9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan
-XIX asr o'rtalarida o'zbek xonliklarining ma'muriy boshqaruv tizimi (38)
Download 0.69 Mb.
|
9-Sinf O‘zbekiston tarixi mavzu.1325
2-XIX asr o'rtalarida o'zbek xonliklarining ma'muriy boshqaruv tizimi (38)
Testlar1. Buxoro amirligi bilan bog’liq xato javobni toping. A) amir hokimiyati avloddan avlodga meros tariqasida o’tgan B) 1826-1861-yillar Amir Nasrullo hukmronlik davri C) Buxoro amirligida oliy hukmdor amir hisoblangan. D) amirlikni 1756-1920 yillarda mang’itlar sulolasi boshqargan 2. Buxoro amiri Amir Muzaffar hukmronlik yillarini toping. A) 1860-1885-yillar B) 1800-1826-yillar C) 1826-1860-yillar D) 1785-1800-yillar 3. Buxoro amirligining ma’muriy markazi qaysi shahar edi? A) Vardonze B) Termiz C) Chorjo’y D) Buxoro 4. Buxoro amirligida ijro hokimiyati kimning qo’lida bo’lgan? A) mirzaboshi B) amir C) devonbegi D) qo’shbegi 5. Buxoro amirligida bosh vazir kim edi? A) mirzaboshi B) dodhoh C) qo’shbegi D) devonbegi 6. Buxoro amirligida viloyat va tuman hokimlari kimning tavsiyasi bilan tayinlangan? A) mirzaboshi B) devonbegi C) qo’shbegi D) dodhoh 7. Buxoro amirligida moliya va xazina ishlari, soliqlar to’planishi, tashqi aloqalarni yuritish kabi sohalarni kim boshqargan? A) mirzaboshi B) qo’shbegi C) dodhoh D) devonbegi 8. Amirlik hujjatlarini yuritishga mas’ul shaxsni aniqlang? A) devonbegi B) mirzaboshi C) dodhoh D) qo’shbegi 9. Amirlikda soliqlarni o’z vaqtida yig’ish va ularni hisobga olib borishga kim javobgar bo’lgan? A) dodhoh B) shayxulislom C) mushrif D) parvonachi 10. Buxoro amirligida xalqning shikoyatlari bilan kim shug’ullangan? A) mushrif B) parvonachi C) shayxulislom D) dodhoh 11. Buxoro amirligida oliy hukmdor farmonlarini kim e’lon qilgan? A) mushrif B) shayxulislom C) dodhoh D) parvonachi 12. Buxoro amirligida shariat qoidalari va qonunlar ijrosi, sud ishlarini nazorat qilishni kim amalgam oshirgan? A) shayxulislom B) dodhoh C) parvonachi D) mushrif 13. Buxoro amirligida devonbegiga bo’ysungan mansab egasi? A) mirzaboshi B) dodhoh C) muhtasib D) qo’shbegi 14. Buxoro amirligida shayxulislomga bo’ysungan mansab egasi A) qo’shbegi, dodhoh B) dodhoh, mushrif C) sadr, otaliq D) muftiy, muhtasib 15. Buxoro amirligida diniy-huquqiy masalalar bilan kim shug’ullangan? A) otaliq B) muhtasib C) muftiy D) sadr 16. Buxoro amirligida shariat qoidalarining bajarilishi va amal qilish masalalari bilan kim shug’ullangan? A) otaliq B) sadr C) muhtasib D) muftiy 17. Buxoro amirligi bilan bog’liq xato javobni toping. A) amirlikda valiahd tarbiyalovchisi otaliq hisoblangan B) amirlikda sud boshlig’-qozikalon, raiskalon hisoblangan C) mirshabboshi amir qo’shinining bosh qo’mondoni hisoblangan D) vaqf ishlari va mulklari bilan sadr shug’ullangan 18. Buxoro amirligi shaharlarida tinchlik va tartibni saqlashga kim mas’ul hisoblangan? A) muhtasib B) to’pchiboshi C) mirshabboshi D) ko’kaldosh 19. Buxoro amirligida mamlakat xavfsizligi, amirning yaqinlari, do’stlari va dushmanlari to’g’risida ma’lumotlar to’plash bilan kim shug’ullangan? A) muhtasib B) to’pchiboshi C) mirshabboshi D) ko’kaldosh 20. Xiva xonligi to’g’risida xato ma’lumotni toping. A) Xiva xonligi oliy hukmdori xon hisoblangan B) Xiva shahrida ichki-Dishan qal’a va mudofaa devori bilan o’ralgan tashqi-Ichan qal’a mavjud bo’lgan. C) Xon qarorgohi Xiva shahrida joylashgan D) Xiva xonligini 1770-1920-yillarda qo’ng’irotlar sulolasi boshqardi. 21. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligining ma’muriy, savdo-sotiq va madaniy markazlari xato berilgan javobni toping. A) Xiva, Urganch B) Vazir, Marv C) Qiyot, Hazorasp D) Qiyot, Qo’ng’irot 22. Xiva xonligida oliy amaldor kim hisoblangan? A) otaliq B) devonbegi C) mehtar D) qo’shbegi 23. Xiva xonligida devonbegining ixtiyoridagi kengashga kirgan mansablar xato berilgan javobni toping. A) qo’shbegi B) otaliq C) mehtar D) mirshabboshi 24. Xiva xonligida mirshabboshi….. A) xonlikdagi tartib intizom ishlariga bosh bo’luvchi xon qo’shinlarining bosh qo’mandoni B) sug’orish inshootlari va suv ta’minoti hamda taqsimotiga rahbarlik qilgan C) aholining tinchligi va osoyishtaligi bilan shug’ullangan D) diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishi masalalariga bosh bo’lgan. 25. Xiva xonligida yasovulboshi….. A) aholining tinchligi va osoyishtaligi bilan shug’ullangan B) xonlikdagi tartib intizom ishlariga bosh bo’luvchi xon qo’shinlarining bosh qo’mandoni C) sug’orish inshootlari va suv ta’minoti hamda taqsimotiga rahbarlik qilgan D) diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishi masalalariga bosh bo’lgan. 26. Xiva xonligida shayxulislom….. A) diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishi masalalariga bosh bo’lgan. B) xonlikdagi tartib intizom ishlariga bosh bo’luvchi xon qo’shinlarining bosh qo’mandoni C) sug’orish inshootlari va suv ta’minoti hamda taqsimotiga rahbarlik qilgan D) aholining tinchligi va osoyishtaligi bilan shug’ullangan 27. Xiva xonligida mirobboshi….. A) xonlikdagi tartib intizom ishlariga bosh bo’luvchi xon qo’shinlarining bosh qo’mandoni B) aholining tinchligi va osoyishtaligi bilan shug’ullangan C) sug’orish inshootlari va suv ta’minoti hamda taqsimotiga rahbarlik qilgan D) diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishi masalalariga bosh bo’lgan. 28. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligida taxminan qancha otliqdan iborat qo’shin bor edi? A) 50 ming B) 60 ming C) 45 ming D) 40 ming 29. Xiva xonligida qo’shinga kim qo’mandonlik qilgan? A) mirshabboshi B) otaliq C) lashkarboshi D) qo’shbegi 30. Xiva xonligida askarlik xizmatida bo’lganlarga qanday imtiyoz mavjud edi? A) xirojdan ozod qilingan B) oila a’zolariga katta miqdorda maosh berilgan C) soliqlardan ozod qilingan D) katta yer berilgan 31. Qo’qon xonligi bilan bog’liq xato javobni toping. A) xonlikda oliy hukmdor xon hisoblangan B) eng yuqori mansab mingboshi hisoblanib, u harbiy vazir hisoblangan C) xonlikni 1710-1876-yillarda ming sulolasi boshqargan D) xonlikning ma’muriy markazi Qo’qon shahri hisoblangan 32. Qo’qon xonligida alohida harbiy bo’linmalarga kim rahbarlik qilgan? A) muhtasib-raislar B) mehtar C) qozikalon, qozilar D) mingboshi 33. Qo’qon xonligida xazina ishlari va xarajatlarini kim nazorat qilgan? A) qozikalon, qozilar B) muhtasib-raislar C) mehtar D) mingboshi 34. Qo’qon xonligida islom dini qoidalari asosida sud ishlarini kimlar olib borganlar? A) mehtar B) muhtasib-raislar C) mingboshi D) qozikalon, qozilar 35. Qo’qon xonligida kimlar diniy ishlar, shariat qoidalariga rioya qilinishi, savdo-sotiqning to’g’ri yuritilishini nazorat qilganlar? A) mingboshi B) muhtasib-raislar C) mehtar D) qozikalon, qozilar 36. Qo’qon xonligidagi tartib-intizom masalalari bilan kimlar shug’ullangan? A) mirshab B) qozikalon, qozilar C) muhtasib-raislar D) mehtar 37. Qo’qon xoni zaruriyat tug’ilganda qancha askar yig’a olgan? A) 1200 aravaga ega bo’lgan 60 mingtacha askar B) 60 ming aravaga ega bo’lgan 12 mingtacha askar C) 12 ming aravaga ega bo’lgan 600 mingtacha askar D) 12 ming aravaga ega bo’lgan 60 mingtacha askar 38. Xudoyorxon saroyi qachon qurilgan? A) XVIII asrda B) XIX asr o’rtalarida C) XIX asr oxrida D) XIX asr boshlarida Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling