A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 260.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi260.87 Kb.
#1251264
  1   2   3   4
Bog'liq
Maruza - 1



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
moduli bo‘yicha 
 
 

Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi

 
 
o‘quv kursining
 
 
“Photoshop dasturini o‘qitish uchun amaliy mashg‘ulot darslarini 
tashkillashtirish” mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Tilovova Muattar Muzapparovna 
Toshkent 2022 
 


1-Mavzu: Photoshop dasturini o‘qitish uchun amaliy mashg‘ulot 
darslarini tashkillashtirish 
 
Reja: 
1. Photoshop dasturini o‘qitish uchun amaliy mashg‘ulot darslarini 
tashkillashtirish; 
2. Adobe Photoshop dasturida grafik ob’ektlarda ranglar va qatlamlar 
(sloy); 
3. Matn va konturlar bilan ishlash hamda uskunalar paneli yordamida 
maxsus effektlar yaratishnig yo‘llari; 
4. Amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar.
 
Bugungi kunda o‘quvchilarni ma’lum qolipdagi fikrlashga emas, qo‘yilgan 
masala, hosil bo‘lgan muammoni yechishni, muammoli vaziyatlardan chiqishning 
yangi yo‘llarini izlab topishni o‘rgatish o‘qituvchi oldidagi asosiy vazifalardan biri 
bo‘lib qolmoqda.
Informatika fanini o‘rganishning dastlabki bosqichida deyarli barcha 
o‘quvchilar uchun eng tabiiy, qulay va qiziqarlisi chizish, va tahrirlash jarayonidir. 
Rasm chizish orqali o‘quvchi atrof olam haqidagi bilimlarini aks ettiradi va bunda 
o‘zini tasavvur etadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Grafik axborotlarni qayta 
ishlash” ga doir mavzularni o‘zlashtirishda o‘quvchi mavzu materialini yodlash 
va eslab qolishga ko‘p harakat sarflamaydi. Grafik tahrirlovchi dasturlarga oid 
maxsus tayyorlangan amaliy topshiriqlar orqali o‘qituvchilar tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi 
ahamiyatga 
ega 
darslarni 
tashkillashtirishlari 
mumkin, 
o‘quvchilarda esa bilishga nisbatan qiziqish yo‘qolmaydi.
Informatika va axborot texnologiyalari darslarida grafik tahrirlashga oid 
mavzular Paint.NET dasturini o‘zlashtirish bilan boshlanib, “Kompyuter 
grafikasi”ga oidmavzular Photoshop dasturini o‘zlashtirish bilan davom ettiriladi.
Photoshop dasturini o‘zlashtirishda amaliy mashg‘ulot darslarini 
tashkillashtirish uchun mavzularning quyidagi ketma-ketligi tavsiya etiladi: 
Darslarda Photoshop dasturining vazifasihaqidagapiriladi; o‘quvchilar bilan 
dastur interfeysi o‘rganib chiqiladi; dastur uskunalaridan qanday foydalanish 
ko‘rsatib beriladi; dasturdan foydalanish davomida foydalanish mumkin bo‘lgan 
turli tasvir formatlari bilan tanishtiriladi; tasvirlar bilan ishlashda tasvirning nima 
maqsadda tayyorlanayotganligiga ahamiyat berish va shunga ko‘ra rang 
modellarini tanlash haqidagi nazariy bilimlar beriladi; shundan so‘ng rasmni 
tahrirlashga o‘tish mumkin, bunda tasvir sohasini belgilashning turli usullari va 
tahrirlash imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi; zamonavish grafik tahrirlovchi dasturlar 
imkoniyatlaridan biri bo‘lgan qatlam va qatlamlar bilan ishlash, turli grafik filtlash 


imkoniyatlariga oid amaliy topshiriqlar ko‘rib chiqiladi; matnlar bilan ishlash 
uchun turli effektlardan foydalanish va Photoshop dasturining qo‘shimcha 
imkoniyatlari tushuntiriladi.
O‘quvchilar ushbu mavzularni o‘zlashtirish davomida Photoshop grafik 
muharririda tasvirlar yaratish va qayta ishlashni biladi.
Yangi mavzuni tushuntirayotganda nostandart taqdimotdan yoki she’riy 
talqin usullaridan foydalanish mumkin. Kompyuterda uzoqvaqt o‘tirgandan so‘ng 
ko‘zning zo‘riqishini, qo‘l va barmoqlarning kuchlanishini va umumiy charchoqni 
kamaytirish uchun mashqlar bajarish tavsiya etiladi.
O‘quvchilarningbilimlarinitekshirishuchunkrossvordlar,testlar ishlatiladi va 
chiroyli chizilgan rasmlar tanlovlarini o‘tkazish mumkin.
Barcha vazifa va ishlarni ikki qismga ajratish mumkin: fanni o‘zlashtirishga 
oid bo‘lgan zaruriy topshiriqlar va topshiriqlarni tez va yaxshi bajaruvchilar uchun 
qo‘shimcha vazifalar.
Har bir dars qiziqarli bo‘lish bilan birga foydali ham bo‘lishi zarur. 
Maqsadga erishishuchun esa maxsus kartochkalar tayyorlash mumkin. Darslarda 
grafik muxarririda ishlash ko‘nikmalarini hosil qiluvchi vazifalar bo‘lishi zarur. 
Ular o‘rganilayotgan mavzuga mos tushishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan, agar darsda “Заливка” uskunasi o‘tilayotgan bo‘lsa, demak, 
nimanidir bo‘yash kerak va xokazo. Ba’zi shunga o‘xshash darslar o‘quvchilarning 
ekologik tarbiyasini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Masalan, quyidagicha 
mashq berishimiz mumkin, “tasvirlangan rasmda tabiatni ifloslantiruvchi 
elementlarni olib tashlang” degan shart bersak. O‘quvchilar darhol rasmdagi 
tasvirlarga boshqacha e’tibor bilan qarashadi. 
Darslarda algoritmik ketma-ketliklar orqali o‘ylangan natijaga olib kelish 
yo‘llarini izlashlari ham ahamiyatlidir.Grafik muharrir bilan tanishish nafaqat rasm 
chizishni o‘rgatadi, balki turli geometrik shakllarning shakli, tuzilishi, nomi, 
joylashuvi haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishadi. Simmetriya aylanish, burish 
kabi matematik tushunchalarni rivojlantiradigan mashqlarini ham berishimiz 
mumkin. Masalan, “Rasmni bo‘yab unda nechta uchburchak borligini sana” yoki 
“Har bir uchburchakni har-xil rangda bo‘ya ”degan mashqlarimiz o‘quvchilarda 
matematik tushunchalarni rivojlantiradi. 
“Eng chiroyli va eng kerakli” narsani chizish, “Yoqtirgan faslni chizish” 
o‘quvchilarning aqliy hamda badiiy rivojlanishiga ko‘makchi vazifasini o‘taydi.
Bugungi kunda maktab o‘quvchilarining qiziqishlarini hisobga olgan holda 
mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga ko‘maklashadigan topshiriqlarni ham kiritish 
mumkin. Ularga quyidagilarni misol qilib olishimiz mumkin: 
Umumlashtiruvchi: berilgan predmetni bir so‘z bilan ifodalang va shunga 
o‘xshash rasm chizing.


Qiyoslash uchun: “Xayvonot bog‘i” nomli mashqda o‘quvchilar qafasning 
pastki qismida yozilgan xayvon nomiga mos rasmni qafasga joylashtirishlari 
mumkin.
Taqqoslash mashqi: qonuniyatni oxiriga yetkazish uchun yetishmayotgan 
shaklni chizish va boshqalar.
Darslardao‘quvchilarning xotirasini va fikrlashini o‘stirish mashqlari bilan 
bir qatorda ularni mustaqil fikrga ega inson qilibham tarbiyalashga e’tiborberish 
zarur. Shuning uchun ularga o‘qigan ertak va hikoyalari asosida mustaqil rasm 
chizish imkoniyatini ham berish muhim. Bunda o‘quvchilar ijodiy qobilyatlarini 
ishga soladilar, shu bilan birga mustaqil o‘zlari har qaysi shaklga qanday rang 
berish ustida mustaqil fikr yuritadilar. Bu amallarni dastur imkoniyatlaridan
Foydalanib tez amalga oshirish amallarini ham rivojlantiradilar.
Ushbu mavzu bo‘yicha so‘nggi darslarda albatta “Engchiroyli rasm”
konkursini o‘tkazish mumkin. O‘quvchilar erkin mavzuda loyiha ishlarini 
taqdim etishlari taklif etiladi. Dars yakunida loyiha uchun tayyorlangan rasmlar 
tahlil qilinadi va o‘quvchilarning o‘zlari g‘olibni aniqlashadi. Bu darslar to‘g‘ri 
tashkillashtirilsa, kelgusida ular yanada murakkab chizmalarni chizish va 
tahrirlashda qiynalishmaydi. 
“Algoritmlar”, “Modellashtirish” darslari o‘tilayotganda ular o‘zlaridagi 
bilim va ko‘nikmalarini ishga soladilar bloksxemalarni va modellarni osonlik bilan 
hosil qila oladilar. 
Rolli o‘yinlardan foydalanish. Ushbu mavzuni o‘rganayotganda, dasturning 
maqsadi, bajarilishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar haqida aytib berish kerak. Juda 
muhim tomonlardan biri bu Adobe Photoshop oynasini o‘rganishdir, chunki 
bolalarning muvaffaqiyati dastur oynasining tuzilishi haqidagi bilimlaridan 
mahoratli foydalanishga bog‘liq. O‘quvchilarda, sinfda psixologik to‘siq 
bo‘lmasligi uchun bolalarda dastur oynasini boshqarish qobiliyatini ishlab chiqish 
muhimdir. 
Asboblar paneli, asboblar palitrasi, menyu elementlari haqida gapirishning 
o‘zi kifoya emas, buning qanday qilinishi kerakligini ko‘rsatishning o‘zi etarli 
emas. Interfeysi bilan ishlash qobiliyatini rivojlantirish kerak. Dars davomida “ish
Maydoni”, “asboblarpaneli”, “xossalarpaneli”, “asboblarpaneli”, “holatsatri”
tushunchalariga ta’rif berib, tushuntirish kerak. Dars davomida o‘qituvchi xossalar 
paneli bilan ishlaydigan tamoyillarni (uni qanday chaqirish, yopish, kerakli 
parametrlarni toppish va ularni o‘zgartirish) va holat satrini tushuntiradi.Vazifa 
oldindan chop etilishi kerak.
Harqanday grafik muharriri kabi, Adobe Photoshopning vazifasi tasvirga 
o‘zgartirish kiritish uchun mo‘ljallangan. Dastur tasvirga maxsus effektlarni 
joylashtirish, bir tasvirning xossalarini boshqasiga o‘tkazish, matnni yaratish, 


ranglarning nisbatlarini o‘zgartirish va hatto oq qora rangdagi tasvirlarga rang 
qo‘shish imkonini beradi. 
Photoshopquyidagiturdagitasvirlarni yaratish va tahrir qilish uchun eng 
yaxshi dastur hisoblanadi:
– skanerlangan fotosuratlar;
– har qanday turdagi raqamli kameralar yordamida olingan tasvirlar;
– chegaralari noaniq bo‘lgan, soyalari bor logotip va emblemalar;
– Filtrlar va ranglarni to‘g‘rilash imkoniyatiga ega bo‘lgan maxsus effektlar.
Ishchioynasi:AdobePhotoshopdasturinimuvaffaqiyatliishga 
tushirgandanso‘ng,ekrandaishlaydiganoynapaydobo‘ladi.Kursorni “sarlavha” ga 
qo‘yib rasm oynasini sichqoncha bilan sudrab ekran bo‘ylab kerakli joyga 
joylashtiribolish mumkin. 
Rasm oynasi: Adobe Photoshopda bir vaqtning o‘zida ko‘p rasmlarni ochishi 
mumkin. Har bir tasvir alohida oynada ochiladi.
Holatsatri:Tanlangan (faol) asbob va tasvirni ko‘rsatadigan Windows 
masalalar paneli ustida joylashgan.
Asboblar paneli. Turli xil asboblar bilan tugmalar mavjud. 
Adobe Fhotoshop dasturida matnlar bilan ishlash mavzusini ko‘rib 
chiqaylik. 
1. 
Photoshop dasturida matnlar bilan ishlash mavzusida amaliy 
mashg‘ulotni olib borish texnologiyasi loyihalashtirib olinadi.

Download 260.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling