9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan


Download 0.69 Mb.
bet72/79
Sana03.06.2024
Hajmi0.69 Mb.
#1841777
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   79
Bog'liq
9-Sinf O‘zbekiston tarixi mavzu.1325

37-Xiva xonligining tugatilishi (39)

Savollar va javobi


1. XIX asrning 80-yillarida Xiva xonligining qaysi tumanlarida dehqon uyushmalari vujudga kelib, kurash keskin tus ola boshladi? 1.Pitnak 2.Taxta 3.Hazorasp 4.Xiva 5.Yangi Urganch 6.Chorjo’y 7.Ko’hna Urganch
 1,3,5,7
2. Xiva xonligida Matyoqub pishiq rahnamoligida qachon dehqonlar qo’zg’aloni bo’lib o’tdi?
 1902-yil
3. Matyoqub Pishiq qo’zg’aloni bo’lib o’tgan hududlar xato berilgan javobni aniqlang.
 Urganch
4. Qachon Pitnak, Hazorazsp, Yangi Urganch, Ko’hna Urganch tumanlarida dehqon uyushmalari vujudga kelib, kurash keskin tus ola boshladi?
 XIX asrning 80-yillari
5. Xiva xonligida qachondan arzimas sabablar tufayli qo’zg’alonlar bo’lib turgan?
 XX asr boshlari
6. Xiva xonligida 1906-yilda muhtoj dehqonlar yirik zamindorlar yerlarini egallab ola boshlagan hududlar xato berilgan javobni aniqlang.
 Bog’ot
7. Xiva xonligida qurg’oqchilik va hosilsizlik yillarni aniqlang.
 1910-1911
8. Xiva xonligida qaysi yillarda dehqonlar g’alayonlari keng tus oldi?
 1910-1917
9. Xiva xonligida qachon va qayerdagi qo’zg’alonlarda doimiy qo’zg’alonlar natijasida xalq o’qotar aslahalar bilan qurollanib, urush olib borish taktikasini o’rganib olgan edi?
 1912-Hazorasp, Xonqa
10. Asfandiyorxon 1912-yilgi qo’zg’alonni bostirish uchun yuborgan o’zining 1000 kishilik eng sara qo’shini qayerda mag’lubiyatga uchratildi?
 Alieli va Toshhovuz o’rtasida
11. Xiva xonligida 1912-yilgi xalq norozilik chiqishlari qanday yangi omilni namoyon qildi?
 A va B
12. Yosh xivaliklarning Yosh buxoroliklardan farqli jihati bu….
 Yosh xivaliklarda aholining turli qatlamlari-dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, ziyolilar va mayday mulkdorlarning bo’lishi
13. Yosh Xivaliklarning tarkibi xato berilgan javobni aniqlang.
 yirik mulkdorlar va bank egalari
14. Yosh Xivaliklar rahbarlari xato berilgan javobni aniqlang.
 Manuilov
15. Yosh Xivaliklar rahbarlari xato berilgan javobni aniqlang.
 T.Risqulov
16. Xiva xoni qachon “Islohotlar loyihasi”ni qabul qildi?
 1910-yil
17. “Islohotlar loyihasi” qaysi davlatda qabul qilingan?
 Xiva
18. Xiva xonligida qabul qilingan “Islohotlar loyihasi”ning bandlari xato berilgan javobni aniqlang.
 loyihada eskicha milliy maktablarni tashkil qilish g’oyasi ham ilgari surilgan edi
19. Xiva xoni Asfandiyorxon hukmronlik yillarini aniqlang.
 1910-1918
20. Asfandiyorxon 1913-yilda qaysi bosh vazirni o’ldiradi?
 Islomxo’ja
21. Asfandiyorxonning yerlarni yangidan o’lchash va yangi soliqlarni joriy qilishga qarshi qayerda qo’zg’alonlar bo’lib o’tdi?
 Mang’it va Xo’jayli
22. Islomxo’ja qachon o’ldirildi?
 1913-yil
23. Qaysi voqeadan so’ng Asfandiyorxon asosiy tayanchi podsho hukumatidan mahrum bo’lib, bir qancha vaqt yakkalanib qoldi?
 Rossiyadagi 1917-yil fevral voqealaridan so’ng
24. Asfandiyorxon qachon Yosh Xivaliklar tuzgan manifestni imzoladi?
 1917-yil 5-aprel
25. Asfandiyorxon imzolagan manifestga ko’ra xon hokimiyatini cheklagan deputatlar palatasini aniqlang.
 Majlis
26. Asfandiyorxon imzolagan manifestga ko’ra vazirlar kengashini aniqlang.
 Nozirlar Kengashi
27. Yosh Xivaliklarning Asfandiyorxondan talab qilgan islohotlar xato berilgan javobni aniqlang.
 davlat mablag’lari sarflanishi ustidan nazorat uchun iqtisodiyot vazirligini tuzish
28. Xiva xonligida Majlisning I-sessiyasi qachon bo’lib o’tdi?
 1917-yil 26-aprel
29. Xiva xonligida Majlisning I-sessiyasida qancha xivalik deputatlar ishtirok etishdi?
 30 ta
30. Xiva xonligida Majlisning I-sessiyasida turkmanlardan qancha vakil ishtirok etdi?
 7 ta
31. Xiva xoni Asfandiyorxon boshchiligidagi konservativ kuchlar necha oy o’tmasdan Majlisni tarqatib yubordi, Yosh Xivaliklarning rahnamolarini hibsga oldi?
 2 oy
32. Junaidxon kim edi?
 turkman urug’laridan birining sardori
33. Junaidxon qachon 1,5 ming kishilik otliq otryad bilan Xivani egalladi?
 1918-yil yanvar
34. Junaidxon Asfandiyorxonni o’ldirib, uning o’rniga kimni xon qilib ko’tardi?
 Said Abdulla
35. Xiva xonligiga qarshi kommunistik partiya qayerda tuzilib, to’ntarishga tayyorgarlik ko’ra boshladi?
Petro Aleksandrovsk
36. Xiva xonligi qachon quladi?
 1920-yil 2-fevral
37. XXSR qachon tuzildi?
 1920-yil 27-aprel
38. Hukumatning muhim voqea munosabati bilan xalqqa qilgan yozma murojati, qonun kuchiga teng hujjat bu…..
 manifest
39. Lotincha-eski tuzum tarafdorlari, islohotlar va o’zgarishlarga qarshi turuvchilar bu…..
 konservator



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling