9-sinf. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi Mavzu: Italiya Respublikasi Dars maqsadi
Download 1 Mb.
|
geografiya ochiq dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsda foydalaniladigan jihozlar
9-sinf. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi Mavzu: Italiya Respublikasi Dars maqsadi : ta'limiy maqsad - dars jarayonida o`quvchilarga Italiya respublikasi haqida geografik bilimlar berish,ularni mustahkamlash; tarbiyaviy maqsad – o’quvchilarda millatlararo do’stlik, o’zaro hurmat va vatanparvarlik hislatlarini rivojlantirish; s) rivojlantiruvchi maqsad - dars natijasida o`quvchilarda Yevropa mamlakatlari haqidagi geografik bilimlarni mustahkamlash; Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi; Dars shakli: sayohat-dars Darsda foydalaniladigan metodlar: an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar: “ma’lumotlar xizmati”, ma’ruza,“geografik topishmoqlar”,”poytaxtlarni toping”, ”tashrif qogozi”, karta bilan ishlash, Darsda foydalaniladigan jihozlar: texnik vositalar, slaydlar, ko`rgazmali va didaktik materiallar, xarita va globus. -Tashkiliy qism: -Salomlashish; -Davomatni aniqlash; -O’zbekistonda va dunyoda bo’layotgan yangiliklar bilan tanishish; -o`tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash); Darsga psixologik yondashuv:(o’qituvchi tomonidan ibratli hikoya aytib beriladi) Qadim zamonlarda bir donishmand yashagan ekan, uning juda ham aqlli ekanligini eshitgan bir odam donishmandni mot qilmoqchi bo’libdi.Kaftlari orasiga bir kapalakni tutib olibdida, donishmandga savol beribdi: aytingchi hurmatli donishmand, qo’limdagi narsa o’likmi yoki tirik? O’zi ichida o’ylabdi:-”agar tirik desa men uni bir g’ijimlab o’ldiraman, agar o’lik desa kapalakni qo’yib yuboran”. Donishmand o’ylanib turib, savolga javob beribdi: hammasi sening qo’lingda!!! Maktab sinf xonalarida 9 yil davomida sizlarga berilayotgan bilim va ko'nikmalar siz uchun, ammo ulardan samarali foydalanish, kelajakda qanday tasarruf etishingiz barchasi sizning qo’lingizda. Shunday ekan, bugungi darsimizning samarali, do'stona, va ijodiy muhitda bo’lishi bizning qo'limizda. Va biz darsimizni boshlaymiz. O’quvchilarning faollikka kirishishlarini ta’minlash uchun “Davlatlarning tashrif qog’ozi” usulidan foydalaniladi: Savollar: quyidagi diqqatga sazovor joylar qaysi davlatlarning “tashrif qog’ozi”hisoblanadi? (ularning rasmlari ko’rsatiladi) 1.“Big-Ben, qizil ikki qavatli avtobuslar, qizil rangdagi telefon budkasi”- Buyuk Britaniya 2.”Eyfel minorasi,Triumfal arkasi, Luvr muzeyi-Fransiya 3.Brendenburg darvozasi, Kil kanali, Lyuteran cherkovi-Germaniya 4.Kolizey, Piza minorasi, Venesiya-Italiya (“Davlatlarning tashrif qog’ozi”ni o’qituvchi o’zi istaganicha ko’paytirishi mumkin) O’tgan mavzuni takrorlash: “ma’lumotlar xizmati” usulidan foydalaniladi. Bu usulda sinfdagi deyarli barcha o’quvchilar darslik va daftarlarni yopib qo’ygan holda, tezlik bilan o’tgan mavzu bo’yicha ma’lumot aytib qatnashadilar, bir o’quvchi aytgan ma’lumotni ikkinchi o’quvchi qaytarmasligi kerak. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling