ijodkor naqadar mashhur bo‘lmasin, bironta pyesasi hayotlik chog‘ida risoladagiday nashr qilinmagan? J: Shekspir 23. Shekspirning asarlari qachondan nashr qilina boshladi? J: Adib o‘limidan yetti yil o‘tgach, 1623-yilga kelib 24. Shekspir qaysi spektakllarda rollar ijro etgan? J: «Hamlet», «Sizga bu yoqadimi?» 25. Shekspir «Hamlet» spektaklida qaysi rolni ijro etgan? J: Arvoh rolini 26. Shekspir «Sizga bu yoqadimi?» spektaklida kimning rolini o‘ynagan? J: Odam rolini 27. Shekspir aktyor sifatida ko‘proq kimlarning rollarini o‘ynaganligi qayd etilgan? J: Qirollarning 28. Shekspir nechta asar yozgan? J: 36 ta dramatik asar, 154 ta sonet, bir necha doston 29. Shekspir tragediyalarini aniqlang. J: «Qirol Lir», «Romeo va Julyetta» (1594 - 1595), «Hamlet» (1601), «Otello» (1604), «Makbet» (1606) 30. Shekspir komediyalarini anqilang. J: «Yoz kechasidagi tush», «Venetsiya savdogari», «O‘n ikkinchi kecha» 31. Qaysi asarda inson aqli va tuyg‘ularining eng nozik, chigal jihatlari yuksak san’atkorlik bilan tasvirlangan? J: “Hamlet” fojiasida 32. “Hamlet” fojiasi ilk bor qachon va kim tomonidan o‘zbekchaga o‘girilgan? J: XX asrning 30-yillarida Cho‘lpon tomonidan 33. Kim “Hamlet” fojiasini asliyatdan tilimizga tarjima qilgan? J: O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol 34. Hamlet kim? J: Avvalgi qirolning o‘g‘li, hozirgi qirolning jiyani 35. Klavdiy kim? J: Daniya qiroli 36. Horatsio kim? J: Hamletning do'sti 37. Gertruda kim? J: Daniya qirolichasi, Hamletning onasi 38. Ofeliya kim? J: Poloniyning qizi 39. Laert kim? J: Poloniyning o‘g‘li 40. Poloniy kim? J: Saroy noziri 41. Marsell kim? J: Askar 42. “Musallah” so'zining ma’nosi nima? J: Qurollangan 43. Xo‘sh, nimadan qo‘rqay? Hayotimni bir chaqaga ko‘raman qimmat. Ushbu fikrlar kim tomonidan aytilgan? J: Hamlet Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 44. Qismatimning ovozidir axir, bu ovoz, Menga arslon qudratini baxsh etgani rost. Hamlet nima haqida shunday degan? J: Otasining arvohi haqida 45. Hamletga kim qasos olishi kerakligini aytadi? J: Otasining arvohi 46. Tragediyaning nechanchi sahnasida Hamlet otasining arvohi bilan yakkama-yakka so'zlashadi? J: 1-parda 5- sahnada 47. Hamletning otasi o'limi haqida qanday gap tarqatishgan edi? J: Bog'da uxlab yotganda ilon chaqib o'lgani haqida 48. Ammo, o’sha - meni chaqib o’ldirgan ilon Tojim kiyib o‘ltiribdi. Ushbu parchada arvoh kim haqida gapiradi? J: Klavdiy 49. Hamletga otasining o'limi haqidagi asil haqiqatni kim gapirib beradi? J: Otasining arvohi 50. Hamlet kimlar bilan o'tirganda yoniga otasining arvohi kirib keladi? J: Horatsio, Marsell 51. Men boshqacha aytolmayman, negakim o‘sha Ham zohiran, ham botinan o‘zgardi ancha. Otasining o‘limidan bo‘lak ne firoq Bilolmadim, uniyana qaqshatdi shundoq. Hamletdagi o'zgarishni payqagan inson kim? J: Qirol - Klavdiy 52. Hamletning o'zini g'alati tutishiga sabab sevgi dardiga yo'liqqani ekanligini qirolga kim aytadi? J: Poloniy 53. Aynabdi, qattiq aynabdi. Sirasini aytganda, yoshligimda men ham ishq-muhabbatdan rosa ta’zirimni yeganman. Xuddi mana shunga o‘xshab. Ushbu fikrlar kimga tegishli? J: Poloniyga 54. Ajabo, hozirjavoblik degani ko‘pincha tentaklar kaftiga shundoq qo‘nadi-qo‘yadi, aqli butunlarga esa, ha deganda, qorasini ko‘rsatavermaydi. Ushbu fikrlar kim haqida? J: Hamlet haqida 55. Qismat - ko‘pni ko‘rgan xotin. Ushbu fikr kimga tegishli? J: Hamlet 56. Kim Daniyani zindon deb ataydi? J: Hamlet 57. Yo hayot, yo mamot: masala shundoq. Joizmikin ul jobir-u jabbor falakning Jafosiga har daqiqa chidasa yurak? Ushbu fikrlarni kim aytgan? J: Hamlet 58. Lekin o‘zimga shu qadar ta’na-dashnomlar yog‘dira olamanki, bundan ko‘ra, meni onam tug‘magani afzal edi. Men g‘oyat takabbur, kekchi, xudbin bir kimsaman. Ushbu fikrlarni kim aytgan? J: Hamlet 59. Erga tegadigan bo‘lsang, boshingga la’nat toshlari yog‘ilsin. Qordek oq, muzdek musaffo bo‘lsang ham, tuhmatdan qochib qutulolmaysan. Uzlatga chekin, uzlatga. Ofeliyaga ushbu gaplarni kim aytgan? J: Hamlet 60. Agarda judayam erga tekking kelsa, ahmoqni tanla. Oqillar ularni ne ko‘ylarga solishingizni yaxshi bilishadi. Ofeliyaga ushbu gaplarni kim aytgan? J: Hamlet 61. Halok bo‘lmish qanday asl, noyob bir aql! A’yon edi, askar edi, olim edi ul, Ko‘zga, so‘zga va shamshirga sohib edi ul, Davlat, saltanatning umid guli edi ul, Nazokat-u nafosatning timsoli edi, Hammasiga ko‘zgu edi... Hammasi butkul. Hamlet haqidagi ushbu fikrlarni kim aytgan? J: Ofeliya 62. Men kimman endi, badbaxt bir xotin, Yuragimda va’dalarning asali toti. Ushbu fikrlar kimga tegishli? J: Ofeliyaga 63. Uni darhol jo‘naturmiz Angliyaga, Boj undirish vazifasi yuklanur unga. Hamlet haqidagi ushbu fikrlarni kim aytgan? J: Qirol 64. Qirol Hamletni nima uchun Angliyaga jo'natmoqchi bo'ladi? J: Telbaligi tarqashi uchun 65. Kim qirolga Hamletni onasi bilan uchrashtirib, ularning suhbatini yaxshirincha kuzatishni maslahat beradi? J: Poloniy 66. Hamletni zindonga tashlash taklifi kimdan chiqadi? J: Poloniydan 67. “Jinnilarni nazoratda saqlamoq kerak”, deb kim aytadi? J: Qirol 68. “Zulm bo‘lmas ekan, shafqat nimaga kerak?” deb kim aytgan? J: Qirol 69. Deydilarki, ijobatdir tavbaning kuchi, Lekin tavba yo‘li tamom yopiq bo‘lsa-chi? Ushbu fikrlar kimniki? J: Qirolniki 70. Gertrudaga qarata kim: “Malikasiz, o‘z erining ukasiga yor”, deydi? J: Hamlet 71. Hamlet kimga qarata: Alvido, ey chopqillagan, telba, jonsarak! Seni adashtiribman-ku - mana nadomat, deydi? J: Poloniyga 72. Hamlet qirol deb o'ylab kimni o'ldirib qo'yadi? J: Poloniyni 73. Qirol Klavdiyni kim kasal tekkan boshoqqa o'xshatadi? J: Hamlet 74. Zevs manglayidek xuddi manglayi ochiq. Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam Sochi Appolonning barra sochidek quyuq. Marsning nazaridek uning nigohi mag’rur. Turishida bulut osha tuproqqa tushgan Elchi Merkuriyning so‘nmas salobati bor. Parchada kim ta’riflangan? J: Hamletning otasi 75. Qirol Klavdiyni kim “Qirolkiyimini kiygan qo'g'irchoq, saltanatga chovut solgan qaroqchi” deb ataydi? J: Hamlet 76. “Yomon o‘tni ildizidan yulib oturlar” deb kim kimga aytgan? J: Hamlet onasiga aytgan 77. “ So’zda - nafas, nafasda - jon jo ekan ” degan fikr kimning nutqidan olingan? J: Gertrudaning 78. “Ahmoq qiluvchilar o‘zi bo‘larkan ahmoq!” deb kim aytgan? J: Hamlet 79. Xiyonatkor Klavdiy Hamletdan qutulish uchun kimni shahzoda bilan duelga gijgijlaydi? J: Poloniyning o‘g‘li mohir qilichboz Laertni 80. Hamlet sal yaralansa ham o’lishi uchun kim o‘z qilichiga zahar surtib oladi? J: Laert 81. Kim Hamletga atalgan sharobga zahar qo’shadi? J: Klavdiy 82. Kim Hamktning sharobini ichib, halok bo’ladi? J: Malika 83. Klavdiyni kim zaharli qilich bilan yarador qiladi? J: Hamlet 84. Laert qanday halok bo'ladi? J: Qizg’in jang davomida qurollar almashinib, zaharlangan qilichdan yaralanadi 85. “Hammamizni qo‘rqoq qilib qo‘yar tafakkur. Noqis aql sochgan o‘sha xira shu’ladan, Azm-u qaror rangi o‘chib, bo‘zrayib qolur” so‘zlari kim tomonidan aytilgan? J: Hamlet tomonidan 86. “Meni bo‘g‘ar qabohatim qo‘lansa dudi, Manglayimda qadim kufr-u malomat muhri: Birodarkushligim!” tarzidagi iqrori kimga tegishli? J: Qirol Klavdiyga 87. Hamktning: “Xullas, ko’kda najotyo‘li bekilganpalla, Oyog‘ini keltirarsan osmondan xuddi”, fikrlari kim haqida? J: Qirol Klavdiy haqida 88. “Qilmishlaringiz axloq, uyat, diyonatni yerga uradi” tarzidagi ayblov kim tomonidan kimga aytilgan? J: Hamlet tomonidan onasiga qarata aytilgan 89. “Yangi to‘ndek kiyib axloq qoidasini, Biz yaxshilik niqobida yurarkanmiz bot, Turgan gapki, yaxshilikka eturmiz odat” gaplari kim tomonidan aytilgan? J: Hamlet tomonidan 90. “Ha, mayliga. Uchirmoqni o‘ylagan kimsa, Ajab emas, o‘zi birdan havoga uchsa” fikrlari kimga tegishli? J: Hamletga 91. Qirol Klavdiyga xos bo'lgan xususiyatlar qaysi? J: Manfaatparast, xudbin, munofiq, shuhratparast 92. Kim akasini o'ldirib, uning bevasiga uylanadi? J: Klavdiy 93. Tragediyada nima tasvirlanadi? J: Halollik va aldov, aql va shumlik, yovuzlik va mardlik o‘rtasidagi kurash hamda hayotning evaziga bo‘lsa-da, yorug‘ kuchlarning g‘alabasi 94. Kimning gaplari deyarli hamisha tagma’noga ega, doimo “kosa tagida nimkosa” yashiringan? J: Hamletning 95. Tragediyadagi qaysi qahramon xato qilishdan cho‘chiydi, adolatsizlikdan qo‘rqadi, nohaq qon to‘kilishini istamaydi, har bir qadamini o‘lchab bosadi, har bir gapini o‘ylab gapiradi? J: Hamlet 96. Tragediyadagi qaysi qahramon o‘ylar, gumonlar, iztiroblar girdobida tasvirlanadi? J: Hamlet 97. Tragediyadagi qaysi qahramon turlanishni, kishilar ko‘ziga o‘zini boshqacha ko‘rsatishni istamaydi? J: Hamlet 98. Tagediyadagi qaysi qahramon dardini bozorga solmaydi, odamlarga tomosha ko‘rsatishni, baxtsizligi bilan ularning rahmini keltirishni istamaydi? J: Hamlet 99. Qaysi asarda kuchli iztirob og‘ushida qolgan, hal qiluvchi qarorni qabul qilishga qiynalayotgan, birov bilan maslahatlashishi mumkin bo‘lmagan bo‘z yigit holati juda ta’sirli aks etgan? J: “Hamlet” fojiasida 100. Tragediyada qaysi qahramon fikr kishisi, mulohazalar odami sifatida tasvirlangan? J: Hamlet 101. Hamletni kuzatish qirol tomonidan qo‘yilgan qaysi ayg‘oqchilarga topshirilgan edi? J: Gildenstern va Rozenkrans 102. Hamlet kimga Daniyani: “Men uchun - zindon”, deb aytadi? J: Gildensterngа 103. Qaysi qahramon odam uchun yashash o’lishdan mushkul ekanini anglab yetadi? J: Hamlet CHINGIZ AYTMATOV (1928 - 2008) 1. Chingiz Aytmatov qachon va qayerda tug’ilgan? J: 1928-yili Qirg’izistonning Talas vodiysida joylashgan Shakar ovulida 2. Chingiz Aytmatovning otasi kim bo’lgan? J: To’raqul Aytmatov qatag’on davri qurboni bo’lgan 3. Qaysi ijodkorning bobosi qo‘li gul hunarmand va ajoyib qo‘bizchi bo‘lgan? J: Chingiz Aytmatovning Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 4. O‘n to‘rt yoshida qishloq kengashi kotibi, so‘ng soliq yig‘uvchi, traktorchilar brigadasida hisobchi bo‘lib ishlagan ijodkor kim? J: Chingiz Aytmatov 5. Bolaligida haydovchi bo‘lishni qaysi ijodkor orzu qilgan? J: Chingiz Aytmatov 6. Chingiz Aytmatov zooveterinariya texnikumida qaysi yillar o’qigan? J: 1945 - 1948-yillar 7. Chingiz Aytmatov qishloq xo’jaligi institutida qachon o’qigan? J: 1948 - 1953-yillar 8. «Agar men bu yerda o‘qimaganimda o‘z qissalarimni yoza olmagan bo‘lardim». Chingiz Aytmatov ushbu fikrlarni qaysi o‘quv dargohi haqida aytgan? J: Moskva Oliy adabiyot kursi haqida 9. Chingiz Aytmatov Moskva Oliy adabiyot kursida qaysi yillarda tahsil oldi? J: 1956 - 1958-yillar 10. «Yuzma-yuz» qissasi qachоn e’lon qilingan? J: 1957-yili 11. «Jamila» qissasi qachon yaratilgan? J: 1958-yili 12. Chingiz Аytmаtоv nomini jahonga tanitgan asarlari qaysilar? J: «Birinchi miiallim», “Yuzma-yuz”, «Jamila», «Alvido, Gulsari», «Oq kema» 13. Chingiz Аytmаtоv тоталЫт toping. J: «Asrga tatigulik kun», «Qiyomat», «Kassandra tamg'asi», «Tog‘lar qulaganda» 14. Chingiz Aytmatovning qaysi romani «Mangu kelinchak» deb ham nomlanadi? J: «Tog‘lar qulaganda» romani 15. 1990-yildan sobiq SSSRning, 1991-yildan Qirg‘iziston va Rossiya Federatsiyasining Lyuksemburg va Belgiyadagi elchisi bo‘lib ishlagan ijodkor kim? J: Chingiz Aytmatov 16. Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romani qachоn yaratilgan? J: 1980-yili 17. Chingiz Aytmatov asarlari dunyodagi necltoi tiliga tarjima qilingan? J: 165 tilga 18. Chingiz Aytmatovning qaysi asarlarida nafaqat bir millat va mamlakatga, balki butun insoniyatga daxldor ma’naviy-axloqiy muammolar aks ettirilgan? J: «Asrga tatigulik kun», «Qiyomat», «Kassandra tamg'asi», «Tog‘lar qulaganda» 19. Chingiz Aytmatovning qaysi romani matbuоtda chiqishi bilanоq kеng jamоatchilikni larzaga soldi? J: «Asrga tatigulik kun» 20. Qaysi asar vоqеalari bir kun ichida bo‘lib o'tadi? J: «Asrga tatigulik kun» 21. Qaysi asarga X asr yodgorligi «Musibatnoma»dagi «Bu kitob jism-u fig’onimdur mening, Bu kalom jon-u jahonimdur mening» dеgan so‘zlar epigraf qilib olingan? J: «Asrga tatigulik kun» 22. «Musibatnoma» kitobining muallifi kim? J: Arman yozuvchisi Grigor Narikatsi 23. Qaysi asar Chingiz Aytmatov uchun «jon-u jahon»ning o‘zi edi? J: «Asrga tatigulik kun» 24. «Asrga tatigulik kun» romanini kim o‘zbek tiliga o‘girgan? J: Asil Rashidov 25. Qaysi asarda odamning insoniy qiyofasini belgilaydigan asosiy ko'rsatkichlar: o'zlikni anglash, o'zgani tushunish, tarixiy ildizlarni bilish, undan faxrlanish singari tushunchalar ekanligi va bulardan ayrilish, mohiyatiga ko'ra odamlik qiyofasini yo'qotish ekani ko'rsatiladi? J: «Asrga tatigulik kun» 26. «Asrga tatigulik kun» romanida odam dеgan yaratiqning azizligi, uni tariхiy ildizlaridan, tilidan, g‘ururidan mahrum qilish joniga qasd etishdan ham dahshatli jinoyat ekani qaysi qahramon fojiasi orqali aks ettirilgan? J: Nayman ona 27. «Asrga tatigulik kun» romanida siyosatdan tamomila chetda turuvchi, siyosiy muammolar hal qilinadigan joylardan minglab chaqirim yiroqda umr kеchiruvchi kamtargina odam ham, aslida, siyosatning ta’siridan xoli bo‘lolmasligi qaysi qahramon taqdiri misolida juda ishonarli aks ettirilgan? J: Bo’ronli Edigey 28. «Asrga tatigulik kun» romanidagi manqurtning zamonaviy va хavfli nusхasi kim? J: Sobitjon 29. Edigеy tabiatiga XOS yuksak insoniy хususiyatlar qachon namoyon bo’ladi? J: Kazangapni dafn etish jarayonida, marhum bilan vidolashuv onlarida, Allohga munojot qilgan o‘rinlari tasvirida 30. Chingiz Aytmatov «Asrga tatigulik kun» romanidagi qaysi qahramoni haqida davrimizning charxi olam mehvariga - o’zimni hayajonga solayotgan muammolarning markaziga qo‘yib tasvirlashga intildim deydi? J: Edigey Bo‘ron 31. Chingiz Aytmatov manqurtdan farqi yo‘q, kechagi kunini eslamaydigan, bobolarning udumlari bilan faxrlanmaydigan kishilar obrazining mujassamlashgan timsolini «Asrga tatigulik kun» romanidagi qaysi qahramonlar orqali ochib beradi? J: Sobitjon va Jo’lamon 32. «Asrga tatigulik kun» romanida voqealar qayerda bo‘lib o’tadi? J: Sario’zak cho’lida, Bo’ronli bekatda 33. Ona Bayit qabristonigacha Bo’ronli bekatdan eng yaqin yo’ldan yurilganda borish-u kelish qancha masofa edi? J: 60 chaqirim 34. Kimning “aytgani aytgan, buni hamma tushunardi”? J: Edigeyning 35. Edigey nima uchun Sobitjondan xursand bo‘lib ketdi? J: Sobitjon bu yoqqa kelayotganida otasining tirikligini ham, o‘lganini ham bilmasdi, shunga qaramay, dafn marosimiga yetib kelgandi 36. Sobitjon qayerdagi maktab-internatda o‘qigan? J: Qumbeldagi Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 37. “Arzanda, bilag'on o'g'ilotasini izzat-ikrom bilan ko'ngildagidekdafn etishga emas, balki qarzdan qutulish uchun naridan beri ustiga tuproq tortib, tezroq qaytib ketishga kelgan”ligi qachon ma’lum bo'ladi? J: Edigey bilan ko'zyoshi qilib olishgandan so'ng 38. «O ‘ladigan odamning o’lganiyaxshi, ketadigan odamning ketganiyaxshi. Munchalik cho’zib, bosh qotirib o’tirishning kimga keragi bor? 0‘lgan odamga qayerga ko’milishning nima keragi bor?» Ushbu fikrlar qiysi qahramonga tegishli? J: Sobitjonga 39. Kazangapning dafn marosimi maslahatiga necha kishi yig’ilgandi? J: Besh kishi 40. «Tabiatan qo’rsroq, qiziqqonroq edi u - shuning uchun ham uni «Bo’ron» deb atashadi-da». Bu qaysi qahramon ta’rifi ? J: Edigey 41. “Atrofda yer ko'p, albatta, istaganimcha topiladi. Faqat odamlar nimagadiryaqinlarini duch kelganjoyga ko'mib ketaverishmaydi. Har holda, bejiz bo'lmasa kerak\ Ushbu fikr kimga tegishli? J: Edigeyga 42. Оtasining dafn marosimida oblastda kim qaysi vazifada ishlaydi, kimni ishdan olib, kimning amalini oshirishgani to‘g‘risida gap sotib odamlarni ishdan chalg‘itgan personaj qaysi asar qahramoni? J: «Asrga tatigulik kun» 43. Sobitjonning xotini nima uchun qaynotasining dafn marosimiga kelmadi? J: Allaqanday konferensiyada qatnasharmish, ana shu yig‘inga chet ellik mehmonlar tashrif buyurarmish 44. Sobitjonning farzandlari nega bobolari dafn marosimiga kelmadi? J: Ular o’zlashtirish va davomat uchun kurashar ekan, institutga kirmoqchi bo‘lgan odamning attestati toza bo‘lishi kerak ekan 45. «Ularga o‘limdan boshqa hamma narsa muhim! Modomiki ularga o‘lim ahamiyatsiz ekan, demak, ular hayotning ham qadr-qimmatiga yetishmaydi. Unday bo‘lsa, yashashdan maqsad nima, ular nima uchun yashayaptilar?» Bu fikr kimniki va kimga qaratilgan? J: Edigeyniki, Sobitjon va uning xotiniga qaratilgan 46. Edigey Bo‘ron do‘stini so‘nggi yo‘lga kuzatish uchun nimani egarladi? J: Qoranor tuyani 47. Sobitjonga kim: «Xudoga mingqatla shukr qilgin, yaхshiyamki, olamda otangningEdigey Bo‘ron degan do‘sti bor ekan. Rasm-rusumini o‘rniga qo'yih dafn etishga sen хalal berma. Shoshilayotgan bo‘lsang, ushlab turganimiz yo‘q. Men sening o‘rningga bir hovuch tuproq tashlab qo'ya qolaman», - deydi? J: Edilboy daroz 48. «Оta-ku seniki, biroq sening o‘zing o‘zingga o’xshamay qolibsan», - deb Sobitjonga tanbeh bergan kim? J: Edilboy daroz 49. “Ha, yoshlar ko'rib havas qilishsin: munosibyashab o'tgan odamning o'limi ham hech kimga malol kelmaydi, tashvishi tushmaydi, aksincha, qayg'uli voqea bo'lsa-da, juda katta voqea ekanini, shu boisdan ham so'nggi manzilga izzat-hurmat bilan uzatilayotganini bilib qo'yishsin”. Parcha qaysi asardan olingan? J: «Asrga tatigulik kun» 50. Jungjanglar qullarni nimaga aylantirishardi? J: Manqurtga 51. Manqurt kim? J: Xotirasidan umrbod mahrum etilib, o’tmishni eslay olmaydigan qul 52. O‘zaro to’qnashuvlarda o’ldirilgan bitta manqurt qul uchun boshqa erkin tutqunga nisbatan qancha ortiq haq undirib olinardi? J: Uch barobar ortiq 53. «Insonning insonlikfazilati, yaratilganda birgayaratilib, o‘lgandayana o‘zi bilan birga ketadigan va boshqa mavjudotlardan ajratib turadigan birdan bir noyob fazilati хotirasi, aql-idroki bo‘lsa-yu, uni tag-tomiri bilan yulib olsalar, axir, bu qanday yovuzlik, qanday bedodlik?!» Bu parcha qaysi asardan olingan? J: «Asrga tatigulik kun»dan 54. Nayman ona bir yosh va navqiron manqurt yolg‘iz o‘zi Sario‘zak dashtida tuyalar podasini boqib yurganini kimdan eshitadi? J: Savdogarlardan 55. Nayman onaning yosh o‘g‘li nima uchun jangga otlangandi? J: Bir yil oldin o‘ldirilgan otasining o‘chini olish uchun 56. Jo‘lomon qanday qilib jungjanglarga asir tushib qoladi? J: Yarador bo‘lganida jang suronidan cho‘chigan ot ustidagi chalajon yigitni cho‘l ichkarisiga olib ketadi, naymanlar uni har qancha izlasa ham topolmaydilar 57. Nayman ona o‘g‘lini izlashga qaysi tuyasini tayyorladi? J: Oqmoya tuyasini 58. Nayman ona safarga qancha suv oldi? J: Ikki mesh 59. Nayman ona safarga ketishdan oldin nima qildi? J: Allohga kalima qaytardi 60. Savdogarlar yosh manqurtni qayerda ko‘rishgandi? J: Malaqumdichop jarligi etagida 61. «Yerdan mahrum etish mumkin, mol-dunyodan mahrum etish mumkin, hatto insonni yashashdan mahrum etish mumkin, biroq odamni хotirаsidan mahrum etishni kim o'yiah topdi ekan?! Yo Rabbiy, agar olamda bor bo‘lsang bandalaringga bu yovuzlikni qanday ravo ko‘rding? Yer yuzida usiz ham yovuzlik kammidi?» Ushbu fikrlar kimning nutqidan olingan? J: Nayman onaning 62. Manqurt o‘g‘li tanimaganidan keyin Nayman ona qanday yo‘l tutdi? J: So‘rab-surishtirishlar bilan emas, balki aqlini kovlash, qitiqlash bilan es-hushini o‘ziga keltirmoqchi bo‘ldi Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 63. Jo’lomonga nima uchun shunday nom qo’yishgandi? J: Naymanlar yaylovga ko’chib o’tishayotganida yo‘lda tug‘ilgani uchun 64. Jo’lomon otasining ismi ... J: Do’nanboy 65. Manqurtning kim bilan gaplashgisi kelardi? J: Oy bilan 66. Manqurt nimani istardi? J: Xo’jayinning boshidagi singari kokil qo’yishni 67. Ikkinchi kun ona qanday yo‘l tutdi? J: Manqurtni yedirib-ichirgandan so’ng unga alia ayta boshladi 68. Nayman onani ko’rib qolgan jungjanglar uni quvib yetolmagandan so’ng manqurtni qanday jazolashadi? J: Rosa do‘pposlashadi 69. Jungjanglar manqurtga nima qilishni buyuradi? J: Senda hech qanaqa ona yo’q, u telpagingni sidirib olib, boshingni qaynoq suvga solgani kelgan. Mana buni ol deb unga o’q-yoy tutishadi 70. Manqurtda qanday xotira saqlanib qolganini ko’rgan jungjanglar hayratga tushadilar? J: Qo’lida mo’ljalga olish 71. Manqurt Nayman onani o’ldirgandan so’ng onaning nimasi qushga aylanib uchib ketdi? J: Oq ro’moli 72. Bu qushning nomi nima? J: Do‘nanboy 73. Oqmoya tuyaning avlodlari qanday xususiyatga ega edi? J: Urg’ochilari o’ziga tortib, oq bosh tug’ilib, nayman eliga ma’lum va mashhur, norlari esa, aksincha, hozirgi Qoranor Bo‘ron singari qoradan kelgan, juda baquvvat bo‘ladi 74. Nayman qabilasi uchun nima isnod hisoblanardi? J: Jangda birodarlarining kimsasiz Sario'zak cho'lida dafn etilmay qolib ketgani BADIIY ASAR PAFOSI HAQIDA 1. Pafos so‘zi qaysi tildan olingan? J: Yunon tilidan 2. «Pafos» so‘zi qanday ma’noni bildiradi? J: Ehtiros, hissiyot, iztirob ma’nolarini 3. Pafos adabiy atama sifatida nimani anglatadi? J: Asarga singib ketgan, undagi badiiy tasvirning yo‘nalishini belgilab beradigan jo‘shqin tuyg‘u va ko‘tarinki ruhni 4. Pafosdagi tuyg’u va ruh qanday xarakterda bo’ladi? J: Ijobiy xarakterda bo’lib, xayrixohlikni, salbiy tabiatga ega bo‘lib, inkorni bildirishi ham mumkin 5. Pafos o’quvchini xolis kuzatuvchi emas, qanday bo’lishga undaydi? J: Astoydil tarafdor bo’lishga 6. Pafos badiiy asarning nimasini ham belgilab beradi? J: Asarning ifoda tarzinigina emas, balki uning ma’no- mohiyatini ham 7. «Asrga tatigulik kun» romanida kimlarning o‘ylari, so‘zlari, qilgan ishlari kuchli pafos bilan tasvirlangan? J: Edigey va Nayman onaning 8. «Asrga tatigulik kun» romanida kimlarning xatti-harakatlari, gaplari, tutumi adib tomonidan jo’shqinlik bilan inkor etilgan? J: Jungjanglar, Jo‘lomon va Sobitjonning 9. «Asrga tatigulik kun» romanida asar pafosi qaysi timsol tasvirida yaqqol bo‘y ko‘rsatgan? J: Nayman ona timsoli tasvirida 10. Qanday asarlarda adib o‘zi ilgari surgan nuqtayi nazar va qarashlarni berkitmaydi, aksincha, kuchli hayajon va jo‘shqin ehtiros bilan yoqlaydi? J: Pafos bilan yozilgan asarlarda O‘LJAS SULAYMONOV (1936-yilda tug‘ilgan) 1. Taniqli qozoq adibi O’ljas Sulaymonov qachon va qayerda tug'ilgan? J: 1936-yilning 18-may oyida Qozog‘istonning Olmaota shahrida 2. Otasi kim bo'lgan? J: Otasi Umar harbiy xizmatchi edi, 1937-yilda qatag’on qurboni bo’ldi 3. O’ljas Sulaymonov qaysi o'quv yurtlarida o'qigan? J: Qozog’iston davlat universitetining geologiya fakultetida, Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti institutida 4. O’ljas Sulaymonov qaysi vazifalarda ishlagan? J: 1962 - 1971-yillarda “Qozog’iston haqiqati” gazetasi muxbiri, “Qozoqfilm” studiyasida muharrir, “npocmop” jurnali bo’lim mudiri, 1971-yildan 1981-yilgacha Qozog’iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi lavozimida ishladi 5. O’ljas Sulaymonov Qozog’istonning qaysi davlatlardagi elchisi sifatida faoliyat ko’rsatdi? J: Italiya, Yunoniston va Maltada 6. Qaysi tilda ijod qilgan? J: Rus tilida 7. Shoirning birinchi asari qaysi? J: “Arg’umoqlar” 8. Birinchi asari qachon dunyo yuzini ko’rdi? J: 1961-yilda 9. Qanday kitoblari nashr etilgan? J: “Quyoshli tunlar”, “Ajoyib tun”, “Sharofatli vaqtlar”, “Maymun yili”, “Loy kitob”, “Olovning ko’chishi”, “Yumaloq yulduz”, “Az i Ya” Ustiga bosing→https://t.me/Tezkor_Grammatika Ustiga bosing→https://t.me/Onatilidanyordam 10. Qaysi asarida yevropaparastlar aytganlariday, turkiylar yovvoyi va madaniyatsiz qavm emas, balki dunyoning eng qadimiy madaniyatli millatlaridan ekanligini asosladi? J: “Az i Ya” asarida 11. O‘. Sulaymonovning qaysi asarida Inson imkoniyatlari va irodasiga bitilgan madhiya bo‘lgan mazkur asarda koinotni zabt etib, dunyo tarixida yangi bosqichni boshlab bergan inson haqidagi mushohadalar g‘oyat ta’sirchan ifodalanadi? J: “Qoyilmisan insonga, zamin” dostonida 12. Shoirning qaysi she’rini Azim Suyun o'zbek tiliga tarjima qilgan? J: “Arg'umoq” 13. O‘ljas Sulaymonov qaysi she’rida “Yeldiray misli bo‘ron, Ostin-ustin bo‘lsin yer” ifodasida foydalanadi? J: “Arg'umoq” 14. Qaysi she’ri “Jasorat bizga taqdir, Guldirab ketsin so‘qmoq!” satrlari bilan tugaydi? J: “Arg'umoq” 15. Qaysi she’rida lirik qahramonning “O‘zimni unutgayman olis yo‘lga tushganda” shaklidagi e’tirofi berilgan? J: “Mambet botirning qatl oldidan aytganlari” 16. “Egarda tug‘ilgandim, O‘lmoqdaman kishanda” satrlari qaysi she’rda mavjud? J: “Mambet botirning qatl oldidan aytganlari” 17. “Horib terlagan otning hidini unutgayman, So‘g‘ishlar urhosini unutgayman zindonda” satrlari qaysi she’rda uchraydi? J: “Mambet botirning qatl oldidan aytganlari” 18. Yalang‘och qilichdaydim, Zang bosadi tig‘imni. Chalajon bir ilonday tomog‘imda yuragim. Ushbu misralarda qaysi badiiy san’atdan foydalanilgan? J: Tashbeh 19. Qaysi she’rda lirik qahramon yuragini pati yulingan shunqorga o'xshatadi? J: “Mambet botirning qatl oldidan aytganlari” 20. O‘ljas Sulaymonov qaysi she’rini botir qo‘liga “nonday qo‘ngan oy” tasviri bilan yakunlaydi? J: “Mambet botirning qatl oldidan aytganlari” 21. “Mambet botirning qatl oldidan aytganlari” she’rini kim o'zbek tiliga tarjima qilgan? J: Shavkat Rahmon 22. O‘ljas Sulaymonovning qaysi she’rini Sirojiddin Sayyid o'zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan? J: “Tungi taqqoslar” 23. “Tungi taqqoslar” she’rida nima tasvirlangan? J: Sevgining darajalari 24. “Tungi taqqoslar” she’rida yorni nimaga o'xshatganda “esladimmi - tishlar sirqirar” deydi? J: Asalga 25. Qaysi she’rida shoir “Tillarim tishlarni sindirganida, ko’zim kipriklarni kuydirganida” jim turgan insonlarni ular odam emas, deb ataydi? J: “Tungi taqqoslar” 26. Yorni dastidan yurak zirqiraydigan hazilga qaysi she’rda o'xshatadi? J: “Tungi taqqoslar” 27. Qaysi shoir she’rlarining birida yorga qarata: “Men seni sevaman beva - faryodni, baliq - daryoni, tulpor — keng yaylovni sevsa qanchalik. Men seni sevaman noshud - shuhrat-shonni, quyosh - sof osmonni sevgani yanglig‘”, deydi? J: O‘ljas Sulaymonov 28. “Tungi taqqoslar” she’rida shoir qaysi ijodkorlarni tilga oladi? J: Xayyom, Hofiz, Mahamet 29. Qaysi she’ri “Men seni sevaman, O‘zim sevganday!” misralari bilan yakunlanadi? J: “Tungi taqqoslar” 30. Qaysi she’rida yorni lirik qahramon “Sen ziqnasan” deb ayblaydi? J: “Tungi taqqoslar” Download 149.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling