9-sinf Sinf soati ish reja va konspekt 2023-2024-yil


Download 2.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/53
Sana22.10.2023
Hajmi2.47 Mb.
#1715353
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
9 sinf sinf soati ish reja va konspek (2)

 
 
 

 
O`qituvchi:  


Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o'z maqsad-muddaolari, shu bilan birga, 
umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma'naviy dunyosini 
yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida 
ahamiyat kasb etadi. Ya'ni, tarixiy xotira tuyg'usi to'laqonli ravishda tiklangan, 
xalq bosib o'tgan yo'l o'zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo'qotish va 
qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o'rganilgan taqdirdagina 
chinakam tarix bo'ladi. 
Ma'lumki, 1937—1953-yillarda sobiq SSSR hududida mudhish ommaviy siyosiy 
qatag'onlar amalga oshirilgan edi. Uning salbiy oqibatlarini o'zimizga tasavvur 
etish uchun birgina O'zbekiston bo'yicha qariyb 100 ming kishi qatag'onga uchrab, 
13 ming nafari otib tashlanganini eslash kifoya.
Insoniy qadr-qimmati toptalgan, hayoti poymol etilgan bu odamlar orasida 
nafaqat arbob va ziyolilar, balki yuzlab oddiy insonlar, yurtimizda istiqomat qilgan 
deyarli barcha millat va elatlarning vakillari bor edi. Shu davrda qancha-qancha 
odamlarning o'z oilasidan judo boigani, ayollar bevalikka, go'daklar yetimlikka 
mahkum etilganini, minglab mirishkor dehqonlarning quloq sifatida olis o'lkalarga 
surgun qilinganini inobatga olsak, xalqimiz boshiga tushgan bu fojianing dahshati 
yanada yaqqol namoyon bo'ladi. 
El-yurtimiz taqdiriga daxldor bo'lgan tarixiy adolatni tiklash, xalqimiz va 
millatimizning yaqin o'tmishidagi yopiq sahifalarini tola ochib berish, shu tarixdan 
saboq chiqarib, bugungi va kelajak hayotimizga ongli qarashni shakllantirish, 
begunoh qurbon bo'lgan insonlar xotirasini abadiylashtirish biz uchun ham qarz, 
ham farz edi. 
Ana shu insoniy burchimizni ado etish maqsadida 2000-yili poytaxtimizning 
Yunusobod tumanida qatag'on yillarida xalqimizning minglab asl farzandlari qatl 
etilib, nom-nishonsiz ko'mib tashlangan. necha yillar davomida qarovsiz qolib 
kelgan Bo'zsuv kanali sohilidagi Alvastiko'prik deb nom olgan jarlik o'rnida 
Shahidlar xotirasi xiyoboni va keyinchalik shu nomda muzey va jamg'arma tashkil 
qilindi.
2001 -yildan e'tiboran 31-avgust yurtimizda Qatag'on qurbonlarini yod etish kuni 
sifatida nishonlanadigan bo'ldi. Har yili 31-avgust tongida bu maskanda 
xalqimizning qadimiy urf-odatlariga ko'ra osh tortib, Qur'on tilovat qilish, davlat 
va hukumat rahbarlari, keng jamoatchilik vakillarining bu yerga kelib, 
marhumlarni yod etishi, ularning ruhiga hurmat bajo keltirishi ibratli an'anaga 
aylanib qoldi. 
Bu ishlar xalqimiz, unib-o'sib kelayotgan farzandlarimizning ong-u shuurida 
tarixiy adolatga ishonch va insoniylik fazilatlarini qaror toptirish, ularning 
ma'naviy olamini kengaytirishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekani bilan 
ayniqsa e'tiborlidir. 
Ma'lumki, sobiq SSSR davrida 9-may har yili G'alaba kuni sifatida bayram 
qilinar, Markazda va respublikalarda dabdabali harbiy paradlar o'tkazilar edi. Biz 
mazkur sananing asl insoniy ma'no-mohiyati hamda jamoatchiligimizning bu 
boradagi taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda, 9-may kunini 
mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlashga qaror qildik. Bu 
voqea. hech shubhasiz, yurtimizda tarixiy xotirani to'laqonli tiklash yo'lida 
hayotning o'zi taqozo etgan yana bir jiddiy qadam bo'lganini aytish lozim.


Shu munosabat bilan poytaxtimizda, viloyat va tumanlarda sovet mafkurasini 
o'zida ifoda etgan eski yodgorliklar o'rniga xalqimizning ruhi va qarashlariga 
hamohang bo'lgan Xotira maydonlari tashkil etilib, Motamsaro ona haykali 
o'rnatildi. 

Download 2.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling