9-sinf uchun olimpiada savollari 1-variant


Download 147.51 Kb.
bet1/5
Sana14.10.2023
Hajmi147.51 Kb.
#1702220
  1   2   3   4   5
Bog'liq
test


9-sinf uchun olimpiada savollari
1-variant
1.Qaysi qo’shma gapdagi yasama so’z paronimiga ega?
A)Atrof jim-jit, go’yo borliq uyquga ketgan
B) Kim chaqqon bo’lsa, yutuq o’shaniki bo’ladi
C)Bilganim shuki, sog’inch va umid uning hamrohi bo’ldi
D) Maslahatim shuki, betashvish yashang
2. Yaxshi xislati bor: oppoq soqoli bilan farzandlarini ham, nevaralarini ham, qo’shni o’g’il-qizlarini ham-xullas, barchani sizlab gapiradi. Ushbu gap haqida berilgan noto’g’ri hukmlarni belgilang.
1)bog’lovchisiz qo’shma gap 2)uyushiq bo’laklar qatnashgan 3) kiritmalar qatnashgan 4)umumlashtiruvchi bo’laklar qatnashgan 5) ikki nuqta uyusiq bo’laklardan oldin kelgani uchun 6) umum lashtiruvchi bo’lak qatnashgan sodda gap
A) 1,2,3,4 B) 5,6 C) 1,3 D) 1,3,5.6
3. 1. Bo’lsa, esa so’zlari 2.goh…,goh.., dam.., dam.., 3. –u ,–yu,-da, 4. Ammo, lekin. Biroq. Ushbu bog’lovchilardan qaysilari orqali bog’langan qo’shma gaplar ma’nodoshligi hosil qilinadi?
A) 1,2,3 B) 3,4 C) 2,3,4 D) 1,3,4
4. Qaysi gapda qismlar zidlov bog’lovchisi vazifasida kelgan vosita orqali bog’langan?
A) Shundoq dedi-da, quchog’ini ochib Abu bakr tomon kela boshladi B) Soni ko’p, lekin salmog’I yo’q
C) Ba’zilar hordiq chiqarishga kirishadilr-u, ba’zilar podalari ketidan cho’lga qarab ketdilar
D) Jahl – dushman, aql esa do’stdir
5. Polvonlar epchilikda bir-biridan o’tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. Ushbu gap qo’shma gapning qaysi turiga mansub?
A) bog’langan qo’shma gap B) bog’lovchisiz qo’shma gap.
C)qismlari uyushgan qo’shma gap. D) sodda gap
6. Qo’shma gap berilmagan qatorni toping
A) Umuman, odam bolasi tug’ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi
B) Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o’quvchilar faoliyatiga ham zarar keltiradi
C) Yigit-qizlarimiz O’zbekistonning, insoniyatning bolasi bo’lsa, hamma faxrlanadi
D) Komila ,nihoyat, tavakkaliga bir qovunni uzdi-da, hidlab olib chiqdi
7. Quyidagilardan qaysilari bog’lovchi vazifasidagi vositalarga kiradi ?
1.deb 2.-lek 3. –da 4. Go’yo 5. Shuning uchun 6.-sa 7. Esa
A) 1,2,5,7 B) 1,2,4,6,7 C) 1,2,5,6,7 D) 1,3,5,6,7
8. Ergashtiruvchi bog’lovchilar yordamida qo’shma gapning qaysi turlari bo’g’lanadi?
A) Kesim ergash gap,hol ergash gap. B) hol ergash gap
C) hol, to’ldiruvchi, aniqlovchi ergash g. D) hol. To’ldiruvchi ergash g.
9. Berilgan birliklarning qaysilari ham so`z birikmasi, ham turg`un birikma sifatida qo`llanishi mumkin?
1) boshiga yetmoq; 2) qulog`iga quymoq; 3) o`z yog`iga qovurilmoq;
4) yaxshi ko`rmoq; 5) to`nini teskari kiymoq; 6) ko`nglidan o`tkazmoq
A) 2,3,4,5 B) 1,2,3,4,5,6 C) 1,2,3,4,5 D) 2,4,5
10. Quyida keltirilgan fe’llardan qaysilari orttirma nisbat shaklida
1) bitirmoq; 2) qizarmoq; 3) qochirmoq; 4) tushirmoq; 5) solishtirmoq;
6) surishtirmoq; 7) uyg’otmoq ; 8) yupatmoq; 9) oshirmoq:
A) 1,4,5,9. B) 1,3,4,9. C) 2,8,9 D) 3,6,7,9.
11. Men tukcha boshlabon rivoyat , qildim bu fasonanani hikoyat. Ushbu bayt Navoiyning qaysi dostonidan olingan?
A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun” C) “Hayrat ul-abror” D) “Saddi Iskandariy”
12. Z.M.Boburning robiylari nechta?
A) 260ta B) 231ta C) 400 ta D) 186 ta
13. Boburning hayotsevarligi ayniqsa qaysi g’azallarida aks etgan?
A) “Yoz fasli, yor fasli”, “Topilmas” B) “Mening ko’nglimki…”, “Jahondin menga g’am bo’lsa..”
C) “Yoz fasli, yor fasli”, “Topmadim” D) “Mening ko’nglimki…”, “Yoz fasli, yor fasli”
14. 2. Ma’shuqasining husnini bashariyat tarixidagi eng go’zal inson bo’lmish misrlik Yusuf(a.s.)dan ustun qo’ygan shoir kim? A) Ogahiy B) Mashrab C) Furqat D) Bobur
15. “Yig’lar yuragimda Vatanim”, “Men g’olibman, buyuk lashkarman, Bosib oldim sevgi yurtini”,- deya o’z tuyg’ularini go’zal va ta’sirchan ifodalagan ijodkor kim?
A) M.Yusuf B) To’ra Sulaymon C) Cho’lpon D)Usmon Nosir
16. Furqatning Vatanni qo’msash, do’stlar sog’inchi Navoiydagi kabi maktub shaklida ifoda etilgan asari qaysi?
A) “Bir qamar siymoni..” B) “Bormasmiz” C) “Manam sho’rida bulbul” D) “Sabog’a xitob”
17. Qaysi shoir “yuzi qizil-oq, ostidagi tayloqi o’ynoqlab turgan”,”asli qalmoq, zoti qirg’iz, lola paypoqli” sahroyi bo’tako’z qizlarni madh etadi?
A) Navoiy B) Furqat C) Ogahiy D) Mashrab
18. “bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmaydi” deb qaysi asarda yozilgan?
19. Kim chaqqon va tez harakat bo’lsa, yutuq o’shaniki bo’ladi. Ergashgan qo’shma gap turini toping.
20. “Ravshan” dostonidagi qaysi qahramon “juda mergan edi” deb tasvirlangan?
21. “Alpomish” dostonida Barchinning sepi nechta tuyaga yuk bo’ladi?
22. Endi g’alaba bizniki, do’stim! Gapning kesimi qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan?
23. O’ktam bu mavzu ustida uzoq ishladi. Ushbu gapda nechta so’z birikmasi mavjud?
24. 1). ko'chmoq; 2) tikmoq; 3) sog'moq; 4) chiqmoq; 5) egmoq
Ushbu fe'llardan o'tgan zamon sifatdoshi yasalganda ularning qaysi biri fonetik qoida (yozuv) asosida yoziladi?_______________________________________________________
25. Sendek menga bir yori jafokor topilmas, Mendek senga bir zori vafodor topilmas. Misralardagi badiiy san’atni toping


Download 147.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling