A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana09.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1255471
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bXaqgVflfqESVStW9W0Xb2nc3P8dNOQGHFGMFcI7

Metodik talablar: Videodarsning mazmun yaxlitligi, mavzularning 
oddiy va sodda, tushunarli, ravon tilda bayon qilinganligi, mantiqiy ketma-
ketlikni, izchillikni qamrab olinganligi, milliy g‘oya va O‘zbekiston xalqining 
mentalitetiga zid bo‘lmagan tegishli illyustratsiyalar bilan boyitilganligi, savol 
va topshiriqlarning aniqligi o‘quvchilarni fikrlashga, yozishga, tasvirlashga, 
mustaqil ishlashga, axborot madaniyatini shakllantirishga, amaliy ishlarni 
bajarishga, tajribalar o‘tkazishga yo‘naltirishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. 
Pedagogik-psixologik talablar: Videodars keng jamoatchilik tomonidan 
tan olingan ilmiy asoslangan ma’lumotlar, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, 
bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri hisobga olingan holda voqea 
va hodisalarning mohiyatini anglash va amaliy qiziqishlarini rivojlantirishga
bilim olishga va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojlarini 
to‘laqonli qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Videodarsdagi materiallarda 
o‘quvchilarni yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, avvalgi olgan bilimlarini 
o‘zlashtirganlik darajasi hisobga olingan hamda ularning yoshini hisobga olib, 
aniq va ravon, tushunarli tarzda ortiqcha sana va shaxs nomlarini 
ko‘paytirmagan holda takomillashtirish lozim. 
Estetik talablar: Videodars imkon darajasida yorqin rangli, qiziqarli va 
chiroyli bo‘lishi lozim. Undagi kadrlar o‘quvchiga ma’lum ijobiy hissiy 
ta’sirlarni o‘tkazishi va o‘quv faniga qiziqish uyg‘otishi kerak. Shu sababli 
Videodarsning ifodalanish tili majoziy (metafora) tarzda bo‘lishi talab etiladi

“Bandicam” dasturi va unda geografiya fanidan videodarslar yaratish 
metodikasi. Bandicam - bu eng yaxshi ekran yozuvchisi, o‘yin yozuvchisi va video 
yozuvchisi. 
Bandicam - bu kompyuter ekranida sodir bo‘layotgan hamma narsani yuqori 
sifatli video formatida yozib oladigan ixcham Windows ekran yozuvchisi. Siz 
shuningdek ekranning ma’lum qismini yoki DirectX / OpenGL / Vulkan grafik 
texnologiyalaridan foydalanadigan o‘yinlarni yozib olishingiz mumkin. 


11 
Bandicam sizga o‘yinni yuqori siqilish nisbati bilan yozib olishga yordam 
beradi, shu bilan birga sifatini saqlab qoladi va shunga o‘xshash xususiyatlarga ega 
bo‘lgan boshqa yozish dasturlariga qaraganda yaxshiroq ishlaydi. 
Bandicam - operatsion tizimning ish stolidan video yozib olish uchun 
mo‘ljallangan. Yozuvchi yozib olingan videoni yuqori sifatli saqlashga qodir. 
Bandicam fan bo‘yicha turli o‘yinlarning borishini yozib olish, shuningdek, sevimli 
film kliplarini saqlash imkonini beradi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ushbu dastur yordamida yaratilgan 
videodarslar barcha fanlarda, xususan, geografiya darslari samaradorligini 
oshirishda katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi avvaldan tayyorlangan videodarsni 
darsning yangi mavzu bayoni qismida foydalanish mumkin. Shuningdek, yaratilgan 
videodarsni o‘quvchilarga onlayn holatda ham taqdim etishlari tavsiya etiladi. 
Ta’lim oluvchilar videodarslarni qayta-qayta ko‘rishlari orqali o‘tilgan 
mavzularni mustahkamlab oladilar. 
Quyida biz «Bandicam» dasturi yordamida geografiya fanidan videodars 
tayyorlash boyicha yo‘riqnoma keltiramiz.
1. Dastlab internet tarmog‘idan Bandicam programmasini yuklab olish 
lozim.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling