A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy- tadqiqot instituti


Download 66.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana02.06.2024
Hajmi66.38 Kb.
#1835731
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
rpAgP9tUj2x8Ie1IsnbI0uEkm7mghiY4tMzq3HVt



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-
TADQIQOT INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
moduli bo‘yicha 
 
 
“FIZIKA DARSLARINI TASHKIL ETISHNING DOLZARB 
MASALALARI” 
o‘quv kursining 
FIZIKA DARSLARIDA LOYIHALASHTIRISH TA’LIM 
TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH VA UNING 
AHAMIYATI” mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
Ma’ruzachi: Shukurova Zarifa Xaitmuratovna 
 
 
 
 
 
Toshkent
 


6-Mavzu: Fizika darslarida loyihalashtirish ta’lim texnologiyasidan 
foydalanish va uning ahamiyati 
Reja 
1. O‘quv jarayonini loyiha asosida tashkil etish 
2. Loyihalash ta’lim texnologiyasining asosiy g‘oyasi 
3. Loyihalashtirish ta’lim texnologiyasidan foydalanishning pedagogik 
shartlari 
4. Loyihali o‘qitish faoliyati namunalari 
Loyihaviy ta’lim – ta’lim modeli bo‘lib, bunda ta’lim beruvchi nazorati 
ostida ta’lim oluvchilar oldiga qo‘yilgan muammo mustaqil izlanish, mustaqil 
ma’lumot to‘plash asosida yechim topadi. 
Hozirgida 
ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan, jahon 
pedagogikasining ilg‘or metodlaridan samarali foydalanish dolzarb masalalardan 
bo‘lib, loyiha metodi ta’lim ilg‘or usullarini o‘zida mujassamlashtirgan. Loyiha 
metodidan fizika fani o‘qituvchisi o‘quv mashg‘uloti jarayonida mavjud tajribani 
o‘zlashtirish va ta’limning barcha bosqichlarida qo‘llashdek muhim vazifa turadi. 
Loyihalash – oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o‘rnatilgan 
vaqt mobaynida yo‘l va vositalarni tanlash uchun, maqsadga erishish bosqichlarini 
ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, o‘quv axborotini etkazish 
vositasi va yo‘llarini aniqlash usulidir. 
Loyiha fanlararo, bir fan yoki fan tashqarisida bo‘lishi mumkin. Loyihalash 
ikki usulda - shaxsiy va guruhiy asosda amalga oshiriladi. Har ikki yo‘nalishning 
ijobiy va afzallik xususiyatlari bor. Tarix fanini loyihalash ta’limning sifati va 
samaradorligini oshiradi, talabalar loyiha ustida ishlashda loyiha rejasi asosida aniq 
maqsad uchun faoliyatlarini amalga oshiriladi. Natijada qatnashchilarda loyihani 
bajarilishi o‘zining faoliyatiga bog‘liq ekani tushunchasini anglash yuqori 
mas’uliyat hissini yuzaga keltiradi; loyihaning barcha bosqichlarini bajarish 
jarayonida fikrning tug‘ilishidan yakuniy refleksiyagacha o‘quvchilar tajriba 
orttiradilar; o‘quvchilarda eng muhim o‘quv ko‘nikma va malakalari 
(tadqiqotchilik, baholash, mustaqil fikrlash, mustaqil qarorlar chiqarish, taqdimot 
qilish) shakllantirish to‘la boshqariladigan jarayonga aylanadi. O‘quv loyihasining 
metodik pasporti bu – o‘quv loyihasining mazmun-mohiyatidan kutiladigan 
maqsadi, o‘quv dasturidagi o‘rni to‘g‘risida qisqacha tavsif hisoblanadi. 

Download 66.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling