A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Videodarsdan foydalanishning 10 ta afzalligi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana09.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1255471
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bXaqgVflfqESVStW9W0Xb2nc3P8dNOQGHFGMFcI7

Videodarsdan foydalanishning 10 ta afzalligi: 1). O‘tilgan darsni qayta-
qayta ko‘rish mumkin; 2). Ko‘p o‘quvchilarni bitta monitorning oldiga to‘plab 
olishga ehtiyoj bo‘lmaydi; 3). Har bir darsni, o‘quvchining qabul qilish tezligiga 
moslashtirish mumkin bo‘ladi; 4). Uyga vazifalarni mustaqil shug‘ullanish 
uchun yo‘naltirish imkoniyati yuzaga keladi; 5). Oddiy qog‘oz tashuvchida 
ko‘rsatish imkoni chegaralangan mikro va makro jarayonlarni ko‘rsatish 
imkoniyatining mavjudligi; 6). Darsning ko‘rgazmalilik darajasi oshishi;
7). O‘qituvchi va o‘quvchini o‘quv yuklamasini yengillashtirish imkonini 
berishi; 8). Videodars yordamida loyiha uslub (metod)larini qo‘llash 
imkoniyatining mavjudligi; 9). O‘quvchilar qo‘lidagi gadjetlar yordamida 
BYOD texnologiyasini ishga tushirish imkonining paydo bo‘lishi; 10). BYOD 
ishga tushirilsa, o‘quvchilarda gadjetlardan foydalanish madaniyati oshirishga 
erishish mumkin. 
Geografiya fanidan videodars yaratish uchun umumiy talablar:
1). Ilmiylik - o‘quv materiallarni ilmiy jihatdan asoslanganligi, to‘g‘riligi, 
chuqurligi va eng oxirgi ilmiy yangiliklarga asoslanganligi; 2). O‘quvchilarning 
yosh va psixofiziologik xususiyatlariga mosligi, o‘quvchiga tushunarli bo‘lgan 
ravon tilda o‘rtacha tezlikda bayon qilinganligi; 3). Ko‘rgazmalilik – videodars 
yoritiladigan o‘quv materialini o‘quvchilar tomonidan yaxshi qabul qilinishiga 
erishish; 4). O‘quvchilarni mustaqil ta’lim olishga yo‘naltiradigan va 
rag‘batantiladigan bo‘lishi; 5) Tizimli – ya’ni oldin o‘tilgan mavzuni eslatib, 
o‘tiladigan mavzuni chuqurlashtirish va keyngi mavzuga o‘tish uchun ko‘prik 
bo‘lishi kerak; 6). O‘tiladigan mavzuni mustahkam o‘zlashtirish imkonini 
berish; 7). Adaptiv – o‘quv materialidan foydalanadigan o‘quvchini qabul qilish 
tempiga moslashadigan bo‘lishi; 8). Interaktiv – imkoniyat doirasida o‘quvchini 
faollashtiradigan uslublardan foydalanish. 9). Mualliflik huquqlariga rioya 
qilish, ya’ni internet va boshqa manbalardan olingan videodarslardan 
foydalanishda muallifni qayd etish, imkoniyat doirasida tarjima qilish yoki 
foydalanish uchun ruxsat olish; 10). Videodarsni yoritishda etik qoidalarga rioya 
qilish. 
Videodars 
o‘quvchi tomonidan o‘quv materiallarining to‘liq 
o‘zlashtirilishini ta’minlashga xizmat qilsa, pedagogik maqsadga erishish 
mumkin. Darsning mazkur turi, faqat nazariy axborot berishga emas, balki 
yoritiladigan formula, jarayon, o‘rganiladigan ob’ektning mazmun-mohiyatini 
tushuntirish maqsadlariga xizmat qilishi zarur. Videodars janri qiziqarli, lo‘nda 


10 
va hamma uchun qulay bo‘lish bilan birga mustahkamlangan va 
tabaqalashtirilgan bo‘lishi kerak. U ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, 
vatanparvarlik va millatlararo totuvlik talablariga javob berishi, aniq ilmiy 
dalillarga asoslangan materiallardan tarkib topishi zarur. Ta’limning kundalik 
hayot va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqligini ta’minlashga, olingan bilimlarning 
amaliyotda qo‘llay olish layoqatlari shakllantirilishiga, boshqa o‘quv fanlari 
bilan uzviy bog‘liqlikni ta’minlashga yo‘naltiriladi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling