A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida tashkil etiladigan
Download 24.41 Kb.
|
Umumiy taqrizlar
A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida tashkil etiladigan “Texnologiya” fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kursining tayanch o‘quv rejasiga TAQRIZ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Ta’lim - tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-sonli qarori ilovasining 4-bandiga ko‘ra “Maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim o‘quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini ta’minlash” vazifasi belgilangan. Mazkur fan dasturi oliy ta’lim muassasalarining texnologik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavrlar uchun mo‘ljallangan. Dasturda bakalavr talabalarining «Texnologiya ta’limi metodikasi» fanidan egallashi lozim bo‘lgan bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarining mazmuni belgilab berilgan. Dastur ta’lim sohasidagi islohotlar va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan texnologiya fani oldiga qo‘yilgan bugungi kun talablari asosida, pedagog - kadrlarga qo‘yiladigan talablarni hisobga olib tuzilgan. Mazkur “Texnologiya” fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kursining “Texnologiya fanini o’qitish metodikasi”fanidan o’quv metodik majmuada fan dasturida keltirilgan barcha mavzular bо‘yicha tayanch iboralar, nazariy ma’lumotlar, savollar, glasariy foydalaniladigan adabiyotlar rо‘yxati, nazorat savollari, test materiallari keltirilgan. Ushbu о‘quv uslubiy majmua “Texnologiya fanini o’qitish metodikasi”fanidan namunaviy va fan dasturiga tо‘liq mos keladi. Shu bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’limning Millliy dasturi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib mazmunini to‘liq yoritib bergan. Ushbu “Texnologiya fanini o’qitish metodikasi”fanidan о‘quv uslubiy majmuani “Texnologiya” fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kursini о‘qitishda foydalanishga tavsiya beraman. Toshkent shahar Yangihayot tumani 331-maktab O‘IBDO‘, oliy toifali texnologiya fani o‘qituvchisi, Xalq ta’limi a’lochisi, ilmiy metodik kengash a’zosi: F.A.Nasrullayeva Download 24.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling