2.Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» kurslarining mazmuni. Axborot texnologiyalari fani o‘quv dasturi o‘rta maxsus, kasb–hunar ta‘lim muassasalari (akademik lisey va kasb-hunar kollejlari) uchun mo‘ljallangan. Fanning asosiy maqsadi – o‘quvchilarni axborot madaniyatli qilib tayyorlash, ya‘ni ularni zamonaviy axborot texnologiyalarining usul va vositalari 11 haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish, shuningdek, ulardan o‘z kasbiy faoliyatlarida foydalana olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Bu akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga: - axborot texnologiyalari usul va vositalaridan o‘qish davomida va kelajakdagi kasbiy faoliyatida foydalana olish; - axborotni tashkil qilish va izlab topish; - ajratib olingan axborotni tizimga solish, umumlashtirish va boshqa odamlarga tushunarli shaklga keltirish; - zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida axborot va bilimlarni almasha olishlariga imkoniyat yaratadi.
Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida, keyinchalik akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilar «Informatika» umumta‘lim fanini o‘rganish natijasida axborot texnologiyasi haqida boshlang‘ich tushunchalarga ega bo‘lib, kompyuter savodxonligiga erishadilar. Axborot texnologiyalarini yanada chuqurroq 12 o‘zlashtirish va ulardan foydalanish malaka va ko‘nikmalarini hosil qilish Axborot texnologiyalari fanini o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Natijada o‘quvchilar axborot madaniyatini egallaydilar. Axborot madaniyati – bu, insonni axborot texnologiyalarining barcha imkoniyatlaridan o‘z faoliyatida samarali foydalana olishini bildiradi. Axborot madaniyatiga erishgan odam axborotlashgan jamiyatning faol a‘zosiga aylanadi. «Axborot texnologiyalari» fanini akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining barcha yo‘nalishlarida o‘qitilishi sababli quyida keltirilayotgan dasturning u yoki bu bo‘limini o‘rganish darajasi o‘quvchilarning qiziqishi va tanlangan kasbiy yo‘nalishiga bog‘liq holda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |