A autosoma xromosomalarida joylashgan


Download 34.54 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi34.54 Kb.
#1380012
Bog'liq
test


1.Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang.Odamlarda qonning normal ivishini vateri pigmentining normal sintezlanishini ifoda etuvchi genlar ....
A.autosoma xromosomalarida joylashgan
B.biri ikkinchisi ustidan dominantlik qiladi
C.allel genlar deyiladi
D.noallel genlar deyiladi
2.Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang.No‘xat o‘simligi donining burishgan va poyasining kalta bo‘lishini ta’minlovchi genlar ....
A.allel genlar deyiladi
B.biri ikkinchisi ustidan dominantlik qiladi
C.noallel genlar deyiladi
D.modifikator genlar deyiladi
3.Otasi daltonizm bo‘yicha sog‘, onasi esa daltonizm bilan kasal erkak somatik hujayrasining mitoz sikli metafazasida d(I), D (II) allellari sonini aniqlang.
A.I - 0; II - 1
B.I - 1; II - 0
C.I - 2; II - 0
D.I - 2; II - 2
4.Otasi gemofiliya bilan kasal, onasining ajdodlarida esa gemofiliya uchramagan erkak somatik hujayrasining mitoz sikli S davrida h (I), II (II) allellari soninianiqlang.
A.I - 0; II - 2
B.I - 0; II - 4
C.I - 2; II - 0
D.I - 1; II - 1
5.1) Aabb, 2) Aabb genotiplarga mos organizmlarning fenotipi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
A.1 - xushbo‘y no‘xatning kalta poyasi,burishgan doni; 2 - xo‘roz tojining no‘xatsimon shakli
B.1 - xushbo‘y no‘xatning uzun poyasi,sariq doni; 2 - xoldor to‘ti patining yashil rangi
C.1 - xoldor to‘ti patining yashil rangi;2 - xo‘roz tojining yong‘oqsimon shakli
D.1 - xushbo‘y no‘xatning uzun poyasi,yashil doni; 2 - xoldor to‘tida patning havorang bo‘lishi
6.Tovuq va xo‘rozlar patiningchipor rangda bo'lishi (B) qorabolishi (6) ustidan, toj shaklining gulsimon bolishi (A) oddiy (a)bo'lishi ustidan to’liq dominantlik qiladi. Pat rangini yuzaga chiqaruvchi genlar jinsiy X, toj shaklini belgilovchi genlar autosoma xromosomada joylashgan. Digeterozigotali xo‘roz va gulsimon tojli, qora patli aXb gametalari yashovchan bo'lmagan tovuqlar (faqat urg‘ochilarida aXb gametalari yashovchan emas)chatishtirilishidan jo‘ja olinganligini hisobga olib quyidagilarni aniqlang.a) chatishtirishdan olingan jo‘jalarning fenotipik nisbatini;b) chatishtirishdan olingan oddiy tojli qora rangli jo‘jalarning genotiplarini.
A..a - 5 (gulsimon tojli chipor):2 (oddiy tojli qora):5 (gulsimon tojli qora):1 (oddiy tojli chipor);b - aaXbY
B.a - 7 (gulsimon tojli chipor):1 (oddiy tojli qora):5 (gulsimon tojli qora):1 (oddiy tojli chipor);b - aaXbXb; aaXbY
C.a - 5 (gulsimon tojli chipor):5 (gulsimon tojli qora): 1 (oddiy tojlichipor):1 (oddiy tojli qora);b - aaXbY
D.a - 7 (gulsimon tojli chipor):1 (oddiy tojli qora):5 (gulsimon tojli qora):3 (oddiy tojli chipor);b - aaXbXb;aaXbY
7.Jinsiy xromosoma sonining ortishi bilan bog'liq bolgan mutatsiya turini aniqlang.
A.inversiya
B.genom
C..deletsiya
D.translokatsiya
8.Odamlarda sepkillarning bo‘lishi (P)sepkilsizlik (p) ustidan to’liq dominantlik qiladi. Qon guruhlarini yuzaga chiqaruvchi genlar autosomada joylashgan bo'lib,mustaqil irsiylanadi I0I0 - birinchi, IAIAva IAI0-ikkinchi, IBIB va IAI00 - uchinchi,IAIB- to‘rtinchi qon guruhiga ega bo’ladi).IV qon guruhili erkak va II qon guruhiliayol (erkak va ayol digeterozigotali) oilasidanazariy jihatdan tug‘ilishi mumkun bolganfarzandlardan necha foizining qon plazmasidaagglutinin β bo‘]ib, sepkilsiz bo‘ladi
A.12,5 %
B.18,75 %
C.6,25 %
D.25 %
9.Ikki va undan ortiq noallel genlarning bir belgining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi irsiylanishning qaysi turida namoyon bo’ladi
A..komplementariya va epistaz
B.to’liq dominantlik va pleyotropiya
C.chala dominantlik va to‘liq dominantlik
D.pleyotropiya va polimeriya
10.Gemofiliya bilan kasal ko‘k ko‘zli erkakqo‘y ko‘zli sog‘lom ayolga (otasi gemofilikko‘k ko‘z) uylandi. Nazariy jihatdan tug‘ilishi mumkin bo‘lgan qizlarningnecha foizi ko‘k ko‘zli bo‘ladi
A.75
B.25
C.12,5
D.50
11.Otasi gemofiliya bo‘yicha sog‘, onasi esa gemofiliya bilan kasal erkak somatik hujayrasining mitoz sikli profazasida h(I), H (II) allellari sonini aniqlang.
A.I - 0; II - 2
B.I - 0; II - 1
C.I - 2; II - 0
D.I - 1; II - 2
12.Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang.Mendelning birinchi qonuniga asosan ....
A.geterozigota holatdagi ikkita F1 bo‘g‘inni o‘zaro chatishtirish natijasida ikkinchi bo‘g‘inda ajralish kuzatiladi
B..bir xromosomada joylashgan genlar birikkan genlar deyiladi, ya’ni mustaqil taqsimlanmay, asosan birgalikda nasldan naslga o‘tadi
C.bir juft belgisi bilan farq qiladigan gomozigota organizmlar o‘zaro chatishtirilsa, F1 duragaylar ota-ona organizmlarning bitta belgisiga ega bo‘lib, barchasi fenotip va genotip jihatdan bir xil bo‘ladi
D.ikki yoki undan ortiq juft muqobil belgilari bilan farq qiladigan ota-ona organizmlar o‘zaro chatishtirilganda,genlar va unga mos belgilar bir-biridan mustaqil ravishda irsiylanadi
13.Quyidagilardan urg‘ochisi geterogametali organizmlarni ular mansub turkumlar bilan to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan javobni belgilang.1) boyo‘g‘li; 2) drozofila pashshasi;3) podalariy; 4) kaltakesak; 5) maxaon;6) orangutan; 7) ondatra;a) tangacha qanotlilar; b) yirtqish qushlar;c) tangachalilar; d) ikki qanotlilar;e) primatlar; f) kemiruvchilar.
A.3 - a; 4 - c; 5 - a
B.7 - a; 5 - d; 6 - с
C.1 - b; 2 - f; 6 - e
D.1 - b; 3 - a; 4 - с
14.Otasi gemofiliya bilan kasal, onasiningavlodlarida esa gemofiliya uchramaganerkak somatik hujayrasining mitoz siklianafaza bosqichida Я (I), h (II) allellarisonini aniqlang.
A.I - 1; II - 2
B.I - 0; II - 1
C.I - 2; II - 0
D.I - 0; II - 2
15.Jinsiy X-xromosomaga birikkan retsessivgen kasalligini aniqlang
A.Shershevskiy-Terner sindromi
B.Klaynfelter sindromi
C.gemofiliya
D.Daun sindromi
16.Tovuqlarda toj shakli ikki juft noallel komplementar genlar ta’sirida irsiylanadi. Gomozigota gulsimon tojli (A) va gomozigota no‘xatsimon tojli (.В) tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilsa, yong‘oqsimon tojli tovuqlar hosil boladi. Retsessiv genlar oddiy tojni yuzaga chiqaradi. Ab tipdagi gametalari hayotchan bo‘lmagan digeterozigota tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilib 180 ta jo‘ja olindi.Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib,quyidagilarni aniqlang:a) avlodda olingan jo‘jalarning fenotipik guruhlari nisbati; b) avlodda olingan AABB va AaBb genotipli jo‘jalarning soni.
A.a - 3 ta gulsimon; 2 ta no‘xatsimon,5 ta yong‘oqsimon; b - 60 ta
B.a - 2 ta gulsimon; 5 ta yong‘oqsimon,1 ta oddiy, 3 no‘xatsimon; b - 80 ta
C.a - 3 ta no‘xatsimon, 5 tayong‘oqsimon, 1 ta oddiy tojli; b - 60 ta
D.a - 3 ta no'xatsimon; 3 ta gulsimon,9 ta yong‘oqsimon; b - 72 ta
17.Retsessiv holda irsiylanadigan belgini aniqlang
A.terida melanin pigmentining normal sintezlanishi
B.barmoqlar sonining normal bo‘lishi
C.qonning normal ivishi
D.sochning to‘g‘ri bo‘lmasligi
18.Batat tugunagining rangi ikki juft komplementar genlar yordamida irsiylanadi. Genotipda A va В genlari qizil, A va b genlari sariq, a va В genlari binafsha ranglarni, aabb holatda tugunakni oq bolinishini ta’minlaydi. Rangning toliq yuzaga chiqishi DD modifikator geniga bogliq. Modifikator genlar geterozigota holatda ranglarning och, retsessiv gomozigota holatda esa rang yuzaga chiqmaydi tugunak oq boladi.Digeterozigotali tugunagi och sariq vaoch binafsha rangda bolgan o‘simliklaro‘zaro chatishtirildi. Olingan avlodlarninecha %ida tugunak och qizil ranglibo’ladi
A.12,5 %
B.6,25 %
C.56,25 %
D.18,75 %
19.Tovuq va xo‘rozlar patining chiporrangda bolishi (.В ) qora bolishi (b)ustidan, toj shaklining gulsimon bo'lishi (A) oddiy (a) bolishi ustidan to’liq dominantlik qiladi. Pat rangini yuzaga chiqaruvchi genlar jinsiy X, toj shaklini belgilovchi genlar autosoma xromosomada joylashgan.Digeterozigotali xo‘roz va gulsimon tojli,qora path aXb gametalari yashovchan bo'lmagan tovuqlar (faqat urg‘ochilarida aXb gametalari yashovchan emas)chatishtirilishidan 240 ta jo‘ja olinganligini hisobga olib quyidagilarni aniqlang.a) chatishtirishdan olingan oddiy tojli chipor rangli jo'jalarning genotipini;b) chatishtirishdan olingan jo‘jalarning nechtasi gulsimon tojli qora rangli ekanligini.
A.a - aaXBXb; aaXbY;b - 80
B.a - aaXBXb; aaXbY;; b - 120
C.a - aaXBXB; aaXBX; aaXbY; b - 100
D.a - aaXBY; b - 100
20.Odamlarda sepkillarning bo‘lishi (P)sepkilsizlik (p) ustidan to’liq dominantlik qiladi. Qon guruhini belgilovchi genlar autosomada joylashgan va mustaqil irsiylanadi I0I0- birinchi, IAIAva IAI0 - ikkinchi, IBIB va IBI0 - uchinchi,IAIB- to‘rtinchi qon guruhiga ega bo’ladi.Ota IV qon guruhiga, ona II qon guruhiga ega (ota-ona digeterozigotali) oilada nazariy jihatdan tug'ilishi mumkin bo'lgan barcha sepkilga ega farzandlarning necha foizi ikkinchi qon guruhiga ega
A.6,25 %
B.8,75 %
C.50 %
D.12,5 %
21.1) Aabb, 2) AAbb genotiplarga mos organizmlarning fenotipi to‘g‘ri berilganjavobni aniqlang.
A.1 - xushbo‘y no‘xatning kalta poyasi,burishgan doni; 2 - xo‘roz tojining no‘xatsimon shakli
B.1 - xoldor to‘ti patining yashil rangi;2 - xo‘roz tojining yong‘oqsimon shakli
C.1 - xushbo‘y no‘xatning uzun poyasi,sariq doni; 2 - xoldor to‘ti patining yashil rangi
D.1 - xushbo‘y no‘xatning silliq doni,kalta poyasi; 2 - xo‘roz tojining gulsimon shakli
22.Uzun va kalta poyali no‘xat o‘simliklario‘zaro chatishtirilganda F1 avlodningbarchasini uzun poyali o‘simliklar, F2 avlodning 25 %ini kalta poyali o‘simliklar tashkil etdi.Ushbu misolda qaysi qonunlar aks etgan.
A.Mendelning bir xillilik qonuni va Mendelning ajralish qonuni
B.Chala dominantlik qonuni, Morganning birikkan holda irsiylanish qonuni
C.Mendelning dominantlik qonuni va Mendelning mustaqil irsiylanish qonuni
D.Nilson Elening polimeriya hodisasi vaMendelning mustaqil irsiylanish qonuni
23.Nazariy jihatdan soya o‘simligining bitta endosperm hujayrasida 60 ta xromosoma mavjud. Changlanish jarayonida urug‘chi tumshuqchasiga25 ta chang donachasi kelib tushdi.Urug‘lanishdan so‘ng 20 ta urug‘ hosil bo‘lsa, urug‘langan tuxum hujayradagi jami xromosomalar sonini aniqlang.
A.300
B.800
C.400
D.200
24.Odamlarda sochning jingalakligi silliqligi ustidan, teri rangining qora bo'lishi oq bo‘lishi ustidan chala dominantlik qiladi. Geterozigotalilarda sochi tolqinsimon, teri rangi oraliq bo'ladi. To'lqinsimon sochli, teri rangi oraliq yigit to'lqinsimon sochli terisi oqqizga uylandi. Nazariy jihatdan, ushbu nikohdan tug‘iladigan farzandlarning necha foizi jingalak sochli bo'lishi mumkin
A.50 %
B.0 %
C.25 %
D.12,5 %
25.Otasi gemofiliya bo‘yicha sog‘, onasi esa gemofiliya bilan kasal erkak somatik hujayrasining mitoz sikli G2 davrida H(I), h (II) allellari sonini aniqlang.
A.I - 0; II - 2
B.I - 4 ; I I - 2
C.I - 1; II - 0
D.I - 1; II - 2
26.Mushuklarda yungining kalta bo‘lishi uzun bo'lishi ustidan, yungida oqdog'larning bo'lishini ta’minlovchi gendog‘ni yuzaga chiqarmaydigan gen ustidan to’liq dominantlik qiladi. Kalta yungli oq dog'lari bor mushuklar o‘zaro chatishtirilganda nazariy jihatdan 752 ta mushukcha olingan. Ulardan 141 tasi uzun yungli oq dogli, 47 tasi uzun yungli dog‘siz mushukcha bo'lsa, kalta yungli oqdog‘siz mushukchalarning sonini toping.
A.141
B.282
C.423
D.188
27.1) Aabb, 2) aaB B genotiplarga mos organizmlarning fenotipi to‘g‘ri berilganjavobni aniqlang.
A.1 - xushbo‘y no‘xatning kalta poyasi,burishgan doni; 2 - xo‘roz tojining no‘xatsimon shakli
B.1 - xushbo‘y no‘xatning uzun poyasi,yashil doni; 2 - xoldor to‘ti patining sariq rangi
C.1 - xoldor to‘ti patining yashil rangi;2 - xo‘roz tojining yong‘oqsimon shakli
D.1 - xushbo‘y no‘xatning uzun poyasi,sariq doni; 2 - xoldor to‘ti patiningyashil rangi
28.Gemofiliya bilan kasal ko‘k ko‘zli erkak qo‘y ko‘zli sog‘lom ayolga (otasi gemofilik ko‘k ko‘z) uylandi. Nazariy jihatdan tug'ilishi mumkin bo‘lgan o‘g‘il bolalarning necha foizi gemofiliya bo‘yicha sog‘, ko‘k ko‘z bo‘ladi. (Ko‘zrangini yuzaga chiqaruvchi genlarautosoma xromosomada joylashgan.)
A.75
B.25
C.50
D.12,5
29.Odamda miopiya (A) va katarakta (B) bittaautosomada joylashgan dominant genlarta’sirida irsiylanadi. Erkak miopiya vakatarakta bilan kasallangan bolib, unga bugenlardan biri onasidan o‘tgan. Ayol ikkalabelgi bo‘yicha soglom. Nazariy jihatdankrossingover 7 % bolsa, shu oilada faqatbir belgi bo‘yicha kasal bolalarning tugllishehtimolligini (1) va genotipini (2) aniqlang.
A.1 - 3,5 %; 2 - A B//ab, ab//ab
B.1 - 93 %; 2 - aB//ab, Ab//ab
C.1 - 7 %; 2 - A B//ab, ab//ab
D.1 - 46,5 %; 2 - Ab//ab, aB //ab
30.Spaniel it zotlarida yungning qora bo'lishi jigarrang ustidan, kalta bolishiuzun bo'lishi ustidan to’liq dominantlik qiladi. a В tipdagi gametalari hayotchan bo'lmagan digeterozigota urg‘ochi va erkak itlar o‘zaro chatishtirildi.Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib,quyidagilarni aniqlang:a) avlodda olingan itlarning fenotipik guruhlari nisbati; b) qora uzun yungli itlarning genotiplari.
A.a - 3 ta qora uzun yungli: 5 ta qorakalta yungli: 1 ta jigarrang uzun yungli; b - A Abb, Aabb
B.a - 7 ta qora kalta yungli: 3 ta jigarrang kalta yungli: 1 ta qora uzun yungli: 1 ta jigarrang uzun yungli;.b - A aB B , AaBb
C.a - 7 ta qora kalta-yungli: 3 ta jigarrang kalta yungli: 1 ta qora uzun yungli: 1 ta jigar.rang uzun yungli;b - AABb, AaBb
D.a - 5 ta qora kalta yungli: 3 ta jigarrang kalta yungli: 1 ta jigarrang uzun yungli; b - A aB B , aaBb
Download 34.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling