9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan


-32-Jizzax qo'zg'oloni va uning ahamiyati (30)


Download 0.69 Mb.
bet29/79
Sana03.06.2024
Hajmi0.69 Mb.
#1841777
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79
Bog'liq
9-Sinf O‘zbekiston tarixi mavzu.1325

31-32-Jizzax qo'zg'oloni va uning ahamiyati (30)

Testlar


1. Jizzax qo’zg’aloniga kimlar rahbarlik qilishdi?
A) Abdurahmon Oftobachi va Rizvonbibi Ahmadjonova
B) Nazirxo’ja Eshon va Abdurahmon Jevachi
C) Rizvonbibi Ahmadjonova va Abdurahmon Jevachi
D) Abdurahmon Oftobachi va Nazirxo’ja Eshon
2. Jizzax aholisi asosan .....bilan shug’ullangan.
A) hunarmandchilik
B) don yetishtirish
C) savdo
D) chorvachilik
3. Jizzax aholisining ahvoli yomonlashib ketishiga nima sabab bo’lgan?
A) soliqlarning ko’payib borishi
B) aholining yerlari ko’chirib keltirilganlarga berib yuborilishi
C) A va B
D) pulning qadrsizlanishi
4. Mardikorlikka olinadiganlarning tuzilgan ro’yxatiga muvofiq Samarqand viloyatining Jizzax uyezdidan qancha kishi belgilandi?
A) 11 ming
B) 10 ming
C) 13 ming
D) 12 ming
5. Nikolay II ning mardikorlikka olishga qaratilgan farmoni qachon Jizzaxda e’lon qilindi?
A) 1916-yil 5-iyul
B) 1916-yil 3-iyul
C) 1916-yil 9-iyul
D) 1916-yil 7-iyul
6. Jizzaxda Nikolay II ning mardikorlikka olishga qaratilgan farmoniga qarshi dastlabki g’alayonlar qachon boshlandi?
A) 1916-yil 5-iyul
B) 1916-yil 3-iyul
C) 1916-yil 9-iyul
D) 1916-yil 7-iyul
7. 1916-yil iyulda Jizzax shahrida kim boshchiligida hunarmandlar mardikorlikka olish bo’yicha ro’yxatni talab qilib qishloq oqsoqoli Mirzayor Xudoyorov oldiga bordilar?
A) Nazirxo’ja Eshon
B) Damin Kulol
C) To’raqul
D) Abdurahmon Jevachi
8. Jizzax qo’zg’aloniga umumiy rahbar kim bo’ldi?
A) Abdurahmon Jevachi
B) Nazirxo’ja Eshon
C) To’raqul
D) Damin Kulol
9. Qachon Jizzax qo’zg’alonchilari temiryo’l stansiyalarini , aloqa simlarini uzib, temiryo’l va ko’priklarni buzib tashladi?
A) 1916-yil 13-iyul
B) 1916-yil 14-iyul
C) 1916-yil 20-21-iyul
D) 1916-yil 18-iyul
10. Qachon Abdurahmon Jevachi o’z uyida turli joylardan yuborilgan vakillar bilan yig’ilish o’tkazdi?
A) 1916-yil 20-21-iyul
B) 1916-yil 14-iyul
C) 1916-yil 13-iyul
D) 1916-yil 18-iyul
11. Abdurahmon Jevachi o’z uyida turli joylardan yuborilgan vakillar bilan yig’ilish o’tkazib, Jizzaxdan 12 chaqirim uzoqlikda joylashgan….degan joyda to’planib, barcha birgalikda harakat qilishga kelishildi?
A) To’pchiboshi
B) Kuyaboshi
C) O’ratepa
D) Zomin
12. Jizzax qo’zg’alonini bostirish uchun podsho hukumati bu yerga kimni yubordi?
A) general-leytenant Korolkov
B) polkovnik Girs
C) general-leytenant Skobelev
D) polkovnik Ivanov
13. Qachon Turkistonda harbiy holat e’lon qilindi?
A) 1916-yil 13-iyul
B) 1916-yil 20-21-iyul
C) 1916-yil 18-iyul
D) 1916-yil 14-iyul
14. Kuyaboshi Jizzaxdan qancha uzoqlikda joylashgan?
A) 12 chaqirim
B) 16 chaqirim
C) 10 chaqirim
D) 14 chaqirim
15. Jizzaxga polkovnik Ivanov boshchiligida qancha kishilik qo’shin yuborildi?
A) 2,5 ming
B) 3,5 ming
C) 3 ming
D) 2 ming
16. Polkovnik Ivanovning Jizzaxga kelgan qo’shini tarkibi xato berilgan javobni toping.
A) sapyorlar qismi
B) qozoq otryadlari
C) 13 rota soldat
D) 2 ta artilyeriya qismi
17. Mustamlakachilar qo’shining 1916-yildagi qo’zg’alonni bostirish yo’nalishini ketma-ketlikda aniqlang.
A) Jizzax-Sengzor-Zomin
B) Jizzax-Zomin-Sengzor
C) Sengzor-Zomin-Jizzax
D) Zomin-Sengzor-Jizzax
18. Kim o’zining omon qolgan 600 kishilik odamlar bilan polkovnik Afanasyev boshchiligidagi harbiy kuchlarga qarshi kurash olib bordi?
A) Abdurahmon Jevachi
B) Damin Kulol
C) To’raqul
D) Nazirxo’ja Eshon
19. Rus hukumati tomonidan asir olinib, o’limga hukm qilingan Jizzax qo’zg’aloni rahbarlari va faol ishtirokchilarini aniqlang. 1.Abdurahmon Jevachi 2.Nazirxo’ja Eshon 3.aka-uka To’ra va Eshonqul To’rabekov 4.Abdurahmon Oftobachi 5.Qurbonjon dodhoh 6.Qosim Hoji 7.Mirkarimboy
A) 1,2,3,4
B) 4,5,6,7
C) 2,4,6,7
D) 1,2,3,6
20. Abdurahmon Jevachi 1916-yil 20-21-iyul kunlari 600 kishilik qo’shin bilan kimga qarshi kurashdi ?
A) Korolkov
B) Afanasyev
C) Ivanov
D) Skobelev
21. Jizzaxga 1916-yil qo’zg’aloni ishtirokchilarini jazolash uchun qachon yana jazo otrayadlari yetib keldi?
A) 1916-yil 27-28-iyul
B) 1916-yil 26-27-iyul
C) 1916-yil 20-21-iyul
D) 1916-yil 22-23-iyul
22. 1916-yilgi Jizzax qo’zg’alonchilaridan qancha kishi hibsga olindi?
A) 4 ming
B) 2 ming
C) 5 ming
D) 3 ming
23. Turkistonda rus mustamlakachilariga qarshi ko’tarilgan qaysi qo’zg’alonda qo’zg’alonchilarni jazolash paytida jazodan qariyalar, ayollar va hatto yosh bolalar ham chetda qolmadi?
A) Darvishxon qo’zg’aloni
B) Jizzax qo’zg’aloni
C) “Vabo isyoni”
D) “Andijon qo’zg’aloni”
24. Abdurahmon Jevachining Afanasyevdan yengilish sababini aniqlang.
A) Ivanovning yordamga kelishi
B) Abdurahmon Jevachining noto’g’ri urush taktikasi
C) Abdurahmon Jevachining madad kuchlarini kutmay turib urushga kirishi
D) qo’zg’alonchilar bir qismining ruslar tarafiga o’tib ketishi
25. Jeva so’zining ma’nosi bu……
A) ov
B) qurol-aslaha
C) miltiq
D) bayroq
26. Pulyemot bu…..
A) o’qni tez otadigan avtomatik qurol
B) askarlarning o’qdan himoyalanish uchun kiyadigan kiyimi
C) qo’shinning minadan tozalovchi qismi
D) temiryo’l stansiyasi
27. Turkistonda Rossiya imperiyasining mardikor olishga qarshi xalq qo’zg’aloni qaysi yili bo’lib o’tdi?
A) 1917
B) 1914
C) 1916
D) 1915
28. “Urush frontlariga yangi bir Turkiston fronti qo’shildi” so’zlari kimga tegishli?
A) Kerenskiy
B) Ivanov
C) Gippius
D) Girs
29. 1916-yilgi Jizzax qo’zg’aloni xalq ommasi uchun olib kelgan katta yo’qotishlar xato berilgan javobni aniqlang.
A) Jizzax qo’zg’alonidan keyin aholi majburan urushga askarlikka olina boshlandi
B) qishloqlar yondirib yuborildi, natijada aholining ko’pchiligi uy-joysiz qoldi
C) qo’zg’alon yoz faslida bo’lib o’tganligi bois ekinzorlar, qishloq xo’jalik mahsulotlari nobud bo’ldi
D) qo’zg’alon natijasida aholi orasida ko’plab qurbonlar bo’ldi
30. Turkistonda bo’lib o’tgan rus mustamlakachilariga qarshi ko’tarilgan qaysi qo’zg’alonda o’lka keng xalq ommasining barcha tabaqalari, jumladan qariyalar va ayollar ham ishtirok etdi?
A) “Vabo isyoni”
B) “Andijon qo’zg’aloni”
C) 1916-yil qo’zg’aloni
D) Darvishxon qo’zg’aloni



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling