9-sinf. Jahon tarixi
ASR BOSHLARIDA XITOYNING IJTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY AHVOLI
Download 363 Kb.
|
9-sinf. Jahon tarixi
20 ASR BOSHLARIDA XITOYNING IJTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY AHVOLI
20 asr boshlanda Xitoyda ijtimoiy ziddiyatlar kuchayib ketdi. Manjurlarmng Sm sulolasi hukmronligi inqirozga yuz tutdi. Shoshilinch ko’rilgan islohot choralari jamiyat ahvolini tubdan yaxshilamadi. Xitoyda sanoat taraqqiyoti bilan unga to’siqqa aylangan yer mulkchiligiga xos qoloq ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasida ziddiyat chuqurlashdi. Omma orasida manjurlar boshqaruviga qarshi harakat kuchaydi. Xorijiy davlatlar Xitoyda o’z mavqelarini mustahkamlab oldilar. Xitoy milliy sanoati rivojlanishi ancha orqada qoldi. Shunday bo’lsa-da, har yili 50 tadan ko’proq korxona ishga tushirildi. Natijada, eksport 1901- yildan 1911- yilgacha 122 mln. dollardan 245 mln. dollarga o’sdi. Xorijiy davlatlar ichida Angliya tovar ayirboshlashda birinchi o’rinda (50 foiz) turar edi. 1914- yilga kelib Xitoy xorijiy davlatlardan 835 mln. dollar qarz bo’lib qoldi. Sun Yat Sen tashkiloti konstitutsiyaviy mo-narxiya haqidagi fikrlarni qoraladi. Sin sulolasini umuman yo’qotib, Respublika tuzish talabi qo’yildi. Bu chaqiriqlar man-jurlarga qarshi harakatni yanada kuchaytirdi. Bu harakat 1911- yili chet elliklardan temiryo’l qurilishi uchun qarz olish haqida bitim tuzilgach, qurolli qarshilik tusini oldi. Hatto armiyada ham norozilik boshlandi. Uxan shahrida askarlar yotog’ini tintuv qilishga kirgan manjur ma’muriyati tarafdorlarini askarlar o’ldirdilar. Qurol-aslaha omborini bosib oldilar. Boshqa qo’shin qismlari ham ularga qo’shildi. Inqilobchilar 11- oktabrda Uxanni to’la qo’lga kiritdilar. Ular Respublika hukumati tuzdilar va barcha Xitoy viloyatlarini Respublika atrofida birlashishga chaqirdilar. Manjur sulolasi hukmronligi tugatilgani e’lon qilindi. Bu inqilob Xitoy tarixiga «Sinxay inqilobi» nomi bilan kirgan. Shunday qilib, «Sinxay inqilobi» qurolli qo’zg’olon yo’li bilan Xitoyda XVII asrdan boshlab hukm surgan manjurlar hokimiyatini ag’darib tashladi. Inqilobchi demokrat Sun Yat Sen (1866-1925) Xitoydagi milliy-ozodlik harakatining atoqli arbobi edi. U Guanchjou (Kanton) yaqinida dehqon oilasida tavallud topdi. Sun Yat Sen 90- yillarning boshida Gonkong (Syangan)da ingliz tibbiyot institutini tamomladi. Keyingi hayotini u siyosiy soha bilan bog’ladi. Sun Yat Sen 1905- yil avgust oyida «Xitoy uyushmalari ittifoqi» (Tunminxay) degan siyosiy tashkilot tuzdi. Yirik shaharlarda bu ittifoqning yashirin bo’limlari ochildi. Ittifoq 1905- yil noyabrida «Minbao» (Xalq gazetasi)ni chiqara boshladi. «Ittifoq» Sun Yat Sen rahbarligida dastur qabul qildi. Dasturda Sin monarxiyasini ag’darib tashlash, Xitoyda Respublika ta’sis etish va yerga egalik huquqini tenglashtirish, mustaqillikni tiklash, millatparvarlik, demokratiya va xalq farovonligi talab etilgan edi. Sun Yat Sen ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan sust taraqqiy etgan Xitoyda yerga egalik huquqini tenglashtirish yo’li bilan, ijtimoiy adolatli tuzum yaratish mumkin, degan fikrda edi. 1911- yil 25- dekabrda ko’p yillik muhojirlikdan so’ng Sun Yat Sen Xitoyga qaytib keldi. Uni xitoy xalqi xursandchilik bilan kutib oldi. 29- dekabrda Nankinda inqilobiy viloyatlar vakillaridan iborat
Millat Majlisi vaqtincha qabul qilgan Konstitutsiyada barcha fuqarolarning tengligi va turli demokratik erkinliklar e’lon qillnsa-da, dehqonlarning orzutilaklarini ifoda etuvchi «yerga egalik qilishda teng huquqli bo’lish» shiori Konstitutsiyada ham, Millat Majlisining ko’rgan chora-tadbirlarida ham o’z aksini topmadi. Buning sababi — yerga egalik qilishda teng huquqqa ega bo’lishga qarshi kuchlarning katta mavqega ega bo’lganligi edi. Inqilob natijasida Xitoyda ikki hokimiyatchilik diktaturasi vujudga keldi- Ularning biri-Xitoy Respublikasi hokimiyati, ikkinchisi — ShimoJda saqlanib qolgan imperator hokimiyati edi. Pekindagi imperator hukumatining boshlig’i Yuan Shikay edi. Chet el monopolistlarini Xitoydagi mavqelarining qay ahvolda qolishi tashvishga solib qo’ydi. Shu sababli ular turli bahonalar bilan Xitoyning ichki ishlariga tobora ko’proq aralasha boshladilar. Xorijlik bosqinchilar Xitoydagi inqilobni qurol kuchi bilan bostirish maqsadida o’z kuehlarini birlashtirishga erishdilar. Rivojlangan xorijiy davlatlaraing Pekin hukumatini qo’llab-quvvatlashdan maqsadi Xitoyning ichki ishlariga o’z bilganicha aralashish edi. Biroq bu Xitoyda umumiy norozilik keltirib chiqardi. Aholi chet el tovarlarini boykot qila boshladilar. Shunday sharoitda reaksiya Bosh vazir Yuan Shikay atrofiga birlashdi. Pekin saroy ahli unga monarxiyaning homiysi—xaloskori deb qarar edi. Biroq Yuan Shikay inqilobiy harakatning tazyiqi bilan 1912- yil 12- fevral kuni Sin sulolasini taxtdan voz kechishga majbur etdi. Hukmron tabaqalar butun hokimiyatni unga topshirishga urindilar. Yuan Shikay Nankinda hukumat tuzdi. Bu orada, xorijiy davlatlar ham Sun Yat Senning hukumat «tepasidan» ketishini ochiqdan ochiq talab qildilar va Xitoyga intervensiya uyushtirishga oshkora tayyorgarlik ko’ra boshladilar. Xitoyga qarshi intervensiya xavfi ostida 1912- yil 1-aprelda Sun Yat Sen prezidentlik lavozimini Yuan Shikayga topshirishga majbur bo’ldi. Hokimiyat «tepasiga» kelgan Yuan Shikay demokratik erkinliklarni yo’qqa chiqara boshladi. U ishni, avvalo, inqilob qo’shinlarini butunlay qurolsizlantirishdan boshladi. Hukumatga qarshi tuzilgan har qanday guruh a’zolarining taqdiri o’lim bilan yakunlanardi, Har bir qishloqda jazo ekspeditsiyasi ish ko’radigan bo’ldi. Ayni vaqtda «Birlashgan ittifoq» bilan liberal guruhlar qo’shilib 1912- yil avgustida Gomindan (Milliy partiya)ni tuzdilar, partiya boshqaruvi raisligiga Sun Yat Sen saylandi. Aksilinqilobning g’alabasidan ruhlangan Yuan Shikay Millat Majlisini o’zini besh yil muddatga Prezident etib saylashga majbur qildi. Yuan Shikay buyuk davlatlar bilan yangi asoratli qarz to’g’risida shartnoma imzoladi. Shundan so’ng xorijiy davlatlar Xitoy Respub-likasini tan olganliklarini ma’lum qildilar. Xitoyning iqtisodiy ahvoli og’irlashdi. Sun Yat Sen xitoy xalqini qo’zg’olon boshlashga undadi. 1913- yil yozida Xitoyning janubida hukumatning reaksion siyosatiga qarshi «Ikkinchi inqilob» deb nom-langan qo’zg’olon boshlanib ketdi. Qo’zg’olonga Sun Yat Sen bosh-cbilik qildi. Biroq, kuchlar teng bo’lma-ganligi, qo’zg’olonchilar zamona-viy qurollar bilan ta’minlanma-ganliklari tufayli chet el davlatlari-dan harbiy madad olgan hukumat qo’shinlari tomonidan «Ikkinchi inqilob» harakati tor-mor etildi. 1914- yil mart oyida Yuan Shikay Konstitutsiyaviy Kengash chaqirdi. Unda «Yangi Xitoy Konstitutsiyasi» qabul qilindi. To’plangan odamlar uning so’zini «ikki» qilmaydiganlar edi. Yuan Shikay Prezident sifatida cheklanmagan hokimiyatga ega bo’ldi. Harbiy diktatura o’rnatildi. Respublika boshqaruv organlari tugatildi. Bu hol amalda 1911- yil «Sinxay inqilobi»ning mag’lubiyati edi.
Download 363 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling