926-guruh talabasi Usanov Jaloliddin


Download 16.76 Kb.
Sana29.10.2023
Hajmi16.76 Kb.
#1733025
Bog'liq
Xufyona test


926-guruh talabasi Usanov Jaloliddin.
1. Xufyona iqtisodiyotning zamonaviy bozor xo‘jaligidagi rolini tubdan o’zgartirvorgan Ernando de Sotoning “Boshqa yo‘l” mavzusidagi monografiyasi qachon nashr qilingan.
a)1987-yil b)1989-yil c)1991-yil d) 1990-yil
2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini nechi foizdan nechi foizgacha pasaytirildi.
a) 15% dan 12% gacha b) 16% dan 11% gacha c) 14% dan 12% gacha d) 18% dan 14% gacha
3. Hozir reydlar Soliq kodeksining nechinchi moddasida keltirilgan soliq nazoratining shakllari ro‘yxatiga kiritilmagan.
a) 67-modda b) 65-modda c) 47-modda d)52-modda
4. Davlat soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarga nisbatan haddan tashqari qattiq qanday jazolarni qo‘llashdan manfaatdor emas.
a)moliyaviy b)iqtisodiy c)ijtimoiy d)a,b javoblar to’g’ri
5. Qanday firmalar orqali xorijiy banklarning kredit resurslariga, xalqaro depozitlar bozori hamda kapital va investitsiyalarni boshqaruvi xizmatlariga yo‘l ochiladi.
a)xususiy b)yakka c)offshor d)oilaviy
6. Hozirgi paytda nechi foizdan ortiq korxonalar va mulkdorlar offshor biznesiga ega.
a)60% b)70% c)80% d)85%
7. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining nechinchi moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki boshqaruvi qarori bilan ofshor yurisdiksiyalarning ro‘yxati tasdiqlangan.
a)47-modda b)153-modda c)181-modda d)175-modda
8. Bu ro‘yxatga nechta offshor zonalar kiritilgan.
a)68 ta b)58 ta c)66 ta d)67
9. Yevrokomissiya nechinchi yilda 92 davlatdagi soliq shaffofligini baholadi.
a)2017-yil b)2018-yil c)2020-yil d) 2021-yil
10. Amerika Samoasi, Guam, Samoa, Trinidad va Tobago hamda Virgin orollari nechinchi yilda ro‘yxat tuzilganidan buyon soliq tizimiga hech qanday o‘zgartirish kiritmagan.
a)2017yil b)2018 yil c)2019 yil d)2020 yil
11. Offshor firmaga egalik qilish maxfiyligi qanday institut tomonidan ta’minlanadi.
a) nominal egalar b) nominal direktorlar c) to’g’ri javob yo’q d) nominal egalar va nominal direktorlar
12. Qanday faoliyatga soliq to‘lovlaridan rasmiy ozod bo‘lish strategiyasi kiradi.
a) noqonuniy b)qonuniy c)to‘g‘ri javob yoq d)norasmiy
13. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning qanday asosiy prinsiplardan iborat:
a) qonuniylik; b) ochiqlik va shaffoflik; c) tizimlilik; d) barcha javoblar to’g’ri;
14. Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar qaysilardan iborat:
a) davlat organlari faoliyatining ochiqligini va ularning hisobdorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining va boshqa xodimlarining o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish;
b) fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
c) davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
d) barcha javoblar to’g’ri;
15. Qoidaga ko‘ra “puxta“ amaldorlar katta hajmda pora olayotganda uni nima deb ataladigan offshor hududidagi bank hisobiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazishni afzal ko‘radi.
a)soliq qiroli b) soliq jannati c)qirollar d) to’g’ri javob yo’q.
16. Fransiyada korrupsiyaga qarshi kurash dasturini nechi nafar kishidan ortiq shtat birligi yoki muayyan mulk oborotiga ega har qanday korxona yeki tashkilot joriy etishga majbur.
a)400 b)450 c)600 d)500
17. Korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgar bo‘lgan mansabdor shaxslarsonining statistikasi shuni ko‘rsatadiki, davlat muassasalari va korxonalar xodimlariga qarshi barcha da’volarning nechi foizi qo‘zg‘atilgan.
a)70 b)80 c)85 d)71
18. Bugungi kunda davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning umumiy soni nechtani tashkil etadi.
a)2819 ta b)2800 ta c) 2000 ta d) 2568 ta
19. Davlat nechi turdagi tovarlar va xizmatlar narxlarini tartibga soladi.
a)30 b)35 c)37 d)40
20. O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashda uzoq muddatli ijobiy dinamikani namoyish etuvchi nechta davlatdan biri.
a)18 b)17 c)19 d)16
Download 16.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling