9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan


-Teatr va musiqa san’ati (38)


Download 0.69 Mb.
bet37/79
Sana03.06.2024
Hajmi0.69 Mb.
#1841777
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79
Bog'liq
9-Sinf O‘zbekiston tarixi mavzu.1325

40-Teatr va musiqa san’ati (38)

Testlar


1. O’rta Osiyoning qaysi davlatida masxaraboz , qo’g’irchoqboz , raqqos kabi san’at yo’nalishlarining uyushmalari vujudga kelgan edi?
A) Turkiston
B) Qo’qon
C) Xorazm
D) Buxoro
2. O’rta Osiyoning qaysi hududi an’anaviy teatrida 2 turkum-tomoshalar-kulgili va xatarli o’yin turlari yaxshi shakllangan?
A) Turkiston
B) Buxoro
C) Qo’qon
D) Xorazm
3. Qachondan O’rta Osiyoning bir qancha shaharlarida an’anaviy teatr uyushmalari vujudga keldi?
A) XIX asr oxiri
B) XIX asr boshlari
C) XIX asrning II-yarmi
D) XIX asr o’rtalari
4. XIX asrning II-yarmida bir qancha shaharlarida an’anaviy teatr uyushmalari vujudga keldi. Bularning eng mashhurlari qaysilar edi?
A) A va B
B) Qo’qonda Zokir Eshon
C) Andijonda Muzrob masxara
D) Buxoroda To’la masxara
5. O’rta Osiyoda ayniqsa qo’g’irchoq teatrlari ommabop bo’lib, ularning mavzusi markazida …..obrazi turgan.
A) Afandi
B) O’mrbek Laqqi
C) Kachal Polvon
D) Muqbil Toshotar
6. Qachon Turkiston general-gubernatori taklif qilgan Samara teatri o’lkada bir necha kunlik dasturlarini namoyish etdi?
A) 1914-yil
B) 1910-yil
C) 1910-1912-yillar
D) 1870-yil
7. 1910-yilda rus aktrisasi Komissarjevskaya truppasining gastrollari qayerlarga uyushtirilgan?
A) Samarqand va Buxoro
B) Samarqand va Toshkent
C) Buxoro va Xiva
D) Buxoro va Toshkent
8. Qaysi xalqlar truppalari 1910-1912-yillarda Turkistonda gastrol tashriflari bilan bo’ldi?
A) tatar va ozarbayjon
B) Chechen va ingush
C) tatar va boshqird
D) boshqird va arman
9. U.Gajibekovning o’zbek jamoatchiligi orasida iliq kutib olingan musiqali pyesalarini aniqlang.
A) “Go’ro’g’li”
B) “Arshin mololon”
C) “Taras bulba”
D) “Layli va Majnun”
10. “Teatr-bu ibratxona” so’zlari kimga tegishli?
A) Fitrat
B) A.Qodiriy
C) Cho’lpon
D) Behbudiy
11. Turkistonda dastlabki yozma milliy sahna asarlari qachon yaratilgan?
A) 1912-yil
B) 1913-yil
C) 1911-yil
D) 1910-yil
12. Quyidagi asarlar va ularning mualliflari xato berilgan javobni aniqlang.
A) Behbudiy-“Padarkush”
B) A.Samadov-“Mahramlar”
C) Fitrat-“Bir farangi bilan buxorolik bir mudarrisning qilgan munozaralari”
D) A.Avloniy-“Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”
13. Quyidagi qaysi ijodkorning pyesasi o’zbek milliy teatri durdonasiga aylangan?
A) Cho’lpon
B) Behbudiy
C) A.Qodiriy
D) Fitrat
14. Turkistondagi I-milliy teatr qayerda va kim tomonidan tashkil etilgan?
A) Buxoro-Fitrat
B) Toshkent-Avloniy
C) Qo’qon-Hamza
D) Samarqand-Behbudiy
15. A.Avloniy qachon va qayerda “Turon” nomidagi teatr truppasini tashkil etdi?
A) 1915-Buxoro
B) 1916-Qo’qon
C) 1913-Samarqand
D) 1914-Toshkent
16. Samarqand shahrida Behbudiy rahbarligida tashkil etilgan teatrda namoyish etilgan ilk asar qaysi?
A) “Mahramlar”
B) “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”
C) “Padarkush”
D) “To’y”
17. A.Avloniyning tashkil qilgan “Turon” teatr truppasi sahnalashtirgan I- asar qaysi?
A) “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”
B) “Padarkush”
C) “Mahramlar”
D) “To’y”
18. Qo’qon shahridagi Hamza rahbarligida tashkil etilgan havaskorlik teatrida qo’yilgan I-sahna spektakl qaysi?
A) “Padarkush”
B) “Mahramlar”
C) “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”
D) “To’y”
19. Qachon Qo’qon shahrida Hamza rahbarligida havaskorlik teatri tashkil qilingan?
A) 1911-yil
B) 1914-yil
C) 1916-yil
D) 1915-yil
20. Hozirgi Milliy Teatr asoschisini aniqlang.
A) A.Avloniy
B) Hamza
C) Behbudiy
D) Mannon Uyg’ur
21. 1916-yildan san’atga ilk qadamnini qo’ygan ijodkorlarni aniqlang.
A) Abror Hidoyatov, Tamaraxonim
B) Mannon Uyg’ur, Tamaraxonim
C) Abror Hidoyatov, Ma’suma Qoriyeva
D) Mannon Uyg’ur, Ma’suma Qoriyeva
22. O’zbek teatrining I-aktrisasini aniqlang.
A) Klara Jalilova
B) Ma’suma Qoriyeva
C) Ra’no Shodiyeva
D) To’ti Yusupova
23. 1919-yilda qayerda dastlabki teatr tashkil qilingan?
A) Buxoro
B) B va C
C) Andijon
D) Xiva
24. 1922-yilda qayerda dastlabki teatr tashkil qilingan?
A) Andijon
B) Buxoro
C) B va C
D) Xiva
25. Buxoro shahrida teatrning tashkil etilishida kimning xizmatlari beqiyos bo’lgan?
A) Hamza
B) Mannon Uyg’ur
C) A.Avloniy
D) Behbudiy
26. Turkistondagi dastlabki yozma milliy sahna asarini aniqlang.
A) “Mahramlar”
B) “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”
C) “Padarkush”
D) “To’y”
27. Kimning qaysi asarida “Qachonki milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo’lgan teatr san’ati xususida so’z borar ekan, buyuk ma’rifatparvar M.Behbudiyning “Teatr-bu ibratxonadir” deb aytgan fikrini eslash o’rinlidir” deyilgan?
A) S.Ahmad-“Ufq”
B) I.Karimov-“O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”
C) A.Qahhor-“Bemor”
D) I.Karimov-“Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”
28. An’anaviy xalq musiqasida hazilomuz raqslar va o’yin jo’rligida ijro etiladigan kuylar xato berilgan javobni aniqlang.
A) lapar
B) yalla
C) terma
D) qo’shiq
29. Ananaviy xalq musiqasida baxshilar va shoirlar tomonidan ijro etiluvchi ohangdor kuylarni o’zida namoyon etgan ijodni aniqlang.
A) yalla
B) terma
C) lapar
D) qo’shiq
30. Keng qamrovli turli kuy-ohangga ega lirik qo’shiqni aniqlang.
A) lapar
B) ashula
C) qo’shiq
D) yalla
31. Torli-kamonchali musiqa asboblari xato berilgan javobni aniqlang.
A) qo’buz
B) dutor
C) g’ijjak
D) uchtor
32. Torli-xoxunli cholg’u asboblarni aniqlang. 1.do’mbira 2.dutor 3.chang 4.tanbur 5.nay 6.ud 7.surnay 8.rubob
A) 2,4,5,7
B) 1,2,3,4,5
C) 1,2,4,6,8
33. Torli-zarbli cholg’u asbobini aniqlang.
A) surnay
B) nay
C) B va C
D) chang
34. Puflama-nayli cholg’u asbobini aniqlang.
A) B va C
B) nay
C) chang
D) surnay
35. Mushtuk-puflamali cholg’u asbobi qaysi?
A) surnay
B) karnay
C) g’ijjak
D) nay
36. Zarbli-membranali cholg’u asboblari xato berilgan javobni aniqlang.
A) karnay
B) nog’ora
C) doira
D) chindovul
37. Xorazmda maqom va musiqa maktabi qaysi Xiva xoni davrida yanada rivojlangan?
A) Olloqulixon
B) Muhammad Rahimxon II
C) Muhammad Rahimxon I
D) Rahimqulixon
38. Muhammad Rahimxoni Soniyning Xorazm maqomlari to’g’risidagi farmoni qachon e’lon qilingan?
A) 1884-yil
B) 1882-yil
C) 1881-yil
D) 1883-yil



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling