10. Fransiya tarixida bo’lib o’tgan quyidagi voqealarni to’g’ri xronologik tartibda joylashtiring?
1) mamlakat prezidenti Sadi Karno o’ldirildi;
2) Senatga bo’lgan saylovlarda respublikachilar qo’li baland keldi va prezident Mak-Magon iste’fo berdi;
3) ”Dreyfus ishi”da haqiqiy aybdor Estergazi ekanligi matbuot yuzini ko’rdi;
4) Pensiya haqida qonun qabul qilindi.
A) 2,1,3,4 B) 1,2,3,4 C) 2,1,4,3 D) 1,2,4,3
11. Germaniyada cho‘yan ishlab chiqarish 17,6 mln. tonnaga уetgan yilda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang.
A) Germaniya taxtini 28 yoshli Vilgelm II egalladi;
B) Bismark Reyxstag oldiga sotsialistlarga qarshi qonunga doimiy tus berish masalasini qo‘ydi;
C) Germaniyada parlament saylovida GSDP 34,8% ovoz
olishga muvaffaq bo‘ldi;
D) GSDP ochiq holatda ishlash sharoitiga o‘tdi.
12. Quyidagilardan Fransiyada ishchi tashkilotlari vakillari “Fransiya ishchi partiyasi”ni tuzgan(a) va kasaba uyushmalarining erkin faoliyatiga hamda ish tashlashga ruhsat etuvchi qonun qabul qilingan(b) yillar to’g’ri muvofiqlashtirib berilgan qatorni toping?
A) a-1880, b-1884 B) a-1881, b-1884
C) a-1884, b-1880 D) a-1884, b-1883
13. Quyidagilardan Fransiya tarixiga oid to’g’ri bo’lmagan ma’lumot berilgan javobni aniqlang.
(XIX asr oxiri – XX asr boshlari)
A) XX asr boshlariga kelib, mamlakatda mo‘tadil
siyosiy barqarorlik ta’milandi. Bunga XIX asr 90- yillarining o‘rtalaridan boshlangan iqtisodiy yuksalish tufayli erishildi;
B) 1914-yilga kelganda Rossiya, Buyuk Britaniya, AQSH va Janubiy Amerika davlatlariga 24 mlrd. frank miqdorida kapital chiqardi;
C) Fransiya eksportida jun birinchi, ip-gazlama ikkinchi, shoyi gazlama uchinchi, fransuz vinolari to‘rtinchi o‘rinni egalladi;
D) Fransiyaning chetga kapital chiqarish quvvati yanada ortdi. Bu borada u dunyoda Buyuk Britaniya va AQSHdan so‘ng uchinchi o’rinni egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |