A. A. Ganiyev
Download 0.8 Mb.
|
Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rootkit
Troyan dasturlari. Bunday zararlovchi dasturlar tashqaridan qara- ganda qonuniy dasturiy mahsulot ko‘rinishida bo‘lib, ishga tushirilganda ma’lumotlarni yo‘q qilishga, blokirovka qilishga, modifikatsiya yoki axborotdan nusxa olishga, kompyuter yoki kompyuter tarmog‘i faoliyatini ishdan chiqarishga yo‘naltirilgan noqonuniy harakatlarni amalga oshiradi. Virus va qurtlardan farqli ravishda, bunday toifadagi zararlovchi dasturlar o‘zlarining nusxasini yaratish imkoniga ega emas.
Backdoor (bekdor) – zararlangan kompyuterni g‘arazgo‘y kimsa tomonidan yashirin tarzda boshqarish uchun mo‘ljallangan zararlovchi dastur. Bunday zararlovchi dasturlar kompyuterda muallif tomonidan qo‘yil- gan barcha vazifalarni: fayllarni qabul qilish va yuborish, ularni ishga tushirish va yo‘q qilish, xabarlarni chiqarish, ma’lumotlarni o‘chirish, kompyuterni qayta ishga tushirish kabilarni bajarish imkonini beradi. Exploit (eksployt) – oldindan g‘arazli maqsadni ko‘zlovchi, lokal yoki tarmoqqa ulangan kompyuterdagi dasturiy ta’minotning zaif joylaridan foydalanish imkonini beruvchi, ma’lumotlar yoki bajariluvchi kodlarga ega bo‘lgan dasturlar. Odatda, eksploytlar g‘arazgo‘y kimsalar tomonidan kompyuterga kirish va keyinchalik unga zararlovchi kodlarni yuborish maqsadida foydalaniladi (masalan, sindirilgan Web-saytga kiruvchi barcha foydalanuvchilarni zararlash). Rootkit – tizimdagi alohida obyektlarni ochish yoki faollashtirish uchun mo‘ljallangan dastur. Odatda, ular yordamida reyestr kalitlari, fayllar yoki zararlangan kompyuter xotirasidagi jarayonlar ochilishi mumkin. Rootkit o‘z-o‘zidan hech qachon zarar keltirmaydi, biroq bu turdagi dasturlar aksariyat hollarda zararlantiruvchi dasturlar tomonidan o‘zining xususiy yashash vaqtini uzaytirish uchun foydalaniladi. Trojan – noqonuniy harakatlarni amalga oshirish orqali ma’lumot- larni yo‘q qilishga, blokirovka qilishga, modifikatsiya yoki axborotdan nusxa olishga, shuningdek, kompyuter yoki kompyuter tarmog‘i faoliyatini ishdan chiqarishga mo‘ljallangan zararlovchi dastur. U o‘z toifasidagi boshqa dasturlarning birortasiga o‘xshamaydi. Troyanlarga shuningdek, “ko‘pmaqsadli” troyan dasturlari ham kiradi. Ular bir vaqtning o‘zida bir nechta ruxsat etilmagan noqonuniy harakatlarni sodir etishga qodir bo‘lib, ularning birortasiga alohida yonda- shib bo‘lmaydi. Bir biridan farq qiluvchi harakatlarni amalga oshiradigan hamda “jabrlanuvchi”ga har xil ta’sir ko‘rsatuvchi troyan dasturlarning ko‘plab turlari mavjud. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: Trojan-Banker – foydalanuvchining bank tizimlariga, elektron mab- lag‘larga va plastik kartalariga taalluqli axborotlarni o‘g‘rilashga mo‘l- jallangan. Trojan-Dropper – foydalanuvchining kompyuteriga noqonuniy tarzda zararlovchi dasturlarni yashirin ravishda installyatsiya qilishga mo‘ljallangan. Trojan-Proxy – noqonuniy tarzda foydalanuvchining kompyuteri orqali anonim ravishda turli internet resurslariga ruxsat berishni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Trojan-Clicker – noqonuniy foydalanuvchi tomonidan Internet-re- surslariga murojaatni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan (odatda Web- sahifalarga). Trojan-PSW (Password-Stealing-Ware) – zararlangan kompyuterdan foydalanuvchining akkauntlari (login va parol)ni o‘g‘rilash uchun mo‘l- jallangan. Trojan-DDoS – noqonuniy foydalanuvchi tomonidan zararlangan kompyuter orqali oldindan aniqlangan manzilga DoS-hujum uyushtirish uchun mo‘ljallangan. Trojan-Downloader – noqonuniy foydalanuvchi tomonidan zarar- langan kompyuterga zararlovchi dasturlarning yangi versiyalarini o‘rnatish va ishga tushirish uchun mo‘ljallangan. Internetdan yuklangan dasturlar yoki ishga tushiriladi yoki operatsion tizim imkoniyatlariga mos ravishda avtomat tarzda yuklash uchun troyan dasturi tomonidan ro‘yxatga olinadi. Trojan-Spy – foydalanuvchi ortidan elektron ayg‘oqchilik qilish uchun mo‘ljallangan. Olingan ma’lumotlar (klaviatura orqali kiritiluvchi ma’lumotlar, ekrandagi tasvirlar, faol ilovalar ro‘yxati va boshq.). g‘araz- go‘y kimsaga uzatib turiladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling