Mavzu: Inson huquqlarining ta’minlashda davlat organlarining
o’rni va roli
Kirish…………………………………………………………………….……2-4
Asosiy qism:
1 bob. O’zbekistonning davlat boshqaruv sohasida demokratik
qadriyatlar va insonlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga
doir olib borayotgan vazifalariga doir masalalar.
1.1. Inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning
mazmun mohiyati……………………………………………………………5-.11
1.2. Davlat organlarining isloh qilish inson manfaatlarini himoya
qilish mamlakatni demokratik yo’ldan rivojlantirishning huquqiy
kafolati sifatida………………………………………………………………11-20
2 bob. Inson huquqlarining ta’minlashga qaratilgan davlat
organlarining konstitutsiyaviy huquqiy asoslari.
2.1. Vakillik organlarining inson huquqlarini ta’minlash sohasidagi vakolatlari…………………………...............................................................21-24
2.2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlari- inson huquqlari
himoya qilinishinng kafili sifatida……………………………………….…24-32
Xulosa…………………………………………………………………….…33-34
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..35-36
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi”1 davlatimiz hamda jamiyatimizni rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichini boshlab berdi. Kontseptsiya Konstitutsiyaning asosiy normalarini bosqichma-bosqich amalga oshirish doirasida “demokratik yangilanish va modernizatsiya jarayonlarining mantiqiy va qonuniy davomidir”.
“Mazkur Kontseptsiya, o’z mohiyat e’tiboriga ko’ra, dunyoda tub o’zgarishlar yuz berayotgan hozirgi zamonda ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirishning uzoq muddatga mo’ljallangan milliy strategiyasidir”2.
Kontseptsiya asosida Konstitutsiyaga kiritilgan oxirgi o’zgartish va qo’shimchalar quyidagi maqsadlarga qaratilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |