A. A. Ganiyev


Download 0.8 Mb.
bet21/45
Sana22.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1377607
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari

Nazorat uchun savollar


  • Axborotlarni muhofaza qilishning texnik vositalari tushunchasi nimani anglatadi?

  • Maskirovkalovchi belgilarning ochilishi tushunchasini nimani bildiradi?

  • Demaskirovka belgilari nimalar bilan farq qiladi?

  • Texnik vositalar bilan himoyalanadigan ma’lumotlarning manbalari va tashuvchilari nimalardan iborat?

  • Nimalar ma’lumot tashuvchi vositalar hisoblanadi?

  • Ma’lumotlar chiqish kanali deb nimaga aytiladi?

  • Ma’lumotlar chiqib ketish kanalining paydo bo‘lish sabablari va sharoitlari nimalardan iborat?

  • Texnik kanal bo‘yicha ma’lumotlar chiqib ketishidan himoyalashda qanday amallar bajarilishi talab etiladi?

  • Tutib olishdan himoyalashning qanday usullar mavjud?

  • Akustik razvedkalar uchun qanday qurilmalar mavjud?
  1. AXBOROTLARNI KRIPTOGRAFIK HIMOYALASH USULLARI

    1. Kriptografiya va uning asosiy tushunchalari


Insoniyat taraqqiyotida yozuv paydo bo‘lgan davrdan boshlab axborotni himoya qilish muammosi ham yuzaga kela boshladi. Bu muammo harbiy va diplomatik ma’lumotlarni yashirincha uzatish zarura- tidan kelib chiqqan. Masalan, antik spartaliklar harbiy harakatlar vaqtida ma’lumotlarni shifrlash usullaridan foydalanganlar. Xitoyliklar tomonidan esa oddiy yozuvni iyerogriflar ko‘rinishida tasvirlash usuli qo‘llanilib, bu ularga ma’lumotlarni raqiblardan yashirish imkonini bergan.


Kriptografiya qadimiy yunon tilida “yashirin yozaman” degan ma’noni anglatib, axborotning konfidensialligini va autentligini ta’minlash usullari haqidagi fandir. Kriptografiya ma’lumotni, g‘arazgo‘y kimsalar tomonidan egallangan taqdirda, befoyda ko‘rinishga aylantirib beruvchi usullar to‘plamini tashkil etadi. Bunday usullar axborot xavfsizligiga taal- luqli ikkita asosiy masalani yechishga imkon beradi. Bular:

  • konfidensiallik himoyasi;

  • butunlik himoyasi.

Axborotning konfidensialligi va butunligi himoyasi muammolari bir- biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning birini yechimi ikkinchisi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Axborotlarni kriptografik aylantirish usullarini toifalashga turlicha yondashishlar mavjud. Dastlabki ma’lumotlarga ta’sir etish ko‘rinishiga ko‘ra kriptografik aylantirish usullarini 4 ta guruhga bo‘lish mumkin.





Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling