9-sinf. Jahon tarixi
-§.19 ASR OXIRI VA 20 ASR BOSHLARIDA LOTIN AMERIKASI DAVLATLARI
Download 363 Kb.
|
9-sinf. Jahon tarixi
15-§.19 ASR OXIRI VA 20 ASR BOSHLARIDA LOTIN AMERIKASI DAVLATLARI.
Amerika qifasi shartli ravishda Shimoliy va Janubiy Amerikaga bo’lindi. «Janubiy Amerika» atamasi ko’pincha «Lotin Amerikasi» iborasi ham ishlatiladi. Ma’lumki, Janubiy Amerikani yevropalik ispanlar va portugallar istilo qilgan edi. Ularning tili lotin tilidan kelib chiqanligiga nisbat berilib, Janubiy Amerika Lotin Amerikasi deb atalgan. Shimoliy va Janubiy Amerikaning taraqqiyoti bir xil darajada kech-gani yo’q. Shimoliy Amerikada joylashgan AQSh dunyoning birinchi davlatiga aylangan bo’lsa, Lotin Amerikasi taraqqiyotda orqada qolib ketdi. Lotin Amerikasida siyosiy jihatdan mustaqil bo’lgan davlatlar-ning tashkil topish jarayoni 1870- yilga kelib, deyarli tugallandi. Ar-gentina, Meksika, Chili, Urugvay, Venesuela va Kolumbiya mam-lakatlari Ispaniya hamda Portugaliya zulmiga qarshi uzoq vaqt o’z mustaqilliklarini saqlash va feodal monarxiyani ag’darib tashlash uchun kurashdilar. Lotin Amerikasi mamlakatlarining ko’pchiligida 19 asrning oxirgi choragida sanoat taraqqiyoti endigina boshlangan edi. Ularning iqti-sodiyotida kapitalistik munosabatlar bilan bir qatorda feodal muno-sabatlar, qulchilik qoldiqlari va hindularning sodda urug’-qabilachilik jamoalari ham mavjud edi. Bu mamlakatlarning asriy qoloqligidan Angliya, Fransiya, AQSh va Germaniya kabi buyuk davlatlarning monopolistlari foydalanib qoldilar. 19 asrning oxirlariga kelib, Lo-tin Amerikasi mamlakatlari amalda Angliya va AQShning yarim mus-tamlakalariga aylanib qoldilar. Lotin Amerikasi davlatlarida kapitalizmning qaror topishi uzoq va o’ta mashaqqatli yo’ldan bordi. Bu mintaqaga eng ko’p kapital kiritgan davlat Angliya edi. Asosiy mablag’lar bandargohlarga, temiryo’llar qurilishiga, banklarga hamda tropik o’simliklarni o’stirishga ya go’sht sanoatiga sarflanardi. 19 asr oxirida Lotin Amerikasiga AQSh kapitali ham kirib kela boshladi. 1897- yili AQSh Lotin Amerikasiga 250-300 mln. dollar kapital qo’ygan bo’lsa, 1913- yili ko’rsatkich 1,5 mlrd. doUarga yetdi. 1868-1878- yillarda Kuba xalqi Ispan mustamlakachilariga qarshi ozodlik kurashi olib bordi (Ispaniya Kubani 1510- yilda bosib olgan edi). Biroq, Ispan qaramligidan ozod bo’lishga eri-shilmadi. Shunday bo’lsa-da, 1880- yilda qulchilikning bekor qili-nishiga erishdi. Tez orada Kubaga AQSh da’vo qila boshladi. U Kubani sotib olish niyatida Ispaniyaga murojaat qildi. Biroq, Ispaniya rozi bo’lmadi. 1895-yilda Kuba xalqi o’z milliy qahramoni Xose Marti hamda Maksimo Gomeslar boshchilida qo’zg’olon ko’tardi. 1898- yil 25- aprelda Ispaniya bilan AQSh o’rtasida urush boshlanib ketdi. AQSh Ispaniya floti va armiyasini juda tez tor-mor qildi. Ku-badagi inqilobiy milliy-ozodlik harakatini bostirdi. 1898- yil dekabrda Parijda sulh shartnomasi imzolandi. Kuba «mus-taqil» deb e’lon qilindi. Biroq, amalda AQShning protektorati bo’lib qoldi. 19 asrning 70-yillarida AQSh—Meksika (Meksika 1828- yilda mustaqilligini qo’lga ki-ritgan edi) munosabatlari keskinlasha bordi. Bunga AQShning Meksikani o’ziga siyosiy va iqtisodiy qaram qilishga intilishi sabab bo’ldi. Chunonchi, 1876- yilda AQSh o’ziga chegara-dosh Meksikaning shimoliy tumanlarida Amerika korxonalari va temiryo’llar qurish uchun Sebastian Lerdo de Texada (1872—1876) hukumatidan «ruxsat» so’radi. Biroq, hukumat bu murojaatni rad etdi. Natijada, davlat to’ntarishi uyushtirildi. AQSh va mahalliy pomesh-chiklar reaksiyasiga tayangan Porfirio Dias 1876- yilda Prezident deb elon qilindi va bu lavozimda ozgina tanaffus bilan 1911- yilgacha turdi. Dias diktaturasi davri Meksikani chet el monopoliyalarining ya-rim mustamlakasiga aylantirish davri bo’ldi. Dias idora qilgan davrning oxiriga borib, AQShning Meksikaga qo’ygan kapitali 1 mlrd. dollardan oshdi. Holbuki, bu vaqtda ingliz kapitali 350 mln. dollardan oshmas edi. AQSh Meksikaning neft konlarini o’z qo’liga oldi. Tashqi savdoning 90 foizini o’z nazoratiga bo’ysundirdi. 1909- yili esa, Meksikada hosil bo’lmadi. Dehqonlar g’alayoni kuchaydi. Mexiko janubidagi Morelos shtatida Emiliano Sapata (1877— 1919) guruhi harakat qildi. 1909-yil sentabrida Sapata dehqonlarni himoya qilish xuntasini tuzdi. Uning shiori «Yer va ozodlik» degan chaqiriqdan iborat edi. Diktaturadan norozilik burjuaziya orasida ham o’sib bordi. Cho’yan quyuvchi zavod va paxta plantatsiyalarining egasi bo’lgan Fransisko Ma-dero muxolifatga bosh bo’ldi. 1908- yilda u siyosiy broshyura nashr qilib, unda Konstitutsiyaga muvofiq qonuniy saylovlar yo’li bilan hokimiyatni al-mashtirish zarurligini isbot qildi. 1910-yil iyul-- da Meksikada prezidentlik saylovi o’tkazildi. Diktator Diasni prezidentlikka qayta saylashga qarshi turgan ko’pchilik Madero atrofida birlashdi. Prezidentlikka saylovda Madero o’z nomzodini qo’ydi. Saylov oqi-batlaridan qo’rqqan Dias Maderoni San-Luis-Potosi shahridagi turmaga tashlatdi. Saylovlar «tinch» o’tib, odatda-gidek, Dias yana «g’alaba qozondi». Oradan ancha vaqt o’tgach, tur-madan bo’shatilgan Madero AQSh ga qochdi va 1910- yil 15- oktabrda u yerda «San-Luis-Potosi rejasi» deb atalgan o’z dasturini e’lon qildi. U saylovlarniiig soxtaligini osh-kor qilib, o’zini esa qonuniy prezident deb atadi. Diktatura davrida hindulardan g’ayriqonuniy tortib olingan yerlarini qaytarib berish-ga, pomeshchiklarga qarashli yerlaming bir qismini haq to’lash evaziga dehqonlarga berishga va’da berdi. Xalqni qo’zg’olonga chaqirdi, 1911-yil 10- mayda Maderoni yoqlagan partizan otryadlari AQShga chega-radosh Xuaris shaharchasini shturm bilan egalladilar va Maderoga o’z tarafdorlari bilan Meksikaga bostirib kirishga yordam berdilar. Dias Meksikadan qochishga majbur bo’ldi. 1911- yil 7- iyunda Madero poytaxtga kirib keldi va prezidentlik lavozimini egalladi. Biroq, Meksikadagi og’ir ichki siyosiy vaziyat tufayli u biror jiddiy o’zgarishlar qila olmadi. Ammo ish kununi 10 soatgacha cheklab qo’ydi va ishlab chiqarishda jarima tizimini bekor qildi. Chet el kapitalini cheklashga va milliy iqtisodini himoya qilishga intildi. AQSh Maderoning milliy siyosatiga dushman-lik ko’zi bilan qaradi va diktator Diasning maslakdoshi, general Uertani Maderoga qarshi gijgijlay boshladi. AQSh ning qo’llashidan ruhlangan Uerta davlat to’ntarishi o’tkazdi. Madero otib tashlandi. Uerta diktaturasi (1913- yil fevral—1914- yil iyul) Meksikadagi ahvolni yanada og’irlashtirdi. Faqat oddiy xalq emas, balki milliy burjuaziya va burjualashgan pomeshchiklarning bir qismi ham Uertaga qarshi chiqdilar. Mamlakatda fuqarolar urushi boshlandi. Milliy va-tanparvar kuchlar general Uerta diktaturasini ag’darib tashladilar. 20 asr boshlarida Meksikada qudratli dehqon lar harakati boshlandi. Buning sababi-deh-qolarning yersizligi edi. Dehqonlar harakati inqilobga aylandi. Bu inqilob (1910—1917) tarixga burjua inqilobi nomi bilan kirgan. Mamlakat janubidagi dehqonlar harakatining rahbari Emiliano Sapata 1911- yilning 28- noyabrida o’z agrar dasturini - - «Ayal rejasi»ni e’lon qildi. Bu reja hindulardan tortib olingan yerlarni ularga qaytarib berish, qolgan barcha yerlarni musodara qilish va ularni yer-siz dehqonlarga bo’lib berish kabi talablardan iborat edi. Mamlakat Shimolidagi dehqonlar harakatiga Fransiska Vilya (1877—1923) rahbarlik qildi. Ularning bayrog’iga «Yer va ozodlik» shiori yozilgan edi. E. Sapata va F. Vilya qurolli kuchlari 1914- yilda mamlakat poytaxti Meksika shahrini egalladi. Lekin ko’p o’tmay chekinishga majbur etildi. 1917- yilga kelibgina dehqonlar qo’zg’oloni bostirildi. E. Sapata va F. Vilyalar turli yillarda yollangan qotillar tomonidan o’ldirildi. Dehqonlar qo’zg’oloni yengilgan bo’lsada, izsiz ketmadi. Hukumat agrar masalani qisman bo’lsa-da hal etdi. Chunonchi, latifundistlar tomonidan noqonuniy bosib olingan yerlar dehqonlarga qaytarildi. Bundan tashqari, 1917- yilda demokratik ruhdagi Konstitutsiya qabul qilindi. Lotin Amerikasining boshqa davlatlari Braziliya Janubiy Amerikadagi yirik davyashagan. Braziliya, aym paytda, eng qoloq davlat ham edi. Braziliyada qullik, qashshoqlik, jaholat va huquqsizlik keng avj olgan edi. Qullarni sotadigan bozorlar, o’z oilasi-ga, o’z uyiga ega bo’lish huquqidan mahrum bo’lgan kishilarni sotish, zahmatkash qulni nazoratchilar tomonidan qamchilab ishlatish 70—80- yillarda odatiy hol edi. Yirik qo’zg’olonlardan biri Riu-Grandi-du-Norti viloyatida Boni-fatsio boshchiligida shakarqamish plantatsiyalarida ko’tarilgan qullar qo’zg’oloni bo’ldi. Qullar o’zlarining negr respublikasini e’lon qildilar va Bonifatsioni uning prezidenti etib sayladilar. Respublikaning aso-siy vazifasi qullarni ozod qilish, deb hisoblagan Bonifatsio viloyat poytaxti Natal shahriga yurish boshladi. Biroq, hukumat qo’shinlari yo’lda unga yetib oladi va tor-mor qiladi. Negr Andres Rebusaz Braziliyaning ko’zga ko’ringan muhandisi va Rio-de-Janeyrodagi qulchilikka qarshi bo’lgan konferensiyaning tashkilotchisi bo’ldi. 1883- yilda do’sti, publitsist Joze va Patrosino bilan birga qullikdan ozod qilishga chaqiruvchi «Ozodlik manifesti»ni yozdilar. Burjualashgan plantatorlar abolitsionistik harakatni quvvatladilar. Eng yirik plantator Antonio Predo o’z qullarini ozod qilib yubordi. U saroy vaziri bo’lgach, quUarni ozod qilish haqida taklif kiritdi. Kasalli-gi uchun Yevropada yashayotgan imperator Pedru II o’rnida vaqtincha turgan regent—malika Izabel 1888- yil 13- mayda Braziliyada qullarni ozod qilish haqidagi «Oltin qonun» nomi bilan mashhur qonunga qo’l qo’ydi. Mamlakatda bu paytda 750 ming qul bor edi. Qulchilik bekor qilingach, respublika uchun kurash kuchayib ketdi. 1889-yil 14-iyulda Rio-de-Janeyroda respublika tarafdorlarining katta namoyishi bo’lib o’tdi. Namoyishda talabalar, hunarmandlar, sav-dogarlar va shaharliklar qatnashdi. Politsiya namoyishni tarqatishga urinib ko’rdi va boshliqlarini turmaga tashladi. Bu namoyishdan armiyada marshal Deodoru de Fonseko rah-barligida isyon ko’targan respublikachilar foydalandi. 1889- yil 19-noyabrda Pedru II taxtdan voz kechib, ingliz kemasida Portugaliyaga jo’nab ketdi. Hokimiyat harbiylar qo’liga o’tdi. Deodoru de Fonseko boshchiligidagi hukumat mamlakatni Respublika deb e’lon qildi. Bra-ziliya 1891- yilda qabul qilgan yangi Respublika Konstitutsiyasiga binoan Braziliya Qo’shma Shtatlari deb ataladigan bo’ldi. Barcha fuqarolar-ning qonun oldida tengligini e’lon qildi. Yozish va o’qishni biluvchi ftiqarolarga umumiy saylov e’lon qildi (aholining 90 foizi savodsiz edi). Mamlakatning iqtisodiy ahvoli og’ir edi. Bundan ingliz, fransuz, german va Shimoliy Amerika monopoliyalari foydalandilar. Ular hal qiluvchi tarmoqlarni egallab oldilar. 1910- yilda chet el kapitali 3 mlrd. dollarga yetdi. Oddiy askarlar hukumatdan tan jazosini bekor etishni talab qildilar va bunga erishdilar. 1870- yilda Argentinada 2 mln. aholi yashar edi. Paragvay bilan olib borilgan vayronagarlik urushi (1870- yil martida) endigina tugagan, mamlakat xaroba holda edi. 1871- yil boshida Argentinada sariq, bezgak epidemiyasi tarqaldi. Iqtisodiy hayot deyarli to’xtab qoldi. Liberal doiralar vakili (federalistlar) bo’lgan Sarmyento huku-mati (1868—1874) ichki ahvolni barqarorlashtirishda katta muvaffa-qiyatlarga erishdi. 1872- yilda Buenos-Ayresda milliy bank ochildi. Hukumat immigrantlar kelishiga sharoit yaratdi. Sarmyento prezi-dentligi davrida Argentinaga 300 000 kishi ko’chib keldi. Yevropadan kelgan kolonistlar imtiyozli shartlar bilan davlatdan yer oldilar. Ko’plab shaharlar, yo’llar qurib kengaytirildi. Maorif va ilm-fan tez rivojlana boshladi. Katolik maktablarining ko’pi yopildi va ularning o’rniga dunyoviy maktablar ochildi. Buenos-Ayresda piyoda askarlar va harbiy dengiz maktabi ochilib, harbiy ta’limga asos solindi. 1876- yil immigratsiya va kolonizatsiya to’g’risida qonun qabul qi-lindi. Qonunga ko’ra, hali aholi band qilmagan davlat yerlari 80 gektardan oshmaydigan uchastkalarga bo’linib sotiladigan bo’ldi. Bun-dan faqat katta puldorlar foydalandilar va yerlarni arzonga sotib olib, chorvachilik xo’jaliklari tashkil etdilar. Hindularning hosildor yerlari tortib olinib, zobitlar va askarlarga bepul bo’lib berildi. Mamlakatda dehqonchilik va chorvachilik nihoyatda tez rivojlandi. 1870- yilda ekin maydonlari 1 mln. gektarga yetmagan bo’lsa, 1908-yilda 16,3 mln. gektarga yetdi. Argentina 1875- yilda bug’doy sotib olishni to’xtatdi. 90- yillarda esa bug’doy eksport qilish bo’yicha dun-yoda eng yirik davlatga aylandi. Argentina aholisi immigrantlar hisobiga ko’paydi. 1870- yildan 1900- yilgacha mamlakatga 2 mln. dan ko’p kishi ko’chib keldi. Ish-chilar o’z haq-huquqlari uchun kurasha boshladi. Ular 8 soatlik ish kunini talab qildi. 1895- yilda Sot-sialistik partiya tuzildi. Partiya diniy ta’limni bekor qilish, yagona soliq joriy qilish, kacaba uyushmalarini birlashtirish va namoyshlarga rux-sat uchun kurash olib bordi. 18 yoshga to’lgan erkak fuqarolarga (ru-; honiy va harbiylardan tashqari) umumiy saylov huquqini berish to’g’risida qonun chiqarilishiga erishildi. Urush yillarida Argentina betaraflikka rioya qilib, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini eksport qiluvchi yirik mamlakat bo’lib qoldi. Bug’doyni eksport qilish yiliga 15—20 mln. sentnerga yetdi. Makkajo’xori eksport qilish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egalla-di. Argentinadan Yevropaga ko’plab go’sht va go’sht mahsulotlari yet-kazib berilardi. To’qimachilik, oyna, sement, metallurgiya va kema-sozlik sanoatlari tez rivojlandi. Ayni paytda, chet el kapitalini kiritish ko’payib bordi. Chunonchi, Angliyaning 1914- yilda Aprentinaga qo’ygan kapitali qariyb 1,5 mlrd. dollarga yetdi. Markaziy Amerikaning boshqa mam lakatlariga qaraganda Gvatemala va Kosta-Rika nisbatan osoyishtalik sharoitida taraqqiy etdi. Rufuno Barrios (1873— 1895) Gvatemalaning musta-qil yashashiga asos soldi. Biroq, keyinchalik ichki kurashlar natijasida «holdan toygan» Gvatemala AQShga qaram bo’lib qoldi. Gonduras, Salvador va Nikaragua o’zaro janjal va tortishuvlardan so’ng 1895—1896- yillarda yagona davlat — Buyuk Markaziy Amerika Respublikasi bo’lib birlashdilar. Uch davlat ittifoqida rahbarlik rolini Nikaragua diktatori Selaya (1883-1909) o’ynadi. U AQShning bu mamlakatlarga qilgan ekspansiyasiga birmuncha qarshilik ko’rsatdi. AQSh monopoliyalari bu mamlakatlardagi klerikal-feodal guruhlarga taya-nib Buyuk Markaziy Amerika Respublikasini tarqatib yubordilar. Selayani Nikaraguadagi uning dushmanlariga yordam berish yo’li bilan «ag’darib» tashladilar. 1914- yil avgustida Panama kanali ochilgach, kanal zonasida Ameri-ka gubernatori o’ziga bo’ysunadigan yirik harbiy kuchlar bilan Markaziy Amerika mamlakatlariga xavf solib turdi. AQSh bilan Panama Respublikasi o’rtasida Panama kanali to’g’risida tuzilgan shartnomadan. 1903- yil. «... 2- modda. Panama Respublikasi nomi tilga olingan kanalni qurush, saqlab turish, undan foydalanish, uni sanitariya holatiga keltirish hamda himoya qilish uchun 10 milyalik zona doirasidagi yerlar va suv ostidagi inshootlardan foydalanish, ularni egallash va nazorat qilish huquqini Qo’shma Shtatlarga abadiy topshiradi. 3- modda. Panama Respublikasi Qo’shma Shtatlarga zonadagi barcha huquqlarni, vakolatlarni va butun hokimiyatni topshiradi ...». Download 363 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling