A. A. Isoqboyevning Istiqlolchilik
Download 0.82 Mb.
|
istiqlolchilik harakati tarixi
So’z boshiXX asr O’zbekiston tarixida, o’zbek xalqi hayotida ham chuqur iz qoldirdi. Xalqimiz bu asrda bir-biridan farqli bo’lgan uch xil tuzumni boshdan kechirdi. Rossiya imperiyasi va mustabid sovet totalitar tartiboti asoratlari ortda qoldi. 1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining e`lon qilinishi esa o’zbek xalqi tarixidagi unutilmas voqealardan biri bo’ldi. 5220200-bakalavriat tarix mutaxassisligi kunduzgi bo’limi talabalari uchun mo’ljallangan Istiqlolchilik harakati tarixi fani Vatanimiz xalqlarining 1917-1935 yillarda mustabid sovet tuzumiga qarshi olib borgan erk va ozodlik kurashlari tarixini o’rganadi. Fanni o’rganish jarayonida o’zbek xalqining doimo erkinlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilarga qarshi kurash olib borganliklari haqidagi tarixiy haqiqatni yetkazish bilan birgalikda, talaba yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uslublarini tadqiq etishga asosiy e`tibor qaratiladi. Mazkur fanni o’rganish jarayonida talabalarda bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlarida quyidagi jihatlarga asosiy e`tibor qaratiladi: Petrograddagi 1917 yil fevral inqilobi va uning Turkiston o’lkasiga ta`siri: 1917 yil oktabr davlat to’ntarishidan so’ng o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy axvol va Turkiston muxtoriyatining tarixiy taqdiri; Farg’ona vodiysida istiqlolchilik harakati vujudga kelishining ijtimoiy- siyosiy zamini; Istiqlolchilik harakatining mohiyati va uni harakatlantiruvchi kuchlari; Buxoro va Xorazm xalq sovet respublikalarida istiqlol uchun kurash; 1925-1935 yillarda istiqlol uchun kurash; Istiqlol uchun kurashning mag’lubiyati sabablar va saboqlari; Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda istiqlolchilik harakatining ahamiyati va xokazolar. Shu bilan birgalikda talabalarga Istiqlolchilik harakati tarixi fanini o’qitish orqali ularda Vatanga muhabbat, milliy istiqlol mafkurasiga sadoqat ruhida tarbiyalash ham asosiy maqsadlardan biri qilib olingan. FANINING MAQSADI VA UNI MUTAXASSIS TAYYORLASHDAGI O’RNI. Fanni o’qitishdan maqsad: Istiqlolchilik harakati tarixi fanini o’rganish bugungi kunning muhim va dolzarb masalalalaridan biridir. Milliy uyg’onish har bir xalq va umummillat manfaatlariga xizmat qilishi zarur. Fanning asosiy maqsadi talabalarni mustaqil fikr yuritishga o’rgatish, ulardan mamlakatimizning boy tarixidan faxrlanish his- tuyg’usini shakllantirishdan iboratdir. Shu bilan birgalikda, 1917-1935 yillarda Vatanning asl o’g’lonlari tomonidan mustabid sovet tuzumiga qarshi olib borilgan kurashning mohiyati shaqida tushuncha va ko’nikmalar xosil qilish. Fanning o’rganadigan muammolari: Istiqlolchilik harakati tarixi fanining o’rganadigan muammolari quyidagilardan iborat; Petrograddagi 1917 yil fevral inqilobi va uning Turkiston o’lkasiga ta`siri: 1917 yil oktabr davlat to’ntarishidan so’ng o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy axvol va Turkiston muxtoriyatining tarixiy taqdiri; Farg’ona vodiysida istiqlolchilik harakati vujudga kelishining ijtimoiy-siyosiy zamini; Istiqlolchilik harakatining mohiyati va uni harakatlantiruvchi kuchlari; Buxoro va Xorazm xalq sovet respublikalarida istiqlol uchun kurash; 1925-1935 yillarda istiqlol uchun kurash; Istiqlol uchun kurashning mag’lubiyati sabablar va saboqlari; Boshqa fanlar bilan bog’liqligi: Fanning rivojlanishi va tadqiqoti ko’lami bir qancha fanlar bilan aloqada bo’lishini taqazo etadi. Bu borada O’zbekiston tarixi, Manbashunoslik, Tarixshunoslik, Tarixiy o’lkashunoslik, Tarixiy geografiya, Jahon tarixi fanlari bilan bevosita aloqada bo’ladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling