9-sinf jahon tarixi


Download 0.77 Mb.
bet10/11
Sana26.07.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1662570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-sinf Jahon tarixi(1-10-mavzular)

41. Fransiyada 1871-yilda tuzilgan Tyer boshchiligidagi hukumatga nisbatan parijliklarda ishonchsizlik paydo bo’lishiga olib kelgan omillar to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
1) hukumat qarorgohi etib Versal shahri tanlanganligi;
2) soliqlar miqdorining oshirib yuborilganligi;
3) qamaldan so’ng aholining qarzlari bo’yicha to’lovlarni to’lashga majbur bo’la boshlaganligi;
4) Frankfurt shahrida imzolangan Prussiya bilan yarash shartnomasi.
A) 1,3 B) 1,4 C) 1,2 D) 2,3


42. Quyidagilardan xatolikka yo’l qo’yilgan javobni aniqlang.
A) Fransiyada 1871-yil martda Parij Kommunasiga saylov
o‘tkazildi va Kommuna Kengashi tuzildi. Bu kengash o‘z a’zolaridan 10 ta komissiya (vazirlik) tashkil etdi;
B) 1871-yil 10-may kuni Germaniyaning Frankfurt shahrida Fransiya-Germaniya sulh shartnomasi imzolandi;
C) Germaniya kansleri Bismark Parij Komunnasini tugatishga yordam berish uchun 40 ming nemis askar va zobitlarni Tyer hukumati ixtiyoriga yubordi;
D) Frankfurt shartnomasiga ko’ra Fransiya Germaniyaga
5 mlrd. frank tovon to‘laydigan bo‘ldi. Bu tovon to‘languncha, Germaniya o‘z qurolli kuchlarining bir qismini Fransiya hududida saqlab turadigan bo‘ldi. Bundan tashqari, Fransiyaning Elzas va Lotaringiya viloyatlari Germaniyaga berildi.


43. Quyidagilardan XIX asr so‘nggi choragida Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashishiga sabab bo’lgan omillar to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
1) Fransiya mayda tovar ishlab chiqaruvchilar davlati
bo‘lib qolayotganligi; 2) Ichki siyosiy vaziyatning beqarorligi;
3) Qo’shni davlatlar bilan chagarada muammolarning yuzaga kelganligi; 4) Buyuk Britaniyaning tovarlari ko’plab keltirilishi;
5) Dehqonlar xarid quvvatining pastligi; 6) Chetga ko’p kapital chiqarib yuborilganligi.
A) 1,2,3,6 B) 1,2,4,6 C) 1,2,5,6 D) 1,2,4,5,6


44. Fransiyada 1881-1882-yilarda ta’lim to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, …
1) maktab cherkovga biriktirildi; 2) Oliy pedagogik bilim yurtlarida o‘qituvchi kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi;
3) Ta’limning dunyoviyligi ra’minlandi; 4) 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun majburiy bepul ta’lim joriy etildi; 5) Maktablarda ta’lim maxsus davlat dasturlari asosida olib boriladigan bo‘ldi; 6) Majburiy ta’lim dasturida qiz bolalar uchun gimnastika predmeti majburiy deb belgilandi; 7) Maxsus oliy o‘quv yurtlarida ayol o‘qituvchilar tayyorlana boshlandi.
A) 1,2,3,5,7 B) 2,3,4,5,6 C) 2,3,5,7 D) 1,2,3,4,5,6,7


45. Fransiyada Uchinchi Respublika davrida ichki siyosiy hayotning o‘ziga xos bir xususiyati – bu ko‘ppartiyaviylikning qaror topganligi edi. Ularning ichida qaysi partiyalar yetakchi nufuzga ega bo’lgan?
A) radikallar, konservatorlar va respublikachilar
B) radikallar, sotsialistlar va respublikachilar
C) radikallar, liberallar va respublikachilar
D) radikallar, sotsialistlar va leyboristlar



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling