A. A. Ganiyev
Ochiq va yopiq kalitlar bilan shifrlash tizimi
Download 0.8 Mb.
|
Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari
Ochiq va yopiq kalitlar bilan shifrlash tizimi. Kalitdan foydalanib shifrlash algoritmining ikki xil ko‘rinishi mavjud: simmetrik va asimmetrik (ochiq kalitli).
Ma’lumotlarni shifrlash uchun foydalanilgan kalit shifrni ochish kalitidan olingan yoki aksincha bo‘lsa, bunday kriptografik algoritmlar simmetrik deb nomlanadi. Ko‘pgina simmetrik algoritmlarda yagona kalitdan foydalaniladi. Bunday algoritmlar bir kalitli yoki maxfiy kalitli algoritmlar deb ataladi hamda xabarni yuboruvchi va uni qabul qiluvchi qanday kalitdan foydalanishni kelishib olishlarini talab etadi. Bir kalitli algoritmlarning ishonchliligi kalitni tanlash bilan aniqlanadi. Agar g‘araz- go‘y kimsaga kalit ma’lum bo‘lsa, u hech qanday qiyinchiliklarsiz barcha tutib olingan ma’lumotlarni shifrdan ochish imkonigi ega bo‘ladi. Demak, bunday shifrlash usulida tanlangan kalitni begonalardan sir saqlash muhim ahamiyatga ega. Shifrlashning simmetrik algoritmlari ikki turda bo‘ladi. Ulardan biri ochiq matnga bitlar bo‘yicha ishlov beradi. Ular potokli algoritmlar yoki potokli shifrlar deb nomlanadi. Ikkinchisida esa, ochiq matn bir necha bitdan iborat bo‘lgan bloklarga bo‘linadi. Bunday algoritmlar blokli algo- ritmlar yoki blokli shifrlar deb nomlanadi. Blokli shifrlashning zamonaviy algoritmlarida, odatda, blok uzunligi 64 bitni tashkil etadi. Simmetriyali tizimlarda kuyidagi ikkita muammo mavjud: Axborot almashishda ishtirok etuvchilar qanday yo‘l bilan maxfiy kalitni bir-birlariga uzatishlari; Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini aniqlash. Elektron raqamli imzo va ochiq kalitlar strukturasi. Elektron raqamli imzoni qo‘llashdan maqsad, avvalo, elektron hujjatdagi axborot asl nusxa ekanligini tasdiqlash, shuningdek uchinchi tarafga (arbitrga, sudga va boshqalarga) hujjatning muallifi ushbu shaxs ekanligini isbotlash. Ushbu maqsadga erishish uchun muallif o‘zining maxfiy individual raqami (individual kalit, parol) bilan hujjatga o‘rnatilgan tartibda «elektron imzo qo‘yish» jarayonini bajarishi lozim. Bunday imzo qo‘yishda, har gal individual kalit elektron hujjatdagi ma’lumotlar bilan ma’lum qoidaga muvofiq aralashib ketadi. Bunday biriktirilish natijasida hosil bo‘lgan raqam (ma’lum razrad uzunligidagi raqamlar ketma-ketligi) ushbu hujjatga muallif tomonidan qo‘yilgan elektron raqamli imzo hisoblanadi. Shunday qilib, elektron raqamli imzo qo‘yish va uni tekshirish protsedurasining har birida ishlatiladigan ikkita kalitdan bittasi foydalaniladi. Lekin bunda imzo qo‘yish kalitini tekshirish kaliti yordamida aniqlash imkoniyati umuman mumkin emasligi kafolatlangan bo‘lishi kerak. Hozirda taklif etilgan usullarda, amalda imzo qo‘yish kalitini (yopiq kalit), tekshiruv kaliti yordamida (ochiq kalit) qayta tiklash uchun uzoq davom etadigan murakkab hisoblash ishlarini bajarish lozimligi nazarda tutiladi. Elektron imzo g‘oyasi birinchi marta Diffi va Xellman asarida hujjatning asl nusxa ekanligini va muallif tomonidan imzolanganligini aniqlash uchun taklif etilgan. Hozirgi vaqtda axborot tizimlarida elektron raqamli imzo keng qo‘lla- nilmoqda (uzatiladigan yoki saqlanadigan shifrlangan matnga biriktirilgan raqam, ushbu axborotning butunligini va muallifning haqiqiyligini tekshi- rish imkoniyatini kafolatlaydi). Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling