A. A. Ganiyev


Download 0.8 Mb.
bet29/45
Sana22.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1377607
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45
Bog'liq
Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari

Ekran yoki tarmoqlararo ekran – apparat va dasturiy vositalar majmui bo‘lib, o‘zidan o‘tkazuvchi tarmoq paketlarini belgilangan qoida- lar asosida turli protokollar bo‘yicha nazorat qiladi va filtrlaydi.
Tarmoqlararo ekranning asosiy vazifasi kompyuter tarmoqlarini no- qonuniy ruxsat etishlardan himoya qilishdir. Ba’zida ularni filtrlar deb ham atashadi. Chunki ular belgilangan tuzilishga (konfiguratsiyaga) va mezonlar- ga mos kelmaydigan paketlarni o‘tkazmaslik (filtrlash) vazifasini bajaradi. Yaqin vaqtlarga qadar ko‘plab kompyuter foydalanuvchilari Internet-
da ishlaganda yoki boshqa tarmoqlardan foydalanganda o‘z kompyuterlari viruslar bilan «kasallanishi» mumkinligi haqida tushunchalarga ega bo‘l- maganlar. Bugungi kunda esa deyarli barcha internetdan foydalanuvchilar o‘z kompyuterlariga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan xavflarni biladilar hamda har qanday virus va hujumlardan himoyalanish zarurligini tushunadilar.
Zamonaviy IT-bozori xavfsizlikni ta’minlovchi qurilmalarning turli variantlarini taklif qilmoqda. Umuman olganda, alohida holda kompyuter- lar antivirus dasturlari va tarmoqlararo ekranlar (brandmauerlar, fayrvol- lar) yordamida muvaffaqiyatli himoya qilinadi. Kompyuter tarmoqlarini himoya qilish esa murakkabroq bo‘lib, bunda alohida dastur ta’minoti bilan himoyani ta’minlab bo‘lmaydi. Kompyuter tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash uchun tarmoq chegaralariga tarmoqlararo ekran- larni o‘rnatish talab etiladi.
Tarmoqlararo ekranlarning asosiy vazifasiga tashqi tarmoqlar orqali g‘arazgo‘y kimsalarning axborotni o‘zgartirish, tarqatish yoki o‘chirish maqsadida kompterga hujum qilishidan himoya qilish kiradi. Kerakli kon- figuratsiyaga ega bo‘lgan tarmoqlararo ekranni tashqi tarmoq chegarasiga o‘rnatish orqali o‘z kompyuteringiz tashqaridan “ko‘rinmas” holga o‘ti- shiga ishonch hosil qilish mumkin. Zamonaviy tarmoqlararo ekranlar “rux- sat etilmagan barcha amallar taqiqlanadi” tamoyili asosida ishlaydi, ya’ni foydalanuvchi qaysi protokollarga yoki dasturlarga ichki tarmoqqa ruxsat berishni o‘zi hal qiladi. Tarmoqlararo ekranlar himoya vazifasidan tashqari tarmoq ilovalarining me’yorda ishlashini ham ta’minlaydi.
Albatta, tarmoqlararo ekran kompyuter olamida barcha ofatlardan saqlashni kafolatlay olmaydi. Bunda shuningdek, har doim “inson mezo-
ni”ni e’tiborga olish lozim. Chunki aynan u bilmagan holda (ba’zan esa maqsadli ravishda) xavfsizlik siyosatini buzuvchi harakatlarni qilish orqali axborot tizimiga zarar keltirishi mumkin. Bunday harakatlarga tashqi axborot tashuvchilarni ulash orqali axborotni chiqib ketishi, himoyalanma- gan qo‘shimcha internet-ulanishlarni o‘rnatish, qonuniy foydalanuvchi tomo- nidan axborotni maqsadli ravishda o‘zgartirish kabilarni kiritish mumkin.



    1. Download 0.8 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling