Rivojlantiruvchi: siyosiy fikrlashga o’rgatish.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: savol-javob, guruhlarda ishlash.
Dars jihozlari: “O’zbekiston tarixi” darsligi, Dunyoning siyosiy xaritasi, doska, bo’r, vatman , marker, tarqatma materiallar.
I-Tashkiliy qism:
Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.
II-O’tilganni so’rash: savol-javob.
Rossiya imperiyasining O’rta Osiyo chegaralaridagi dastlabki istehkoni nechanchi yilda vujudga keldi? (1718-yil).
Verniy qal’asi hozirgi qaysi shaharda joylashgan edi? (Almati).
XIX asrda Toshkentning nechta darvozasi bo’lgan? (12ta).
Toshkentni mudofaa qilishda ishtiok etgan Qo’qon xonligi lashkarboshisi kim bo’lgan? (Alimqul).
III-Yangi mavzu: Kichik ma’ruza.
Turkiston o’lkasida Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati to’liq amalga oshirilishi va hukmronligining mustahkam bo’lishi uchun o’lkadagi istilochi amaldorlarga keng vakolatlar berildi. Fon Kaufman 1867 yil Turkiston general-gubernatori etib tayinlandi. U bir paytning o’zida Turkiston harbiy okrugining qo’mondoni edi. Dastlab gubernatorlik ikkiga bo’lindi: Sirdaryo va Yettisuv viloyatlariga. Keyinchalik 1868 yilda Zarafshon okrugi, 1876 yil Farg’ona viloyati, 1881 yil Kaspiyorti viloyati tashkil etildi.
Turkiston o’lkasida Rossiya imperiyasining boshqa guberniya boshliqlaridan farqli siyosiy, iqtisodiy, harbiy maqsadlarni amalga oshirishda Kaufmanga katta vakolatlar berdi. Xalq Kaufmanni “yarim podsho” deb atagan.
Mustahkamlash. “Bingo “ mashqi
1865 yil
|
1867 yil
|
1885 yil
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |