96-2 mmt guruhi talabasi Madaminov Akmal 11-variant
Naqdsiz pul aylanmasini tashkil qilish printsiplari
Download 226.67 Kb. Pdf ko'rish
|
Madaminov Akmal
3. Naqdsiz pul aylanmasini tashkil qilish printsiplari Naqd pulsiz pul aylanishi
– banklarda pul mablag„larini to„lovchilar va oluvchilarning hisobvaraqlari bo„yicha yozuvlar yordamida yoki o„zaro talablarni hisobga olish yo„li bilan amalga oshiriladigan pul aylanishidir. Naqdsiz pul aylanmasi quyidagi prinsiplar asosida tashkil etiladi: Naqdsiz pul aylanmasining me‟yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi. O„zbekistonda naqdsiz pul aylanmasining qonunchilik asoslari bo„lib quyidagilar hisoblanadi: O„zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. O„zbekiston Respublikasining Markaziy banki to„g„risidagi qonuni. O„zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to„g„risidagi qonuni. Naqd pulsiz hisob kitoblarni asosan banklarda ochilgan hisob raqamlar orqali o„tkazilishi. Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga ega. Barcha naqdsiz to„lovlar to„lovchining joriy hisob raqamidagi pul mablag„lari hisobidan amalga oshiriladi. Amaliyotda bir tijorat bankining mijozi ikkinchi bir tijorat bankining mijozi foydasiga naqd pulsiz to„lovni amalga oshiradi. Odatda har bir tijorat banki milliy valyutada bitta vertikal bitta gorizontal vakillik hisob raqamiga ega bo„ladi. To„lovchining va to„lovchining bankini likvidli bo„lishi. To„lovchining va to„lovchining bankini likvidli bo„lishi deganda ularni o„z majburiyatlarini pul mablag„lari bilan o„z vaqtida va to„liq to„lay olish qobiliyatiga aytiladi. Xalqaro ta‟mirlash va taraqqiyot banki ekspertlari korxonalarning likvidligini baholash uchun quyidagi ko„rsatkichlarni taklif qilishgan: Joriy likvidlik koeffitsienti – (Jlk) JA - joriy aktivlar JP - joriy passivlar Jlk = JA / JP Jahon banki ekspertlarining bu koeffitsientining eng past normativ darajasini 1.25 qilib belgilangan. Download 226.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling