9-sinf O‘zbekiston tarixi nazorat ishi namunasi
NAMUNA:
1-topshiriq. Quyidagi xaritada berilgan hudud haqidagi to‘g‘ri fikrlarni aniqlang.
1. XI asrdan boshlab arab va fors manbalarida tilga olingan.
2. Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g‘arbiy yonbag`ridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho‘zilgan dashtlarni o`z ichiga olgan
3. Xorazm, Shimoliy Kavkaz, Volga bulg‘orlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim va G‘arbiy Sibir hududlarini o‘z ichiga olgan
4. Bu hududlar rus manbalarida „Poloveslar yeri“nomi bilan yuritilgan.
5. Rus knyazlari ularga o‘lpon to‘lab turgan.
6. Davlatning sharqiy qismi aholisi o‘zbeklar deb atalgan.
2-topshiriq. “Xronologiya o`yini”. Ushbu yillarni to`g`rilang va ushbu davrda bo`lgan voqealarni yozing.
1431- yil Abulxayrxon O`z davlatini Oltin O‘rdadan mustaqil deb e’lon qildi
__________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________________________
3-topshiriq. Tarixiy diktant.
1. Muhammad Shayboniy ____________yilda tug‘ilgan.
2. _________Movarounnahr va Xuroson temuriyzodalariga hamda Mo‘g‘uliston hukmdorlariga ichki raqiblariga qarshi kurashda harbiy yordam ko‘rsata boshladi.
3.Abulxayrxon nevaralari tarbiyasigag alohida e`tabor qaratdi. Uyg‘ur qavmidan bo‘lgan, _________otaliq qilgan amir Boyshayxni bu ikki shahzodalarga ham otaliq etib tayinladi.
4. Shayboniy_________madrasalarida ilm oldi.
5. 1446-yilda esa Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan ______________________________________________________________________________ shaharlarini bosib oldi.
6.“O‘zbek ulusi ” davlatining poytaxt etib Sibirdagi ______________ shahri belgilandi. Keyinroq davlat poytaxti esa ________________ko‘chirdi.
7.Shayboniyxonning “___________”da qanday nom bilan keltirilgan va u so‘zning ma'nosi?
8.Shayboniyxonga homiylik qilgan shaxs____________________?
9.Shayboniyxon ______________ shaharda ta'lim olgan?
4-topshiriq. Ushbu voqealarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring.
Sulton Ali Mirzo Movarounnahr taxtini egalladi.
Movarounnahr taxtini Boysung'ur Mirzo egalladi.
Boysung‘ur Samarqanddagi qal`aga yashirinishga majbur bo`ldi
Abulqosim Bobur vafot etdi
Abu Said Mirzo vafot etdi
Sulton Abu Said Movarounnahr taxtini egalladi
Shohrux Mirzo vafot etdi
Do'stlaringiz bilan baham: |