9-sinf. Jahon tarixi


ANIQ VA TABIIY FANLAR RIVOJI


Download 363 Kb.
bet18/20
Sana28.10.2021
Hajmi363 Kb.
#169377
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
9-sinf. Jahon tarixi

ANIQ VA TABIIY FANLAR RIVOJI
19 asr oxiri-20 asr boshlarida fan yanada ixtisoslashtirildi. Yangi kashfiyotlar olamning eski, mexanistik manzarasi asoslariga zarba berdi, tabiat ilmida evolutsion g’oyalarning yanada taraqqiy etishiga yo’l ochib berdi.

Matematika taraqqiyotidagi yangi davrning boshlanishi N. L. Lobachevskiy, Y. Bofyaiva B. Rimanning noevklidcha geometriyaga oid xulosalarni yanada chuqurroq tekshirishi bilan bog’langandir. Ularning tadqiqotlarini italyan olimi E. Beltrami (1835—1900), nemis matematigi F. Kleyn (1849—1925) rivojlantirdilar.

Nemis matematigi D. Gilbert (1862—1925) jahonda birinchi bo’lib, aniq ta’riilab berilgan geometrik tizim tuzish masalasini chuqur ilmiy tarzda hal qildi. Bu bilan matematik mantiqqa g’oyat katta hissa qo’shdi.

Italyan matematiklari V. Volta (1887) va S. Pinkerle (1895), D. Gilbert (1904) hamda vengr olimi F. Ris (1912) funksional fazo-larni tekshirdilar.

19 asrning 70—80- yillaridan yulduz kattaliklari aniq belgi-landi, birmuncha mukammal fotometrik kataloglar tuzildi.

Y. Kameteyn (1904), K. Shvarshild (1907) va boshqalar o’z tadqiqotlarida yulduzlarning xususiy harakati qonuniyatlarini isbot-lab berdilar.

19 asrning oxiri va 20 asrning boshlarida mexanikaning umumiy bo’limlari - - «qattiq jismlar dinamikasi», «harakatning ustuvorligi» nazariyasi hamda suyuqliklar va gazlar mexanikasi rivojlantirildi.

Nemis olimi G. Gelmgols (1821— 1894) suyuqlikning uyurma harakati to’g’risidagi ta’limotni, rus olimi N. P. Petrov (1836—1920) ishqalanishning gidrodinamik nazariyasini yaratdi.

Aerodinamika asoslarini yaratishda rus olimi N. E. Jukovskiy (1847—1921) g’oyat muhim rol o’ynadi. Jukovskiy 1905- yil 15-noyabrda Moskva Matematika jamiyatida qilgan ma’ruzasida («Qo’shilgan girdoblar haqida») qanotning ko’tarish kuchini aniq-lash formulasini asoslab berdi, bu formula samolyotlarning barcha aerodinamik hisoblari uchun asoslidir.

Mexanikaning yangi bo’limi -- o’zgaruvchan massa dinamikasi raketalarning uchishini tekshirishda juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. o’zgaravchan massa dinamikasini /. V. Mesherskiy (1859 -- 1935) o’zining «O’zgaruvchan massa nuqtasining dinamlkasi» (1897) degan asarida ishlab chiqdi.

Mashhur rus olimi KE. Siolkovskiy (1857—1935) birinchi bo’lib, planetalararo uchishda raketalardan foydalanish mumkinligini matematik jihatdan isbotlab berdi.

Mashhur ingliz olimi Maykl Faradey (1791- 1867) elektr haqidagi fanni yaratdi.

Ingliz fizigi Jeyms Klark Maksvell (1831-1879) 1855- yili turli mamlakatlardagi fiziklarning elektromagnitizm, termodinamika va yorug’lik sohasidagi tajribalari hamda nazariy xulosalarini umum-lashtiruvchi «yorug’likning elektro-magnit maydoni» nazariyasini yaratdi. Uning nazariyasiga ko’ra elektrni bo’shliqdan o’tkazuvchi ko’rinmas elektromagnit to’lqinlar mavjud.

Bir guruh olimlar: A. Bekkerel (1852-1908), Pyer Kyuri (1852-1963), Mariya Skladovskaya-Kyuri (1867-1957), F. Soddi (1877-1956), E. Rezerford (1871-1937), Nils Bor (1885-1963)- radioak-tivlik hodisasini o’rgandi va atom-ning murakkab tuzilishi haqidagi ta’limotni yaratdi. Umuman bu davr fizika fani taraqqiyotining eng muhim yakuni nisbiylik nazariyasining yaratilishi bo’ldi. Bu nazariya asoschisi mashhur olim A.

Eynshteyn (1879—1955) edi. Bu nazariyani u 1905 (nisbiylikning maxsus nazariyasi) va 1916- yilda (nisbiylikning umumiy nazariyasi) bayon etdi. Ushbu nazariya butun 20 asr fanining rivojla-nishiga katta ta’sir ko’rsatadi.

Kimyo fanining bu davrdagi rivojlanishiga, bir tomondan, shundan oldingi bosqichda qilingan kashfiyotlar, ayniqsa, D.I.Mendeleyev (1834—1907) yaratgan kimyoviy elementlarning davriy qonuni katta ta’sir ko’rsatgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, fizika sohasida qilingan kashfiyotlar, ayniqsa, rentgen nurlari, radioaktivlik hodisalari, elektron va atom murakkab tuzilishining kashf etilishi katta ta’sir etdi.

Chunonchi, kimyo fani taraqqiyoti yangi kimyoviy ishlab chiqa-rishning (sintetik bo’yoqlar, dori-darmon, plastmassalar, sun’iy ipak) barpo etilishiga yordam berdi.

Organik sintez sohasida g’oyat katta muvaffaqiyatlarga erishildi. V.Grinyar (1871—1935) 1900- yili xilma-xil organik moddalarni sintez qilish usulini kashf etdi. P.Grissning diazotlash reaksiyasini kashf etishi azotli bo’yoqlar deb atalgan bo’yoqlarning katta bir sinfmi hosil qilishga imkon berdi.

Bo’yoqlar sintez qilish sohasidagi ishlar dorilar ishlab chi-qarishning rivojlanishiga yordam berdi. Kimyoviy jarayonlarni tekshirishga termodinamikaning tatbiq etilishi natijasida kimyoviy termodinamika paydo bo’ldi. 1887- yili S.Arrenius elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasini yaratdi. 1881- yili M.G.Kucherov esa gidratlanish reaksiyasini kashf etdi.

Nemis olimi Teador Shvan tomonidan qilingan barcha organizmlarning hujayrali tuzilishi haqidagi kashfiyotlar tabiatshunoslikning ilmiy asosini mustah-kamlashga xizmat qildi. Buyuk ingliz tabiatshunos olimi Charlz Darvinning (1809—1882) «Turlarning kelib chiqishi» asarining nashr qilinishi fanda to’ntarish yasadi. 19 asrning so’nggi choragini darvinizmning tarqalish va qaror topish davri deyish mumkin. Darvin ta’limoti biologiya sohasidagi tadqiqotlarning yo’nalishini tubdan o’zgartirib yubordi. Dunyo bo’ylab qilingan besh yillik sayohat davrida to’plangan ulkan botanik va zoologik materiallarni umumlashti-rish asosida Ch. Darvin butun tirik tabiat shu jumladan odam ham evolut-siya (uzoq rivojlanish) jarayonining mahsulidir, degan xulosaga keldi.

Mikrobiologiya fanidagi inqilobiy o’zgarish fran- suz mjja-obiologi va kimyogari, hozirgi zamon mikrobiologiya va immunologiya fanining asoschisi Lui Paster (1822— 1895) nomi bilan bog’liq. U bijg’ish jarayonini o’rganib, vino, pivo va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish sanoatiga ilmiy asos soldi. Mahsulotlarning achish jarayoni mikroblar keltirib chiqaradigan biologik jarayon ekanligini isbotladi. Uning kashfiyotlari vino pishi-ruvchilarni xonavayron bo’lishdan qutqardi.

Pasterning tajribalari turli oziq-ovqat mahsulotlarini sterillash va pasterlash usullarini yaratish uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. Buyuk olim odam, hayvon va parran-dalarning yuqumli kasalliklari — kuydirgi, quturish, vabo va boshqalarni o’rganib, ularning (ayniqsa quturishning) oldini oluvchi emlash usullarini yaratdi. Uning izlanishlari immunitet haqidagi fanning yaratilishi uchun asos bo’ldi.

Shu davrda meditsina fani ham katta yutuqlarga erishdi. 1880- yilda nemis olimi K. Eber ich terlama, 1884- yilda F. Lyofler bo’g’ma tug’di-ruvchi mikrobni topdilar. Nemis olimi R. Virxov (1821-1902) hozirgi za-mon patologik anatomiya asoslarini yaratdi. 1875- yilda rus olimi F. A. Lesh amyoba dizenteriyasini tug’diruvchi mikrobni aniqladi.

Fizika sohasidagi kashfiyotlar ham meditsinaga yordam berdi. Maksvelning elektromagnit to’lqinlari haqidagi nazariyasidan kelib chiqib nemis fizigi Vilgelm Konrad Rentgen (1845-1932) har xil buyum; narsalardan turlicha o’tuvchi ko’rinmas nurlarni kashf etdi. Nurlarning kelib chiqishi olimga ma’lum emasdi va ularni «X nurlar» deb atadi. Ana shu kashfiyotga asoslangan va olimning nomi bilan «Rentgen» deb atalgan apparat ya-ratildi. Endi shifokorlar ichki jaro-hatlarni, suyak sinishlarini ko’rishlari mumkin edi. Bu kashfiyot uchun fi-ziklar orasida birinchi bo’lib Rentgenga Nobel mukofoti berildi.

Kimyo sohasidagi kashfiyotlardan ham meditsinada unumli foydalanildi.

Sovun olishning sanoat usulini egallash, undan kasalxonalarda, ayniqsa jarrohlar tomonidan foydalanish operatsiyalar paytida infeksiya xavfini kamaytirdi.

Yuqumli kasalliklarga qarshi kurash ishiga sil kasalligini keltirib chiqaruvchi batsillani kashf qilgan nemis olimi Robert Kox (1843— 1910) ulkan hissa qo’shdi. U epidemiyalarga qarshi profilaktik choralarni ishlab chiqdi va dori-darmonlar yaratdi, Rus olimi, Nobel mukofoti laureati LMechnikov esa organizmlarni mikroblardan himoya qilish haqida yangi ta’limot yaratdi.


Download 363 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling