7-mavzu. Bozor iqtisodiyotga muxolif-sotsialistik yo’nalish mohiyati va uning tarixiy taqdiri


Download 40.82 Kb.
bet1/10
Sana23.10.2023
Hajmi40.82 Kb.
#1717590
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7 Mavzu (1)


7-MAVZU.
BOZOR IQTISODIYOTGA MUXOLIF-SOTSIALISTIK YO’NALISH MOHIYATI VA UNING TARIXIY TAQDIRI.
7.1. XIX asrning birinchi yarmidagi xayoliy sosializmning o’ziga xos 7ususiyatlari
7.2. A.Sen-Simon, Sh.Fure va R.Ouyen iqtisodiy qarashlari
7.3. Sosialist-rikardochilarning (T.Godskin, J.Grey, J.Brey) iqtisodiy qarashlari
7.4. Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari
7.5. K.Marksning iqtisodiy ta’limoti
7.6. Markscha iqtisodiy ta’limotning tarixiy taqdiri


7.1. XIX asrning birinchi yarmidagi xayoliy sosializmning o’ziga xos xususiyatlari

Xayoliy sosialistik g’oyalarning dastlabki ko’rinishlarida, ya’ni Platon asarlaridan boshlab T.Mor va T.Kompanelli asarlarining barchasida xususiy mulk tanqid qilib kelindi.


Bu olimlar jamiyatni qayta tuzishni taklif qilib nisbatan adolatli, rivojlangan jamiyatni asoslab berishga intildilar. Lekin, bularning barchasi xayoliy sosializm shakllanishi arafasidagi dastlabki g’oyalar edi, xolos. Xayoliy sosializmning haqiqiy rivojlanish davri XIX asrning birinchi yarmiga to’g’ri keladi. Bu davrda G’arbiy Yevropa kapitalistik munosabatlar rivojlanib, sinfiy ziddiyatlar oshkor bo’ldi. Ayniqsa, klassik iqtisodiy maktab vakillarining asosiy asarlarining ta’siri ko’pgina maktablarga bo’lgani kabi xayoliy sosialistlar qarashlariga ham jiddiy ta’sir o’tkazdi. Shuningdek, bu davrda sanoat to’ntarilishining yakunlanishi va Yevropa mamlakatlarida yuz bergan jiddiy iqtisodiy o’zgarishlar ham xayoliy sosialistlar A.Sen-Simon, Sh.Fure va R.Ouyenlar o’z asarlarida ko’rsatib, mavjud kapitalizmni ichki xususiyatlarini kengroq ochib berishga intildilar. Bu olimlar guruhi iqtisodiy fan rivojiga katta hissa qo’shib, ilk bor kapitalistik munosabatlar abadiy emasligini, unda iqtisodiy inqirozlar mavjud bo’lishini ko’rsatib berdilar. Shu jumladan ular ham klassiklar kabi texnika taraqqiyotining jadallashuvi, ilmiy kashfiyotlar va jamiyat ishlab chiqarishini umumjahon rivojini iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadi deb hisobladilar. Bundan tashqari, xayoliy sosialistlar tabiiy tartib konsepsiyasiga amal qilib jamiyat va alohida olingan insonning ideal ijtimoiy tuzulishi modelini ilgari surdilar.
Xayoliy - sosialistlar klassik iqtisodiy maktab vakillaridan farq qilib, xususiy mulkchilikni va kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini tanqid qiladilar, jamiyatning barcha a’zolariga baxt keltiradigan yangi jamiyat yuzaga keladi, deb ishchilarni ishontiradilar. Ular yangi jamiyat adolatli ijtimoiy tuzum loyihalarini bayon etib iste’mol va taqsimotni qayta tashkil etish bilan cheklanib qolmasdan balki ishlab chiqarishni tubdan o’zgartirishni taklif qildilar.
Shuningdek, ularning ijtimoiy adolatni targ’ib qilishga qaratilgan g’oyalari aynan adolatsizliklardan voz kechishi zarur degan fikrlari asosida nafaqat xayoliy balki bozor iqtisodiyotiga qarshi kurash ko’rinishini oladi. Va nihoyat, XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan xayoliy sosialistlar ta’limotlarida bozor iqtisodiyotiga muqobil qarashlari turlicha namoyon bo’ladi. Bu o’rinda ushbu maktab vakillarining birinchidan, individual (yakka) faoliyatni kollektiv mehnat faoliyati bilan almashtirish mexanizmini qanday izohlashlari bilan, ikkinchidan mehnatkashlarni jamoa tashkilotlariga birlashish tamoyillari xususiyatlarini qay tarzda tushuntirishlarida o’z aksini topadi.
Bu shart-sharoitga e’tibor berib Sh.Jid va Sh.Rist o’z asarlarida quyidagicha yozishadi: «Sen-Simon va uning izdoshlari haqiqiy kollektivizm tarafdorlari bo’lib, ular jamoat tashkilotlariga millatning hamma a’zolarini kirgizishga harakat qildilar va bunday birlashuvni tepadan boshlashni taklif qiladilar, ya’ni milliylashtirish va boshqa jarayonlarni endi siyosiy xokimiyat o’z qo’liga oladi.
R.Ouyen va Sh.Fure hamda ularning izdoshlari «Sosialist-assosiasiyachilar» bo’lib, Sen-Simonchilardan farqli o’laroq indivit to’da (massa) ichida yo’qolib ketmasligini istashadi. Ularni mayda avtonom guruhlar yordamida saqlab qolishni taklif qilib, birlashuv jarayonini yuqoridan emas balki quyidan borishini maqsadga muofiq deb hisoblaydilar». (Sh.Jid, Sh.Rist «Istoriya ekonomicheskix ucheniy». M., Ekonomika, 1995. Str.170)
Nihoyat, xayoliy – sosializm nomoyondolari o’zlarining benuqson ijtimoiy tuzumlarni turlicha: Sen-Simon industrializm, Fure garmoniya, Ouyen esa kommunizm deb atadilar. Lekin ularning barchasi ekspluatasiyaning yo’q bo’lishi, aqliy va jismoniy mehnat o’rtasidagi qarama-qarshilikning bartaraf etilishi hamda xususiy mulkning yo’q bo’lishi to’g’risidagi fikrlarni bir xil takrorladilar. XVIII asrning oxiri - XIX asrning boshlarida G’arbiy Yevropada ishlab chiqarishning hukmron shakli manufaktura bo’lib, fabrika ishlab chiqarishi endigina shakllanayotgan edi. Kapitalizmning moddiy sharoitlari va ishchilarning jamiyatning asosiy sinfi sifatida shakllanishi dastlabki bosqichlarda edi.
Xayoliy sosialistlar ijtimoiy adolatli jamiyatga o’tish yo’llarini aniq ko’rsata olmadilar, lekin ular sinfiy manfaatlar qarama-qarshiligini ta’kidlab o’tdilar. Ular ishchilar sinfiga ezilgan jabrlanuvchi sinf sifatida qarab, asosiy e’tiborni ongni rivojlantirishga, o’z g’oyalarini tashviqot qilib kommunalar, «falansterlar» orqali hayotga tadbiq etishga qaratdilar. Mehnatkashlarni ozod etishning moddiy sharoitlari yaratilmaganligi tufayli xayoliy sosialistlar bo’lajak jamiyatning fantastik loyihalarini taklif etdilar. Ular o’zlarini sinflardan yuqori qo’yib, jamiyatning barcha a’zolari manfaatlarini ifoda yetayotganliklarini ko’rsatmoqchi bo’ldilar. Shuningdek, siyosiy kurash, revolyusiyalarni rad etib, ijtimoiy adolat g’oyalarini tashviqot qilish yo’li bilan jamiyatni qayta tuzishni orzu qildilar. Mana shularning barchasi g’oyalarning xayoliy bo’lib qolishiga sababchi bo’ldi. Biroq, xayoliy sosializm o’zining cheklanganligiga qaramasdan, kapitalizm oyoqqa turayotgan bosqichda progressiv ta’limotlar qatorida alohida o’rin egallaganligini aytishimiz lozimdir.

Download 40.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling