Mavzu: Inson huquqlarining ta’minlashda davlat organlarining o’rni va roli Kirish Asosiy qism
birinchisi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining huquqiy va har tomonlama kafolatlanishi; ikkinchisi
Download 167.77 Kb.
|
курс ИШИ НАМУНА
birinchisi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining huquqiy va har tomonlama kafolatlanishi;
ikkinchisi, huquq va qonunning ustuvorligi; uchinchisi, qonunlarning to’g’ri amal qilishi; to’rtinchisi, fuqarolarning davlat oldidagi mashuliyati va aksincha, davlatning fuqarolar oldidagi mashuliyati; hokimiyatlarning taqsimlanish printsipining amaliyotga tatbiq qilinishi; beshinchisi, jamiyat tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan, demokratiya, qonuniylik va konstitutsiyaviylik rejimlarining mavjudligi. Demokratik qadriyatlar va insonlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning amalda muhim omiliga aylanishi zarur bo’lgan fuqarolik institutlarini, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tuzilmalari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, xususan, mahallaning huquq va vakolatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash lozim. Va albatta, davlatimiz rahbari qayd etganidek, faqat keng miqyosli iqtisodiy islohot va o’zgarishlarni biz tanlagan, o’zini amalda to’la oqlagan taraqqiyot modeliga hamohang ravishda davom ettirish iqtisodiyotimizning barqarorligi va zarur rivojlanish surhatlarini, hayotimiz sifatini oshirish, dunyo hamjamiyatida munosib o’rin egallash imkonini beradi6. Boshqacha aytganda, O’zbekistonimiz yaqin va uzoq istiqbolda o’z oldiga qo’yayotgan yuksak maqsadlarga erishishning amaliy strategiyasi bo’lgan ushbu Kontseptsiya: - davlat va jamiyat qurlishi sohasida; - sud-huquq tizimida; - fuqarolarning axborot olish erkinligini taominlash sohasida; - saylov qonunchiligini yanada demokratlashtirish; - fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish; - mamlakatimizda olib borilayotgan bozor islohotlari va bozor infratuzilmasining samaradorligi va tahsirchanligini oshirish sohasidagi o’zgarishlarni o’z ichiga olgan. Mazkur Kontseptsiyada o’z ifodasini topgan ushbu islohotlar, Prezidentimiz aytganidek, “bir-ikki yilga emas, balki o’nlab yillarga mo’ljallangan hal qiluvchi vazifa ekanini biz, albatta, yaxshi anglaymiz”7. Kontseptsiya 2010 yil noyabrg’ oyida qabul qilingan bo’lishiga qaramay, o’tgan 2 yildan ko’proq vaqt ichida unda ko’zda tutilgan 50 dan ziyod qonundan 12 tasi ishlab chiqilgani hamda qabul qilingani diqqatga loyiqdir. O’tgan 2012 yilda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan 30 ta qonun qabul qilingan bo’lsa, shundan 9 tasi Kontseptsiyaga muvofiq tayyorlangan. Bu qonunlarning 28 tasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi va kuchga kirdi. Bu haqda gap borganda, hech shubhasiz, 2011 yilda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)»gi Qonun8 davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida g’oyat muhim qadam bo’lganini tahkidlash o’rinlidir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ushbu o’zgartirish va qo’shimchalar demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat hokimiyatining uchta subhekti: davlat boshlig’i - Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o’rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini taominlash, shuningdek, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda tahsirini kuchaytirishga qaratilgan bo’lib, amalda allaqachon o’zining ijobiy natijalarini namoyon etmoqda. Ayni vaqtda shuni unutmasligimiz kerakki, deydi Prezidentimiz, mazkur islohotlarning muvaffaqiyati, avvalambor, mamlakatimizni yanada demokratlashtirish va liberallashtirish yo’lidagi sahy-harakatlarimiz surhatiga, fuqarolarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligiga, ularning siyosiy va huquqiy madaniyatining yuksakligiga va o’z-o’zidan ayonki, birinchi navbatda siyosiy partiyalarning yetuklik darajasiga, ularning O’zbekistonimiz taqdiri va kelajagiga daxldor bunday ulkan mashuliyatli vakolatlarni o’z zimmasiga olishga qay darajada tayyor ekaniga bevosita bog’liqdir9. E’tiborli jihati shundaki, qabul qilingan qonunlar, eng avvalo, konstitutsiyaviy islohotlarni davom ettirishga puxta huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, keyingi vaqtda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, saylov qonunchiligining printsiplari va normalariga, shuningdek, Oliy Majlisga, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga navbatdagi saylovlarga tayyorgarlik ko’rish hamda ularni o’tkazishda umumehtirof etilgan xalqaro huquq printsiplari va normalariga rioya etilishini taominlashga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari qabul qilinganini ehtirof etish maqsadga muvofiqdir. Xususan, 2012 yilda qabul qilingan “Davlat hokimiyati vakillik organlariga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy qonun10 ushbu vazifalarni hal etishga xizmat qilishini alohida tahkidlash lozim. Ushbu Qonunning asosiy maqsadiga ko’ra, saylov jarayonini amalga oshirish hamda hokimiyatning vakillik va ijro etuvchi tarmoqlarini shakllantirishda siyosiy partiyalarning faol ishtirok etishi uchun tashkiliy va huquqiy jihatdan maqbul shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Istiqlol yillari mamlakatimizda davlat tuzilishini qaror toptirish va isloh etish, hokimiyat tarmoqlari bo’linishining konstitutsiyaviy printsipini amalga oshirish, ular o’rtasida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi hamda vakillik hokimiyatining roli va vakolatlarini kuchaytirish, sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash borasida ulkan ahamiyatga molik ishlar amalga oshirildi. Ayni vaqtda milliy davlatchiligimiz va xalqimiz uchun yangilik bo’lgan erkin bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan va qaror topayotgan dastlabki yillarda mamlakat Prezidentiga berilgan huquq va vakolatlarning bir qismini hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tuzilmalariga berish ishlari davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi va rahnamoligida izillik bilan olib borilmoqda. Dastavval, ilgari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti egallab turgan Vazirlar Mahkamasi Raisi lavozimining bekor qilinishi hamda bu vakolatlarning Bosh vazirga o’tkazilishi shu yo’ldagi eng muhim qadam bo’lganini tahkidlash lozim. Yana bir muhim misol - mamlakatimizda ikki palatali parlament shakllanishi bilan Prezident vakolatlarining katta qismi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga o’tkazilganiga va bugungi kunda bu vakolatlar muvaffaqiyat bilan bajarilayotganiga e’tibor qaratish ayni muddaodir. Va albatta, faqat keyingi vaqtning o’zida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining roli va ahamiyatini oshirish, shu jumladan, unga ijro etuvchi hokimiyatni shakllantirishga qaratilgan yangi vakolatlarni berish, uning mamlakatimiz hayotidagi nazorat qilish funktsiyalarini kuchaytirish bo’yicha bir qator yangi qonun normalari qabul qilinganini eslamaslik mumkin emas. SHak-shubhasiz, bularning barchasi va bugungi kunda ko’rilayotgan boshqa chora-tadbirlar mamlakatimizning siyosiy va iqtisodiy tizimini demokratlashtirish va liberallashtirish yo’lida maqsadli, bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Tabiiyki, bugungi ana shu obhektiv voqelik, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mantig’i va izchilligi “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish to’g’risida”gi qonunni11 qabul qilishni taqozo etdi. Bu o’rinda Asosiy Qonunimizning 90-moddasiga kiritilgan ushbu tuzatish davlat boshqaruvining demokratik printsiplarini, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlarni amalga oshirishda Oliy Majlisning roli va ahamiyatini kuchaytirish bo’yicha mamlakatimizda kechayotgan jarayonlarni, shuningdek, rivojlangan demokratik mamlakatlarning ko’pchiligida qabul qilingan davlat qurilishi amaliyotini hisobga olgan holda kiritilganini tahkidlash darkor. Sud-huquq sohasidagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida qonun ustuvorligini, qonuniylikni, shaxsning erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taominlashga, jinoyat, jinoyat-protsessual va mahmuriy qonunchilikni erkinlashtirishga, sudga qadar ish yuritish bosqichida sud nazratini mustahkamlashga, «Xabeas korpus» institutini tatbiq etish sohasini kengaytirishga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilingani e’tiborni tortadi. Kontseptsiyada qayd etilganidek, o’tgan davrda qonun ijodkorligi jarayoni kengaygani va murakkablashgani, normativ-huquqiy hujjatlarning asoslanganiga va sifatiga nisbatan talablar sezilarli darajada oshgani bu sohada qonuniylikni taominlashning yangi va yanada samarali mexanizmlarini yaratishni, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning qonunlarga, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlar ehtiyojlariga mos bo’lishini taqozo etayotgan edi. Kontseptsiyada tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish printsiplari, asoslari, shakl va uslublari, uni olib boradigan organlar tizimini belgilab beradigan «Tezkor-qidiruv faoliyati to’g’risida»gi qonunni12 qabul qilish taklif etilgan edi va bu Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi tezkor-qidiruv xususiyatidagi tadbirlarni o’tkazishda fuqarolarning huquq va erkinliklarini taominlash, qonuniylikka rioya qilishning real huquqiy kafolatlarini yaratishga yo’naltirilgan. Bu Qonunning amalga kiritilgani quyidagi imkoniyatlarni beradi: Download 167.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling