9-variant Talaba Shomurodova Laylo
Download 304.51 Kb.
|
9-variant Shomurodova Laylo
3. “BERI” indeksining asosiy ko’rsatkichlarini aytib bering.?
«BERI» indeksiga kirgan ko’rsatkichlar orasida siyosiy barqarorlik (0,12 ball) eng katta ahamiyatga ega. Tahlillar ko’rsatishicha, G’arb ekspertlari, aynan, harbiy harakatlar yoki ichki vaziyatning keskinlashuvi yuz bergani bois, shuningdek, iqtisodiy va siyosiy nobarqarorlik tufayli Gruziya, Moldava va Tojikistonga reytinglarda so’nggi o’rinlar berishgan, ya’ni ular «BERI» indeksining eng past ko’rsatkichi darajasiga ega. Mazkur usulning mohiyati shundaki, obro’li ekspertlarni50 tanlash asosida va ularga 5 balli (0 dan 4 ballgacha va ularning yig’indisi 1 ga teng) shkalada 15 ta asosiy mezonlar bo’yicha mamlakat riskini baholash taklif etiladi. Ushbu usulda baholash mezonlari va ularning qiymatlari quyidagilardan iborat: – siyosiy barqarorlik (0,12); – xorijiy investitsiyalarga bo’lgan munosabat (0,06); – milliylashtirilishi xavfi (0,06), agar mamlakat qonunchiligida mulkni haq to’lamasdan ekspropriatsiya qilish ko’zda tutilgan bo’lsa, 0 ball qo’yiladi; – valyutaning devalvatsiya qilinish ehtimoli va darajasi (0,06); – to’lov balansining holati (0,06); – biznesning byurokratlashish darajasi (0,04); – iqtisodiy o’sish sur’ati (0,1); – valyutaning erkin almashinuv darajasi (0,1); – shartnoma majburiyatlarini bajarish soni (0,06); – mehnat unumdorligi darajasi va ish haqi xarajatlari (0,05); – yuridik va marketing maslahatlarini olish, malakali mutaxassislarni jalb qilish imkoniyati (0,02); – aloqa va transportni tashkil qilish (0,04); – davlat organlari va jamoat tashkilotlarining munosabatlari (0,04); – qisqa muddatli kreditlarni olish shartlari (0,08); – uzoq muddatli kreditlar, xususiy kapitalni olish, foydalanish shartlari (0,08). Umuman olganda, «BERI» xizmati bu borada katta obro’ qozongan tashkilotdir. Mazkur tashkilot kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya muhitini tahlil qilib, investitsiyalarning risklilik darajasini aniqlab beradi. «BERI» xizmati matbuotlar orqali turlicha indekslar bilan investorlarning xorijiy mamlakatlarga investitsiya qo’yishining xavf-xatarlilik, risk darajasini aniqlab beradi. Hozirda bu xizmat ko’rsatuvchi tashkilot 55 dan ortiq kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya muhitini 15 ta ko’rsatkichni qamrab oluvchi mezon (ball) bilan baholamoqda. Bunda mamlakat investitsiya muhiti qanchalik yuqori ballga ega bo’lsa, u shunchalik barqaror mamlakat hisoblanadi. Bu ball indekslarini hisoblashda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar ta’siri ham hisobga olinadi. Bu tashkilot faqatgina hozirgi joriy davrnigina emas, balki istiqbolda kutilayotgan o’zgarishlarni ham baholaydi. Download 304.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling