9-sinf o‘quvchilarining iqtidor va qobiliyatlarini aniqlash bo’yicha metodikalardan namunalar i-variant


Download 41 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi41 Kb.
#1427577
  1   2
Bog'liq
“O‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash” so’rovno


9-sinf o‘quvchilarining iqtidor va qobiliyatlarini aniqlash bo’yicha metodikalardan namunalar
I-variant
O‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash” so’rovnomasi.


Hamma savollar “Sizga yoqadimi?” tarzida boshlanadi.


Ko‘plab mashhur insonlar – olimlar, yozuvchilar, bastakorlar, rassomlarning ilm-fanga, adabiyot, musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishlari bolalikdanoq namoyon bo‘lgan. Lekin bu qiziqish o‘z-o‘zidan vujudga kelmagan, zero qiziqishlarning shakllanishiga atrof-muhit, ta’lim-tarbiya ta’sir qiladi. Psixologlarning ta’biricha, har bir insonning o‘z hayotiy senariysi, ya’ni “dasturi” mavjud bo‘lib, bu senariy bolalik davridanoq asosan oila, ya’ni ota-onalarning bevosita ta’sirida shakllanadi.
Ko‘rsatma: Savolnomadagi ta’kidlarga munosabatingizni bildiring. Agar “ha” deb javob bermoqchi bo‘lsangiz javoblar varaqasidagi raqamlar yoniga “+” belgisini, “yo‘q” deb javob bermoqchi bo‘lsangiz “–” belgisini qo‘ying. Savollarga imkon qadar haqqoniy javob berishga harakat qiling.


Savollar:

  1. Savodxonlik va mantiqiy topshiriqlarni yechish.

  2. Ertak, hikoya, qissalarni mustaqil o‘qish.

  3. Qo‘shiq kuylash.

  4. Jismoniy tarbiya (futbol, voleybol, basketbol va hok.) bilan shug’ullanish.

  5. Bolalar bilan har xil jamoa o‘yinlarini birgalikda o‘ynash.

  6. Tabiat haqidagi hikoyalarni (eshitish) o‘qish.

  7. Oshxonada nimanidir bajarish (idishlarni yuvish, ovqat tayyorlash va hok.)

  8. Texnik qurilmalar bilan o‘ynash.

  9. Til o‘rganish, yangi notanish so‘zlarni yodlash.

  10. Mustaqil ravishda chizmalar chizish.

  11. Sport, harakatli o‘yinlar o‘ynash.

  12. Bolalar bilan o‘ynaganda rahbarlik qilish.

  13. O‘rmonda, dalada yurish, o‘simlik, hayvonlarni kuzatish.

  14. Oziq-ovqat sotib olish uchun do‘konga borish.

  15. Texnika, mashina, kosmik kema haqidagi kitoblarni o‘qish.

  16. So‘z topish o‘yinini o‘ynash (shahar, hayvon va h.k. nomini).

  17. Ertak, hikoyalarni mustaqil tuzish.

  18. Kun tartibiga rioya qilish.

  19. Notanish odamlar bilan suhbatlashish.

  20. Uyda akvariumda baliq, qush, hayvonlarni boqish va ularni parvarish qilish.

  21. O‘zi bilan kitob, daftar, o‘yinchoqlar olib yurish.

  22. Samolyot va kemalar chizish yoki yasash.

  23. Tarix bilan tanishish.

  24. Kattalar yordamisiz mustaqil badiiy ijod bilan shug’ullanish.

  25. Sport haqidagi kitoblarni o‘qish, sport ko‘rsatuvlarini tomosha qilish.

  26. O‘z fikrini boshqa bolalarga yoki kishilarga tushuntira olish.

  27. Uy o‘simliklarini parvarishlash.

  28. Uyni saranjom-sarishta tutishga yordamlashish.

  29. Matematika bilan shug’ullanish.

  30. Ijtimoiy hodisa va xalqaro voqealar bilan tanishish.

  31. Spektakllar qo‘yishda ishtirok etish.

  32. Seksiya va to‘garaklarda sport bilan shug’ullanish.

  33. Odamlarga yordam berish.

  34. Bog’da ishlash, poliz o‘simliklarini o‘stirish.

  35. Bichish-tikish, uy yumushlarini mustaqil bajarish.




Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling