A avloniy nomidagi xalq ta‟limi muammolarini o„rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Tajribadan olingan natijalarni aniq ifodalashda quyidagi jadval


Download 40.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana02.06.2024
Hajmi40.61 Kb.
#1836737
1   2   3
Bog'liq
1 pdf Mavzu Biologiya darslarini tashkil etishda labaratoriya va

Tajribadan olingan natijalarni aniq ifodalashda quyidagi jadval 
beriladi: 
T
/r 
Bajarilg
an ishlar 
Nimani ko„rdilar va 
o„rgandilar 
Xulosa 
1
. 
2
. 
3
. 
Bundan tashqari biologiya fanida o„tkazilgan tajribalarning borish sxemasi, 
obyektlarning rasmilarini rasm albomga chizib borilishi ham bilim olishning 
samarali 
usullaridan 
hisoblanadi. 
Sababi 
o„rganilayotgan 
o„simliklar, 
hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishi tasviri chizib borilsa, tasviriy xotira orqali 
bilimlari mustahkamlanishiga olib keladi. 
Laboratoriya ishlarida biologik materiallardan foydalanish talabalarda: tahlil 
qilish, taqqoslash, qiyoslash, baho berish, xulosa chiqarish, o„z fikrini bildirish va 
uni asoslash, ma‟lumotni yig„ish, ish natijalarini turli shakllarda (xulosalar, 
tezislar, mantiqiy jadvallar va boshqalar) taqdim etish kabi o„quv ko„nikmalarini 
rivojlantiradi. Shunday ekan biologiya fanlarini o`qitishda laboratoriya 
mashg„ulotlarini olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Amaliy mashg„ulotlarning maqsadi  
O„quvchilarni faol ta‟lim olish jarayoniga jalb qilish, ularda bilish, izlanish 
ko„nikma va malakalarini rivojlantirishga yordam berish. Biologiya fani bo„yicha 
o„quv materiallarini puxta o„zlashtirishga o„rgatish. Tabiiy obyektlar bilan 
tajribalar o„tkazib va ularni kuzatib, biologiya fani bo„yicha o„quv adabiyotlaridan 
olingan bilimlarni o„quvchilar yanada aniqlashtirib oladilar, ularni chuqurlashtirib, 
boyitib borishadi. Mavzuga doir ko„nikma va malakalarni muntazam o„zlashtirib 
borib, savol va topshiriqlarda o„zini mashq qildirib, amaliy ishlari jarayonida 
bajarilayotgan tajribaviy amallarning algoritmini (ketma-ketligi) o„rganib 


borishadi. Amaliy mashg„ulotlarda yangi materialni o„rganish, kuzatish, tabiiy 
obyektlardan keng foydalanish usulini tatbiq etish ko„zda tutiladi. Bunday 
mashg„ulotlar real bilimlarni to„plash, amaliy malaka va ko„nikmalarni 
shakllantirish maqsadida o„tkaziladi. Tabiiy obyektlarni kuzatish mobaynida 
o„quvchilar o„qituvchi tomonidan tayyorlangan uslubiy qo„llanmalar va 
tavsiyalardan foydalanadilar. Odatda, qo„llanmalarda ishning maqsadi 
mujassamlashgan, hamda tarkibiga ishni bajarish rejasi va topshiriqlar kiritilgan 
bo`ladi. Bunda qo„llanma varaqasida qo`yilgan masala talabalar tomonidan 
mustaqil yechilishi hisobga olinib tuzilgan. Ushbu topshiriq varaqalari 
mashg`ulotda, amaliy mashg„ulotda yakka tartibda ishlashda yoki uyda mustaqil 
bajarishga mo„ljallangan. Amaliy mashg„ulotga tayyorgarlik ko„rilar ekan, 
biologiya laboratoriya xonasining sanitariya-gigienik holatiga e‟tibor berilishi 
lozim: 
havo 
almashinuvi, 
ozodaligi 
va 
boshqalar.
Biologiya amaliy tajribalarini o„tkazishga zarur bo„lgan asbob va jihozlar 
yuvilgan va quritilgan bo„lishi zarur. Tajriba maqsadi va vazifasiga qarab
o„quvchilar soniga mos ravishda zaruriy asbob va jihozlar tayyorlanadi. Bunda, 
laborant-assistent qo„llanmada ko„rsatilgan jihozlarni belgilangan miqdorlarda 
taqsimlab, muayyan tartibda tayyorlab qo„yadi. Har bir jihozning o„z o„rni bo„lishi 
lozim. Amaliy ishi o„tkazib bo„lingandan so„ng, barcha jihozlar joy-joyiga 
qo`yilishi kerak. Bu qoidani talabalarga singdirib borish kerak va u odat tusiga 
kirishiga erishish lozim. Biologiya amaliy mashg„ulotlarida o„quvchilar 
bajarayotgan amaliy tajribalari ta‟lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Mustaqil 
bajariladigan amaliy tajribalari o„quvchilarning bilim-malakalarni ongli ravishda 
o„zlashtirishga, fikrlash faoliyati va biologiya faniga bo„lgan qiziqishlarini 


rivojlantirishga, mehnat malakalarini o„stirishga, kuzatuvchanlik qobiliyatini 
oshirishga, borliqni to„g„ri idrok etishni shakllantirishga o„z ta‟sirini ko„rsatadi.  

Download 40.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling