7-mavzu. Bozor iqtisodiyotga muxolif-sotsialistik yo’nalish mohiyati va uning tarixiy taqdiri
Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari
Download 40.82 Kb.
|
7 Mavzu (1)
7.4. Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari
XIX asrning o’rtalarida iqtisodiy ta’limotlar tarixida yangi bir yo’nalish - marksizm vujudga keldi. K.Marksning nomi ko’pchilikda inqiloblar bilan bir deb qaraladi. Haqiqatdan ham bu fikrda jon bor, chunki u F.Engels bilan birgalikda proletariatning kapitalizmga qarshi kurashi zarurligini isbotlovchi nazariyaga asos soldi, buni tasodifiy hol deyish qiyin, chunki shu davrda kapitalistik xo’jalik rivoji, sanoat to’ntarilishining ayrim (Angliya va G’arbiy Yevropa) mamlakatlarda nihoyasiga etganligi, sanoatning iqtisodiyotda yetakchi rolni egallashi, ishchilar sinfining jamiyatdagi mavqyeining keskin oshganligi, kapitalistik jamiyatning feodalizmdan ustunligi namoyon bo’lishi bilan birga uning bir qancha illatlari ham mavjudligi (ishsizlik, ish vaqtining uzunligi, maoshning kamligi, iqtisodiy inqirozlar, mulkiy va sinfiy tabaqalashuvning tobora kuchayishi, mustamlakachilik va boshqalar) prinsipial yangi ta’limot paydo bo’lishiga asos bo’ldi. O’z davrida burjua olimlari deb atalgan tadqiqotchilar (Sismondi, Prudon, qisman Smit, Rikardo), xayoliy sosialistlar va boshqalar kapitalistik tizimning bir qancha negativ tomonlarini ochib bergan edilar. Ana shu illatlar bu davrda keskin kuchaydi, mehnat va kapital, ishchilar va sohibkorlar o’rtasidagi qarama-qarshilik tobora ortib bordi. 1831-34 yillar Fransiyada Lion to’quvchilari, 30-40 yillarda Angliyadagi vuddistlar va chartistlar harakati ishchilar sinfining mustaqil sinf sifatidagi chiqishlari edi. 1844 yilda Sileziya to’quvchilarining qo’zg’oloni Germaniyadagi inqilobiy harakat darakchisi bo’ldi. 1848 yilda burjua inqilobi tufayli marksizmning vujudga kelish jarayoni yanada kuchaydi. Avvalgi davrdagi iqtisodiy talablar asta-sekin siyosiy tus ola boshladi. Vujudga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoit va avvalgi davrdagi bir qancha iqtisodiy g’oyalar asosida, birinchi navbatda klassik iqtisodiy maktab, utopik sosializm ta’limotlari tufayli marksizm shakllandi. Kapitalistik tuzum, hozirgi davr tili bilan aytganda bozor iqtisodining bekamu-ko’st emasligi, uning ijobiy tomonlari bilan birga hal etilishi shart bo’lgan muammolarining ham mavjudligi yangi iqtisodiy ta’limot paydo bo’lishiga turtki bo’ldi. Download 40.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling