Mavzu: Inson huquqlarining ta’minlashda davlat organlarining o’rni va roli Kirish Asosiy qism


Download 167.77 Kb.
bet5/11
Sana14.01.2023
Hajmi167.77 Kb.
#1092591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
курс ИШИ НАМУНА

birinchidan, turli normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan tezkor-qidiruv faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi normalarni tizimlashtiradi;
ikkinchidan, tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishda qonuniylikka rioya etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taominlashning huquqiy kafolatlarini yaratadi;
uchinchidan, surishtiruv va dastlabki tergovning sifatini, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish va o’z vaqtida aniqlash choralari samaradorligini oshiradi;
to’rtinchidan, sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini liberallashtirishga sharoit yaratadi.
Bu qonunning qabul qilinishi demokratik davlatlarning umumehtirof etilgan amaliyotiga mos kelishini aytib o’tish lozim.
Mahlumki, Jinoyat-protsessal kodeksi normalariga ko’ra, jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslar ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoxud ekspertiza o’tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilishi mumkin.
Xalqaro yuridik tajribani o’rganish natijalari chet davlatlarda ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlarni saqlash, shu jumladan vaqtincha saqlash hibsxonalari va tergov hibsxonalarining faoliyati alohida qonun bilan tartibga solinishini ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda esa bu masalalarni tartibga soluvchi maxsus qonun bo’lmagani sababli, ular shu paytga qadar tegishli organlarning idoraviy hujjatlari va boshqa qonunosti hujjatlar bilan tartibga solib kelingan.

1.2. Davlat organlarining isloh qilish inson manfaatlarini himoya qilish mamlakatni demokratik yo’ldan rivojlantirishning huquqiy kafolati sifatida.
Mustaqilligimizning dastlabki yillarida qabul qilingan Asosiy Qonunimiz suveren davlatimizning qonuniy negizini shakllantirishning asosiy poydevori, mustaqil davlatchiligimizning tamal toshi bo’ldi.
Bugungi kunda Bosh Qomusimiz moddalari va qoidalarini hayotga keng joriy etish samarasi o’laroq, O’zbekistonda konstitutsiyaviy davlat barpo etildi. Yahni Asosiy Qonunda belgilangan tartibda Oliy Majlis, Prezident, Vazirlar Mahkamasi, sud hokimiyati va boshqa davlat organlarining faoliyati yo’lga qo’yildi.
Konstitutsiyaviy davlat - bu Asosiy Qonun normalari asosida shakllantirilgan davlat organlari tizimidir.
Asosiy Qonunimizning 7-moddasida qayd etilganidek: “Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko’zlab va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.
Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o’zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to’xtatib qo’yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo’ladi”13.
Konstitutsiyaviy tuzum - insoniyat ijtimoiy turmushining buyuk g’alabasi, umumehtirof etilgan hayot shakli hisoblanadi. Uni zaiflashtirishga, uning barqarorligiga putur yetkazishga, konstitutsiyaviy tuzilmalar obro’sini to’kishga qaratilgan har qanday urinish huquqiy davlat ruhi va mohiyatiga zid keladi. Konstitutsiya mavjud tuzumga qarshi qaratilgan harakatlarga yo’l qo’ymaydi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi konstitutsiyaviy tuzum tushunchasining o’zini ham boyitadi. U konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni, yahni Konstitutsiyani o’zgartirish uchun kuch ishlatishni maqsad qilib qo’ygan siyosiy partiyalar, shuningdek, boshqa ijtimoiy birlashmalar tashkil etilishini va ular faoliyatini taqiqlaydi. Fuqarolar Konstitutsiyaga rioya etishga, binobarin unga asoslangan tuzumga itoat qilishga majburdirlar.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasi ilk bor qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarini aniq ajratib qo’ydi14. Bu, o’z navbatida, butun davlat hokimiyatining bitta organ va bir shaxs qo’lida mujassam bo’lishining oldini oladi.
Konstitutsiyamizning 14-moddasida belgilab qo’yilganidek: “Davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik printsiplari asosida amalga oshiradi”15.
“O’zbekiston xalqi nomidan faqat u saylangan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi” mumkin (10-modda)16.
O’zbekiston Respublikasining Prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIX bobida belgilab berilgan.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasida davlat boshlig’idir. Prezident davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini taominlaydi (Konstitutsiya, 89-modda)17. Konstitutsiyamizning 90-moddasiga ko’ra: “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o’ttiz besh yoshdan kichik bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O’zbekiston Respublikasining Prezidenti bo’lishi mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan besh yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O’zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi”18.
Mamlakatimizda Prezidentlik lavozimi 1990 yil 24 martda tahsis etilgan. Yirik davlat va siyosat arbobi Islom Abdug’anievich Karimov O’zbekiston Respublikasining birinchi va amaldagi Prezidentidir.
O’zbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan barcha yutuqlarni haqli ravishda Islom Karimov nomi va faoliyati bilan bog’laydi. Prezidentimiz sobiq sovet tuzumidan keyin paydo bo’lgan beqaror, notinch davrda O’zbekiston jamiyatida barqaprorlik va ishonni paydo qila oldi, xalqimiz oldiga millatni yuksaklarga ko’taradigan ulkan maqsad va vazifalar qo’ydi.
Islom Karimov - O’zbekistonda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy o’zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi, mamlakatning istiqlol dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yo’lini belgilab bergan atoqli davlat arbobidir. Prezidentimiz demokratik talablar va xalqaro mezonlarga to’la javob beradigan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni hayotga tatbiq etishning kafolatidir.
Xorijlik ekspertlarning qayd etishicha, milliy qonunchiligimizning asosiy qoidalari asosida muntazam takomillashib borayotgani Konstitutsiyaning xalqimiz hayotida muhim o’rin egallaganini tasdiqlaydigan muhim omillardan biri hisoblanadi.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi”19 davlatimiz hamda jamiyatimizni rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichini boshlab berdi. Kontseptsiya Konstitutsiyaning asosiy normalarini bosqichma-bosqich amalga oshirish doirasida “demokratik yangilanish va modernizatsiya jarayonlarining mantiqiy va qonuniy davomidir”.
“Mazkur Kontseptsiya, o’z mohiyat e’tiboriga ko’ra, dunyoda tub o’zgarishlar yuz berayotgan hozirgi zamonda ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirishning uzoq muddatga mo’ljallangan milliy strategiyasidir”20.
Kontseptsiya asosida Konstitutsiyaga kiritilgan oxirgi o’zgartish va qo’shimchalar quyidagi maqsadlarga qaratilgan:

Download 167.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling