Reja: Kiirsh. Asosiy qism
Download 26.3 Kb.
|
A.Sen-Simon. Uning tarixiy konsepsiyasi. (2)
Mavzu: A.Sen-Simon. Uning tarixiy konsepsiyasi. Reja: Kiirsh. Asosiy qism. XIX asrning boshlarida xayoliy sotsializmning vujudga kelishining tarixiy shart sharoitlari va uning xususiyatlari. Sen. Simonning tarixiy konsepsiyasi. A.Sen-Simon iqtisodiy qarashlari. Xulosa . Foydalangan adabiyotlar. Kirish. Iqtisodiy ilmlarni egallash avvalo, iqtisodiyotning kelib chiqish, rivojlanish va o'rin almashinish jarayonlaridagi iqtisodiy manbalarning tarixiy taraqqiyotini o'rganishni taqozo etadi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tish davri iqtisodchilardan, shu jumladan xo'jalik hayotining boshqa sohalarida mashg'ul bo'lgan mutaxassislardan, siyosatdan mustasno bo'lgan, erkin iqtisodiy fikrlashni, shu asosda amaliy jarayonlarga tegishli tajriba orttirish, samarali tadbirlarni ishlab chiqishni amalga oshirishni talab qiladi. Iqtisodiyot bo‟yicha Nobel mukofoti laureati (1970yil) Amerikalik olim Pol Samuelson o'zining "Ekonomiks" darsligida iqtisodiyot fani tarixi bilan chambarchas ravishda bog'liqdir deb to‟g'ri ta‟kidlaydi. Haqiqatdan ham iqtisodnyotning nazariy asoslarini shakllantirishni va rivojlantirish bosqichlarini bilmay turib, talablar darajasiga javob bera oladigan ishlab chiqarish munosabatlari sistemasi (iqtisodiy model) haqida tasavvurga ega bo'lish mumkin emas. Shu sababli iqtisodiyot bo‟yicha mutaxassislar tayyorlashda "Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi" fani alohida o'rin egallaydi va zarur fanlar guruhiga kiradi. G'arb, chet mamlakatlarning universitetlarida ham bu fan alohida fan sifatida o'tiladi. "Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi" fanining muhimligi, zarurligi ayniqsa, hozirgi kunda ortib bormoqda, bu fan insoniyat jamiyati paydo bo'lgandan boshlab, yuzaga kelgan ilk iqtisodiy g'oyalardan, fikrlardan to hozirgi zamon iqtisodiy ta‟limotlar vujudga kelish jarayoni mazmunini ob‟yektiv ravishda bayon qilib beradi. Bu borada u talabalarni sinfiy jamiyatlarda paydo bo'lgan ilk iqtisodiy fikrlar va kapitalizmgacha bo‟lgan davr ichida yaratishgan ta‟limotlarning ilmiylikdan ancha yiroq bo'lganligi bilan tanishtiradi. Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi fanining bu ma‟ruzalar matni kapitalizm davrining hozirgi til bilan aytganda, bozor iqtisodiyoti nazariyotchilari bo'lgan klassik maktab namoyoidalari asarlarini o‟rganishga, ularning iqtisodiyot faniga qo‟shgan hissalarini, ya‟ni ular yaratgan iqtisodiy nazariyalarining tahlili va tasdiq etishga katta e‟tibor bermaslik maqsadga muvofiq bo‟lmas edi. Download 26.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling