96-2 mmt guruhi talabasi Madaminov Akmal 11-variant


Download 226.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.04.2023
Hajmi226.67 Kb.
#1395805
  1   2   3
Bog'liq
Madaminov Akmal



96-2 MMT guruhi talabasi Madaminov Akmal 
 
11-variant 
1. Qiymatning pul shakli? 
2. J.Keynsning “arzon pullar” nazariyasi? 
3. Naqdsiz pul aylanmasini tashkil qilish printsiplari? 
Javoblar:
 
1. Qiymatning pul shakli deganda pul birligining xarid qilish qobiliyati, ya‟ni 
unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligi tushuniladi. Pulni qiymati metal 
pulni zabt etish yoki qog‟oz pulni bosib chiqarish xarajatlarini bildirmaydi.
Bu xarajatlar pul qiymati emas, balki pulni muomilaga kiritish sarflaridir. Pulni qiymati 
narxga bog‟liq, narxlar ko‟tarilib, ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va aksincha. 
Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli bo‟lib hisoblanadi. 
Qiymatni oddiy yoki tasodifiy shakli bu tovar ishlab chiqarishning dastlabki 
davriga to‟g‟ri kelib tovarlar pulsiz bir-biriga bevosita ayirboshlangan. Bunda mahsulot 
ayriboshlash uchun ishlab chiqarilmagan, lekin uni ortikchasi tasodifiy shaklda 
ayirboshlangan. Tasodifiy ayirboshlash mehnat mahsulotining tovarga aylanganligini 
ifodalaydi. Ayriboshlash natijasida tovar mahsuloti o‟ziga teng qiymatli ekvivalent 
mahsulotga ayriboshlanadi. Ayriboshlash jarayonida iste‟molni qondirish birinchi 
darajali masala, tovarlar qiymatini taqqoslash esa ikkinchi darajali masala sifatida 
qaralgan. Masalan, 1 bolta = 20 kg don. 
Qiymatning to‟la yoki kengaygan shakli tovar ayriboshlash rivojlanishi bilan 
tasodifiy qiymat shaklidan to‟la yoki kengaytirilgan shakliga o‟tilgan. Bunday 
ayriboshlashda bir tovarga qarama-qarshi faqat bitta tovar emas, balki bir nechta 
tovarlar ishtirok etadi.
Umuman pul o‟z taraqqiyyotida 4 bosqich va 4 shaklga ega bo‟lgan: 
-Tovar shaklida- “qo‟yma” asrimizdan oldingi VII – asrgacha 
-Tanga pullar – “tanga” asrimizdan oldingi VII-XIX – asrlar 
-qog‟oz pullar – “banknot” XIX-XX asrlar 
-Elektron pullar – “kartochka” XX – asr o‟rtalaridan 



Download 226.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling