9-sinf tarix test


-sinf tarix test 2-variant


Download 34.57 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi34.57 Kb.
#1060950
1   2
Bog'liq
9-sinf-tarix-Olimpiada 2022

9-sinf tarix test 2-variant

1.Muhammad Alixon davri voqealari batafsil yoritilgan asarning muallifi kim?


A)Shermuhammad Avazbiy B)Muhammad Yunus C)Rizo Ernazarbiy D)Ali Mirzo
2.XIX asrning o’rtalarida zargarlik sohasiga ixtisoslashgan hududlarni toping.
1.Buxoro 2.Samarqand 3.Shahrixon 4.Qo`qon 5.Marg`ilon
A)1,2,3 B)1,2,4 C)1,3,5 D)2,3,5
3. Muhammad Aminxon madrasasi qachon qurilgan?
A)1863-1870-yillarda B)1875-yilda C)1871-yilda D)1851-1855-yillarda
4.O`rta Osiyoga yuborilgan ingliz elchilarining kelgan yillari bilan muvofiqlashtiring?
1.A.Byorns 2.I.Volf 3.A.Murkroft 4.J.Abbot
a)1843 -yil b)1844-yil c)1832-yil d)1825-yil
A)1-a, 2-b, 3-c, 4-d B)1-c, 2-b, 3-d, 4-a C)1-c, 2-d, 3-b, 4-a D)1-b, 2-c, 3-d, 4-a
5. O`rta Osiyoni Rossiya tomonidan bosib olishning nechanchi bosqichida Qo`qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirilgan?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
6.Alisher Navoiy muhrdorlik lavozimiga tayinlangan yili halok bo`lgan temuriy hukmdor kimning yordamida Samarqand taxtini egallagan?
A)Abulqosim Bobur B)Abulxayrxon C)Mirzo Abdullo D)Abdulaziz
7. Xivaning XVI asrdan 1812-yilga qadar bo`lgan tarixini yozgan tarixchining jiyani nechta asarning muallifi bo`lgan?
A)12 ta B)13 ta C)15 ta D)16 ta
8. Qaysi voqea oldinroq yuz bergan?
A)Franklar tuzgan davlat Fransiya deb atala boshlangan B)Normannlar Londonni bosib oladilar C)Bolgariya podsholigi yirik davlatga aylanadi D)Marokash sultoni Abu Bakr Ganani istilo qilgan
9.1875-1900-yillarda Fransiyaning chet ellarda joylashtirgan kapitali qanchaga oshgan?
A)2 barobar B) 2,25 barobar C) 3 barobar D) 7,5 barobar
10.Qaysi atama yunoncha so’zdan olingan bo’lib birgalikda ishlash degan ma`noni anglatadi?
A)trest B)industriya C)kartel D)sindikat
11.1240-yilda shvedlar…Novgorod yerlariga bostirib kiradilar.
A)Pskov chegaralari orqali B)Neva daryosi bo’ylab
C) Boltiqbo’yi orqali D)Suzdal bo’ylab
12. Noto`g`ri javobni toping.
A)Toxariston nomi qadimda Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan chorvador qabila – yuechjilar nomidan olingan
B)Toxariston Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari bilan savdo-madaniy aloqalar o`rnatgan
C)G`arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o`rtasida VI asrning birinchi yarmida iqtisodiy aloqalar faollashdi
D)O`rta asrlarda “ko`handiz”, “shahriston”, “rabot” deb yuritilgan shaharlarning uchala qismi ham alohida-alohida devorlar bilan o`rab olingan
13.Pyotr I davrida quyidagi islohotlardan qay birlari amalga oshirildi?
1.krepostnoylik bekor qilindi 2.dehqonlar to`lov evaziga ozod qilindi 3.boyarlar mavqeyi tiklandi 4.Rossiya ma`muriy boshqaruv jihatidan guberniyalarga bo`lindi 5.Senat tuzildi 6.qo`shinda harbiy xizmat umrbod muddatda o`taladigan bo`ldi
A)4,5,6 B)1,2,3 C)1,3,5 D)2,3,4
14.Buxoro xonligida zakot va boshqa tushumlardan tushgan mablag`larni zarur o`rinda ishlatishni kim nazorat qilgan?
A)muhtasib B)naqib C)mehtar D)parvonachi
15. Sun sulolasi davrida Xitoyning … viloyatlarida hunarmand-to`quvchilar shoyi gazlamalarning o`nlab xillarini tayyorlaganlar.
A)janubiy B)sharqiy C)shimoliy D)g`arbiy
16. Qaysi shayboniy hukmdorlar o`z davrining nihoyatda o`qimishli kishilari bo`lganlar?
1.Ubaydulloxon 2.Shayboniyxon 3.Abdulazizxon 4.Abdullaxon 5.Ko`chkunchixon
A)1,2,4 B)1,2,5 C)2,3,4 D)2,3,5
17. Yassaviy tariqatining asosida qanday g`oya ilgari suriladi?
A)dunyo rohati va farog`atidan voz kechmay, uzlatda toat va ibodat yo`lida zahmat chekish
B)mehnatsevarlik, odillik, bilimdonlik, C)bu dunyo noz-ne`matlaridan bahramand bo`lishning joizligi
D)kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish

18.Ilk o`rta asrlardaHindistonning ko`plab dengiz porti shaharlari mamlakatning qaysi tarafida joylashgan edi?______


19.Shayboniylar hukmronligi davrida Murg`ob vohasida barpo etilgan suv omborini toping. ____________________
20.Yuksak ilmiy unvon ma`nosini beruvchi “Akademik” so`zi qaysi tildan olingan?__________________________
21.Buxoro amirligida qanday lavozimdagi kishi vaqf mulklarini boshqargan?______________________________
22. Toshkentni ko`chmanchi jung`orlar qachon egallab olishgan?________________________________
23.Imomqulixonning elchisi Odambiy qachon Moskvaga boradi?_______________________________________
24. “Davolash bo`yicha dastur” asarining muallifi kim?______________________________________
25.Qachon Fransiyada feodal to’lovlar butunlay bekor qilindi?____________

Download 34.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling