Reja: Kiirsh. Asosiy qism
XIX asrning boshlarida xayoliy sotsializmning vujudga kelishining tarixiy shart sharoitlari va uning xususiyatlari. Sen. Simonning tarixiy konsepsiyasi
Download 26.3 Kb.
|
A.Sen-Simon. Uning tarixiy konsepsiyasi. (2)
XIX asrning boshlarida xayoliy sotsializmning vujudga kelishining tarixiy shart sharoitlari va uning xususiyatlari. Sen. Simonning tarixiy konsepsiyasi.
XVIII- asrda utopik sotsializm yanada rivojlandi va yangi iqtisodiy utopiya ilgari surildi. Bu davrning uyupik sotsializmining vakillari: Sen Simon, Sharl Fure, R.Ouenlardir. Sen Simon Klad Anri. Fransuz mutafakkiri, sotsiolog, sotsiolist -utopist. D.Alamber rahbarligida bilim olgan Shimoliy Amerika xalqlarining ozodlik kurashida ko'ngilli bo'lib qatnashgan. Fransuz burjua revolyutsiyasi davrida yakobinchilarga yaqin bo'lgan, keyinchalik ulardan uzoqlashgan. Sen.Simon fikricha, tarixiy yaraqqiyot quyi ijtimoiy formasiyadan yuqori ijtimoiy formatsiyaning fazasini texnologik davr deydi. (Dinning hukmronlik davri bu davr quldorlik va feodal jamiyatlarini o'z ichiga oladi). Mutafakkirlar feodal va diniy sistemalarining yemirilishi davri va pozitiv fazani kelajakdagi ijtimoiy tuzim bosib o‟tadi. Fransuz burjua revolyutsiyasi 111 fazaga o‟tishdagi qonuniy urinishdir. Sen-Simon burjua revolyutsiyasi mag‟lubiyatini o'zining "ilmiy" sotsiologik sistemasi yordami bilan "Kuzatishini o‟yladi. Sen-Simon tasavvur qilgan yangi jamiyat oqilona tuzilgan bo‟lib, "Sanoat sistemasi"ga, ya‟ni ilmiy va rejali tashkil etilgan yirik sanoatga asoslanadi. Unda hamma bir-biriga teng bo‟lishi, hammaning mehnat qilish huquqi ta‟minlanmog‟i kerak; har-bir kishi qobiliyatiga yarasha ishlaydi, moddiy boylik mehnatga qarab taqsimlanadi, ishlab chiqarish bilan fanning birligi ta‟minlanadi. Biroq, bu jamiyatda xususiy mulk va sinflar saqlanib qolib yirik sanoatchilar va olimlar hukmronlik qiladi. Sen-Simon boshqa Utopik sotsialistlardan farqli ravishda yangi jamiyat tuzilganini tarixiy jarayon bilan bog‟lashga harakat qilgan. Davri boshqa Utopistlar singari tarixiy yo‟naltiruvchi kuchning mohiyatini yangi jamiyatni yaratuvchi proletariatining va eski jamiyatni qayta qurish vositasi bo‟lgan revolyutsiyaning tarixiy rolini tushunmagan. U o'zining pozitiv filosofiyasini targ‟ib qilish bilangina kishilarni hayotini oqilona tashkil etishga bog‟lardi. Sen-Simon Fransiya, Germaniya, Italiya, Rossiya mamlakatlarida ilg‟or ijtimoiy tafakkur va sotsiolistik g'oyalarning rivojlanishida katta ta‟sir ko‟rsatadi. Sharl Furening utopik sotsilizm. Fure kapitalizm tanqidchisi sifatida. Fure Fransua Mari Sharl Fransuz mutafakkiri Utopik sotsializm vakili. Dunyoqarashi 1789- 94 yilgi revolyutsiya hamda Fransuz materialistlarining ta‟sirida shakllandi. Fure ekspluatatsiyaga asoslangan kapitalistik sivilizatsiyani qattiq qoralab o'zining xayoliy ijtimoiy tuzimini ilgari surdi. Uning tasvirlashicha inson o'zi yashayotgan jamiyatining barcha yaramas illatlaridan tozalanilishi lozim, shunday ijtimoiy tuzim yaratish kerakki, bu tuzim insonning kamol topishga, ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat berish. Kelajak jamiyatining asosiy yacheykasi bir necha ishlab chiqarish jamoalaridan iboratdir. Jamoaning har bir azosi mehnat qilish huquqiga ega bo‟lib, mehnat zavq bag‟ishlashi kishilarning ehtiyojlariga aylanishi kerak. Shunday jamiyatdagina yuqori ishlab chiqarishi darajasiga erishiladi, moddiy farovonlik ta‟minlanadi. Fure sotsialistik g‟oyalarni keng targ‟ib qilish ma‟rifatparvarlik yo‟li bilan o'z maqsadiga erishmoqchi bo'ldi, boshqa utopik sotsialistlarga ta‟sir ko‟rsatgan. Asosiy asarlari “To'g'ri harakat va mushtarak taqdirlar nazariyasi”, “Umumiy birlik nazariyasi”, “Yangi sanoat dunyosi va ijtomoiy dunyo”. Angliya xayoliy sotsializmning xususiyatlari. P. Ouen va uning amaliy faoliyati. XVIII –asr utopik sotsializm namoyondalaridan biri Robert Ouen edi. Angliya sanoat to‟ntarishi amalga oshirgan birinchi mamlakat bo‟lib, kapitalizm u yerda tez va dadillik bilan rivojlandi. Angliya xayoliy sotsializmning o‟ziga xos xususiyatlarini belgilab berdi. U xususiy mulkchilikning barcha ko‟rinishlarini inkor etib, siyosiy iqtisodni ploretariat manfaatlariga xizmat qildirishga harakat qildi, kommunistik jamoalar tashkil etish tajribalarini qo‟llash va nihoyat tinch yo‟l bilan yangi “odil jamiyat” ni qurish immkoniyatlarini isbotlashga urinish bu maktabga xosdir. Angliya xayoliy sotsializmni vujudga kelishi va rivojlanishi Robert Ouenning (1771- 1858 y.) hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‟liqdir. Ouen 1800 yildan boshlab Nyu-Lepark (shotlandiya)dagi yigiruv korxonasidaboshqaruvchi bo‟lgan, o‟sha yillarda unda insonni qutqarishni maqsad qilgan islohotchilik g‟oyalari shakllandi. R.Ouenning “Jamiyatga yangicha qarash yoki xarakterni shkllantirish haqida tajribalar”, “Yangi axloqiy dunyo kitobi”, “Adolatli almashuv bozori”, “Ulug‟ milliy hunar ittifoqi” kabi asarlarida uning sotsialistik loyihalari bayon etilgandir. U kapitalistik jamiyatni tanqid qilib, barcha mulkni umumxalq mulkiga aylantiradigan, qashshoqlik yo‟qoladigan,mehnat jafo-zulmdan baxt-saodatga aylantiradigan kommunistyik jamoalar tuzimifikriga keldi. Shu maqsadda xalaqit beradigan uchta to‟siq bor deydi u. Bu uchta illat xususiy mulk, din va burjuacha nikohdir. Biroq olim kapitalistik taraqqiyotni ob‟yektiv qonunlarini tushunmadi, sinflar kurashini inkor etdi. Yangi tuzum tinch yo‟l bilan quriladi va unga tinch yo‟l bilan o‟tiladi deb ishondi. R. Ouening loyiha va ijtimoiy dasturlari fransuz xayoliy 54 sotsialistlarinikidan farq qilib ancha aniq va amaliyligi bilan ajralib turadi. U ishchilar mehnatini yengillashtiradigan, yoshlar va qariyalar mehnatidan tungi ish vaqtida foydalanishni man etgan, rag‟batlantirishni tashkil etgan. R. Ouening iqtisodiy qarashlarining xarakterli xususiyati shundan iboratki, u burjua siyosiy iqtisodiyoti inkor etgan fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, o‟quv nazariyalarini yaratishda Rikardodan keyin qiymatning asosiy manbai deb mehnatni hisobladi. Xususiy mulk bilan bir qatorda mehnat bilan kapital o‟rtasidagi qarama-qarshiliklarning sababchisi pul deb hisobladi. R. Ouen qiymatning sun‟iy o‟lchovi bo‟lmish puldan voz kechib mehnat xarajatlarining ekvivalenti sifatida “ishchi pullar” ni joriy etishni taklif etadi. U kapitalistik ishlab chiqarishni qaytadan tuzib “ishlab chiqarish uyushmalarini” tashkil etishga harakat qildi. Lekin bu urinishlar behuda bo‟lib chiqdi. Chunki kapitalistlar o‟z korxonalarini ixtiyoriy sotish haqida o‟ylamagan bo‟lsalar, kasaba uyushmalari sotib olish uchun imkoniyatlari yo‟q edi. R. Ouen birinchilardan bo‟lib T.Maltusning “aholi nufus” qonuniga qarshi chiqdi. U mehnatkashlarning og‟ir ahvoliga tushib qolishiga aholi soni ortib borishi emas, balki mavud mahsulotlarning adolatsiz taqsimlanishi sabab bo‟lmoqdadeb ko‟rsatdi. Xayoliy sotsialistlar kapitalistik tuzumni keskin tanqid qilganliklari ularning nihoyat g‟oyaviy rivojidagi muhim, katta xizmatlaridir. Download 26.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling