A. A. Ganiyev


Download 0.8 Mb.
bet35/45
Sana22.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1377607
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
Bog'liq
Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari

Shubhali taxlovchilar. Bunday turdagi zararlovchi dasturlar maxsus usul bilan taxlashni amalga oshirib, shifrlangan fayllarni keyinchalik qayta tiklashda evristik usullardan foydalanishni murakkablashtiradi.
Zararlovchi utilitlarboshqa turdagi viruslarni, troyan yoki qurtlarni yaratishni avtomatlashtirish, serverga DoS-hujumlarni uyushti-
rish, kompyuterni ishdan chiqarish kabilarni amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan zararlovchi dasturlardir. Virus, troyan yoki qurtlardan farqli ravishda bunday toifadagi dasturlar o‘zlari ish yurituvchi kompyuterlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf tug‘dirmaydi. Ularni ajratib turuvchi asosiy jihati – bu ular tomonidan amalga oshiriladigan harakatlardir.
Bunday toifadagi dasturlarga quyidagilarni misol keltirish mumkin:
Constructor yangi kompyuter viruslari, qurtlari va troyan dastur- larini tayyorlash uchun mo‘ljallangan dasturlar.
HackTool – noqonuniy foydalanuvchi tomonidan lokal kompyuter yoki tarmoqdagi kompyuterga hujumlar uyushtirish uchun foydalanila- digan dasturlar.
Spoofer– jo‘natuvchining qalbaki manzili orqali xabarlar va tarmoq so‘rovlarini yuborish imkonini beruvchi dasturlar.
DoS – kompyuterlarga DoS-hujumlarni uyushtirish uchun mo‘ljallan- gan dasturlar.


Nazorat uchun savollar


  • Axborotlarni muhofaza qilishning asosiy va yordamchi apparat vositalariga nimalar kiradi?

  • Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari qanday dastur- lardan iborat?

  • Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalarining afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?

  • Kompyuter tizimlaridan foydalanish huquqini cheklashning qanday usul va vositalari mavjud?

  • Kompleks xavfsizlik nimalardan iborat?

  • Qanday atributivli indentifikatorlarni bilasiz va ular qanday tartibda ishlaydi?

  • Autentifikatsiyalash qanday amalga oshiriladi?

  • Zararlantiruvchi dastur deb nimaga aytiladi?

  • Axborot tizimida zararlantiruvchi dastur mavjudligi qanday aniqlanadi?

  • Kompyuter viruslari nima?

  • Kompyuter qurtlari nima?

  • Troyan dasturlari qanday vazifalarni bajaradi?

  • Troyan dasturlarning qanday turlarini bilasiz?

  • Zararlovchi utilitlardan nima maqsadda foydalaniladi?

  1. Download 0.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling