9-sinfda nutq o‘stirishga qaratilgan mashq va topshiriqlar ishlab chiqish mashg‘ulotning maqsadi


Download 0.67 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi0.67 Mb.
#1013375
Bog'liq
5-laboratoriya ishi (1)


9-SINFDA NUTQ O‘STIRISHGA QARATILGAN MASHQ VA TOPSHIRIQLAR ISHLAB CHIQISH

Mashg‘ulotning maqsadi: 9-sinf o‘quvchilari uchun nutq o‘stirish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ishlab chiqish metodikasi bilan amaliy tanishtirish va ularni ishlab chiqish.

Topshiriqlar:
1-topshiriq. Sinonim so‘zlar lug‘atidan foydalanishni o‘rganishga qaratilgan topshiriq shaklini ishlab chiqing.

2-topshiriq. Quyida berilgan matn tarkibidan uning ta’sirchanligini oshiruvchi leksik birliklarni aniqlang, ularni tahlil qiling. Xuddi shunday jarayonni tashkillashtirish uchun o‘quvchilarga biror matnni tavsiya qiling.
Bugun bahorning birinchi kuni
Ko‘rkam ko‘klamning huzurbaxsh nafasi ko‘ngillarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. Butun borliq uyg‘onadi. Qir-adirlarda maysalar nish urib chiqa boshlaydi. Qish davomida uyquda bo‘lgan dov-daraxt shoxlarida yaproqlar kurtaklarni yorib, quyosh nurlariga talpinadi. Tabiat yashillikka burkanadi.
Bog‘-rog‘lar gullarga ko‘miladi. Qushlarning sayrashi qalblarga quvonch ulashadi.
Bahor - fasllar kelinchagi. Bunda gulyaproqlarning muattar hidi, jonbaxsh yellarning ajib sho‘xligi, uyg‘ongan hayotning nafis nafasi qalblarni junbushga keltiradi. Daraxtlar gulga burkanadi, qushlarning orombaxsh sasi olamni tutadi.
Tuproq hidini sog‘ingan bobodehqon ketmonini olib, dalasiga oshiqadi. Kim ko‘chat qadagan, kim yer chopgan, kim daraxt butagan. Boshqasi ariq qazigan. Barcha-barcha tiriklik tashvishlari bilan band.
Bahor - yangilanish, yasharish fasli! Bu - go‘zallik, nafosat fasli! Bahorning birinchi kuni barchangizga muborak bo‘lsin!
Yana bahor keldi, yana olamda,
Ajib bir go‘zallik, ajib bir bayot,
Men seni qutlayman shu ulug‘ damda,
Ulug‘ yelkadoshim, muzaffar hayot!

3-topshiriq. Ko‘p ma’noli so‘zlar bilan bog‘liq quyidagi ko‘rinishdagi mashq va topshiriqlar ishlab chiqing.

KOʻP MAʼNOLI SOʻZLAR
Har bir so‘zning o‘z ma’nosi bor. Ayrim soʻzlarning esa bir nechta maʼnosi boʻladi. Bunday soʻzlar koʻp maʼnoli soʻzlar deyiladi. Masalan, “temir” soʻzi aslida metallni bildiradi. Bundan tashqari, “temir” soʻzining qattiq, mustahkam, chidamli degan maʼnolari ham bor. Misol uchun, kuchli va chidamli kishilarni “temir odam” deb ataymiz.

H ayvonlarning nomida qanday ma’no yashiringanini bilib oling
Tulki – ayyor,
s her – kuchli, jasur
ilon – yovuz, ayyor
Ot – ziyrak
Eshak – ahmoq
Toʻtiqush – mahmadona, sergap
Ayiq – polvon, bahaybat
Qoʻy – yuvosh
Toshbaqa – donishmand, imillagan, sekin.
Tuya – sabrli, chidamli
It – vafodor

Ko‘p ma’noli so‘zlarga doir rebuslarni yeching.




+ =
+ = ayyor odam





+ =
+ =




+ =
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling