5.Kursning predmeti, maqsadi, vazifasi va mazmuni
Informatika va axborot texnologiyalari" fanining predmeti bir-biri bilan uzviy bog’liq uchta tushuncha: algoritmlash, dasturlash va kompyuterdan tashkil topgan bo’lib, talabalarning algoritmik fikrlash madaniyatini o’stirish, kompyuter savodxonligini oshirish va o’qish jarayonida, ilmiy texnik hisoblash ishlarida, ilmiy izlanishlarda qo’llash bilimlarini berishni nazarda tutadi.
"Informatika va axborot texnologiyalari" fanining vazifasi talabalarga kompyuterda qayta ishlov uchun zarur bo’lgan axborotlarni tasvirlash, yechilayotgan masalani birmuncha sodda bo’laklarga bo’lib matematik modellash asoslarini o’zlashtirish, asosiy algoritmlar turlarini, algoritmik tillardan birini mukammal bilish, dastur tuzish va kompyuterga kiritib natija olish, shaxsiy kompyuterlarda ishlashni o’rgatishdan iboratdir.
Qo’yillgan masalani to’g’ri yechib olish uchun zarur bilim va mahorat (algoritm va usul), kompyuter tushunadigan dastur va kompyuterning o’zi bir butunning uch qismi, biz o’rganishimiz kerak bo’lgan fanning tarkibiy qismidir.
Umuman aytganda, "Informatika va axborot texnologiyalari" axborotlarni kompyuter yordamida
tasvirlash, saqlash, ishlov berish va uzatish usullarini o’rganadigan fandir.