А adabiy mahsulot b adabiyot-ning janrlari V yozuvchilarning fikrlari d so’zlar


Download 32.42 Kb.
Sana04.07.2020
Hajmi32.42 Kb.
#122851
Bog'liq
ТЕСТ adabiyot


  1. Adabiyotshunoslik fanining ob’ekti nima?

А) Adabiy mahsulot

B) Adabiyot-ning janrlari

V) Yozuvchilarning fikrlari

D) So’zlar

2. «Adabiyot» atamasining tor ma’nosi?

A) Badiiy asarlar

B) Tasviriy ifodalar

V) Kitoblar, maqolalar

D) Omonim, antonim, sinonimlar

3) Adabiyotning bosh predmeti?

A) Inson

B) Ijtimoiy hayot

V) Xudolar, hay-vonot оlami

D) Tabiat

4) Otabek, Kumush, Zaynab («O’tgan kunlar») lar adabiy turlar taqozosiga ko’ra qaysi xilga kiradi?

A)Lirik obrazlar



B)Epik obrazlar

V)Dramatik obrazlar

D) Liro-epik obrazlar

5. Ekspozitsiya nima?

A) Asarning keyingi rivojiga ta’sir etuv-chi tugun

B) Asar voqeasi bo’lib o’ta-digan shart-sharoit tas-viri, tugun-gacha bo’l-gan qahra-monlarning qiyofasi, holatini namoyon etadigan tasvirlar

V) Konfliktni boshlanishga sabab bo’-luvchi voqea

D) Asardagi voqealar rivojining cho’qqisi

6) «Epilog» so’zining ma’nosini toping?

A) Tugun

B) Muqaddima



V) So’nggi so’z

D) Badiiy konflikt

6.”MaV)zmunni ifodalovchi shakl bir-biri bilan shunday bog’liqki, shaklni mazmundan ajratish – mazmunni yo’ q qilish, mazmunni shakldan ajratish – shaklni vayron qilishdir” ushbu fikr kimga tegishli?

a)A.Oripov

b)N.A.Ostrovskiy

c)V.G.Belinskiy

d)Oskar Uayld


7.”Fikr va so’z san’atkor uchun san’at vositasidir. Illat va fazilat – uning ijodi uchun materialdir” ushbu fikr kimga tegishli?

a)A.Oripov

b)N.A.Ostrovskiy

c)V.G.Belinskiy



d)Oskar Uayld
8.Oybekning “Qutlug’ qon” asari qanaqa mavzuda yozilgan?

a)tarixiy

b)adabiy


c)zamonaviy
9.Bugungi zamondan, aniq bosqich – istiqlol davri kishilarning hayotini tasvirlash va shu orqali hayotdan dars beruvchi asarlar qaysi mavzuda yozilgan bo’ladi?

a)tarixiy

b)adabiy

c)zamonaviy
10.Eposning kichik janriga kiruvchi badiiy janrni toping?

a)doston b)poema c)masal d)ocherk


11.Roman tetralogiya shaklida yozilgan asarni toping.

a)H.I.Shayx “tutash olamlar



b)”Qora dengiz to’lqinlari”, “Cho’ldagi xutor”

c)”Uch mushketyor”

d)”Urush va tinchlik”, “Tinch don”
12.Arabcha so’zdan olingan bo’lib, voqeiy hodisa yoki afsonalar bayon qilingan epic asar, syujetning murakkabligi jihatdan romandan ko’ra sodaroq badiiy asarga nima deyiladi?

a)povest b)qissa c)poema d)ballada


13.A.Navoiyning “Xazonin ul-maoniy” devonida nechta g’azal kiritilgan?

a)2600 b)3244 c)1774 d)3002
14.Kulgan boshqalardir, yig’lagan menman.

O’ynagan boshqalar, ingragan menman.

Erk ertaklarini eshitgan boshqa,

Qullik qo’shig’ini tinglagan menman. Ushbu misra qanaqa janrda yozilgan?

a)ruboiy b)tuyuq c)sonnet d)tarji’band
15.Pyessa va operalarning pardalari oralig’ida tomoshabinni zeriktirmaslik maqsadida ularni kuldirish uchun hayotdagi ayrim nuqson va kamchiliklarni siqiq tarzda hajv qilish dramaning qaysi janriga kiradi?

a)intermediya b)libretto c)monodrama d)issenirovka
16.G’.G’ulomning “Yodgor” asari qanaqa janrda yozilgan?

a)poema b)qissa c)povest d)roman


17.Musallasning qofiyalanishi to’g’ri berilgan javobni toping?

a)a-b-a b)a-b-b c)a-a-b

18.Tajnis ko’p uchraydigan janrni toping?

a)ruboiy b)g’azal c)qit’a d)tuyuq


19.Lirikaning yirik janrlari to’g’ri berilgan javobni toping.

1.tarji’band 2.sonet 3.tarkibband 4.fard 5.g’azal 6.marsiya

a)1,5,6 b)2,3,4 c)1,2 d)5,6
20.Tuyuq haqida to’g’ri ma’lumotlar berilgan javobni toping.

1)tuyuq 4 misradan iborat bo’ladi

2)ko’proq a-a-a-a, ba’zan a-a-b-a shaklida qofiyalanadi

3)ramali musammani maqsur vaznida yoziladi

4)ruboiy singari birinchi misrasi tezis deyiladi

a)1,2,3,4 b)1,2,4 c)2,3,4 d)1,2,3


21.A.Muxtor qaysi janrni she’riyatning olifta kamzuli deydi?

a)sonnet b)tarji’band c)g’azal d)marsiya
22.Yozuvchi ko’pgina individual shaxslarni kuzatadi, u har biridan umumiy tipik xususiyatlarni aniqlaydi, har xil kishilarga xos bo’lgan xususiyatlarni badiiy bir butunlikka birlashtiradi. Ushbu qay tarzda obraz yaratishga kiradi?

a)prototip asosida b)jamlash yo’li bilan c)ijodiy metod yo’li bilan


23.Qaysi obrazlar butunlay xayolning mevasidir, ular bitmas-tuganmas qudratga, yuksak fazilatlarga, mo’jizaga ega bo’ladi?

a)mifologik obraz b)ma’joziy obraz c)afsonaviy obraz d)kinoyaviy obraz


24.Qaysi obrazda hayvonlar, hasharotlar insoniylashtiradi, ayrim odamlarning fe’l-atvoridagi kamchilik, illatlar achchiq kulgu, yengil hazil bilan fosh qilinadi?

a)dramatic obraz b)mifologik obraz c)ma’joziy obraz d)kinoyaviy obraz


25.Satirik va yumoristik obrazlarning farqi to’g’ri berilgan javobni toping?

a)Satirik obrazda ayrim nuqsonlar yengil, quvnoq kulgu ostiga olinadi, yumoristik obrazda hayotdagi qusurlar ustidan zaxarxanda kulgu, sarkazm, masxaralash usuli yetakchilik qiladi.



b)Yumoristik obrazda ayrim nuqsonlar yengil, quvnoq kulgu ostiga olinadi, satirik obrazda hayotdagi qusurlar ustidan zaxarxanda kulgu, sarkazm, masxaralash usuli yetakchilik qiladi.

c)Satirik obraz hamda yumoristik obrazning orasida farq yo’q.


26.Qaysi atama badiiy asarda ishtirok etuvchi hamma shaxslarga nisbatan qo’llaniladi?

a)personaj b)qahramon c)bosh qahramon d)obrazlar galereyasi
27.Trop nima?

a)badiiy asarda so’z yoki so’z birikmasining ko’chma manoda qo’llanilishi

b)badiiy asardagi shaxs, predmet, voqea-hodisalarni boshqalaridan ajratib ko’rsatish, diqqatini jalb qilish maqsadida judayam bo’rttirish tasvirlaydi.

c)muayyin bir predmet, hodisani aniq tasavvur qilish uchun uni boshqa tanish bo’lgan predmet, hodisalarga solishtirish

d)badiiy asardagi biror predmet, hodisani bir necha barobar kichraytirib tasvirlash san’atidir.


28.O’xshatish nima?

a)badiiy asarda so’z yoki so’z birikmasining ko’chma manoda qo’llanilishi

b)badiiy asardagi shaxs, predmet, voqea-hodisalarni boshqalaridan ajratib ko’rsatish, diqqatini jalb qilish maqsadida judayam bo’rttirish tasvirlaydi.

c)muayyin bir predmet, hodisani aniq tasavvur qilish uchun uni boshqa tanish bo’lgan predmet, hodisalarga solishtirish

d)badiiy asardagi biror predmet, hodisani bir necha barobar kichraytirib tasvirlash san’atidir.


29.Badiiy asardagi shaxs, predmet, voqea-hodisalarni boshqalaridan ajratib ko’rsatish, diqqatini jalb qilish maqsadida judayam bo’rttirish tasvirlashga nima deyiladi?

a)o’xshatish b)litota c)giperbola d)trop


30.Badiiy asardagi biror predmet, hodisani bir necha barobar kichraytirib tasvirlash san’ati nima?

a)o’xshatish b)litota c)giperbola d)trop


31.Arabcha so’zdan olingan bo’lib, bir narsani ikkinchi bir narsa orasiga qo’ymoq ma’nosini anglatadiga tasviriy vosita nomini ko’rsating?

a)sifatlash b)trop c)giperbola d)tazmin


32.Arabcha so’zdan olingan bo’lib haddan oshish, chegaradan tashqariga chiqish ma’nolarini beruvchi tasviriy vositani toping?

a)ifrot b)tazmin c)giberbola d)trop
33.La’li labing qandu asal, qildi tamannosi kasal,

Kom olmaganda flmasal, men mubtalo qayga boray. Ushbu baytda qaysi san’at turi ishlatilgan?



a)tanosub b)mubolag’a c)tazmin d)sifatlash
34.”dek”, “day”, “larcha”, “go’yo”, “misli” kabi so’zlar qaysi san’at turida ishlatiladi?

a)mubolag’a b)tazmin c)o’xshatish d)sifatlash


35.”She’riy san’atlar va mumtoz qofiya” asarining muallifi kim?

a)A.Xojiaxmedov b)V.Rahmonov c)Belinskiy d)M.Yusuf
36. Predmetlar,o’simliklar,jonivorlar,ranglar orqali ijtimoiy hodisalarni umumlashtirib ifodalash qaysi obrazga tegishli?

A)majoziy B)mifologik C) afsonaviy D)yumoristi
37. Badiiy asarda biron –bir g’oyani ifodalovchi syujet davomida bir –ikki ko’zga ko’ringan obrazlar nima deb yuritiladi?

A)prototiv obrazlar B) epizodik obrazlar C) dramatic obrazlar D )lirik obrazlar


38 Lirik obrazlardagi yetakchi narsa nima?

A)his-tuyg’u va kechinmalar B) harahat C) voqelik D)kulgu
39. Tazod san’atiga yuzakiroq qaralganda qaysi san’atga o’shashligini ko’rish mumkin?

A) antiteza B)iyhom C) mubolag’a D ) jonlantirish
40. O’xshatish mukammal bo’lishi uchun nechta unsurdan tashkil topishi kerak?

A)2 B)3 C) 4 D) 7


41. Ushbu parchada qanday san’atlardan foydalanilgan?

Bo’ying sarv-u sanobardek, beling qil,

Vafo qilgan kishilarga vafo qil.

A)litota,mubolag’a B)litota,tashxis C)tashxis,tajnis D)tajnis,mubolag’a


42. Asardagi ma’lum bir guruhga mansub bo’lgan obrazlar nima deb ataladi?

A)Zamonaviy obrazla B) tarixiy obrazlar C)obrazlar galereyasi D)obrazlar tizimi


43. ”Tema adabiyotning ikkinchi unsure”jumlasi kimga tegishli?

A)Cho’lpon B) Maksim Gorkiy C) Oybek D) O.Uald


44. Dastlabki holatda asarda yuz beruvchi voqealarning o’rni ,joyi asar qahramonlarining harakatlariga turtki beruvchi voqealar nima deb ataladi?

A)prolog B)ekspozitsiya C)syujet D) epilog


45. Syujet rivojining eng yuqori cho’qqisi nima deb ataladi?

A)voqea rivoji B)kulminatsiya C)epilog D)yechim



46. Insoniyatga xos bo’lgan barcha fazilatu qusurlarni aks etgan mavzu?

А) Adabiy В) Tarixiy C) Ijtimoiy D) Siyosiy
47. Voqelikni alle-gorik va simvolik obrazlar yorda-mida ifodalovchi asar –

A) Masal B)Ballada C) Sonet D) Hajviya
48. Kutilmagan final bilan tugaydigan asar –

A) Ballada B)Novella C) Sonet D) Hajviya
49. Eposning kichik janrlari-

A) Ballada, masal, latifa, hikoya B) Ocherk, felyeton, xotira C) Poema, povest D) Qissa, povest

50. “Аdabiyot nadir” asarining mualli-fi?

A) CHo`lpon B) Fitrat C) Hamza D) Behbudiy
Download 32.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling